O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli.CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

1 – o‘quv savoli.CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi, 
vazifalari va o‘quv dasturining qisqacha mazmuni. 
 
O‘zbek  xalqining  asriy  orzusi  ushlanib,  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgan  davlatimiz 
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri- mustaqil O‘zbekistonning mudofaasini mustaxkamlash 
va milliy havfsizligini ta’minlashga qaratildi. 
 Bugungi  kunda  fanning  eng  yaxshi  ixtirolari  harbiy  sohada  tez  qo‘llanilishi  va 
taraqqiyotning  yuksak  darajada  rivojlanganligi  sharoitida,  yoshlarni  Vatan  himoyasiga 
tayyorlash  ishlarining  ahamiyati  o‘z-o‘zidan  oshib  bormoqda.  Xalqaro  terrorizmning, 
separatchilik harakatlarining ko‘p davlatlarda avj  olishi, global urush xavfi bartaraf bo‘lib lokal 
urushlarni paydo bo‘lishi askarning ruhiy, jismoniy va maxsus  tayyorgarligiga  yangi  talablarni 
qo‘ymoqda.  Undan  turli  xolatlarda  o‘zini  munosib  tuta  olishni  va  tezlik bilan  vaziyatni  to‘g‘ri 
baholay  olishni,  hamda  eng  to‘g‘ri  qarorni  qabul  qila  olishni,  o‘z  harakatlarini  bo‘linma 
harakatlari bilan moslashtira olishni talab qilmoqda. YAngi texnika vositalari jangovar harakatlar 
olib  borish  hususiyati  va  uslublarini  tubdan  o‘zgartirmoqda.  Bu  hozirgi  sharoitda  jangovar 
mashinalarda,  tanklarda,  samolyot  shturvallarida,  zenit-raketa  komplekslarda  harbiy  va  maxsus 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bo‘lishi kerak deganidir. 
YOshlarning  chaqiriqqacha  tayyorgarligiga  umumiy  rahbarlik  va  nazorat  O‘zbekiston 
Respublikasi  Mudofaa  Vazirligiga  va  Mudofaa  Vazirining  harbiy  ta’lim  boshqarmasiga 
yuklatilgan. CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning nazorati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 
Vazirligining Birlashgan shtabi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, 
«Vatanparvar»  tashkilotining  Markaziy  kengashi  va  boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va 
idoralarning rejalari asosida olib boriladi. 


 
Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo‘lib, ko‘p tomonlama davlatning taqdirini, 
ichki barqarorligini,hozirgi zamondagi o‘rni va rolini belgilaydi. Qurolli Kuchlar davlat hududiy 
yaxlitligini va uning fuqorolarini tinch hayotini ta’minlaydi. 
Harbiy sohadagi islohatlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. 
Armiyamizda tuzilmaviy o‘zgarishlar o‘tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo‘nalishiga va uning 
rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan. 
SHu  munosabat  bilan  bugun  har  bir  Vatanimiz  jangchisidan  aniq  ish,  yuksak 
vatanparvarlik tuyg‘usi, o‘zining jangchilik burchini vijdonan bajarishini, va shaxsiy ma’suliyat 
talab  etiladi.  Jangovar  shaylikni  yuqori  darajada  ushlab  turish,  jangchilik  mahoratni 
takomillashtirish,  tartib  va  intizomni  mustahkamlash  har  bir  askarning  mamlakat  mudofaa 
qudratini ta’minlashdagi ulushi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi  yuksak va ma’suliyatli vazifalarni 
sog‘lom,  jismonan  baquvvat  va  chidamli,  aqlan  shakllangan,  yuksak  ma’naviy-jangovar 
sifatlarga  ega,  Vatan  himoyasi  yo‘lida  vatanparvarlik  va  fuqaroviy  burchini  bajarishga  tayyor 
kishigina  uddalay  oladi.  Armiya  sharoitida  askarning  jismoniy,  aqliy  va  ma’naviy  sifatlarini 
harbiy  xizmat  jarayonida  samarali  qo‘llay  olishida  ko‘p  jihatdan  chaqiruvga  qadar  va  chaqiriq 
yoshidagi o‘smirlarni tayyorgarligining samaradorligiga bog‘liq. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek   «YOsh avlodni el-yurtga, vatanga 
sadoqatli,  iymon–e’tiqodli,  mard  va  jasur,  yuqori  malakali  ma’naviyati  yuksak  insonlar  qilib 
tarbiyalashda ta’lim o‘chog‘larining aloxida o‘rni bor». 
CHaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarlikning  asosiy  yo‘nalishlari  o‘sib  kelayotgan 
avlodni jismoniy, ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va davlat mudofaasi hamda mehnatiga shay 
holda turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. 
 CHaqiruvga  qadar  yoshlarni  tayyorlashning  asosiy  vazifalari  boshlang‘ich  harbiy 
bilimlar,  jismoniy  tayyorgarlik,  o‘z  Vatanining  harbiy  tarixini,  ramzlarini  o‘rganish,  jangchi  va 
vatanparvar fuqaroni shakllantirishni qamrab oladi. 
«YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi» kursining vazifasi yoshlarga 
ta’lim jarayonida quyidagilarni o‘rgatishdan iborat: 
- O‘zining konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini anglash,O‘zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyasini, Vatan himoyasi haqida va uni qurolli tajovuzdan himoya qilish haqida bilish; 
-O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining mudofaaga qaratilganligini; 
-O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarning vazifalarini; 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  «Mudofaa  haqida»  «Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy 
xizmat  to‘g‘risida»gi  qonunlarni,  O‘zbekiston  Ruspublikasi  Vazirlar  Maxkamasining 
«O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  xizmatini  tashkillash  to‘g‘risida»gi  qarorini, 
«O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  harbiy  ro‘yxatga  kiritish  va  chiqarish,  harbiy  jinoyat 
sodir  etganligi  uchun  va  harbiy  xizmatdan  bosh  tortganligi  uchun  jinoiy  hamda  ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risida»gi asosiy qoidalarini; 
- O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli Kuchlar Nizomlari va harbiy qasamyodning asosiy 
talablarini o‘rganishni va anglashni; 
-  harbiy  qismning  qurol  va  harbiy  texnikasi,  shaxsiy  tarkibning  turmush  tarzi  va 
joylashuvi bilan tanishishni; 
-  harbiy  ish  asoslari,  zaruriy  harbiy  bilim  va  amaliy  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lish, 
shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan  hamda ma’nan mustahkam bo‘lishni; 
- fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirishni; 
YOCHQBT  jarayoni  yoshlar  harbiy  xizmatni  o‘tashda  o‘zining  konstitutsiyaviy 
burchini  a’lo  darajada  bajarilishini  va  o‘ziga  topshirilgan  zamonaviy  jangovar  qurol  va  harbiy 
texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini ta’minlashdan iborat.  
YOshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar o‘quv-faoliyatida 
bajariladigan  mashqlar,  harakatlar  va  amallarni  harbiy  qismlardagi  qo‘shinlarning  jangovar 
o‘quv  faoliyatlariga  mumkin  qadar  yaqinlashtirilgan  holda    o‘rgatish  ko‘zda  tutiladi. 
CHaqiriqqacha  va  chaqiriq  yoshidagi  o‘smirlar  bilan  ishlash  ko‘p  qirrali  va  o‘ziga  hos 


jarayondir.  CHunki  ularning  barchasida  ham  hayotga  o‘z  qarashlari,  xarakteri  va  an’analari 
barqarorlashmagan.  YOshlarimiz  kuch-quvvatga,  g‘ayrat    shijoatga  to‘la  va  ularda    o‘zini 
namoyon  etish  hissi  juda  kuchlidir,  biroq  buni  jamiyat  yoki  jamoa  foydasiga  yo‘naltirishni 
hamma  yoshlar ham  uddalay    olavermaydi.  SHuning  uchun  bunday  yoshlarning    yonida doimo 
ularning  qalblariga  ezgu  an’analarni,  axloqiy  tamoyillarni,  vatanparvarlik  va  insoniylik 
tuyg‘ularini  singdirib  boradigan  sadoqatli  va  vafodor  do‘sti,  yaqin  maslahatchisi,  mohir  ustozi  
bo‘lgani  ma’qul  deb  hisoblanadi.  Vataniga  muhabbatsiz,  yurt  himoyachisi  bo‘lishdek  kasbga 
faxr  tuyg‘usisiz,  o‘z  tarixi  va  ajdodlar  an’analarini  hurmatlamaydigan    tarbiya  bilan  kuchli 
armiya  va  barqaror  davlat  qurib  bo‘lmaydi.  CHaqiriqqacha  va  chaqiruv  yoshidagi  yoshlarni 
ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha vazifalarni to‘laqonli bajarilishi, chinakam vatanparvarlar, o‘z ishining 
malakali  mutaxasislaridan  iborat  professional  armiya  vakillarini  etishtirish  imkonini  beradi. 
Bunday  jiddiy,  o‘ta  ma’suliyatli  va  sharafli  vazifani  uddalashda  ta’lim  muassasalaridagi 
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi a’lohida ahamyatga ega. Umumta’lim maktablari va 
o‘rta  maxsus,kasb-xunar  ta’lim  muassasalarida  «YOshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich 
tayyorlash»  fani  uchun  o‘g‘il  bolalarga  -  140  soat;  qiz  bolalarga  -  70  soat  (36  soat  «Fuqaro 
muhofazasi»ga  va 34 soat «Tibbiy bilim asoslari»ga) ajratilgan. 
Mashg‘ulotlar  umumta’lim,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining    oxirgi 
ikki yilida haftasiga ikki  (yoki oyiga besh, olti) soatdan o‘qitiladi.  
Ta’lim  muassasalarida  «YOshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorlash»  fani 
o‘tilmagan yoki mazkur fan bo‘yicha sinovdan o‘tmagan yoxud yakuniy bahosi "qoniqarsiz" deb 
topilgan chaqiriq yoshidagi o‘spirinlar bilan shahar yoki tuman hokimligining qarori bilan tashkil 
qilingan  mudofaa  sport-sog‘lomlashtirish    lagerlari  (MSSL)da  160  soatlik  dastur  asosida ushbu 
fan o‘tiladi. 
 Ta’lim  muassasalarida  «YOshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorlash»  fani 
nazariy,  amaliy,  nazorat  va  dala-o‘quv  mashg‘ulotlari  (yig‘inlari)  shaklida  o‘tkazilib,  kirish 
mavzusi va quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: 
– Harbiy ish asoslari; 
– Otish tayyorgarligi; 
– Harbiy xizmat asoslari; 
– Amaliy jismoniy tayyorgarlik; 
– Fuqaro muhofazasi; 
– Tibbiy bilim asoslari. 
 Bitiruvchi  kurs  talabalari  bilan  o‘qitishning  yakuniy  bosqichda  CHQBTdan  olgan 
bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  mustahkamlash  va  yuqorida  dastur  bo‘limlarida  ko‘rsatilgani 
bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, YOCHQBTga ajratilgan  vaqt hisobidan uch 
kunlik dala o‘quv mashg‘ulot (yig‘in)lari o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulot (yig‘in)lar quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi: 
-umumta’lim maktablarida va akademik litseylarda 11-sinf (3-kurs) talabalari bilan mart 
va may oylarida,  
-kasb-hunar kollejlarida 3-kurs talabalari bilan o‘qitishning so‘ngi  pallasida o‘tkaziladi; 
-tuman  (shahar)  hokimligining  qarori  bilan  tashkil  topgan  o‘quv  punktlaridagi  talaba 
o‘g‘il bolalar bilan tuman (shahar) hokimligining rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish