YAkuniy nazorat har bir chorak yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Uning maqsadi –
Vatan himoyachisi loyiq vatanparvar kishini tayyorlash bo‘yicha o‘qish jarayonida
erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash.
Joriy va yakuniy nazoratning keng tarqalgan shakli talabalarni individual va umumiy
so‘rov qilishdir.
Individual so‘rovda talaba yozuv taxtasi oldida javob berib, zarur bo‘lsa, kerakli
javoblarni yozib, chizib ko‘rsatadi. Talaba javobini butun sinf eshitadi, javoblardan so‘ng
talabalar bergan javoblar to‘ldiradi, yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |