554
Jek London
-
xullas, hamma asarini o'qib bergan edi. Ruf
esa o'jarligini qoymay, xizmatga kirishini, ishga
joylashishini maslahat berardi. O, qodir xudo!
Nahotki, Martin uyqusini harom qilib, faqat shu
qizga munosib bolish uchungina butun kuchini
sarflab, molday ishlagan bolsa!
Shu yo‘sinda eng arzimagan narsalar katta
va muhim ahamiyat kasb etardi. Martin o‘zi-
ni soglom va tetik his qilar, vaqtida ovqatlanar,
to^ib-toyib uxlar, ammo o‘sha arzimagan narsa
unga tinchlik bermasdi. Ilgari shu fikr uni qiynoq-
qa solardi. Martin yakshanba kunlaridan birida
tushki ovqat paytida Bernard Xigginbotamning
qarshisida o‘tirarkan, quyidagi so‘zlami qich-
qirib aytib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tiyib qoldi:
-
Axir bulaming hammasi ilgari yozilgan edi-
ku! Mana hozir meni mehmon qilyapsan, lekin
ilgari ochimdan olib ketsam ham parvo qilma-
gan bolar eding, xizmatga kirmaganim uchun
uyingga kiritmagan eding. Lekin asarlarimning
hammasini o‘sha paytlarda yozgan edim. Endi
bolsa gaplarimni ehtirom bilan tinglab, jimgi-
na o'tiribsan, menga ixlos bilan tikilasan, har
bir so‘zimni e’tibor bilan tinglaysan. Men senga,
sening partiyang poraxo‘rlar va firibgarlardan
tashkil topgan deyapman-u, sen jahling chiqish
o'miga xayrixohlik bilan bosh irg‘atasan, hatto-
ki fikrimni ma’qullashga ham tayyorsan. Xo‘sh,
nega bunday? Negaki men malum va mashhur
odamman! Negaki mening pulim ko‘p! Lekin du-
rustgina, aqli raso yigit Martin Iden bolganim
uchun emas! Agar men oy yashil pishloqdan qilin-
gan deb aytsam, shu zahoti fikrimga qo‘shilgan
Martin Iden
555
bolarding, hech bolmaganda e’tiroz
ding, negaki mening oltinlarim ко‘p. Ammo bu
oltinlami men ishlab topganman, sen meni sariq
chaqaga olmagan, odam qatorida hisoblamagan
paytlarda ishlab topganman».
Ammo Martin bu gaplami qichqirib aytmadi.
Yuragi siqilib ketayotgan bolsa ham, sabr-toqat
bilan lablari jilmayib turardi. Xigginbotam qay-
nisining sukut saqlab o'tirganini ко‘rib, o‘zi gap
boshladi. U, ya’ni Bernard Xigginbotam hamma
narsaga o‘z mehnati tufayli muyassar bolgan
va bundan faxrlanadi. Unga hech kim ko'mak-
lashmagan, unga hech kim minnat qilmaydi. U
hurmatli odam, katta oilaning boshligl, «Xiggin
botamning chakana savdo dolconi» esa uning
g'ayrat va himmati samarasidir. 0 ‘zga erlar o‘z
xotinini qanchalik sevsa, u ham «Xigginbotam
ning chakana savdo dolconi»ni shunchalik
sevadi. U Martinga yuragini ochib tashlab, bu
dolconni ishga solib yuborish uchun qancha
qiynalganini ayta boshladi. Bundan tashqan,
uning yana bitta rejasi, juda katta rejasi bor.
Mahallada aholi tobora ko‘payib boryapti. Bu
do Icon hammani ta’minlay olmaydi. Agar bironta
kattaroq bino bolganda, u savdo ishiga ba’zi bir
yangiliklar kiritib, daromadni oshirgan bolardi.
U buni albatta qiladi, lekin eng oldin u yonidagi
maydonni sotib olib, u yerga yana bitta ikki qa-
vatli imorat qurishi kerak. Uyning yuqori qava-
tini ijaraga qo^adi-da, pastki qavatini dolconga
qo'shib yuboradi. U ikkala uyning u boshidan bu
boshiga cho'zilgan yangi peshlavh haqida gapir-
ganida hatto ko'zlari otdek chaqnab ketdi.
bildirmas-
Do'stlaringiz bilan baham: |