O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

BIBLIOGRAFIYA  APPARATI  (MBA)
Mavzuning  maqsadi — bibliografik  axborot  uchun  zarur
manbalar  haqida,  ma’lumot-bibliografiya apparati,  uning  tarkibi,
tashkil  etish  qoidalari  haqida  ma’lumot  berish.
11 — Bibliografiya


162
Asosiy  tushunchalar — ma’lumot-bibliogarfiya  apparati,
kutubxona  kataloglari  tizimi,  kartotekalar  tizimi,  ma’lumot-
bibliografiya  fondi.
MBA  haqida  umumiy  tushuncha
MBA  kutubxona  hujjatlari  fondini  har  tomonlama  ochib
berish, aks ettirishga mo‘ljallangan, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq
yoki  bir-birini  to‘ldirib  boruvchi,  kitobxonlarni  zarur  axborot
bilan  ta’minlashga  qaratilgan  va  kasbiy  kutubxona-bibliografik
faoliyatni  tashkil  etishni  o‘z  ichiga  oluvchi  kompleksdir.
MBAning  sifati  kutubxonachilik  ishining,  ayniqsa,
bibliografiya ishining qanday tashkil etilganiga bog‘liq. Hozircha
hamma kutubxonalar (ayniqsa, tuman va qishloq kutubxonalari)
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Demak,  hali  ancha  vaqt  zamonaviy  MBA  bilan  bir  qatorda
an’anaviy MBA tashkil etish va undan foydalanish davom etadi.
MBAning tarkibi, xususiyatlari, tuzilishi kutubxona xususiya-
tidan va maqomidan, kutubxona fondi, kitobxonlar so‘roqlarining
mazmunidan  kelib  chiqib  belgilanadi.
Universal kutubxonalarda MBA hamma bilim sohasi bo‘yicha
tashkil etiladi va turli kitobxonlarga ular haqida axborot beradi.
An’anaviy  MBA  quyidagi  3  qismdan  iborat:
— aynan  shu  kutubxona  uchun  mos  va  zarur  kutubxona
kataloglari tizimi;
— kartotekalar  tizimi;
— ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF).
Kitobxonlar  tomonidan  berilayotgan  turli  xil  so‘rovlarni
bajaruvchi  kutubxonalarda  mohiyatiga  ko‘ra  nashr  etilmagan
bibliografik ma’lumotnomalardan iborat bajarilgan talablar fondi
tashkil etiladi va yuritiladi. Kataloglar tizimi alifbo, sistemali va
predmet  katalogidan  tashkil  topadi.  Yana  yirik  va  markaziy
kutubxonalarda o‘lkashunoslik katalogi ham yuritiladi. Kutubxona
fondi mazmunidan va xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa
turdagi  kataloglar  ham  tashkil  etiladi.  Masalan,  notali  nashrlar
katalogi, me’yoriy-texnik hujjatlar katalogi, musiqali audiomate-
riallar  katalogi,  CD-ROMlar  katalogi  va  boshqalar.
Bu  kataloglar  turli  yo‘nalishda  kutubxona  fondini  yoritib
berish, uni targ‘ib etish, tavsiya etish va axborot berish vazifasini
bajaradi. MBA tarkibida kartotekalar muhim ahamiyatga ega. Unda
kutubxona fondidan tashqarida ham mavjud bo‘lgan juda katta


163
mazmunda axborot to‘planadi. Kartoteka turlari ham kutubxona
xususiyatidan, kitobxonlar guruhlarining tarkibidan kelib chiqib
tanlanadi.  Ko‘proq  quyidagi  kartotekalar  tashkil  etiladi:
— umumiy  yoki  universal  bibliografik  kartotekalar:  maqo-
lalarning  sistemali  katalogi  yoki  Bosh  ma’lumot  kartotekasi
(BMK)  yoki  Bosh  axborot  kartotekasi  (BAK);
— mavzuli  kartotekalar;
— o‘lkashunoslik kartotekasi;
— maxsus kartotekalar (badiiy asarlar sarlavhalarining karto-
tekasi,  taqrizlar,  shaxslarga  oid,  tasviriy  san’at  asarlari  kar-
totekasi va boshqalar).
Kichik  kutubxonalarda,  asosan,  alifbo  va  sistemali  katalog,
mavzuli kartotekalar tashkil qilingan. Viloyat axborot-kutubxona
markazlarida alifbo, sistemali, o‘lkashunoslik kartotekasi, badiiy
asarlar  sarlavhalari  kartotekasi  va  mavzuli  kartotekalar  mavjud.
Oliy  o‘quv  yurti  kutubxonalarida  ham,  asosan,  alifbo  va
sistemali,  predmet  kataloglari  va  mavzuli  kartotekalar  tashkil
etiladi.  Musiqa  bo‘limlari  mavjud  kutubxonalarda  qo‘shiqlar
kartotekasi,  izonashrlar  kartotekasi,  nashr  etilmagan  asarlar
kartotekalari,  xorijiy  tillarda  nashr  qilingan  asarlar  yoki  o‘zbek
mualliflari  asarlari  kartotekasi,  madaniyat  va  san’at  masalalari
bo‘yicha kartotekalar tashkil etilgan. Kartotekalar tizimi gazeta,
jurnal va to‘plamlar, davomli va davriy nashrlar, ayrim nodavriy
nashrlar mazmunini ochib berishga, ayrim mavzular va muam-
molar, o‘lka hayoti, asarlarning alohida janrlari va turlari haqida
ma’lumot berishga qaratiladi.
Dunyo  miqyosida  to‘la  axborot  to‘plash  va  saqlash  uchun
kutubxonalarda tashkil etilayotgan katalog va kartotekalar mun-
tazam  to‘ldirib  borilishi,  bir-birini  to‘ldirishi,  o‘zaro  bog‘liq
bo‘lishi talab etiladi. Bu yagona yo‘naltirish tizimi yoki alifboli-
predmet ko‘rsatkichi yordamida amalga oshiriladi. Alifbo-predmet
ko‘rsatkich  (APK)  muntazam  ravishda  yangi  tushunchalar,
shaxsga oid rubrikalar bilan to‘ldirib boriladi. Bu uning sifatini
oshiradi, axborotni qidirish, to‘la ma’lumotga ega bo‘lish, katalog
va  kartotekalar  tizimidan  unumli  foydalanishning  samarasini
oshiradi.
An’anaviy katalog va kartotekalar tizimi kutubxona MBAning
bir  qismi  bo‘lib,  o‘zida  rejali  tashkil  etilgan,  o‘zaro  bog‘liq  va
bir-birini  to‘ldiruvchi  kartochkali  katalog  va  kartotekalarni  aks
ettiradi. Katalog va kartotekalarning bir-biridan farqi shundaki,


164
katalog  aynan  olingan  kutubxona  fondini  to‘la  aks  ettiradi.
Kartoteka shu fonddan olingan maqsadga qaratilgan, tuzilayotgan
kartotekaning yo‘nalishiga mos bo‘lgan qisminigina aks ettiradi.
Bundan  tashqari,  kartotekalar  kutubxonada  mavjud  bo‘lmagan,
ammo olingan mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda ham mavjud
bo‘lgan  materiallarni  (avval  fonddan  chiqarilganlarni  ham)  aks
ettiradi. Kartotekalar kataloglarni to‘ldiradi, kitobxonlarga alohida
nashr etilmagan materiallar haqida ma’lumot beradi. Kartotekalar
tizimiga quyidagilar kiradi:
— umumiy  bibliografik  kartoteka;
— o‘lkashunoslik,  agar  shunday  katalog  mavjud  bo‘lmasa;
— mavzuli;
— uslubiy  va  bibliografik  hujjatlar  kartotekasi;
— badiiy  asarlar  sarlavhalarining  kartotekasi.
Bunday  kartotekalar  bolalar  va  o‘smirlar  kutubxonalarida,
maxsus  kutubxonalarda  tashkil  etiladi.  Shuningdek,  ko‘pgina
kutubxonalar yangi adabiyotlar kartotekasi va boshqa mazmundagi
kartoteklarni  ham  tashkil  etadi.  Sistemali  katalog  bolalarning
yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tashkil  etiladi.
Zamonaviy MBA an’anaviy va elektron shakldagi ma’lumotlar
bazasi  va  bankidan  iborat  tizim.  Elektron  shakldagi  MBA
kutubxonadan tashqariga, butun mamlakat va xorijiy mamlakatlar
apparatiga axborot talabi bilan kirish imkonini beradi. Zamonaviy
MBAga  quyidagilar  kiradi:
— kutubxona kataloglari tizimi: an’anaviy va elektron katalog;
— bibliografik  kartotekalar  tizimi:  ma’  lumotlar  bazasi  va
banki;
— bibliografik va axborot nashrlari;
— bajarilgan  so‘roqlar  fondi;
— ma’lumotnoma  nashrlar  fondi;
— faktografik  qidiruv  tizimi;
— yagona alifbo-predmet ko‘rsatkichi va MBA.
Elektron katalog bilan bir qatorda an’anaviy kataloglar tuzish
davom  etmoqda,  chunki  ularning  har  biri  o‘z  vazifasiga  ega.
An’anaviy katalog kutubxona tashkil etilgandan beri tashkil etila-
yotgan  bo‘lsa  va  shu  davr  ichidagi  fondni  aks  ettirsa,  elektron
kataloglar deyarli barcha kutubxonalarda 1994- yildan beri yoki
elektron  katalog  uchun  dastur  olingan  yildan  boshlab  tashkil
etilmoqda. U kutubxonalararo va xalqaro miqyosda axborot alma-
shuv  imkonini  beradi.


165
Kartotekalar tizimida ham elektron ma’lumotlar bazasi paydo
bo‘la  boshladi.  Undagi  bibliografik  yozuvlar  ma’lum  bir  yildan
boshlab  tanlangan  vaqtli  matbuot  nashrlari  va  to‘plamlardan
olingan hujjatlarga beriladi.  Rossiya kutubxonalari hududiy doirada
bir  necha  kutubxonalar  birgalikda  „O‘lka“  nomi  bilan  yig‘ma
kartoteka  ham  tashkil  etmoqda.  Unda  viloyat,  shahar,  tuman
haqidagi hujjatlar aks etgan, bu keyinchalik bosma ko‘rinishdagi
o‘lkashunoslik  qo‘llanmasini  nashrdan  chiqarishga  olib  keladi.
Ba’zi  kutubxonalar  birgalikda  umumiy  kartotekani  korporativ
asosda tashkil etganlar. Ular o‘zlari obuna bo‘lgan yoki ishlayotgan
vaqtli  matbuot  nashrlarini  qamrab  oladi.  Kitobxonlar  ko‘p
murojaat  qiladigan  mavzular  va  masalalarga  oid  kartotekalar
ma’lumotlar  bazasiga  kiritiladi.  Masalan,  „Tabiatni  asrang:
o‘lkaning ekologik muammolari“, „Tadbirkorga yordam“, „Ta’lim
muammolari“, „Madaniyat va san’atning muhim masalalari“ va
hokazo.  Keyingi  paytda  respublikamizda  27  dan  ortiq  huquqiy
axborot  markazlari  tashkil  etilgan.  Shu  kutubxonalar  hududlar
xususiyatidan kelib chiqib birgalikda „Inson va qonun“, „Qonunni
o‘rganamiz“,  „O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi“,  „De-
mokratik jamiyat sari“ kabi ma’lumotlar bazasini yaratishlari va
almashishlari  mumkin.  „Obuna“  nomli  ma’lumotlar  bazasida
kutubxona  obuna  bo‘lgan  vaqtli  va  davomli  nashrlar  haqidagi
ma’lumotlar  to‘planadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish