Bog'liq chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)
2-o‘quv savoli. Nazorat darsida yakka baho, yillik baho va umumiy baholarning qo‘yilish tartiblari. Nazorat mashg‘ulotlari YOCHQBT dasturi yakunlanishi xamda uch kunlik dala-o‘quv
mashg‘ulot(yig‘inl)lari paytida o‘tkaziladi va o‘quvchi yoshlar chaqiruvga qadar boshlang‘ich va
jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar xizmatiga
tayyorlik darajasini tekshirish uchun yakuniy mashg‘ulot bo‘lib xisoblanadi.Nazorat
mashg‘ulotlari dasturning «Harbiy ish asoslari» «Otish tayyorgarligi» va «Amaliy jismoniy
tayyorgarlik» bo‘limlari bo‘yicha faqat o‘g‘il bolalar uchun dala o‘quv mashg‘ulotlari (yig‘ini)
yakunida o‘tkaziladi.
Ta’lim muassasalarining o‘zida esa «Harbiy xizmat asoslari" bo‘limi bo‘yicha o‘g‘il
bolalar bilan, «Fuqaro muhofazasi» bo‘limi bo‘yicha esa o‘g‘il va qiz bolalar bilan birga nazorat
mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilar mashqlar(usul va harakatlar)ni bajarish va nazorat
me’yorlari shartlari bo‘yicha talablarni bajarishlari orqali tekshiriladi. Nazorat mashg‘ulotlari
uchun mashq, usul,harakat va masalalar turlarini harbiy rahbar (CHTO‘) chaqiruvga qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik dasturining xar bir bo‘limi uchun belgilangan normativlar ro‘yxatidan
kelib chiqqan xolda belgilaydi.
Nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilar dasturda ko‘rsatilgan me’yorlarni (mashq, usul,
amaliy harakat, vazifalar) bajarishadi. O‘quvchilarning yakka tartibdagi bahosi dasturdagi
bo‘limlar bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarida uning har bir me’yori bajarilganligi uchun olgan
baholari yig‘indisidan kelib chiqib quyidagicha aniqlanadi:
a’lo» – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning (mashq usul, amaliy harakat, vazifalar)
50 % dan ortig‘i «a’lo» bahoga, qolganlari esa «yaxshi» bahoga bajarilgan bo‘lsa;
«yaxshi» - agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning 50 % dan ortig‘i «a’lo» va
«yaxshi» baholarga bajarilsa, qolganlari esa qoniqarlidan pastga baholanmagan bo‘lsa;
«qoniqarli» - agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning bajarilishiga qo‘yilgan
«qoniqarsiz» baho bittadan ko‘p bo‘lmasa;
«qoniqarsiz» - me’yorlar bo‘yicha ikkita va undan ko‘p qoniqarsiz baho bo‘lsa;
Ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan o‘qitishining yakuniy
bosqichda YOCHQBTdan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va yuqorida
dastur bo‘limlarida ko‘rsatilgani bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, YOCHQBT
ga ajratilgan vaqt hisobidan uch kunlik dala o‘quv mashg‘ulot (yig‘in)lari o‘tkaziladi. Bu
mashg‘ulot (yig‘in)lar quyidagicha o‘tkaziladi:
- umumta’lim maktab internatlarida 11-sinf o‘quv bilan, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida 3-kurs o‘quvchilari bilan mart va may oylarida;
- kasb-hunar kollejlarida 3-kurs o‘quvchilari bilan o‘qitishning oxirgi davrida
o‘tkaziladi;
- tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tashkil topgan o‘quv punktlaridagi
o‘quvchi o‘g‘il bolalar bilan tuman (shahar) hokimligining rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.