Muqaddima


BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI 
(FIZIOLOGIKFAOL AMINLAR VA PEPTIDLAR) 
 
     Tanada  keng  tarqalgan  apudotsitlar  sintezlovchi  peptid  va  aminlar  orasida  ko‘proq 
o‘rganilganlari  s e r o t o n i n  va  g i s t a m i n d i r . 
     S e r o t o n i n  bosh miyaning ba‘zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajraladigan modda. 
Uni  ichakdagi  enteroxromafin  hujayralar  ham  sintezlaydi.  Trombotsitlar  tarkibida 
uchraydigan  serotonin  qon  tomirlarni  toraytirib,  jarohatlangan  tomirdan  qon  oqishi 
to‘xtashini  tezlashtiradi.  Bu  moddaning  xulq-atvor  shakllanishiga  daxli  bor.  Miya 
tuzilmalarida serotonin miqdorining kamayib ketishi depressiyaga olib keladi. 
     G  i  s  t  a  m  i  n  .   Gistidindan  kelib  chiqadigan  gistamin  allergik  reaksiyalarni paydo 
qiladi. Uning ta‘sirida havo  yo`llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx va bronxiolalar 


 
 
114 
 
torayib,  nafas  olish  qiyinlashadi.  Teri  qon  tomirlarini  kengaytiradi  va  kapillyarlar 
devorining    o‘tkazuvchanligini  oshiradi.  Gistamin  gipofiz  va  gipotalamusda  ham 
uchraydi. Bu yerda u mediator vazifasini bajaradi. Uning ta‘sirida me‘da bezlari xlorid 
kislota ajratishni keskin tezlashtiradi. 
     K i n i n l a r . 9-11 aminokislotalar qoldig‘idan tashkil topgan va tuzilishi bir-biriga 
yaqin peptidlar kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o‘tmishdosh – kininogendan kelib 
chiqadi.  Kininogenni  kininga  aylanishi  uchun  kallikrein  fermenti  zarur.  Bu  fermentni 
hazm  bezlari,  hususan  so`lak  bezlari  ajratadi.  Kallikrein  qon  plazmasining  α
2
-globulini 
bo`lgan  kininogenni  parchalab,  polipeptid  kallidin  hosil  qiladi.  Kallidin  tezda 
bradikininga  aylanish  qobiliyatiga  ega.  Kallidin  va  bradikinin  qon  tomirlarni  sezilarla 
darajada kengaytiradi va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to‘qima 
kinazalari  tez  parchalaydi.  Shu sababdan  ularning  ta‘siri  bir necha  daqiqa  davom  etadi 
xolos. 
     Bradikinin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini ko‘paytirib, tana 
harorati barqarorligini saqlashda ham ishtirok etsa kerak. 
     P r o s t a g l a n d i n l a r . Prostaglandinlar (PG)  - turli jarayonlarga ta‘sir qiladigan 
moddalar.  Ular  hamma  hujayralarning  membranasida  uchraydigan  araxidon  kislotadan 
sintezlanadi.  Prostaglandinlar  ilk  bor  urug  suyuqligida  topilgan,  ammo  ularni 
organizmdagi deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. Prostaglandinlarning 
bir nechta turlari tafovut qilinadi: PGA, PGE, PGG. Bulardan kelib chiqqan trombaksan 
va prostatsiklinlar ham fiziologik faollikka ega. 
     Prostaglandinlar  sog  odamlarda  va  qon  bosimi  yuqori  odamlarda  tomirlarni 
kengaytirib,  arterial  qon  bosimini  pasayriradi.  Bundan  tashqari,  ajralayotgan  siydik 
hajmini va undagi natriy miqdorini ko‘paytiradi. 
     Havo    yo`llaridagi  silliq  muskullar  ham  prostaglandinlar  ta‘sirida  bo‘shashadi, 
bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me‘da-ichak tizimi a‘zolaridagi silliq muskullar 
bu moddalar ta‘sirida qisqaradi. Me‘da bezlari prostaglandinlar ta‘sirida shira tarkibida 
xlorid  kislota  ajratishni  kamaytiradi.  Buning  natijasida  me‘dada  peptik  yaralar  paydo 
bo`lish havfi kamayadi. 
     Prostaglandinlar ba‘zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po‘stloq qavatida 
va qalqonsimon bezda) gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi. 
     Prostaglandinlar  qon  ivishiga  ham  sezilarli  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Prostatsiklin  tomirlarni 
kengaytiradi  va  trombotsitlar  agregatsiyasini  (g‘uj  bo`lib,  bir-biriga  yopishishini) 
tormozlaydi. Natijada jarohatlangan tomirlardan qon oqish vaqti ortadi. Tromboksan esa 
tomirlarni toraytirib, trombotsitlar agregatsiyasini tezlashtiradi, binobarin qon oqish vaqti 
kamayadi.  Prostaglandinlar  tana  haroratini  oshirish  qobiliyatiga  ega.  Shuning  uchun 
ularning sintezini tormozlovchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi. 
     P  substansiya,  enkefalin  va  endorfinlar.  Bu  moddalar  og'riqni  sezish  va  hissiyotlar 
shakllanishida katta rol o'ynaydi. 
     P  substansiya  og‘riqni  kuchaytiradigan  va  o‘zgartiradigan  modda.  Tashqaridan 
organizmga  kiritilgan  P  modda  qon  tomirlarni  kengaytiradi.  Qon  tomirlardan  boshqa 
barcha  a‘zolardagi  silliq  muskullarning  qisqarishiga  olib  keladi.  Bulardan  tashqari, 
so`lak, me‘daosti bezi shirasi va o‘t-safro ajralishini tezlashtiradi. 
     Enkefalin  va  endorfinlar  esa  organizmning  o‘zi  sintezlaydigan  narkotiklardir. 
Tashqaridan  kiritilgan  morfinga  (ko‘knoridan  olinadigan  dori)    o‘xshab,  bu  moddalar 
og‘riq  sezgisini  kamaytiradi.  Bundan  tashqari,  bu  endogen  xolatlar  qora  dori  yuzaga 


 
 
115 
 
keltiradigan  hissiyot  –  kayf  shakllanishini  ta‘minlaydi.  Ammo  odam  ularga  o‘rganib 
qolmaydi. 
     Sog‘lom  organizmning  og‘riqni  sezmasligi  og‘riqni  paydo  qiluvhi  va  og‘riqni 
yo‘qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda bo`lishiga bog‘liq. 
     Endorfinlar ishlab chiqarilishini ba‘zi ta‘sirlar, masalan, igna sanchish ko‘paytiradi. 
     Buyraklarning 
yukstaglomerulyar 
apparatida 
sintezlanadigan 
eritropoetinni, 
timusning gumoral omillarini va boshqa moddalarni ham to‘qima gormonlariga qo‘shish 
mumkin. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish