O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

umumiy  metodikasi
Yirik  axborot-kutubxona  markazlari  tomonidan  bibliografik
qo‘llanmalar  nashr  etishning  va  tarqatishning  keskin  darajada
kamayib  ketganligi,  aniq  kitobxonlar  guruhiga  mo‘ljallangan
qo‘llanmalarning  kamligi,  tor  mavzuga  oid  maxsus  bibliografik
qo‘llanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy
qiyinchiliklar  sababli  ko‘pgina  kutubxonalar  tayyor  bibliografik
qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga o‘zlari ham bibliografik
qo‘llanmalar  va  ko‘rsatkichlar  tuzadilar.  Kichik  kutubxonalar,
asosan,  tavsiyaviy  bibliografik  qo‘llanmalar  va  ko‘rsatkichlarni
tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil
bilim olishda yordam berish, axborotga bo‘lgan talabini qondirish,
kitobxonlarga  professional  bilim  olishda,  uni  oshirib  borishda,
qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga
oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini
bilishlari  zarur.
Bibliografik  qo‘llanmalarni  tuzish  dasturini  ishlab  chiqish
bosqichining maqsadi — kitobxonlik guruhini aniqlashdan iborat.
Bunda quyidagi vazifalar bajariladi: mavzuni tanlash va o‘rganish;
shunga oid adabiyotlarning fondda mavjudligini aniqlash; bibliografik
tanlashning  mezonlarini  aniqlash  (nashr  turlari,  ularning
to‘liqligi, mavzuli va xronologik chegarasi); bibliografik qo‘llan-
maning  turi  va  janrini  belgilash.
Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda o‘rganiladi: uning
dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati,
adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga
muvofiqligi.  Òuzuvchilar  masalaning  mohiyatini  to‘la  anglab
olishlari  uchun  kitoblarga,  jurnal  va  gazetalarga,  mavzuga  oid
turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu
sohaga  oid  olimlarning,  mutaxassislarning  asarlarini  o‘rganib


170
borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga,
har  qanday  hujjatni  to‘g‘ri  tavsiya  qilishga  olib  keladi.
Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng qo‘llanmaning rejasi ishlab
chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda
material  berishning  tartibi,  hujjatlarni  joylashtirish  prinsiðlari,
yordamchi  apparatlar,  ularning  tartibi,  foydalanish  uchun
manbalar  ko‘rsatiladi.
Matbuot  asarlarini  aniqlash  va  bibliografik  qidirish  bosqi-
chining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar
u  vaqtincha  mavjud  bo‘lmasa,  bibliografik  yozuvlarning)
kutubxonada  mavjudligini  aniqlashdan  iborat.  Agar  mavjud
bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Òuzuvchi mavzuga oid ma’lu-
mot  beruvchi  hamma  manbalarni  ko‘rib  chiqadi:  kataloglar,
kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar,
ko‘rsatkichlar,  sharhlar,  mutaxassislikka  oid  jurnallardagi  ro‘y-
xatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning
bibliografik  ma’lumotlari  tanlab  olinadi  va  mahalliy  nashrlar
haqidagi  ma’lumotlar  qo‘shiladi.  Ba’zan  yangi  adabiyotlardagi,
o‘quv  qo‘llanmalaridagi,  ko‘p  tarmoqli,  tarmoqli,  mavzuli  bib-
liografik  ko‘rsatkichlardagi,  „Kitob  dunyosi“  gazetasidagi  ro‘y-
xatlar  ham  ko‘rib  chiqiladi  va  mavzu  uchun  moslari  tanlab
qo‘shiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish