jasorat,xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg’unlashadi. Davlatda
barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikirlilik asosida
san’atning barcha turlari uchun ulug’vorlik asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Badiiy adabiyot va ifodali san’at turlari ulug’vorlikni tasvirlashda xilma – xil
qahramonlik eposlarni liro – epik dostonlarni, qahramonlik fojialarini, mardonavor
musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. San’atdagi ulug’vorlik
teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma – yon turadi: estetikaning bu
ikki mezoniy tushunchasi o’rtasida o’ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib,
ular milliylik va umuminsoniy xususiyatlarga ko’ra farqlanadilar. Masalan,
Shekspir va Shayxzoda asarlari bir vaqtning o’zida ham ulug’vorlikni ham
fojiaviylikni namoyon etadi. Farq, Ulug’bekni o’limi bilan Otteloning qismatida ,
xolos… San’atdagi ulug’vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha imkoniyatlari
vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi. Muhim
ahamiyati g’oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning
zarurligini yuzaga
keltirib
, san’at asari darajasining yuksakligi belgilab beradi. Bu holat hayotiy
haqiqatdan qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
Tubanlik – insonda kuchli nafratlanish tuyg’ularini hosil qiluvchi estetik
kategoriyadir. Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda
salbiy his – tuyg’u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik
ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki,
xunuklik kishilarda yengil noxushlik tuyg’usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli
nafratlanish hissni uyg’otadi. Tabiat, hayvonot va nabobat olamidagi xunuklik
tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib yetadi.
Daryoning suvi loyqalangani, ko’kalamzorlarga to’kilgan axlat, qurbaqa, ilon
xunik ko’ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson
tabiatidagi yovuz maylni qo’zg’altirib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi.
Ayniqsa, mamlakat boshiga og’ir kulfat tushganda undan o’z moddiy manfaatlari
yo’lida foyfalanuvchi kimsalar ( 2001 – yil 11 – sentabrda Aqshda sodir bo’lgan
fojia sabab o’g’ri “ tadbirkorlar” magazinlarni talashgan edi – H. B. ) tubanlikka
misol bo’ladi.
Fojiaviylik muammosi har doim falsafiy - estetik tafakkur sohiblarining
e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ijodkorlar yaratgan asarlarida fojiali
ohanglar mavjud. Masalan, o’zbek adibi Maqsud Shayxzodaning “ Jaloliddin
Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” asarlarida fojiali ohanglar boshdan oyoq sezilib
turadi. Mazkur dramalar maxsus fojia asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham,
aslida, fojiali ohanglar ularda ustuvor darajada ifodalangan. Shayxzoda kabi
ijodkor fojialilik ruhida idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon
bo’ladigan fojiali to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy
ini’kos etishdan kelib chiqadi. Sofoklning fojeiy asarlari, Shekspirnikidan
qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik baribir mavjuddir. Har qanday
fojia zaminida alohida fojiali tanashuv yotadi va uning eng muhim tomoni
ko’lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir.
Xegel fojialilikni mohiyatli kuchlar to'qnashuvining natijasi, deb biladi.
Chunki, bu to’qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi pirovardida insoniyat
istiqboli, taqdiri bilan bog’lanib ketadi. Bu hol fojia san’atining falsafiy jihatdan
eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun tarixi
davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o’z oldiga qo’yib, hal qilish
imkonini beradi. Fojia qahramoni ko’pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u
o’z
davrining ijobiy orzu-umidlari
, u yoki bu qirralarini o’zida mujassamlashtirgan
kuchli, yorqin, ulug’vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojia to’qimasida boshqa
turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo’lib, o’z taqdirlari bilan tomoshabinda
o’ta ziddiyatli his-tuyg’ular qo’zg’aydi. Ularning mudhish kirdikorlari, sodir
etayotgan yozuvliklari insonda qat’iy norozilik, hatto nafratlanishni vujudga
keltirishi bilan bir qatorda ularning qilmishlariga achinmas, qabih, jirkant sharoit
ta’siri tushib, ular o’zlaridagi go’zal insoniy fazilatlardan begonalashganligini
anglaysan.
Fojiaviylikni san’atdagi ravnaqi Uyg’onish davridan ko’zga tashlana bordi.
Bu vaqtda abadiy ko’ringan feodal munosabatlar zamini yemirila boshlagan edi.
Bu davrda kelib, insonga munosabat tubdan o’zgardi, hissiyotli voqea-hodisalarga
nisbatan e’tibor bilan nazar tashlaydigan,insonni ulug’laydigan, uning cheksiz
imkoniyatlarini kuylaydigan insonparvarlik estetikasi qaror topdi… Uyg’onish
davriga kelib fojeiy asarlar yangi tatixiy vaziyatni, qadimgiga nisbatan boshqa
shaxs movqeini ifodalaydi. Agar avvallari fojiada shaxs hali o’zini jamiyatda
ajratmagan va shuning uchun u yoki bu axloqiy g’oya-ideal namoyondasi sifatida
amal qilgan bo’lsa, Uyg’onish davri fojiasida shaxsiy ehtiros va iroda bosh ohang
sifatida jaranglaydi: tarki dunyo azobidan, o’rta asr tabaqaviy cheklanganligidan
ozod bo’lgan inson o’z irodasini, o’zligini o’rnatishga unga hali ham qarshi turgan
voqelik bilan to’qnashadi, boshqa odamlarning orzu va intilishlari bilan muqarrar
kurashga kirishadi. Bu yerda qismat va taqdirga endi o’rin qolmaydi, fojia manbai-
insonning o’zi, uning yer kurrasidagi hayoti, o’z maqsadi sari intilayotgan odamlar
to’qnashuvi, ular boshqalarga va o’zlariga nisbatan sodir qiladigan yozuvliklardir.
Shunday ziddiyatli qarama-qarshiliklarga boy Uyg’onish davri fojiasining eng
to’la, badiiy qudratli ifodasi Shekspir ijodida o’z aksini topgan…
Fojiaviylikning xususiyati shundaki, u insonga borliqning mazmunini ochib
berishga yaqindan ko’mak beradi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning
ezguligini
himoya
qiluvchi
xususiyat
mujassam.
Mahmud
Torobiy
qo’zg’aloni
natijasiz tugashi
, uning o’zi esa fitna qurboni bo’lishi ajdodlarimiz
qismatidagi fojiadir. Mahmud Torobiy g’anim qo’lida emas, o’z qavmidan
chiqqan-nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qo’lida
halok bo’ladi. Biroq, Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik,
zulm va zo’ravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va
Vatan fojiasidir.