Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona
odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida
tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti
jumhuriyatimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi,
yangi texnologiyasi
,
zamonaviy
boshqaruv
usullari
bilan
bir
qatorda
ularning
madaniyati,
turmush tarsi
, dunyo qarashi kabilarni ham olib kelmoqda
.
Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona odob,
axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda
katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti jumhuriyatimizga xorijiy
mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi, zamonaviy boshqaruv usullari
bilan bir qatorda ularning madaniyati, turmush tarsi, dunyo qarashi kabilarni ham
olib kelmoqda.
Jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o’zgarishlarga ehtiyoj
sezib boradi. Shu manoda shaxs «jamiyat ehtiyojlariga ko’ra axloqiy jihatdan
saqlanib borsa, u ijtimoiylashadi» . Hozirgi rivojlanish bosqichida jamiyatimizning
manaviy- axloqiy muhitini ba’zi kuchlar tomonidan buzishga intilishlar borligi sir
emas.
Kishilarning, ayniqsa yoshlarning ongi, ruhiyati va kayfiyatini milliy istiqlol
g’oyasi bilan ta‘minlash, yoshlarning axloqiy darajasini yuksaltirish va har
tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek o’lkan
vazifalar turibdi. Bu vazifalarni faqat axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina
amalga oshirish mumkin.
Yangicha yondashuvlarning biri – axloqshunoslikda milliy g’oya va
mustaqillik mafkurasiga e‘tiborni kuchaytirish bilan bog’liqdir.
«Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, - deb ta‘kidlagan
edilar birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, - biz nihoyatda keng qamrovli,
murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodali, tugal
namunasi
hali-hanuz yaratilmagan
, tushunchalarni o’zimizda tasavvur qilishimiz
kerak deb o’ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma‘no-mazmunini teran anglab yetishga
xizmat qiladi».
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining
ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari
jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar
kiradi.
Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida
etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va
elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari
axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma
tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda
kishilar xatti-harakatlari
, qiliq
va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.
Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika
kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi
yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga
xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum
tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir
kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga
ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar
bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol
aks ettiradi.
Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga
mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi
hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.
Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik
hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no
mazmuniga yetadilar.
Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini
inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy
ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib,
yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga,
odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik
qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning
xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan
yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.
Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas.
Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.
Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi
ostida ham ruy berishi mumkin.
Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli
vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish
ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib
borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok
pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual
rivojlanishi manfaatlariga mos
keladigan birmuncha yuksakrok
, oliyjanobrok
nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-
qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib
borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.
Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida
keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar,
jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.
Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin
amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda.
Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar:
Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik –
sovuq.
Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni
do’stim deb bilgin.
El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.
Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir
kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish
kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida
namoyon bo’ladi.
Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish
ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir.
Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon
kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga
sodiklik Vatanga sodiqlikdir.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov Sharof
Rashidov tavalludining 75 yilligiga bagishlangan tantanali nutqida «Sh.Rashidov
o’z xalqi
va Vatanga fidoyi farzand edi
, u o’z xalqining ertasini va kelajagini
hammadan ham ko’p o’ylardi» deb ta’kidlagan edi.
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston fuqarolarining burchi chinakam insoniy
jamiyat ko’rish va ijtimoiy insonni tarbiyalash bo’lmogi kerak.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga
aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada
belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa
kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga,
O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan
soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini
himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni
tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga
g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.
Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan
turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-
tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.
Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.
Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida
umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.
Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z
aksini topadi.
Vijdon – bu
kishining kundalik faoliyati
, qilmishi, fe’l atvori uchun oila,
jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak
axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib,
o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz
ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib,
xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma
hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan
ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz
bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.
Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa
payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha
xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni
Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida,
qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.
Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob
yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |