2.3. Quyosh suv isitkichli qurulmaga ega bo’lgan biogaz qurulmasi.
Energiya tashuvchi qurulmalarning qiymati doimiy ravishda oshib
borishini hisobga oladigan bo’lsak, go’ngni zararsizlantirish va qayta
ishlashning biologik usuli uni biogaz qurulmasida anaerobli fermentatsiya
usulida qayta ishlash bo’lib hisoblanadi.
Quyosh energiyasi yordamida isitish tizimida ishlovchi, xamda
bioreaktor(1), geliosuvisitgich(2), issiqlik batariyasi(3), gaz tozalagich(4) va
gazgolder(5) dan iborat tajribaviy biogaz qurulmasi 17-rasmda keltirilgan.
17-rasm. Quyosh energiyasi yordamida isitish tizimida ishlovchi
tajribaviy biogaz qurulmasining pirensipal sixemasi: a-biogaz qurulmasining
bosh rejadagi cxemasi, a,v,g-mos ravishda geliosuv isitkich, issiqlik
batariyasi,va bioreaktor.
49
Qurulmaning ushbu qismlarini tayyorlashda energoresurs tejamkorlik,
ekologik tozalik va kutilayotgan samaradorlik talablari inobatga olingan. Odatda
turli shakildagi quyosh suvisitgich kollektorlari ananaga ko’ra metaldan
tayyorlanadi. Ushbu biogaz qurulmasida quyosh suvisitgich kollektorlari metall
bo’lmagan materialdan tayyorlangan. Quyoshsuvisitgich ichida qora rangdagi
plasmassa quvurdan o’rnatilgan issiqlik qabul qilgich ya’ni kirish va chiqish
patrubkalariga ega bo’lgan kollektor.
Issiqlik yig’uvchi qurulma tashqi tomondan issiqlik chiqishidan
ximoyalangan tsilendir shaklidagi idish bo’lib, ichida ikkita issiqlik almashgich
mavjud. Ulardan biri issiqlikni akumlyatsiya qiluvchi moddani isitish uchun ,
ikkinchisi bioreaktorni issiqlik bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ushbu
ikkala issiqlik almashgich zimevik simon shakilda plasmassa quvurlardan
yasalgan.
Idish erish xarorati bijg’itilayotgan substratning mezofil rejimidagi
optimal xaroratni (33-35
0
C)ga qarib teng bo’lgan kaltsiy xlorid kiristalagitrati
(CaCl
2
·6H
2
O)yani issiqlikni akumlyatsiya qiluvchi modda bilan to’ldirilgan.
Kiristalagidratning erish xarorati va zichligi mos ravishda teng 174.4 kDj/kg va
1634 kg/m
3
.
Biogaz qurulmasining asosiy qisimlaridan biri bioreaktor b’lib, germetik
maxkamlangan va diametri 1.5 m va balandligi 2 m bo’lgan tsilendrik idishdan
iborat.
Yuqori va quyi yon qisimlarida yuklash(12) va bo’shatish(11) tuyniklarni
o’rnatilgan. Reaktorning ichida o’rta qismida bijg’itiladigan substratni
aralashtirish qurulmasi (13) o’rnatilgan.
Tsilendrik idish tashqi tomondan bor balamdligi bo’yicha isitgich (14)
sifatida xizmat qiladigan va ustiga metall to’r tortilgan plasmassa quvurlar bilan
zich aylantirilgan. Keyin reaktor atrof muxitdan ham qalinligi 5sm bo’lgan
steklovata bilan ximoyalangan.
Biogaz qurulmasi quydagicha ishlaydi. Kiritilayotgan go’ng avval turli
yod qo’shimchalar (o’simlik qoldiqlari, yog’och chiqindilari va boshqalar) dan
50
tozalanadi. Kirish tuynigi orqali reaktorga yuklanadi va 85-90% li
konsentratsiyaga qadar suv bilan aralashtiriladi. So’ngra yaxshi bijg’ishi uchun
oxak suvi yoki Ph muxit talabiga ko’ra yog’och kulidan qo’shiladi.
Bijg’itish jarayoni uchun kerakli xaroratni o’rnatish va uni doimo ushlab
turish uchun avvalombor reaktorga uzatilayotgan substratni kerakli xaroratgacha
qizdirish tavsiya qilinadi.
Bioreaktorni va shu bilan birga bijg’itilayotgan substratni qizdirish
germetik maxkamlangan suvli isitish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim
issiqlik almashgich (7), nasos (8) va reaktorni o’rab olgan quvurli issiqlik
almashtirgichdan iborat. Achiydigan substratni to mezofilli rejimga (t=33-
35
0
C)cha isitib va ushbu biogaz qurulmisida bu haroratni ushlab turish
quyoshsuvisituvchi kollektor yordamida amalgam oshiriladi. Issiqlikni ishlab
chiqish shunday amalgam oshiriladiki: kunduzi quyosh nurlari shaffof shisha
to’siq orqali o’tib suvli kollektorni isitadi. Isitilgan suv kollektordan issiqlikni
akumlyatsiya qiluvchi moddaga kelib tushadi va issiqlikni almashtiruvchi orqali
(6)dan o’tib, shuningdek o’zining ko’p potensial energiyasini issiqlikni
akumlyatsiya qiluvchi moddaga berib, yana kollektorga kelib tushadi. Busikl
doimiy takrorlanib turadi. Bu esa kunduzi oydinda quyosh chiqqanda amalga
oshiriladi. Issiqlikni akumlyatsiya qiluvchi modda sifatida, kaltsiy xlorid
kiristalagitrati (CaCl
2
·6H
2
O) tanlanganl. Quyoshkollektoridan issiqlikning kelib
tushishi bilan kristallogidrat isiy boshlaydi, uning harorat to erish
chegarasigacha yetmaguncha osha boradi. Ya’ni 36-39
0
C keyinchlik ortiqcha
issiqlik kristalogidratning fazali aylanishi xisobidan to’planadi. Shunday qilib,
qurulmqda issiqlik akumulyatorida harorat doimiy ushlab turiladi, ya’ni
achiyotgan substratning mezofilli rejmining optimal haroratiga teng. Tunda
qurulma kunduzgi issiqlikni to’plash xisobidan ishlaydi. kaltsiy xlorid
kiristalagitrati (CaCl
2
·6H
2
O) ning fazali o’tishining hisobiga kecha-yukunduz
xaroratni ta’minlaydi va bioenergetik qurulmaning natijaviyligini oshirishini
ta’minlaydi.
51
Haroratni va issiqlik tartiblarini, shuningdek ishlab chiqilgan biogazga
tegishli qurulmani ishlab chiqishini o’rganish uchun har xil substratlar uchun har
xil meteorologik sharoitlarda qator tajribalar o’tkazilgan. Bunday tajribalardan
birining natijalari 18-rasmda keltirilgan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bioreaktor
ishining mezafolli tartibida gazni ishlab chiqarish optimal haroratining 1-2
0
C ga
o’zgarishi amaliy pasaymaydi va substratning achish jarayoni 25-30 kun davom
etardi.
18-rasm. Har xil substratlar bilan biogazning chiqishiga tegishli o’tkazilgan
tajribali tadqiqotlar natijalari: 1-tovuq go’ngi, 2-qoramol go’ngi.
O’tkazilgan tadqiqot davomida shu narsa aniqlandiki, ko’pchilik
jarayonlarning jadalligi bioreaktordagi harorat va namlikka bog’liqdir. Mezofilli
rejimda (33-35
0
C) metanli achish jarayoni jadallik bilan borishi ko’rsatilgan, bu
haqda biogazning katta chiqishi va undagi metanning miqdori oshganligi haqda
guvohlik beradi.
O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, ushbu qurulma hajmi 1.12m
3
bo’lgan biogaz qurulmasi mezofil rejimda surkasiga 70 kg go’ngni qayta ishlash
va 5m
3
ga yaqin biogaz hamda 70 kg ga yaqin suyuq ekologik toza bioo’git
ishlab chiqarish imkonini beradi. Bioo’g’it tarkibida qator organik moddalar
mavjud bo’lib, tuproq singdiruvchanligi va gigraskopikligini oshirishga xissa
qo’shishi bilan bir qatorda erroziya (yemirilish) ning oldini oladi. Shu bilan bir
52
qatorda organik moddalar mikroorganizmlar rivajlanishi uchun baza bo’lib
xisolanadi va bu mikroorganizimlar oziq moddalarni o’simliklar oson
o’zlashtiradigan shakilga o’tkazib berishadi. Bioo’g’itdan foydalanish
maxsuldorlikni 40-50%ga oshirdi.
O’tqazilgan tajribalar tovuq go’ngi (xamda boshqa organik chiqindilar)ni
atrof muxitni zararsizlantirmaslik nuqtainazaridan afzal deb xisoblangan qayta
ishlash texnologiyasini yaratish imkonini beradi. Ushbu texnoligiyadan
foydalanish organik chiqindilarda mavjud bo’lgan energetik va xom-ashyo
potensialini to’lig’icha ishlatish imkonini yaratadi[55].
53
Do'stlaringiz bilan baham: |