BUYRAK USTI BEZLARINING MAG’IZ QAVATI
109
Buyrak usti bezlarining mag‘iz qavatini tashkil qiluvchi hujayralar kaliy bixromat
bilan yaxshi bo‘yalganidan, xromofin hujayralar deyiladi. Xromofin hujayralar ikki xil
bo`lib, biri adrenalin, ikkinchisi noradrenalin ishlab chiqaradi. Gormon sintezlovchi
hujayralar simpatik tizimning o‘zgarib ketgan postganglionar neyronlaridir. Ularni
simpatik nerv tizimining preganglionar tolalari bevosita nervlaydi. Xromofin hujayralar
gavdaning boshqa qismlarida ham uchraydi. Ular simpatik nervlar singari adrenalinga
yaqin fiziologik faol modda ishlab chiqargani uchun simpato-adrenal tizimga kiritilgan.
Katta yoshli odamda buyrak usti bezinning mag‘iz qavatida ishlab chiqariladigan
katexolarninlarning 70-90%ini adrenalin tashkil qiladi. Simpatik nerv tolalarining
oxirlarida ajraluvchi katexolarninlarning asosiy qismi nor adrenalindir. Bu gormon bosh
miyaning turli qismlarida ham sintezlanadi va mediatro rolini bajaradi.
Katexolarnin gormonlar, birinchidan, silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarning tonusi
va qisqarishiga ta‘sir qiladi. Ikkinchidan, uglevodlar va yog‘lar almashinuvida ishtirok
etadi.
Adrenalin qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Bu samara jigarda glikogen
parchalanishining tezlashishi natijasidir. Noradrenalin qondagi glyukoza miqdoriga kam
ta‘sir qiladi. Adrenalin eng kuchli kontrinsulyar (insulinga qarshi) gormon bbo`lib,
qondagi glyukoza miqdorini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Adrenalin va noradrenalin yog‘ to‘qimasida yog‘ning parchalanishini tezlashtirib,
qonda erkin yog kislotalari miqdorini oshiradi. Yog‘ kislotalar energiya manbai sifatida
sarflanadi. Adrenalin ta‘sirida katta yoshli odamning asosiy modda almashinuvi 30%
chamasida, chaqaloqlarda esa 300%ga yaqin oshadi. Bu termogen samara noradrenalinda
ham bor.
Katexolarninlar yurak-qon tomir tizimiga kuchli ta‘sir qiladi. Noradrenalin bosh miya
tomirlaridan tashqari hamma tomirlarning silliq muskul tolalarini qo‘zg‘atib, toraytiradi.
Adrenalin ba‘zi qon tomirlarni, masalan, teri qon tomirlarini toraytirib, boshqa qon
tomirlarni, xususan skelet muskullarining tomirlarini kengaytiradi.
Adrenalin va noradrenalin organizmdan ajratilgan yurakka musbat xronotrop va
inotrop ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo yaxlit organizmda bu katexolarninlarning yurakka
ko‘rsatadigan ta‘sirida farq bor. Organizmga kiritilgan noradrenalin yurak qisqarishlarini
tezlashtirmay, aksincha, bradikardiya paydo qiladi. Bu adashgan nervning reflektor
qo‘zg‘alishi natijasi bo`lsa kerak, chunki atropin yuborilganda, noradrenalin
bradikardiyaga olib kelmaydi.
Qonda noradrenalinning ko‘payishi sistolik va diastolik arterial qon bosimini oshiradi.
Adrenalin ta‘sirida faqat sistolik bosim oshib, diastolik bosim o‘zgarmaydi, yoki
aksincha, pasayadi.
Noradrenalin va adrenalin nafas olishni chuqurlashtirib, bronxlarni kengaytiradi.
Odatda, adrenalin va noradrenalin ovqat hazm qilish tizimi a‘zolarining silliq
muskullarini bo‘shashtaradi, ammo boshqa a‘zolardagi silliq muskullarga (taloq qobig‘i,
teridagi tuklarni ko‘taruvchi muskullar, qorachiqni kengaytiruvchi muskullarga)
qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Adrenalin MNT faoliyatini rag‘batlantiradi, uning ta‘sirida odamning diqqat-e‘tibori,
aqliy qobiliyati oshadi.
Tinch holatda buyrak usti bezidan adrenalin va noradrenalin ajralishi uncha ko‘p
emas, faqat simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alganda katexolarninlarning qondagi miqdori
oshadi. Buni stress holatlarda yaqqol ko‘rish mumkin.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |