1 – o‘quv savoli. CHQBT o‘quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim
muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.
YOshlarni harbiy xizmatga tayyorlash o‘zbekiston respublikasi qonunlari asosida
tashkil etiladi va olib boriladi.
CHQBT jarayonida quyidagilarni egallashlari kerak:
-
O‘zbekiston respublika konstitutsiyasi qoidalarini o‘zlashtirib olish;
-
Qurolli kuchlar vazifasi, ularning xususiyatlari va xarakterlarining harbiy
xizmatdagi ahamiyati;
-
O‘zbekiston respublika fuqarosining muqaddas burchi, harbiy qasamyodning
asosiy talablari, qurolli kuchlar nizomini tushunib olish;
-
Harbiy qism qurollari va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning hayoti va joylashishi
bilan tanishib olish;
-
YOshlarni tayyorlash hajmida zarur harbiy bilim va amaliy mahoratlarga ega
bo‘lish;
-
Fuqarolar himoyasi asosini o‘zlashtirib olish va kelajakda qurolli kuchlar safiga
chaqiriladigan o‘smirlar qisqa vaqt ichida zamonaviy qurollanish, harbiy texnikani egallab
olishlari uchun fuqaro himoyasi asoslarini o‘zlashtirish va ommaviy qirg‘in kurolidan
himoyalanish ko‘nikmalarini egallash;
Yigitlar uchun CHQBT ga o‘quv yurtlarida 140 o‘quv soati ajratiladi.
Qizlarga fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilimlar asoslari uchun 70 soat ajratiladi.
Mashg‘ulotlarni talabga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash uchun va nizom talablarini
bajarish, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni singdirish maqsadida har bir sinf, o‘quv guruhi guruh
deb nomlangan va uch bo‘limga bo‘linadi. Talabalardan ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i
bilan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan guruh va bo‘lim komandirlari tayinlanadi.
CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlar komandir tomonidan guruh saflash va mashg‘ulotga
tayyorgarligi haqida hisobot berish bilan boshlanadi. Talabalarni komandalarni to‘g‘ri bajarish,
safda tartibni saqlash, saf tortishga o‘rgatish odatda harbiy rahbar, instruktor ishtirokida amalga
oshiriladi.
Hisobot shakli: «o‘rtoq leytenant (harbiy rahbar) 2 - chi guruh 20 ta kursantlardan
iborat bo‘lib, taktik tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarga saf tortdi. Guruh komandiri –
talaba....».
Hisobot bergandan so‘ng guruh komandiri qo‘lini bosh kiyimidan tushurmay (agarda u
bosh kiyimida bo‘lsa), chap (o‘ng bilan) oyog‘i bilan chetga bir qadam qo‘yib bir vaqtning
o‘zida o‘ngga (chapga) qayriladi va mashg‘ulot rahbarining oldinga o‘tkazib yuborib, uning
orqasidan bir-ikki qadam orqaga va safning tashqi tomonidan boradi.
Hisobot qabul qilib, mashg‘ulot rahbari safning o‘rtasiga boradi, ulardan uch-to‘rt
qadam narida to‘xtab, safga qarab yuzi bilan turadi va talabalar bilan salomlashadi «salom
(kursant) askarlar, talabalar». Talabalar salomga baland ovoz bilan, aniq va birgalikda javob
beradilar «salom o‘rtoq leytenant».
Mashg‘ulotlarda har doim tartib va intizom saqlanishi kerak. Harbiy rahbar talaba bilan
munosabatda bo‘lganida u darhol o‘rnidan turadi va «rostlan» holatini bajaradi, o‘zini
tanishtiradi: «falonchi talaba». Agar mashg‘ulot rahbari talabaga familiyasini aytib murojaat
qilsa, u «men» deb javob qaytaradi. O‘tirishga ruxsat olib, talaba «xo‘p bo‘ladi» deydi va tez
shovqinsiz o‘z joyiga o‘tiradi. Talaba harbiy rahbarga murojaat etishida qo‘lni ko‘taradi va
ruxsat olganidan keyin o‘rnidan turadi «rostlan» holatini qabul qiladi, o‘zini tanishtiradi va savol
beradi.
O‘quv joylarida instruktor talabaga murojaat qilganda yoki aksi talaba o‘zini
tanishtiradi: «xizmatga tayyorgarlik ko‘ruvchi axmedov» yoki «xizmatga chaqiriluvchi
axmedov».
Mashg‘ulotlar (dars) tugagandan so‘ng guruh komandiri mashg‘ulot rahbari ruxsati
bilan «rostlan» yoki «turilsin, rostlan» komandalari beriladi. Mashg‘ulot rahbari «xayr talabalar»
deydi. Talabalar birgalikda «salomat bo‘ling, o‘rtoq leytenant» (harbiy rahbar) deb javob
qiladilar va «erkin» komandasi berilganidan so‘ng harbiy kabinetdan oldin harbiy rahbarni
o‘tkazib yuborib chiqadilar, tunda ta’lim muassasasi chiqish yoki kirish joyiga kelib, «erkin,
tarqal» komandasi beriladi.
Talabalar mashg‘ulotlarga tayyorlanib va ta’lim muassasasida ko‘rsatilganicha
kiyingan bo‘lib kelishlari kerak, ta’lim muassasasida kiyinish tartibi safida tekis va kalta soch
bilan yurish tavsiya etiladi.
Yil fasliga qarab kiyinish formalari turlicha bo‘lishi mumkin, masalan: № 1-harbiy xona
(sinfda) mashg‘ulotlar uchun - bir tusdagi shim, kostyum, ko‘ylak, galstuk, tufli (past poshnali)
yoki maktab formasi; №2-safda mashg‘ulotlar o‘tkazish - shu kabi, ya’ni №1 variantdagi va
bundan tashqari bosh kiyimi; №3 - safda, dala sharoiti va mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonda -
ish kiyimi formasi (kurtka, shim), bosh kiyimi; №4 - sport zalida zamonaviy tarbiya
mashg‘ulotlari - sport oyoq kiyimi va shu kabi.
Harbiy kiyimda yurish - harbiy rahbar, zaxiradagi ofitserlar uchun mashg‘ulotlar
o‘tkazish paytlarida majburiy hisoblanadi. amaliy mashg‘ulotlar boshlanishi oldidan tartib
qoidalari va o‘rganilayotgan savollar bo‘yicha harakatlarda xavfsizlik choralari qisqacha bayon
etiladi.
Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda (darsga) mashg‘ulotlar rahbariga quyidagilar tavsiya
etiladi:
— mavzu va o‘quv savollarini aniqlab olish;
— o‘quv va tarbiyaviy maqsadlari, o‘quv savollarini ishlab chiqish, ilgari o‘rganilgan
materiallarni o‘zlashtirish darajasini tekshirish, o‘tkazish bo‘yicha mashg‘ulot va savollarni
ma’naviy ta’minlash;
— mashg‘ulotga muvofiq nizom boblari, ko‘rsatmalar, o‘quv va boshqa amaliyotlarni
o‘rganib chiqish;
— usul (xarakatlar)ni bajarishda mashq qilib olish;
— uy vazifasini belgilab olish.
Mashg‘ulot o‘tkazish joyi va moddiy ta’minlanishi oldindan tayyorlangan bo‘lishi
kerak.
Amaliy taktik saf tortish, tematik mashg‘ulotlarga tayyorlanishda mashg‘ulot rahbari
yordamchilari bilan instruktaj o‘tkazadi (texnik sharoitni mashq qilish), talabalar bilan uslub va
harakatlarni qay tartibda o‘rganishni ko‘rsatadi, ularga bu uslub va harakatlarni to‘g‘ri bajarishga
o‘rgatadi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish (dars) mashg‘ulot reja-konspektini tuzish bilan yakunlanadi.
Mashg‘ulot (dars) kirish, bir-biri bilan bog‘liq asosiy va yakuniy qismlardan tashkil topadi.
Kirish qismida guruh saf tortadi, mashg‘ulot rahbariga axborot beriladi, talabalar tashqi
ko‘rinishi ko‘zdan o‘tkaziladi va ular bilan ilgari o‘rganilgan material o‘zlashtirish darajasi
tekshiriladi. Har bir saf tortishda guruh rahbari safning to‘g‘ri va tekisligiga e’tiborni qaratadi,
safda intizom saqlanish, safda turish nizomi talablariga muvofiq safda turish va saf tortishda
talabalar vazifalarini bajarishlari va kamchiliklarni bartaraf etishga erishishi kerak. bundan
tashqari muloqotlarning bu qismida ular bilan bo‘sh o‘zlashtirib olingan safdagi uslublar va
komandalar bajarilishi mashq qilinadi. Buning uchun 5 daqiqa ajratiladi. Ilgari o‘tilgan
materiallarni tekshirish talaba-larga savol berish va uslub va harakatlarni bajarishlarini
tekshirish, javoblariga baho berishdan iborat bo‘ladi (amaliy usul, harakat).
Mashg‘ulotlar asosiy qismi mashg‘ulot mavzusi va maqsadlari ma’lum qilingandan
so‘ng o‘quv savollari mazmuniga qarab, yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi
yoki usul, harakatlarga o‘qitiladi yoki baravar ikkalasi o‘tiladi.
yangi materialni mustahkamlash savol-javob o‘tkazish va usul harakatlarini bajarish
orqali butun materialni yoki bir qancha asosiy savollarni bayon etishdan so‘ng o‘tiladi. usul va
harakatlarga, o‘qitish, odatda, belgilangan tartibda olib boriladi.
Mashg‘ulot rahbari usul va harakatlarni umumiy namuna qilib ko‘rsatib beradi, shundan
so‘ng talabalarni uning belgilari bo‘yicha o‘rganib olish tartibi bilan tanishtiradi, 1-belgisi
bajarilishini tushuntirib ko‘rsatadi va o‘qishga kirishadi, uslubni (harakatni) o‘rganib olish
sekinlashtirilgan suratda boshlanadi, bunda asosiy e’tibor uni to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi,
keyinchalik mashq surati oshirilib boriladi, usullarni (harakatlarni) belgilarga bo‘lib o‘rganib
olinganidan so‘ng rahbar usulni umuman bajarishni o‘rgatishga o‘tadi.
Mashg‘ulotlar yakuniy qismida ularning natijalari mujassamlashtirilib, talabalar
mashg‘ulotda bajargan ishlariga baho beriladi, javob va harakatlaridagi kamchiliklari
ko‘rsatiladi, yaxshi javob berib mashqni to‘g‘ri bajargan talabalar ko‘rsatilib o‘tiladi, zarur
bo‘lsa uyga topshiriq beriladi hamda navbatdagi mashg‘ulot mavzusi va kiyinish formasi ma’lum
qilinadi.
CHQBT bo‘yicha o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va
o‘tkazilishi umumta’lim maktablaridan farqi harbiy rahbar ishning o‘ziga xosligidadir. bu farq
talabalar individual va yoshi xususiyatlarining hisobga olinishida ifodalanadi.
O‘rta maxsus ta’lim muassasasi qiz va yigitlari bir-birlaridan rivojlanishi, nazariy
tayyorlanganligi, umumiy tarbiyaviyligi, xayotiy tajribasi, qiziqishlari va b. bilan farq qiladi.
pedagogik jamoa bunga alohida e’tibor berishi kerak.
Ayniqsa, 15-16 yoshli talabalar imkon boricha yanada ko‘proq turli ma’lumot va
bilimlar olishga intilishi, balki ta’lim muassasasi ijtimoiy hayotida ishtirok etish istagida
ifodalanadigan yuqori ijtimoiy faollik ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotlarning o‘ziga xosligi shundaki, harbiy rahbar mashg‘ulotlarni ko‘p sonli
guruhlar bilan tashkil qilishi va o‘tkazishi kerak, bu ba’zida ortiqcha og‘irlikka olib keladi.
shunda mazkur ta’lim muassasasi zahiradagi zobit yoki bu vazifani uddalay oladigan boshqa fan
o‘qituvchilarini chetdan soat haq to‘lashga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimiga ishga taklif
qilishga haqli.
CHQBT bo‘yicha harbiy-vatanparvarlik tarbiya va o‘quv jarayonini tashkil qilishda
qishloq xo‘jaligi hamda qurolli kuchlar safida xizmat qilish uchun mazkur ta’lim muassasasida
mutaxasislarni tayyorlash yo‘nalishi nazarda tutilishi kerak, ya’ni faoliyat turiga ko‘ra (aviatsiya
sanoati, radio sohasi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash) ish yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ilgari aytganimizdek o‘qish vaqti bir yildan uch yilgacha bo‘lganligi uchun
o‘rganiladigan mavzular hajmi ham shunga mos o‘rganiladi. bir yillik dastur bo‘yicha 70 soat, 2
yillik va undan ko‘proq dastur uchun CHQBT to‘la hajmi o‘tkaziladi. Harbiy vatanparvarlikda
tarbiyalash va CHQBT bo‘yicha o‘quv jarayonida ushbu ta’lim muassasasida mutaxasislar
tayyorlash sohasi hisobga olinishi kerak. birinchi mashg‘ulot savolini yakunlashda rahbarga har
bir mashg‘ulot talabalarda ma’naviy-siyosiy sifatlarini tarbiyalash, vatanni himoya etish
bo‘yicha o‘z burchini bajarishga tayyorlash, ularda o‘quv mavzulari hajmida qurolli kuchlar
nizom talablariga muvofiq axloq va harakatlar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
kerakligini talabalarga tushuntirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |