Nutqning sofligi. Uni buzuvchi vositalar.
Nutqning tozaligi deyilganda ham nutqning adabiy
til me’yorlariga muvofiqligi tushuniladi. Nutq tuzuvchi
yoki notiq o`z nutqining sofligi haqida qayg`urar
ekan,albatta nutqning sofligini buzuvchi unsurlardan
tiyilishi kerak. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi
uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini
namoyon etadigan ko`rsatkichlardan biridir. Nutqning
tozaligi uning keraksiz so`zlardan xoli bo`lishi so`zlovchi
va tinglovchi uchun ham, o`qituvchi va o`quvchi uchun
ham zarur. Toza nutq tabiiy va samimiy bo`ladi,
o`quvchining qalbiga tez va oson yetib boradi. Malakali
o`qituvchi to‘g`ri, aniq va mantiqiy nutq egasi bo`lishdan tashqari o`z nutqini
nazorat qilib borsa, o`z ustida tinimsiz ishlasa, tilga mas’uliyat bilan yondoshsa
albatta nutqining tozaligiga ham erisha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |