O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Bosma  nashrlarni  va  bibliografik  qo‘llanmalarni



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Bosma  nashrlarni  va  bibliografik  qo‘llanmalarni
o‘rganish  metodikasi
Òajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  matbuot  asarini  mukammal  bil-
masdan  turib,  kitobxonlar  o‘qishiga  rahbarlik  qilish,  yakka  va
ommaviy  ishlarni  olib  borish,  bunda  yordam  beradigan  biblio-
grafik  mahsulotlarni  tayyorlash  juda  qiyin.  Bizning  kutubxona
xodimlarida  matbuot  asarini  tushunish,  bilish,  tahlil  qilish,
mustaqil  baho  berish,  bibliografik  qo‘llanmalardan  mustaqil
foydalanish  ko‘nikmasi  yetarli  emas.  Shuning  uchun,  avvalo,
kutubxona  xodimining  o‘qish  doirasini  kengaytirish  muhim
vazifa hisoblanadi. N. A. Rubakin o‘zi va begonalar o‘qishi uchun
kitob  tanlash  ham  san’atdir,  deb  ta’kidlagan  edi.  Demak,  har
bir  kutubxona  xodimi  bu  san’atni  egallagan,  adabiyotni  yaxshi
biladigan, kitobxon bilan ishlash jarayonida nafaqat bibliografik
qo‘llanmadagi,  balki  mavjud  kitobni,  uning  ichidagi  bobni,
tavsiya eta oladigan darajada bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu
esa kundalik ish jarayonida amalga oshadi. Kutubxonachi qo‘liga


171
kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi,
bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu
nashr  haqidagi  taqrizlar  yordamida  kitob  haqidagi  bilimini
oshirib  borishi  zarur.  Zamonaviy  kutubxona  xodimining  o‘qish
doirasiga ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid
ilmiy-ommabop  adabiyotlar,  kasbiga  oid  yangi  adabiyotlar,
badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli
matbuot  nashrlarini  ham  ko‘zdan  kechirib  borishi  zarur.  Ish
jarayonida  kitobxonlar  uchun  tavsiya  qilish  mumkin  bo‘lgan
asarlarni  tanlab  boradi,  u  haqda  biror-bir  tadbir  o‘tkazishga,
tavsiya  ro‘yxatlariga  kiritishga,  ko‘rsatkichlarini  tuzishga  tay-
yorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng
doirasi  bilan  tanishish  imkonini  beradi.  Òezlik  bilan  kitobning
qiymatini  aniqlash,  uning  kitobxonlar  qiziqishi  va  so‘rog‘iga
mosligini  belgilab  olish  muhim  ahamiyatga  ega,  shu  maqsadda
nashrning  sarvaraqlari,  uning  orqa  tomoni,  ularda  berilgan
ma’lumotlar  o‘rganib  chiqiladi.  Keyin  nashriyot  tomonidan
berilgan  annotatsiya  o‘rganiladi,  asar  matni  tezda  ko‘zdan
kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani
aniqlanadi.
Ilmiy ma’lumot apparatida kitob haqidagi zarur ma’lumotlar
beriladi. Mundarija faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina
qolmaydi,  balki  asar  tuzilishi  haqida  ham  ma’lumot  beradi,
zarur  boblarni,  mavzularni,  bo‘limlarni,  paragraflarni  qaysi
sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi. Yordamchi ko‘rsatkichlar
kitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi. So‘zboshi
kitobxonni  asarda  yoritilgan  masalalar,  muammolar  bilan  ta-
nishtiradi, asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan
farqi,  qayta  nashr  bo‘lsa,  avvalgi  nashridan  farqi,  yangiligi
haqida ma’lumot beradi. Kirish qismi esa muallifning hayoti, ijod
yo‘li  haqida  ma’lumot  beradi,  mazmunni  tushunishga  yordam
beradi. So‘nggi so‘z muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan
bilgan,  uning  hayoti  va  ijodini  chuqur  o‘rgangan  tanqidchi,
mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning
asosiga  olingan  voqea  va  hodisalar,  asar  qahramonlarining
prototiðlari,  ularning  keyingi  taqdiri  haqida  ma’lumot  beriladi.
Ba’zan  nashrlarda  izohlar  ham  beriladi.  Ular  kitobxonga  asar
mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam
beradi,  yana  asarning  yaratilish  tarixi,  asar  haqida  zamon-
doshlarning fikrlari, asarda yoritilgan voqea va hodisalar haqida


172
ma’lumot beriladi. Eslatmalar asarning ayrim joylariga taalluqli
aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular
ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning
pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi,
fikrlar,  asarda  nomi  keltirilgan  shaxs  haqida  qisqa  ma’lumot,
muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Asar mazmunini yoritishda unda berilgan illustrativ materiallar
muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga mazmunan mos,
asar  g‘oyasini,  maqsadini  kengroq  tushunib  olishga  yordam
beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini
kuchaytiradi,  kitobxonni  jalb  qiladi,  iste’molchida  qiziqish
uyg‘otadi,  asarning  qiymatini  oshiradi.  Kutubxonachi  o‘rganib
chiqqan  asari  haqida  alohida  daftarda  yoki  kartochkada  mu-
lohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona
xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur.
Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga
yordam  beradi,  bibliografik  qo‘llanmalarni  tuzish  qoidasi  bilan
tanishtiradi  va  o‘rgatadi,  kitobxonga  adabiyotni  to‘g‘ri  tavsiya
qilishga  yordam  beradi,  kutubxonachilik-bibliografik  xizmat
ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan
bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik
qo‘llanmani  o‘rganish  sarvaraq  va  so‘zboshi  bilan  tanishuvdan
boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi
boshqa  ma’lumotlar,  tashkilot  nomi,  uni  nashr  etuvchi  ayrim
shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi.
Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib
beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar maqsadini
va  tiðini  yoritib  beradi.  Ilmiy-yordamchi  ko‘rsatkichlarning
sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi
ko‘rsatiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish