Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Pedogogik faoliyat
estetik didni shakllantirishning muhim omili.
«Estetika» atamasi yunoncha «estezis» ya’ni hissiyot, sezish, hayajon,
qo’zg’olish ma’nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. (Bu tor tushuncha).
Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka,
go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi
faoliyatini namoyon etadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari
uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora
tiniqlashib boradi.
Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod
jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha
qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari
qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan
fandir.
Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va
qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy
mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy
metodlarini zamini boy xizmat qiladi.
Estetika fanining o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak
atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson
faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida
chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish
manbaidir.
Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli
rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning
mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari
o’zgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, san’at, fan,
falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar ta’sir qildi. Bundan
tashqari san’atning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning o’zgarishi,
kishilarning sub’yektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining
doimo o’zgarib turishi estetika predmetining o’zgarib turishiga katta ta’sir
ko’rsatdi.
Estetika so’zi dastlab fanning nomi sifatida 1775 yilda nemis faylasufi A.
Baumgartin tomonidan «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy
mulohazalar» degan asarida ishlatilgan. Bir oz Baumgertenni estetika fanining
asoschisi deb hisoblash noto’g’ri bo’lar edi, chunki estetika nazariyalari antik
davrdayoq paydo bo’lgan edi. Keyinroq estetik fikr o’rta asrlarda Renessans
davrida kengroq tarqaldi, rivojlandi. XVIII asrga kelib estetika falsafiy
xarakterdagi mustaqil fan sifatida ish ko’rdi.
Nemis faylasuflari I.Kant, V. Gegel estetika faniga «Estetik» degan
tushunchani kiritdilar. Bu yangi tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va
chuqurlashtirdi. Shundan buyon hamma estetik tushunchalar, masalan, «go`zal»,
«chiroyli», «olijanob», «fojiali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» va
boshqalar «estetik» degan umumiy asosga ega bo`ldilar. Bularning har biri o’z
navbatida estetik kategoriyalar sifatida namoyon bo`ldi.
«Estetik» kategoriyayalarning asoslanishi estetikadagi muhim kashfiyotlardan
biri bo’ldi. Bu kategoriya fan sohasini ancha kengaytirdi, uni voqelikdagi estetik
hodisalar bilan bog’ladilar, uning vazifa va maqsadlarini kionkretlashtirdi. XVIII –
XIX asrga kelib Belinskiy, Chernishevskiy estetika fanini rivojlanishiga katta hissa
qo’shdi.
Estetika fanining predmeti olamni «go’zallik qonunlari asosida»
shakllantiruvchi inson mehnatini o’z ichiga oladi.
Lekin inson olamini «go’zallik qonunlari asosida» shakllantirishdan,
o’zgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari
tufayligina odam tabiatni «go’zallik qonunlari» asosida o’zgartira boradi. Bundan
tashqari inson tabiatni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishi uchun faol harakat
qilishi ham lozim.
Biz tabaiat ob’yektlarini «go’zallik qonunlari asosida» o’zgartirishda quyidagi
uch jarayon protsessini ko’ramiz.
1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni;
2). Mehnat qurollarining inson a’zolari bilan qo’shilib ketish jarayoni (bu
jarayon inson tafakkuri ishining ham o’z ichiga oladi);
3). Mehnat qurollarining san’at asoslari yaratish maqsadida tabiatga ta’sir
qilish jarayoni;
San’at asarlari paydo bo’lishi bilan yangi jarayon – san’at asarlarini
«iste’mol» qiluvchilarga ta’sir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon san’at asarini
yaratgan san’atkorning o’zini ham ichiga oladi. San’at asarlarining insonga ta’sir
qilish jarayoni – estetikaning tekshirish ob’yektidir.
San’at asarlarining «iste’molchilar»ga ta’siri jarayonida kishilarda estetik
tuyg’u, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga
keladi. Bu ideal esa san’at asarini yaratishga undaydi.
Estetik extiyojlar, estetik tuyg’ular, badiiy zidlar, shuningdek san’at asarlari
to’satdan paydo bo’lmasdan moddiy ishlab chiqarish rivoji ancha yuqori bosqichga
ko’tarilgandan keyingina paydo bo’ladi.
Shunday qilib estetika inson tomonidan ob’yektiv voqelikni badiiy
o’zlashtirishning eng umumiy qonunlari to’g’risidagi san’atning voqelikka
munosabati uning mohiyati, rivojlanish qonunlari va ijtimoiy o’zgartuvchilik roli
to’g’risidagi fandir.
Estetikaning asosiy masalasi – estetik ong voqelikka qanday munosabatda
bo’ladi, jamiyatini iqtisodiy bazisi qanday qilib estetik ongning barcha tur va
ko’rinishlarini belgilaydi degan masalani hal qilishdan iborat. Estetika o’z
taraqqiyotida boshqa fanlarning yutuqlariga ta yayanadi va o’z navbatida ijtimoiy
ong va ijtimoiy amaliyotning o’ziga yaxshi shakllariga faol ta’sir ko’rsatadi, ularni
boyitadi.
Hozirgi davrda estetika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jumladan
moddiy ishlab chiqarishga ijtimoiy texnikaviy ijodga va turmushga kirib
bormoqda. Bu hol estetika fanining g’oyaviy – tarbiyaviy roli kun sayin oshib
borishini taqozo qiladi va uning oldiga muhim nazariy va amaliy masalalarni xal
qilish vazifasini qo’yadi.
Go’zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vositasida namoyon
bo’ladi. Go’zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o’sgan
odam o’rtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan
kamolotga yetaklaydi, estetik his-tuyg’ularni taraqqiy ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |