Chiroylilik- narsalarning tashqi ko’rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki
qilingan harakatdagi o’zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chiroylilikni
insonlarda yoqimli taasurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o’sha chiroyli bo’lgan
narsa hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, “ Bangidevona”
o’simligining guli oppoq, chiroyli bo’ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz,
tanasidan sassiq hid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa-
hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida
yoqimli taasurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl
(tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go’zallik iborasini
ishlatish o’rinli emas. Zero, go’zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoningina
aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg’unligi, mosligi,
hamohangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go’zallik
ham obyektiv ham subyektiv xususiyatiga ega. Tabiat go’zalligi obyekt (inson) va
subyekt (o’simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg’unligiga asoslanadi.
Uyg’unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib
kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko’rishimiz mumkin…
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo’ladigan munosabatlarida go’zallik
nisbiylik xususiyatiga ega bo’ladi. Bu holat ayniqsa, go’zallikning moddiy va
ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o’rnida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki,
go’zallikni har qanday tahlili shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa
qilingandagina uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu
bois go’zallikning ma’naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o’rniga e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq.
Ma’naviy qadriyatlar va go’zallik. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga
kiritgandan so’ng milliy- ma’naviy qadriyatlarga yangicha munosabat bildirildi,
xalqona, ilg’or an’analar
shakllanadi
, milliy iftixorni yuksaltirishga keng
jamoatchilik fikri jalb qilindi. Ana shularning natijasi o’laroq, mamlakatimizda
amalga oshirilgan ezgu ishlarning ko’lami kengaydi. Endilikda bunyodkorlik
g’oyasi go’zallik tushunchasi bilan hamohang olib borilganligini, bilish, anglash va
tasavvur qilish qiyin emas. Buni o’zbek san’tida amalga oshirilgan ishlar orqali
yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ma’lumki, san’at borliqni to’g’ridan to’g’ri ko’chib olib tasvirlamaydi,
aksincha uni badiiy qiyofalar vositasida ifodalaydi. Shunga ko’ra, san’at asari
insonni faqat voqelikdagi go’zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud
go’zalliklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga undaydi. Rassomlik
san’ati go’zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Bu borada Ro’zi Choriyevning
“Bolalik xotiralari”, “Zamondoshlarim” portretlar turkumi, “Farg’ona vodiysi”
kabi rangtasvir asarlari fikrimizning yorqin ifodasidir. Shu bois uning kartinalarini
o’zbek estradasining yulduzi Botir Zokirov”qo’shiq deb atash mumkin” degan edi.
Uning “Beshik” deb nomlangan kartinasida qizil gilamda o’tirgan ona beshik
ustiga engashgan, gilamning milliy naqshlari, qadimiy o’zbek beshigi, ona
ko’ylagining yorqin rangi, uning orqasiga tashlangan uzun soch o’rimi- bularning
barchasi o’zbek xalq qo’shig’i- “Qora sochim” ni yodga soladi. Rassomning “Anor
pishganda” kartinasi ham hayrat, quvonchga to’la yoshlik qo’shig’iday taassurot
qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |