QIRQ TO'RTINCHI BOB
Mister Morz Martin bilan «Metropol» meh-
monxonasining vestibyulida uchrashib qoldi.
Bu yerga u tasodifan kelganmidi yoki ko‘nglida
Martin Idenni uchratish niyati bormidi - Martin
lkkinchi ehtimolga moyil edi — lekin har na bolsa
ham, mister Morz - Rufning otasi, o‘z uyiga
qoymagan, nikoh fotihasini buzgan o‘sha mister
Morz uni uyiga taklif qildi!
Martin achchiqlanmadi. U hatto o‘zini ran-
jigandek ham his qilmadi. U sabr bilan mis
ter Morzning taklifini tinglarkan, bosh egib ke-
lish bu sho'rlikka oson bolmagan bolsa kerak,
deb oyiadi. U taklifni rad etmadi, balki g'ayri
muayyan gaplar bilan tashakkur bildirdi, so‘ng
butun oilaning, birinchi galda missis Morz bi
lan Rufning hol-ahvolini so‘radi. Martin Rufning
nomini xotirjamlik bilan, hech tutilmasdan til-
ga oldi, miyasiga qon urmaganidan, yuragi qat-
tiq-qattiq tepa boshlamaganidan hayratda qoldi.
Martinni chor atrofdan mehmondorchilikka
taklif etishardi. Uni faqat ovqatga taklif qilish
uchun u bilan tanishishga payt poylardilar. Mar
tin esa borgan sari katta ahamiyat kasb eta bosh-
layotgan bu yaramas vaziyatga hamon tushuna
olmay hayron edi. Hattoki, Bernard Xigginbotam
ham uni birdan uyiga taklif qilib qoldi. Bu Mar
tinni yana ham taajjubga solib qoydi. U o'zining
ochlikdan olay deb sulayib qolgan paytlarini,
o'shanda hech kim uni ovqatga taklif qilmagani-
ni eslay boshladi. Vaholanki, o'sha paytlarda
bunday takliflar unga juda qol kelardi, chunki u
552
Jek London
'
kundan kunga ochlikdan ozib, rangi ketib, ma-
joli quriy boshlagan edi. Bu qandaydir soglom
fikrga zid narsa edi. U haftalab och o‘tirganida
uni ovqatga taklif qilish hech kimning xayoliga
kelmagan edi, endi bolsa yuz ming kishi toyadi-
gan ovqatga yetadigan puli bolganda, boz ustiga
hech ishtahasi yo‘q paytida chor atrofdan uni zi-
yofatga taklif qila boshlashdi, Nimaga bunday?
Na adolat bor edi bunda va na uning ko'rsatgan
xizmati. U o‘sha-o‘sha Martin Idenligicha qol
gan edi. Asarlarining hammasi o‘sha och-nahor
yurgan kunlarida, mister va missis Morzlar uni
yalqov va sayoq deb atab, Ruf orqali unga mahka-
mada xizmatchi bolib ishlashni tavsiya qilishgan
paytlarda yozilgan edi. Ammo ular o‘sha payt
larda ham Martinning nima ish qilayotganidan
xabardor edilar-ku. U qolyozmalarini Rufga o‘qi-
gani berardi, Ruf esa ularni ota-onasiga ko'rsa-
tib turardi. Ularning o‘zi ham bu qolyozmalarni
o'qigan edilar. Endi bolsa aynan o‘sha asarlari
tufayli Martinning nomi gazeta-jurnallarda til-
ga olina boshladi, nomi gazeta-jurnallarda tilga
olingani uchungina Martin ular uchun aziz meh-
mon bolib qoldi.
Bir narsa juda aniq edi: Morzlarga Martin
Idenning o'zining ham, uning ijodining ham hech
qanday ahamiyati yo‘q edi. Ular Martinning o‘zi
va yozgan asarlari tufayli emas, balki Martin
ning shuhrati va nomi tufayli, ehtimolki, uning
bankdagi hisob raqamida yotgan yuz ming dol-
lari tufayli u bilan yaqin munosabatda bolishga
intilardilar. Nachora, burjuaziya jamiyatida in-
songa baho berishning birdan-bir olchovi shu,
Martin Iden
553
bu odamlardan boshqa narsani
g'ayritabiiy hoi bolur edi. Lekin Martin takab-
bur odam edi. Bunday bahoga muhtoj emas edi.
Odamlar uning o‘zini yoki ijodini qadrlashlari-
ni istardi, aslida ikkovi ham bir narsa edi. Lizzi
uni aynan shunday qadrlardi. Hatto Martinning
asarlari ham uning uchun unchalik ahamiyat-
ga ega emas edi; hamma gap uning o‘zida edi.
Jimmi va uning hamma eski og‘aynilari ham u
bilan xuddi shunday munosabatda edilar. II-
garilari ular o‘zlarining beminnat sadoqatlarini
bir emas, bir necha bor isbot qilgan edilar, endi
Shell-Mound-parkda uyushtirilgan yakshanba-
lik sayilda ham isbot qildilar. Martinning jami
yozganlari bular uchun bir pul edi. Ular uning
o'zini, o‘z oshnalari, jonon yigit Martin Idenni se-
vishar va uning uchun o'zlarini o'tga ham, suvga
ham tashlashga tayyor edilar.
Rufning yoli boshqa edi. U Martinni Martin
bolgani uchun sevib qolgan, bu sohada hech qan
day shubhaga o'rin yo‘q edi. Lekin u Ruf uchun
naqadar aziz bolmasin, burjuaziya bid’atlari ustun
chiqdi. Qiz uning mashgtilotini, asosan, daromad
keltirmagani uchun ma’qullamagan edi. Mar
tinning «Muhabbat sonetlari»ga ham shu nuqtai
nazardan baho bergan edi. Shuning uchun ham u
Martinning xizmatga kirishini talab qilardi. To'g'ri,
bu narsa qizning tilida «mavqega ega bolish» deb
atalardi, ammo bu bilan mohiyat o'zgarmasdi.
«Xizmat» so‘ziga esa, Martin birmuncha ko'nikib
qolgan edi. Martin unga o'zining hamma asar-
larini: poemalarini, hikoyalarini, maqolalarini,
«Viki-Viki»sini, «Sharmanda bolgan quyosh»ini
kutishning o‘zi
Do'stlaringiz bilan baham: |