2 – o‘quv savoli. Dala-o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va
mashg‘ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.
DO‘M ni muvofaqiyatli o‘tkazish, uni o‘z vaqtida o‘tkazish va moddiy
ta’minlanishiga bog‘liq. SHu qatorda mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish majburiyati
yuklatilgan harbiy rahbar (CHTO‘) larning mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy
tayyorgarligiga katta ahamiyat beriladi.
Tayyorgarlik jarayonida harbiy rahbar quyidagi ishlarni bajarishi shart:
o‘quv dasturini va muvofiq adabiyotlarnio‘rgani chiqishlari; barcha mavzular
bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish tartibini va uslubini aniqlashlari; mashg‘ulot o‘tkazish joyini
ko‘zdan kechirib chiqishlari; mashg‘ulotni moddiy ta’minlanishini tashkil etishlari;har bir
mashg‘ulot uchun konspekt-rejasi, ko‘rsatmali yozuvlar tuzishlari; o‘quvchilarga shaxsan o‘zi
namuna bo‘lib ko‘rsatishi kerak bo‘lgan o‘sul va harakatlarni mashq qilib olishlari; O‘quv
joylarida o‘z yordamchilariga ko‘rsatmalar berishlari (o‘qituvchi, gurux va seksiya
komandirlari).
DO‘Mrini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishga uzoq vaqt talab qilinishini
hisobga olib, tajribali harbiy rahbar tayyorgarlikni o‘quv joyiga chiqishdan bir muncha
ilgari boshlab yuboradi.
O‘quv yilining boshlanishidan oldin harbiy rahbar haftalik rejani tuzishda ichki
fanlar bog‘liqligini e’tiborga olib, mavzularni o‘tish tartibini shunday belgilashi kerakki,
DO‘Mrini boshlanishiga qadar o‘quvchilar mustahkamlanishi va takomillashuvi zarur bo‘lgan
ma’lum bir bilim va malakalarni egallagan bo‘lishlari kerak.
Harbiy tayyorgarlikning tamoyillariga amal qilgan holda harbiy rahbar o‘quvchi
yoshlarga QK tarkibidagi xizmat jarayonida juda qo‘l keladigan usul va harakatlarga
o‘rgatishi, ularda malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish lozim.
Harbiy rahbar uchun DO‘M da dasturning «Harbiy ish asoslari» bo‘limidagi
mashg‘ulotlarni o‘tkazish boshqa bo‘limlarga nisbatan qiyinroq kechadi. Mashg‘ulotlarni
o‘quv savollariga muvofiq keladigan, avvaldan tayyorlanib qo‘yilgan o‘quv joyida o‘tkazish
zarur.
«Harbiy ish asoslari» bo‘limidagi mashg‘ulotlarni yuqori sifatini ta’minlash
uchun gurux tayanch punktiga(yoki seksiyani egallaydigan pozitsiyasiga), tikanli sim
tortilgan devorlarga (bir qatorli, uch qatorli), devor stenkasiga, uy maketiga, ag‘nab yotgan
dov-daraxtlarga, chuqurliklarga (varonki), xar xil to‘siqlarga, to‘sin va nishonlarga, zaxarlangan
xududdan belgi beruvchi ko‘rsatgichlar va jang maydonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa
elementlarga ega bo‘lish kerak.
«Harbiy ish asoslari» bo‘limidagi mashg‘ulotlar Quruqlikdagi qo‘shinlarning
jangovar nizomining talablariga muvofiq o‘tkazilishi shart.
Bu mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarni askarning xujumdagi,
mudofadagi, razvedkadagi harakatlarini va dushmanning tanklariga qarshi kurashishni,
samalyot va vertalyotlarga qarshi avtomatdan o‘t ochish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Bunda ta’lim berishning asosiy uslubi bo‘lib qisqacha tushuntirish bilan ko‘rsatish va xar
o‘quvchini mashq qildirish hisoblanadi. Mashg‘ulotning o‘quv savollari elementlar bo‘yicha
o‘rganiladi. Elementlarning xar biri o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri, aniq va tez bajarilishiga
qadar mashq qilinadi. Undan keyin o‘quv savoliga ta’luqli qolgan harakatlar to‘liq
bajariladi.
Qarama-qarshi (dushman) tomonni bildiruvchi kam va zarur miqdordagi nishonlar,
maketlar, ko‘rsatuvchi belgilar, agar imkoni bo‘lsa, unda imitatsiya vositalari bilan
belgilanadi. Har bir o‘quv savoli mashq qilingandan keyin tahlil o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot rahbarining mashg‘ulot rejasi o‘z ichiga mavzudagi harakat
sxemalarini ham oladi.
O‘quv maydoniga chiqishdan oldin o‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarligi va
moddiy vositalarning yaxlitligi tekshiriladi.
Mashg‘ulotni oromgohdan chiqilishi bilan boshlash tavsiya etiladi. Mashg‘ulot
joyiga harakatlanish uchun ketadigan vaqtdan mavzu mazmuniga doir mashq, usul va
harakatlarni o‘rganish uchun foydalaniladi. Mashg‘ulot joyida mashg‘ulot rahbari mavzu va
uning maqsadini, birinchi o‘quv savolini e’lon qilib uni mashq qilish tartibini tushuntiradi,
keyin taktik vaziyatni yuzaga keltirib, qisqacha qilib jangavar vazifa qo‘yadi, ana shundan
keyin birinchi o‘quv savolini elementlari bo‘yicha mashq qilishga kirishadi. Manna
shunday ketma-ketlik tartibida qolgan barcha nazarda tutilgan o‘quv savollari mashq qilib
o‘rganiladi.
Harbiy rahbar (CHTO‘)ni DO‘M o‘tkazishda MIB va harbiy qismlar bilan o‘zaro
hamkoliklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish zarur. YOCHQBT nizomiga (1994 y.) asosan okrug,
garnizon boshliqlari, MIB bilan birgalikda ta’lim muassasalariga yoshlarni chaqiruvga
qadar boshlang‘ich tayyorgarligi, ommaviy-sport ishlarni va boshqa vatanparvarlik tarbiyasi
bo‘yicha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda otaliq tashkilot sifatida harbiy qismlarni
buyruq bilan biriktirib beradi.
Harbiy qismlar komandirlari va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha
komandirning o‘rinbosarlariga, oliy im muassasalarining harbiy kafedrasi boshliqlariga,
shuningdek, fuqaro himoyasi kurslariga ta’lim muassasalaridagi yoshlarni chaqiruvga
qadar boshlang‘ich tayyorgarligi va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha tashkil etiladigan va
o‘tkaziladiga ishlarga otaliq tashkilot yordamini ko‘rsatish majburiyati yuklatilgan.
Ular yig‘in qatnashchilari bilan jangovor va siyosiy tayyorgarlik a’lochilari o‘rtasida
uchrashuvlar o‘tkazadilar, o‘quvchilarga shaxsiy tarkibni hayoti va faoliyati, turmush tarzi,
jangovor texnika va qurol-yarog‘i bilan tanishtiradilar. Otish maydonlarini, tirlarni, o‘quv
maydonlarini, imitatsion vositalarni, o‘q-dori va qurol-yarog‘larni hozirlaydilar, otaliq yordami
tartibida avtomatdan jangovar o‘q-dorilardan otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ofitser
va serjantlardan ajratadilar.
Harbiy rahbar DO‘Mni tashkil etish va o‘tkazishda MIB, shu qatorda, ta’lim
muassasasiga otaliq tashkilot sifatida biriktirilgan harbiy qismlar bilan hamkorlik a’loqasini
juda yaqindan o‘rnatishi lozim bo‘ladi. DO‘Mga jalb qilingan o‘qituvchi, harbiy qismning
ofitser va serjantlari bilan yig‘in mavzulari bo‘yicha uslubiy-yo‘riqli mashg‘ulotlarni MIB
ofitserlari rahbarligida o‘tkaziladi.
Bunday mashg‘ulotlarda o‘z navbatida harbiy qism ofitserlari harbiy rahbar bilan
birgalikda mashg‘ulotlarni olib borish uslublarini ishlab chiqadilar. Bu o‘z-o‘zidan
mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida ayrim o‘z-aro tushunmovchiliklarga barham beradi.
Harbiy rahbar harbiy qism ofitserlari bilan hamkorligini otish tayyorgarligi
bo‘yicha «Avtomatdan o‘t ochish» mavzusi misolida ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki avtomatdan o‘q otish faqat maxsus jihozlangan harbiy qismlarning otish
joylarida yoki tirlarda o‘tkaziladi. O‘quvchilar otish joyiga chiqqunlariga qadar harbiy
rahbar ular bilan otish joyidagi tartib qoidalarni, shuningdek, hafsizlik choralari bo‘yicha
otish kursi qoidalarini bir-bir o‘rgatib chiqishi shart. Otishni boshqarish uchun zarur
bo‘lgan naryad va tajribali ofitser tayinlanadi. Har bir o‘quvchining o‘q otishga
tayyorgarligini harbiy qism ofitserlari tomonidan harbiy rahbar ishtirokida tekshiruvdan
o‘tkaziladi. O‘q otishga faqat avtomat bilan ishlash malakasini egallagan, otish mashqini
o‘zlashtirgan va otish qirg‘og‘idaga tartib, qoidalarni bilgan o‘quvchilargagina ruxsat
etiladi.
Otish vaqtida otish joyining orqa tomonidagi hafsiz xududlarda ofitser yoki
tajribali serjant raxbarligida o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quvchilar bilan otish tayyorgarligidan
mashg‘ulotlar o‘tish uchun o‘quv joylari tashkil etiladi. O‘q otishda asosiy e’tiborni
hafsizlikni ta’minlanishiga qaratiladi. Jangovar qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni bevosita tir yoki
otish joyining o‘ziga, jangovar o‘q-dorilar bilan ta’minlash joyiga(punktы boepitaniya)
etkazilib beriladi.
Jangovar qurol-yarog‘lar o‘q-dorilar bilan ta’minlash joyidan (punktы boepitaniya) o‘q
otish rahbarining yordamchisi tomonidan beriladi, o‘q otish yakuniga etgandan keyin qurol-
yarog‘ va o‘q-dorilar yana unga qaytarilib topshiriladi.
O‘quvchilarga jangovar o‘qlarni berilishi, o‘q va gilzalarni hisob-kitobi qat’iy
ravishda otish kursi talablariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan birga o‘q tarqatuvchini
serjant yoki yaxshi tayyorgarlikka ega askardan tayinlanadi. O‘q otish harbiy qism bazasida,
MK «Vatanparvar» va sport tashkilotlarining tirlarida o‘tkazilgan taqdirda o‘quvchilar bilan
jangovar quroldan otish mo‘ljallangan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar otish vaqtida MIB
tomonidan etkazib beriladi, yoki harbiy qism komandiri bilan kelishilgan holda harbiy
qism ixtiyorida bo‘lgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilardan foydalaniladi.
Bunday sharoitlarda o‘q otishga bevosita raxbarlikni MIBning eng tajribali
ofitserlari harbiy rahbar ishtirokida amalga oshiradilar. Ularga yordamchi tariqasida o‘q
otishni tashkil etish va o‘tkazishda MK «Vatanparvar» instruktorlari tayinlaniladi.
Harbiy rahbarga DO‘Mni tashkil etishda va o‘tkazishda, shuningdek, kundalik
nazoratini amalga oshirishda uchraydigan muammolarni hal qilish, o‘z vaqtida amaliy
yordam ko‘rsatish uchun tuman (shahar) MIB tomonidan vakil tayinlanadi. Harbiy rahbar
(CHTO‘)lar bunday imkoniyatdan unumli foydalanishni payidan bo‘lishlari kerak bo‘ladi.
Yig‘in yakunlangandan keyin harbiy rahbar MIBga yig‘in o‘tkazilganligini
o‘quvchilarni sonini va avtomatdan otishning boshlang‘ich mashqini bajarilish natijalarini
aks ettiruvchi hisobat berishi shart.
Hulosa o‘rnida aytish mumkinki keyingi vaqtlarda harbiy rahbar DO‘Mni o‘tkazish
imkoniyatini topa olmayabdilar. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra bunday muammoga deyarli
ko‘pchilik ta’lim muassasalari duch kelgan. Buning albatta muayyan sabablari mavjud.
Ushbu sabablar quyidagicha bo‘lishi mumkin: Birinchidan bunga manfaatdor tashkilotlarning
e’tiborsizliklari va moddiy jihatdan ta’minlamasliklari; Ikkinchidan harbiy rahbar
(CHTO‘)larni bu sohada mutaxasis emasliklari va o‘z majburiyatlarini bilmasliklari,
shuningdek, ularning o‘zlarida bunday ishlarga hohish istakning yo‘qligi. Uchinchidan ta’lim
muassasalarining rahbarlari harbiy rahbar (CHTO‘)larni DO‘Mni o‘tkazish bo‘yicha
faoliyatlarini nazoratga olib qo‘llab-quvvatlamasliklari va eng asosiysi yuqori turuvchi
barcha manfaatdor tashkilotlar raxbarlarning bu tadbirni nazoratdan chetda qoldirishlari.
SHunga qaramay hozirgi kunlarda yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligini
o‘qitilish sifati taboro yaxshilanib bormoqda.
YAngi o‘quv dasturini ishlab chiqilishi, o‘quv qo‘llanmalarni chop etilishi, harbiy
sport yo‘nalishidagi «SHunqorlar» o‘yinini Respublika miqyosida sovrinli o‘rinlar bilan
o‘tkazilishi bunga misol bo‘ladi. Ayniqsa bu sohada mutaxasis kadrlarni etarli va sifatli
darajada tayyorlashni yo‘lga qo‘yilishi tahsinga sazovor ishlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |