л
nafas olib, bir zumgina shu alfoz-
da turib qoldi, so'ng birdan Martinga engashdi.
Oqko'ngil va ko'ngilchan Martin qizni o'zidan ita-
rib tashlash mumkin, emasligini, uning shash-
tini qaytarish, uni tahqirlash demak ekanini
tushundi; bu erkak kishining xotinga nisbatan
qilgan eng qattiq haqorati bolardi. U qizni
quchoqladi, ammo uning quchog'ida na harorat,
na mehr-muhabbat bor edi. U qizni shuncha-
ki qollari orasiga olgan edi, vassalom. Qiz sho
sha-pisha uning pinjiga kirdi, kaftlarini uning
gardaniga qo^di, biroq bundan Martinning a’zoyi
badani bir vaqtlardagidek jimirlab ketmadi, u
o'ng'aysizlanib, uyalib ketdi.
- Nega buncha titraysiz? - deb so'radi Martin.
- Sovuq qotdingizmi? Kaminga o't qo'yib yubo-
raymi?
Martin qizning quchog'idan chiqmoqchi bolib
harakat qildi, lekin qiz unga yana mahkamroq
yopishib oldi.
Martin Iden
573
- Bu asabdan, - dedi qiz tishlari takillab,
zir otib ketadi. Mana yaxshi bolib qoldim.
Asta-sekin uning qaltirashi bosildi. Martin uni
hamon quchoqlab turardi, lekin endi taajjublan-
masdi. Chunki endi u qizning nima maqsadda
kelganini bilardi.
- Oyim meni Charli Xepgudga turmushga
chiqishimni xohlagan edi, - dedi qiz.
- Charli Xepgud? Anavi, qachon qarasang
og'zidan bodi kirib shodi chiqadigan yigitchami?
- deb g‘oldiradi Martin. Bir oz sukutdan so'ng
qo'shib qoydi. - Endi bolsa, oyingiz sizning men
ga turmushga chiqishingizni xohlayapti.
Uning gapida savol ohangi yo‘q edi. Bu so'zlar-
ni u ishonch bilan gapirdi va shu choq ko‘z oldi
da o‘zi olgan gonorarlaming ko‘p xonali raqam-
lari irglshlab о^пау boshladi.
- Endi oyim e’tiroz bildirmaydilar, - dedi Ruf.
- Oyingiz meni sizga munosib er boladi, deb
hisoblayaptilarmi?
Ruf boshini xam qildi.
- Ammo men oyingiz fotihamizni buzganidan
keyin yaxshi bolib qolganim yo'q, - oychanlik
bilan gapira boshladi Martin. —
Men o‘zgarganim
yo‘q. Hali ham o‘sha Martin Idenman. Men hatto
xiyla aynidim ham, yana chekyapman. Mendan
tamaki hidi kelayotganini sezyapsizmi?
Ruf javob berish o'miga ishva bilan kaftini
uning og'ziga bosdi, odatda, Martin uning kafti
ni o'pardi, lekin Martinning lablari qimir etmadi.
To Ruf qolini olguncha kutib turib, keyin gapini
davom ettirdi.
- Men o'zgarganim yo‘q. Xizmatga ham kir-
ganim yo‘q. Ish qidirib ko'rganim yo‘q. Hatto-
574
Jek London
ki, qidirishni ham istamayman. Men hali ham,
Gerbert Spenser ulug‘ va oliyjanob odam, degan
gapimda turaman. Sudya Blount esa eng yara-
mas eshakdir. Men kecha unikida ovqatlangan
edim, eshak ekanligiga yana bir bor ishonch ho
sil qildim.
- Nega dadamning taklifini qabul qilmadingiz?
- o'pkalanib so‘radi Ruf.
- Qayoqdan bilasiz? Uni kim yuborgan edi?
Oyingizmi?
Ruf jim edi.
- Albatta, oyingiz-da! O'zim ham shunday deb
o
ko‘ra kelgandirsiz?
- Mening bu yerdaligimni hech kim bilmaydi, -
deb qizg'in e’tiroz bildirdi Ruf. - Oyim bunday ish
qilishimga hech qachon ijozat bermaydilar.
- Lekin menga turmushga chiqishingizga
ijozat berishiga hech gumonim yo‘q.
Ruf zorlanib dedi:
••
- O, Martin, bunchalik berahm bolmang! Siz
hatto meni bir marta ham o'pmadingiz. Toshga
o'xshaysiz. Qanday ishga jur’at etganimni bir
о у lab ко‘ring! - qiz qo‘rqa-pisa va ayni vaqtda
sinchkovlik bilan atrofga ko‘z yugurtirib chiqdi. -
Qanday joyga kelganimni bir о У lab ко‘ring.
«Men jon-jon deb sizga qurbon bolardim!
Jon-jon deb qurbon bolardim! - degan Lizzining
so'zlari Martinning esiga tushdi.
- Nega endi ilgari jur’at etmadingiz bunga?
- deb so‘radi u jahl bilan. - Katalakdek hujra-
da yashaganimda. Ochlikda kun kechirganimda.
0 ‘sha paytda ham men o‘sha-o‘sha Martin Iden
Martin Iden
575
edim - ham odam, ham yozuvchi sifatida.
paytlarda tez-tez o'zimga shu savolni berib tura-
man, faqat siz emas, qolgan hamma odamlami
nazarda tutib aytyapman bu gaplami. Ко‘rib tu-
ribsizki, men hech o'zgargan emasman, holbu-
ki, to'satdan dovruq qozonib ketganim, ba’zan
o‘zimni ham shubhaga solib qoladi. Lekin men
o'sha-o'sha Martinman! Mening boshim ham,
yelkalarim ham o'sha, oyoq-qollarimda hali ham
o'ntadan barmoq bor. Men hech qanday yangi
iste’dod va yangi fazilatim bilan kerila olmay
man. Miyam ilgari qanday bolsa, shundayligi-
cha qolgan. Hatto hech qanday yangi adabiy yoki
falsafiy fikrlar ham tug'ilgani yo'q menda. Men
hech kimga tanilmay yolglz yashagan paytimdan
buyon shaxsiy qiymatim hech ortgani yo‘q. Bas,
shunday ekan, nega endi birdan hamma yerda
aziz mehmon bolib qoldim. Hech shak-shubha
yo‘qki, odamlarga shaxsan mening o‘zim kerak
emas, chunki men ilgari ular qayrilib qarashga
ham or qilganlari o'sha Martin Idenligimcha qol-
ganman. Bundan chiqdi, ular mening shaxsiy
fazilatimga hech daxli bolmagan, menga tegish-
ligi yo'q allaqanday boshqa bir narsani qadrlar
ekanlar. Mening nimamni qadrlashlarini aytaymi
sizga? Hammaning hurmatiga sazovor bolganim-
ni qadrlashadi. Lekin bu hurmat mendan tashqa-
rida-ku. U o'zgalaming ongida. Bundan tashqari,
endi puldor bolganim uchun hurmat qilishadi.
Lekin bu pullar ham mendan chetda. Ular har xil
Jon, Tom, Jeklaming banklarida, kissalarida yo-
tibdi. Xo'sh, sizga ham shu tufayli, shu pul bilan
shon-shuhrat tufayli kerak bolib qoldimmi?
Keyingi
- Siz mening qalbimni tilka-pora qilib yubor-
dingiz, - deb faryod qildi Ruf. - Sizni sevishimni,
bu yerga ham faqat sizni sevganimdan kelganim-
ni o'zingiz bilasiz!
- Gaplarimga to‘g‘ri tushuna olmadingiz deb
qo‘rqaman, - deb muloyimgina gapirdi Martin. -
Menga shu narsani ayting-chi: nima uchun il
gari, mendan voz kechishga jur’at eta olgan pay-
tingizda meni hozirgichalik sevmagansiz?
- Meni kechiring, u gaplarni unuting! - deb
jon-jahdi bilan chinqirib yubordi qiz. - Men sizni
hamma vaqt sevganman! Eshityapsizmi: hamma
vaqt! Shuning uchun ham bu yerda, sizning qu-
chog'ingizda turib man.
- Hozir juda ehtiyotkor bolib qolganman, ham
ma narsani bamisoli tarozida tortib ko'raman.
Shunga ko‘ra, sizning muhabbatingizni ham
tarozida tortib, uning salmog'ini bilib olmoq-
chiman.
Ruf yigitning quchog'idan sirg‘alib chiqib qaddi-
ni rostladi-da, unga diqqat bilan tikildi. Bir nima
demoqchi boldi-yu, lekin indamay qo^a qoldi.
- Bu haqda mening fikrimni bilishni istay-
sizmi? - deb gapida davom etdi Martin. - Hozirgi
mavqeimga erishganimdan keyin, meni o‘z sinfim
kishilaridan boshqa hech kim tan olmadi. Kitob-
larim yozilib bolgandan keyin, qolyozmalarimni
o'qiganlardan birontasi ularni ma’qullab bir kali-
ma ham so‘z aytmadi. Aksincha, meni go У о qan-
daydir gunoh ish bilan shug4illangan odamday
faraz qilishib, yozuvchilik bilan shug'ullanayot-
ganim uchun qattiq koyishdi. Hammalari faqat
«ishga kir» deb talddlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |