Dalada qurilgan pana joylarning himoyalash koeffitsienti (gamma-nurlar
bo‘yicha) 250-1000 ni tashkil qilishi kerak, ya’ni bu pana joylarning usti 112-140 sm qalinliqlagi
tuproq bilan yopilgan bo‘lishi kerak.O‘tuvchi radiatsiyaning kirish xususiyati 35- rasmda ko‘rsa-
tilgan.
O‘tuvchi radiatsiya tirik to‘qimalar molekulalarini ionlashtirib, organizmning hayotiy
faoliyatini 6uzadi va kishini turli darajadagi nur kasalligiga yo‘liqtiradi, ba’zan esa halok qiladi.
Odamga 50 rentgen radiatsiya qiska vaqt davomida ta’sir etganda organizmda sezilarli
o‘zgarishlar yuz bermaydi. Hozirgi vaqtda nur kasalligi kechishiga ko‘ra: engil, og‘ir va o‘ta
og‘ir turlarga bo‘linadi. Nur kasalligi og‘irligi va kechishiga ko‘ra o‘tkir va surunkali bo‘ladi.
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi
yadro portlashi natijasida hosil bo‘ladi, bunga yadro portlashi energiyasining taxminan
10% i sarflanadi.
YAdro portlashi natijasida hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi radioaktiv moddalar xavo
oqimiga ergashib portlash markazidan o‘nlab, yuzlab kilometr masofalarga tarqaladi. Havo turar
joylar, suv manbalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan
joylardagi radioaktiv moddalar odamlarga va hayvonlarga sirtdan ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur
moddalar ovqat, suv orqali organizmga tushib, ichdan ta’sir kvrsatadi, oqibat natijada odam va
hayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo bo‘ladi.
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishiga asosan quyidagilar: yadro portlashi
natijasida hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki parchalanish «zarrachalari», ba’zi
moddalarning radioaktiv holatga o‘tishi va yadro reaksiyasi natijasida parchalanishga ulgurmay
qolgan yadro zaryadlari sabab bo‘ladi.
Uran va plutoniyning parchalanishidan hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki
parchalanish «zarrachalari» eng xavfli zararlanish manbai hisoblanadi.
Parchalanish «zarrachalari» ichida eng ko‘p uchraydigan izotoplar ittriy, tellur,
molibden, yod, ksenon, bariy, lantan, stronsiy, seziy, sirkoniydir.36-rasmda uran-235
yadrosining parchalanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan yod na ittriyning radioaktiv
izotoplari ko‘rsatilgan. Bu moddalar keyinchalik betaparchalanishi tufayli barqaror lantan va
molibden yadrolariga aylanadi.
YAdro zaryadi portlashi ro‘y berganda osmonga ko‘tarilib chiqqan tuproq, chang
portlash maxsulotlari bo‘lmish izotoplar bilan aralashib ketadi. Buning natijasida qo‘ziqorin
shaklida hosil bo‘lgan bulutning hammasi radioaktiv xususiyatga ega bo‘ladi Radioaktiv
changlar ekinzorlarga tushishi natijasida zararlanish ro‘y beradi. Bunday joylar va narsalar
radioaktiv moddalar bilan zararlangan deb ataladi. Joylarga tushgan radioaktiv zarrachalarning
yarim emirilish davri turlicha bo‘ladi (15- jadval).
Portlashda hosil bo‘lgan radioaktiv maxsulotlar- yarim emirilish davri nisbatan qisqa
bo‘lgan va yarim emiripish daarajasi tezda yo‘qolib ketadigan radioizotoplar yuqori foizni
tashkil etadi. Portlashdan so‘nggi birinchi soatlarda radiatsiya darajasi tezda kamayib ketadi.
Radioaktiv moddalar bilan qo‘shilgan bulut o‘tgan joylarda cho‘ziq ellipssimon
radioaktiv «iz» qoladi. Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi o‘qidan qancha
uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo‘ladi va kishiga kam ta’sir ko‘rsatadi.
Radioaktiv moddalarning erga tushish vaqti shamol tezligiga bog‘liq bo‘ladi va
quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: