112
Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a‘zosi bo`lib, endokrin faoliyat ham
ko‘rsatadi. Bu bez to‘qimasidan ta‘siri va ajratilishida farq bo`lgan talay peptid va oqsil
tabiatli fiziologik faol moddalar olingan. Ular qatoriga limfotsitlarni rag‘batlantiruvchi
gormon, timozin, timin, timotoksin va boshqalar kiradi. Bu moddalar immunitetning turli
omillariga, limfopoezga, impulsning nerv-muskul sinapsida o‘tkazilishiga ta‘sir qiladi.
Ammo ular chin gormon hisoblanmaydi.
Timusning fiziologik faol moddalari va tiroksin, jinsiy gormonlar, AKTG lar o‘rtasida
qarama-qarshi munosabatlar bor. O‘sish gormoniga esa bu moddalar ko‘makdosh.
Mavjud ma‘lumotlar ayrisimon bbezni immun tizimi va ichki sekretsiya bezlari
faoliyatini monandlashtirib turuvchi a‘zo, deyishga asos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: