Martin Iden
567
edi. Birinchi marta kutubxonaga
tor-qator tizilishib turgan son-sanoqsiz kitoblar-
ni ko‘rib hang-mang bolib qolgan, keyin o‘sha
kitoblami o‘qib, ularni tushunadigan ham uning
o‘zi edi. Tun yarim kechadan og‘gunga qadar
chiroqni o'chirmay mutolaa qilgan, uxlamaslik
uchun to'shagiga mix qolgan va keyinchalik
o‘zi ham kitoblar yoza boshlagan odam ham o‘zi
edi. Lekin odamlar kimo'zarga o‘ynaganday meh
mon qilib boqishga oshiqayotgan mana shu eb
to^mas odam u emas edi.
Shunga qaramay ba’zi narsalar uning ko'ng-
lini ochardi. Hamma jumallar, Martin Iden-
ni kashf etish sharafiga biz muyassar bolgan-
miz, deb jar solishardi. «Uorren oyligi», muttasil
ravishda yangi iste’dod egalarini axtarish bilan
mashg4il bolishimiz natijasida, Martin Idenni
birinchi bolib biz topdik, deb o‘z obunachilarini
ishontirishga urinardi. «Oq sichqon* bu ishni biz
qilganmiz deb da Vo qilardi; «Shimol axboroti» bi
lan «Makintosh jumali» ham shunday da Vo qila
boshladilar, biroq oradan «Globus» otilib chiq-
di-yu, birinchi marta o‘z sahifalarida buzib, rasvo
qilib bosilgan «Dengiz qo‘shiqlari»ni kerilib ko'rsa-
ta boshladi. O'zi qarzdor bolgan odamlardan bir
amallab ayyorlik bilan qutulib, yana chiqa bosh
lagan «Yoshlik va yetuklik» jumali ham Martin
Idenni biz kashf etganmiz, deb da Vo qildi. Ammo
endi u jumalni fermer bolalaridan boshqa hech
kim o'qimay qolgan edi. «Transkontinental oy
lik jumali»da mashhur muallifning qanday kashf
etilgani haqida maqola bosilib chiqdi. «Qovoq ari»
tahririyati bunga qizgln raddiya bildirib, «Parizod
borganida qa-
568
Jek London
va marvaricbni biz bosib chiqdik, deb da’vo qildi.
«Singltri Dariley va shirkati» nashriyotining ovozi
bu shov-shuvda eshitilmay ketdi. Nashriyot o‘z
jurnaliga ega emas ediki, uning sahifalarida u o‘z
haqini qat’iyat bilan talab qilsin.
Gazetalar Martin olgan gonorarlarni hisob-
lashardi. Ba’zi bir jurnallar tavsiya qilgan im-
tiyozli shartlar qandaydir y o l bilan hammaga
ovoza bolib ketdi; oklendlik voizlar uni shafqat
yuzasidan sadaqa berishga da’vat etardilar,
har xil chakana tamagirlar esa, ham og‘zaki,
ham yozma iltimoslar bilan Martinga tinchlik
bermasdilar. Lekin xotinlar hammadan oshib
tushdi. Martin Idenning fotosuratlari mam-
lakatning hamma tomoniga tarqalib ketgan
edi, muxbirlar esa uning «bug'doy rang yuz»ini,
«zabardast yelkalar»ini, «sokin, porloq nigoh»ini,
«zohidnikiga o‘xshash ichiga kirib ketgan yuz-
lar»ini aniqroq tasvirlashga urinardilar. Martin
o'zining jo'shqin yoshlik yillarini eslaganda, bu
«zol idnikiga obcshash yuzlar» iborasi ayniqsa
kulgisini qistatdi. U ayollar davrasida bolgan
'.oglarida ko'pincha ularning ma’nodor, er-
^alovchi, taqdirlovchi nigohlariga ko‘zi tushar
edi. Martin Brissendenning ogohlantirib aytgan
gaplarini eslab kula boshladi. Yo‘q, ayollar uni
endi qiynoqqa sola olmaydilar. Bunga tamomila
xotima berilgan.
Bir kuni Martin Lizzini kechki maktabga ku-
zatib borayotganda, qiz yonlaridan o‘tib keta-
yotgan bir bashang kiyimli go'zal xonimning
Martinga ko‘z tashlaganini payqab qoldi. Xonim
keragidan xiyolgina ortiq e’tibor berib, xiyolgina
uzoqroq tikilgan edi, shuning uchun Lizzining
jahli chiqib qaqshab ketdi, chunki u boqishning
ma nisiga darhol tushungan edi. Martin qizning
nima uchun achchiqlanganini bilgach, bunaqa
qarashlarga ko‘pdan beri ko‘nikib qolganini va
bular unga hech ta’sir qilmasligini aytdi.
- Bu mumkin emas! - deb chinqirib yubordi
qiz ko'zlandan o t sochib. - Demak, siz kasalsiz!
- Men hech qachon hozirgichalik soglom
bolmaganman. Hatto besh qadoq semirdim ham.
- Sizni jisman kasalsiz deyotganim yo‘q, ruhan
kasalsiz, deyapman. Ichingizda bironta dardin-
giz bor. Hatto men ham sezyapman buni! Lekin
men kim bo'pman!
Martin otyga tolib qizning yonida borardi.
- Men shu darddan tezroq qutulishingizni is-
tadim! - deb yubordi birdan Lizzi. - Ayol kishi-
ning bunday boqishi sizday yigitga hech kor qil-
masligiga sira ishonmayman. Tamomila g'ayrita-
biiy hoi bu! Axir kichkina bola emassiz-ku. Xudo
haqqi, mabodo, bironta ayol topilib, sizni g'ayrat-
ga solsa, chin yurakdan sevingan bolardim.
Martin Lizzini kuzatib qo'yib, «Metropol»ga
qaytib keldi.
U qimir etmay, hech narsa to‘g‘risida otyla-
may, bir nuqtaga tikilgancha kresloda o'tirardi.
Xotirasida faqat onda-sonda uzoq otmishdagi
qandaydir voqealar birdan jonlanar edi. Bu man-
zaralami xuddi tush ko‘rayotganday, hech nar
sa to‘g‘risida otylamay mushohada qilardi. Le
kin tixlayotgani yo‘q edi. Birdan seskanib ketib,
soatiga qaradi. Soat rosa sakkiz edi. Qiladigan
ishi yo‘q, ammo yotishga hali erta edi. Yana о“ylari
Do'stlaringiz bilan baham: |