Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rni egallaydi. U, eng
avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur
nazariyasi va tarixi tashkil etadi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtirish
jarayonlarini o’rganishda xolislik, tarixiy yondoshish, bilish jarayonida amaliy
tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo’llash ijobiy natijalarga olib kelishi
mumkin.
Estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning
rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida
badiiy bilish ham muhim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat
qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy
ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr – mulohazalar ham qup jihatdan san’at
bilan bog’liqdir.
Estetika fani mazmunan sotsiologiya bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya
fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog’lanadi:
Ijtimoiy voqea va xodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan
umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy – nazariy asosi b°lib xizmat
qiladi.
Sotsiologiya ijtimoiy voqea - hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil
sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko`rinishlari)ni qamrab olgan
holda estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim tomonlari bilan uzviy
bog’liqlikda namoyon bo`ladi.
Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar,
ma’lumotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi. Shunday
qilib, estetika sotsiologiyaning barcha bilim darajalari bilan u yoki bu
ko’rinishlarda o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bu aloqadorlik xilma – xil
yo`nalishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, estetika umusotsiologik nazariyaga
tayangan holda o’zining g’oyaviy – mafkuraviy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy –
axloqiy yo`nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan
jamiyat o’rtasidagi turli – tuman aloqalarni tadqiq etadi.
Estetika fani ruxiyatshunoslik (psixologiya) fani bilan ham chambarchas
bog’liq. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik
his – tuyg’u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat
mezoni bilan o’lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, xis –
tuyg’u holatini ifodalaydi.
Ruhiyatshunoslik (psixologiya) fani estetik munosabatlarning barcha
tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy
jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda estetika fani inson ruhiy hayotining eng
murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlarini
ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuqlari va xulosalarida keng foydalanmasdan
turib tasavvur etib bo’lmaydi.
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu soxaga
kibernetika, matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib
kelmoqda.
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy
asos bo’lib xizmat qildi. Estetikasiz san’atshunoslik bo’lolmaydi, ya’ni u ayrim
voqea hodisalar sharhi bilan shug’ullanishiga majbur bo`lib qoladi. Shuni alohida
e’tiborga olish kerakki, estetika xususiy san’atshunoslikning umumiy
qonuniyatlari, eng avvalo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o’zida
namoyon qiladi.
Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy
tanqid bilan estetik nazariya o’rtasida azaldan uzviy bog’liqlik mavjud. Bu
bog’liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham
ko`ramiz.
Adabiy – badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyoti o`rtasidagi
o`zaro bog’liqligi ramzidir.
Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashi shakllantirishda muhim omil
hisoblanadi. Estetika fani san’atdan baxramand bo’luvchilar – tomoshabin,
kitobxon, tinglovchi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetika fani san’at
haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, kishilarda badiiy ijodga nisbatan xurmat
uyg’otadi. Eng avvalo aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan
boxabar qiladi.
Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib boradi va ularni
ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida
odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi. U boshqa fan sohalari kabi bevosita
ishlab chiqarishda qatnashadi. Ayni paytda u jamiyat estetik ongining tarkibiy
qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi.
Har bir fan o`z tadqiqot obyekti doirasidagi vazifalarni ma`lum bir
tushunchalar kategoriyalar va tamoyillar orqali bayon qilgani kabi estetika fani
ham o`z tadqiqot doirasida ma`lum bir kategoriyalarga egadir. Jumladan,
nafosatshunoslik fanining eng asosiy kategoriyalaridan biri “Go`zallik”
tushunchasi bo`lib, “G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr
mavjud emas. Biroq, go’zallikning
idrok etilishi
, tabiatda namoyon bo’lishi,
san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar,
ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan
ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va
undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y beryotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-
iqtisodiy jarayonlar go’zalikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy
obyektlaridir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar
markaziga “Go’zallik nima?” degan savol qo’yiladi-yu, ammo ularning
aksariyatida “Nima go’zal?”degan javobini ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda,
go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining
mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga
bog’liq bo’lmagan holda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va
hissiyot ustuvor bo’lsa ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi.
Nafosat falsafasi go’zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki,
voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik
va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari tushgan go’zallikkina qadriyatga
aylanadi. Bundan tashqari, inson go’zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5ta
sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan
so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi
hamda his etiladi. Masalan,xarid qilmoqchi bo’lgan kiyimingizni, iste’mol
qilmoqchi bo’lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo’lgan jihozni avvalo
ko’rasiz, o’rganasiz, tomosha qilasiz, so’ngra
sifatiga
, qulayligiga ishonch hosil
qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz… Yarashmagan kiyimni kiyish
naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go’zallik
xususiyatlarining namoyon bo’lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega
ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, go’zallik haqidagi
qarashlar tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go’zallikni
to’laqonli aks ettirish uchun yetarli emas.
Go’zallikning namoyon bo’lishi, shakllanishi va his etishida muayyan
unsurlar mezoniy vazifasini o’taydi. Bular- me’yor, maqsadga muvofiqlik,
tartiblilik, uyg’unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, muyanosiblik, tenglik
va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalardan bevosita yoki bilvosita
ishtirok etib, undagi go’zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining
go’zalligi tabiatning uyg’onishi, ko’klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa
oppoq qor bilan o’ziga xos go’zallikni moslik va mutanosiblik unsuri muhim
ahamiyat kasb etadi.
Go’zallik sifatlari tug’yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo’jizaviylik singari
tushunchalar orqali izohlanadi. Go’zallikning
xususiyatlari esa qulaylik
,
manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar,
sifatlat va xususiyatlar uyg’un bo’lgan narsa-hodisalargina chinakam go’zallikni
aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifatli bizning manfaatimiz uchun
hamohang bo’lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha
maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baholanmaydi.
Shu o’rinda go’zallik tushunchasi “chiroyli”, “ko’rkam”,“nafis”, “jozibador”,
“maftunkor”, “latofatli” kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor
ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda
tez-tez tilga olinadigan “chiroylilik” tushunchasi orasida muayyan tafovutlar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |