O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. Ta’lim muassasasi va mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

2 – o‘quv savoli. Ta’lim muassasasi va mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida 
o‘smirlarni CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil  qilish va o‘tkazishga bo‘lgan asosiy 
talablar. 
 
CHQBT  bo‘yicha  boshqaruv  hujjatlarining  talablariga  muvofiq  ta’lim  muassasasi 
direktori  mashg‘ulotlarning  o‘tilishini  va  talabalar  tomonidan  o‘tilgan  mavzuni  o‘zlashtirish 
sifatini  nazorat  qiladi,  hamda  o‘quv  qurollarini,  kichik  kalibrli  miltiq  va  uning  o‘q-dorilarini 
hisobini va texnik holatini nazorat qiladi. 
Mashg‘ulotlarni  tekshirish  harbiy  rahbar,  CHQBTO‘ning      to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yordami 
bilan nazorat vazifalarini mujassam  qilishi kerak. Tekshiruvni  shunday hisob bilan rejalashtirish 
kerakki,  o‘quv  yili  davomida  ta’lim  dasturining  barcha    bo‘limlar  bo‘yicha,  ayniqsa  tashkiliy 
munosabatda eng muhim va murakkab mavzular hisoblanadigan (masalan: «Askarning jangdagi  
harakatlari»,  «Avtomatdan    qo‘zg‘almas    nishonga    otish»,  «Avtomatning  qism    va 
mexanizmlarini  vazifalarini  o‘rganish  bo‘yicha  mashg‘ulotlar»,  «Vzvod  bo‘yicha  pobonning 
majburiyatlari», «Harbiy harakatlar ishtirokchilarining axloq  kodeksi», «Qurolsiz  bajariladigan 
saf amallari va harakatlari») mashg‘ulotlarga kirish imkonini bersin. 
Tekshiruv  vaqtida  o‘quv  va  tarbiyaviy  maqsadlarining  muvofiq  kelishiga,  dasturning 
usulubiy  talablariga,  mashg‘ulotning  g‘oyaviy  darajasi  va  tarbiyaviy  ahamiyatiga,  moddiy 
ta’minotiga,  vaqt  taqsimotiga  va  o‘quv  materialini  bayon  qilish  tartibi  va  tushunarligiga,  uning 
avval  o‘rganilgan materiallar bilan  bog‘liqligiga, usul va harakatlarni amaliy o‘rganishni tashkil  
qilish  qobiliyatiga    va  fanlararo  aloqalar  amalga  oshirilishiga,  o‘zini  tutish  qoidalariga, 
shuningdek, nizom talablarini ta’lim oluvchilar tomonidan bajarilishiga e’tibor berish kerak.  
Talabalar  tomonidan  o‘tilgan  o‘quv  materiali  qanchalik  o‘zlashtirilganini  qanday  qilib 
tekshirish  mumkin?    Direktor  (yoki    uning  topshirig‘i  bo‘yicha  harbiy  rahbar,  CHQBTO‘) 
savollar  beradi,  amaliy  harakatlarni  bajarib  berishini  so‘raydi.  Agar    mashg‘ulotda  bir  qancha 
o‘quv  joylari  masalan:  otish   tayyorgarligi    mavzusi  bo‘yicha  tashkil  qilingan  bo‘lsa,    direktor  
talabalarning  bajaradigan  vazifasini  har  biri  ustida  bajariladigan  ishlari    bo‘yicha  tekshirib 
chiqadi. Savolga javob yoki   harakatni   amaliy bajarilishi baholanadi.  
Nazorat  topshiriqning  eng  samarali  va  maqsadga  yo‘naltirilgan  shakli  ––  bu  ta’lim 
muassasasi  direktori  o‘tilgan  mavzulardan  birini  darsdan  tashqari  vaqtda        o‘tkazishi  mumkin, 
(o‘quv choraklarini oxirida, otish  tayyorgarligi bo‘yicha kichik kalibrli miltiq va avtomatdan o‘q 
otish  tayyorlov  mashqlarini  bajarishdan  oldin,  taktik  tayyorgarlik  bo‘yicha  esa  dala  o‘quv 
mashg‘ulotlari  (yigin)ga  chiqishdan  oldin)  talabalar  tomonidan  o‘zini  tuta  bilish  odobini, 
muomila va belgilangan kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini bajarilishini, navbatchi (navbatchi 
yordamchisi)  ning  majburiyatlarini  bajarilishini  direktor  tomonidan  kundalik  kuzatilishi    juda   
katta ahamiyatga ega bo‘ladi.  
O‘quv  tarbiyaviy  ishlarning  natijalar  hisoboti  o‘quv  yili  uchun  may-iyun  oylarida 
qilinadi.  Pedagogik  kengashning    yig‘ilishi  oldidan  doklad  tayyorlanadi.  Unda  CHQBT  va 
jismoniy  tarbiyaning  sifati,  dastur  materiallarini  qay  darajada  o‘zlashtirilganligi,  «Alpomish  va 
Barchinoy» kompleksi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi tahlil qilinadi.   
Bundan    tashqari  o‘quv-moddiy  bazasining    holati,    talabalarning  intizomi  va 
tashkilotchilik  darajasi,  CHQBT  va  tibbiy-sanitariya  tayyorgarligi  bo‘yicha  uslubiy  komissiya 
ishi  samaradorligi  albatta  baholaniladi.  Vatanparvarlik  tarbiyasi    mashg‘ulotlari  qanday  amalga 
oshirilgani  darsdan  tashqari    vaqtda  o‘tkaziladigan  vatanparvarlik  tadbirlarining  yo‘nalishi, 
samaradorligi qayd qilinadi.  
Ma’ruzani  sinfdan  tashqari  ishlar  tashkilotchisi,  harbiy  rahbar,  CHQBTO‘,  jismoniy 
tarbiya,  tibbiy    bilim  asoslari  fani      o‘qituvchilari  tayyorlaydi.  Pedagogik  kengash  materiallari 
CHQBT  bo‘yicha  ta’limni  yakunlash  haqidagi  direktor  buyrug‘ini  asosini  tashkil  qiladi.  Bunda 
dastur  bajarilishiga  baho    beriladi,  xulosalar  qilinadi,  pedagogik  jamoa  va  talabalarga  yangi 
o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yiladi. 
Bir  yilga  CHQBT  va  xarbiy  bilimlarni  targ‘ibot  qilish    xulosasini  chiqarilishining  
muhim  shakli  –  talabalar  Qurolli    Kuchlarda  xizmat  qilishga  o‘z  amaliy  va  jismoniy 
tayyorgarligini namoyish qilishi mumkin bo‘lgan harbiy-sport bayramini  tayyorlash va o‘tkazish 


bo‘yicha  buyruqni  ta’lim  muassasasi  direktori  (o‘tkazishga  2-3  oy    qolganda)  chiqaradi.  
Direktor  (bir oy qolganda) bayram rejasini ham tasdiqlaydi. 
 O‘quv  yili  tugaganidan  keyin    ta’lim  muassasasi  direktori  tuman  (shahar)  mudofaa 
ishlari  bo‘limiga  CHQBT  va  talabalar  bilan  olib  borilgan    vatanparvarlik  ishlarining    holati 
haqida  hisobot    beradi.  Hisobotda  albatta  dastur  bajarilishi  haqida  ma’lumotlar  (agar  nimadir 
bajarilmagan  bo‘lsa,  buning  sababi?)  nazorat  natijalari,  direktorning  xulosasi,  o‘quv  -  moddiy 
baza  va  qurol-aslaha  mulk  va  asboblar  bilan  ta’minlanganlik  holati,  vatanparvarlik  ishlarining  
aniq  tadbirlari  haqida  ma’lumotlar,  CHQBT  holatining  umumiy      bahosi  ko‘rsatiladi.  Maxsus 
maktab-internatlari  va    harbiy    litseylarini      guruh  tarbiyachi  sardorlarining  majburiyatlariga 
kelsak,  o‘zining  amaliy    ishida  u  asosan  harbiy  rahbar    majburiyatlariga  amal    qiladi,  lekin 
maxsus  maktab-internat    va  harbiy  litseylarning ishlari  o‘ziga  xosligidan  kelib  chiqqan ma’lum 
bir xususiyatlarga ega. 
Gap  shundaki,  Respublika  harbiy  litseylari  chaqiruvga  qadar  va  chaqiriq  yoshida 
bo‘lgan,  o‘smirlarni  oliy  harbiy  maxsus  o‘quv  yurtlariga  kirishga  tayyorlash  uchun 
mo‘ljallangan.  SHuning  uchun  mazkur    ta’lim  muassasasi  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich 
tayyorgarlikka  va jismoniy tarbiyaga asosiy e’tiborni beradi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish