Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish


Tadqiqot  ishining  tarkibiy  tuzilishi



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

 

Tadqiqot  ishining  tarkibiy  tuzilishi:  Ish  kirish,  3  bob,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. 




 



I BOB. MATEMATIKADAN KOMPYUTERLI IJODIY 



TOPSHIRIQLAR TIZIMINI YARATISHNING NAZARIY MASALALARI 

 

1.1. O’quv adabiyotlarida kompyuterli ijodiy topshiriqlar 

muammosining yoritilishi 

Insonning  ongli  faoliyati,  fikrlashi,  bilimlarni  o’zlashtirib,  takomillashtirishi 

keng ma’noda topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o’quv topshiriqlari bilan 

uzviy bog’langan hodisa. Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari  – moddiy 

ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o’quv predmetlarini o’zlashtirish bilan aloqador 

bo’lganidek, o’quvchi faoliyatining har bir yo’nalishi – qayta esga tushirish va ijod 

qilish  ham,  bilimlarni  o’rganish  va  turli  o’quv  holatlariga  tatbiq  qilish  ham, 

bilimlarni umumlashtirish va o’ziga o’zi baho berishi ham o’quv topshiriqlari bilan 

chambarchas bog’langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida 

qaraladi. 

Topshiriqlar 

nazariyasida 

«topshiriq»,  «o’quv  topshirig’i»,  «biluv 

topshirig’i»,  «ijodiy  topshiriq»,  «amaliy  topshiriq»,  «intellektual  topshiriq», 

«muammo»  kabi  qator  atamalar  bilan  yonma-yon  «mashq»,  «mustaqil  ish»  kabi 

atamalar ham qo’llaniladi. «O’quv topshirig’i» mohiyatini aniqlash, unga didaktik, 

metodik  ta’rif  berish  uchun  oldin  psihologiya,  didaktika,  metodikada  o’quv 

topshirig’i  tushunchasiga  berilgan  ta’riflar  tavsifini  beramiz,  so’ngra  yuqorida 

keltirilgan tushunchalarning barchasini sharhlaymiz. 

S.L.Rubinshteyn  tadqiqotlarida  o’quv  topshiriqlari  masalasi  markaziy 

muammolardan  biri  edi.  Uning  asarlarida  o’quv  topshiriqlari  to’g’risidagi  fikrlar 

o’quvchi  amal  qiladigan  sharoit  bilan  aloqadorlikda  tahlil  qilingan. 

S.L.Rubinshteyn  topshiriq  tushunchasini  tahlil  qilar  ekan,  motiv,  munosabat, 

maqsad,  sharoit  kategoriyalarini  tahlil  qiladi:  motiv  –  o’quvchi  bilan  o’quv 

topshirig’i  o’rtasidagi  munosabatni  yuzaga  chiqarib,  o’quvchilarni  maqsadga 

yetaklaydi,  hatti-harakatlarni  ishga  tushiradi.  U  o’z  fikrini  davom  ettirib,  bunday 

deb  yozgan  edi:  «Insonning  ongli  faoliyati  topshiriqlarni  bajarishdir.  Topshiriqda 

berilgan  munosabat,  maqsad,  shart-sharoitga  ko’ra  topshiriq  qabul  qilinadi, 




 

10 


yechiladi». Munosabat, maqsad, amal qilinadigan shart-sharoit topshiriqning ichki 

mazmunini  tashkil  etadi.  «Shunday  bo’lgach,  –  deb  davom  ettiradi 

S.L.Rubinshteyn,  –  o’quv  faoliyatining  har  bir  zvenosi  topshiriq  asosida 

yo’naltirilishi, u yoki bu motiv hususiyatidan kelib chiqib tashkil etilishi lozim». 

A.N.Leontev topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: «Topshiriq – 

bu  ma’lum  shart  asosida  berilgan  maqsaddir».  U  topshiriqlarning  hususiyatlarini 

bayon  etishda  «ehtiyoj»,  «motiv»,  «faoliyat»  kabi  tushunchalardan  foydalangan. 

Ehtiyoj, A.N.Leontevning uqtirishicha, faoliyatni ishga tushiradi, motiv esa kishini 

faoliyatga  undaydi.  Insoniy  faoliyatda  hatti-harakat,  faoliyat  usullari  ajratiladi. 

Bulardan  birinchisi  –  hatti-harakat  erishiladigan  maqsadga,  ikkinchisi  –  faoliyat 

usullari  esa  maqsadni  amalga  oshirish  shart-sharoitiga  yo’nalgan.  Shunday  qilib, 

A.N.Leontev  o’quv  topshiriqlari  nazariyasini  rivojlantira  turib,  fanda  yangi 

yo’nalishni  –  inson  faoliyatida  hatti-harakatlarni  ajratish  lozimligi  to’g’risidagi 

g’oyani asosladi. 

A.N.Leontevning 

o’quv 


topshiriqlari 

to’g’risidagi 

qarashlari 

Ya.A.Ponomarev, 

N.F.Talizina; 

tadqiqotlarida 

yanada 

rivojlantirildi. 

Ya.A.Ponomarev  «topshiriq»  tushunchasini  sharhlashda  «topshiriqli  holat» 

kategoriyasiga  asoslangan.  U  sub’ektni  –  topshiriqni  bajaruvchi,  intellektni 

«topshiriqli  holat»  kontekstida  tahlil  qilgan.  Topshiriqli  holatda  sub’ekt 

(topshiriqni bajaruvchi) va ob’ekt (bajarish uchun berilgan topshiriq) o’zaro ta’sir 

doirasida  amal  qilib,  paydo  bo’lgan  ehtiyojni  qondirishadi.  Bu  hodisa  topshiriqli 

holat  mavjudligidan  amal  qiladi.  Topshiriqli  holat  sub’ektning  barcha  hatti-

harakatlarini  belgilaydi,  sub’ekt  berilgan  holatni  yangilab,  o’zgartirib  o’z 

ehtiyojlarini  qondirishga  intiladi.  «Demak,  –  deb  hulosa  qiladi  Ya.A.Ponomarev, 

sub’ekt  va  ob’ektning  mavjudligidan  topshiriqli  holat  paydo  bo’ladi.  Shu  bilan 

birga  shu  holatning  murakkabligidan  sub’ekt  o’z  bilimlarini  to’ldiradi, 

takomillashtiradi,  rivojlantiradi».  Shunday  qilib,  Ya.A.Ponomarev  tadqiqotlarida 

topshiriqlar nazariyasi qator kategoriyalar, jumladan, sub’ekt va ob’ektning o’zaro 

ta’siridan  o’quv  holatining  yuzaga  kelishi,  o’quv  holatida  sub’ektning  faol 



 

11 


qatnashishi,  faol  hatti-harakatning  bilimlarni  egallash  va  takomillashtirishga 

yo’nalganligi yanada atroflicha sharhlangan. 

N.F.Talizina ham inson faoliyatini «motiv vositasida o’zaro bog’langan hatti-

harakatlar  tizimi  va  faoliyat  usullari»  shaklida  o’rgangan.  «Boshlang’ich  sinf 

o’qituvchisi,  –  deb  yozgan  edi  N.F.Talizina,  –  bolalarni  o’qishni  o’qishga 

(o’rganishga  demoqchi  –  F.Q.)  o’rgatishi,  ulardagi  bilimga  ehtiyojni  asrab 

avaylashi  va  rivojlantirishi,  ularni  bilish  vositalari  bilan  ta’minlashi  lozim».  Ana 

shunday  vositalar  sirasiga,  N.F.Talizinaning  uqtirishicha,  o’quv  topshirig’i  kiradi. 

Topshiriq vositasida o’quvchilarga o’quv predmetlariga oid asosiy bog’lanishlarni 

ajrata olishni o’rgatish, «umumlashgan malakalarni shakllantirish mumkin». 

L.M.Fridman  o’quv  topshiriqlari  muammosini  o’quv  holatlarini  nutq 

vositasida shakllantirish hususiyatlaridan kelib chiqib tavsiflagan. Muammoli holat 

o’quvchi ongida bilishga oid to’siqni yuzaga keltiradi. To’siqni bartaraf etish yo’li 

bilan  o’quvchi  topshiriqni  bajaradi.  To’siq  va  uni  bartaraf  etish  ishtiyoqi  o’quv-

biluv  faoliyatining  amal  qilishini  ta’minlaydi.  Shu  mulohazalarga  asoslanib, 

L.M.Fridman  topshiriqqa  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Muammoli  holatning  yozuv 

shaklidagi modelini topshiriq deb tushunamiz». Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining 

qator  hususiyatlari  aks  etgan:  topshiriqlarni  nutq  (yozma  nutq)  vositasida 

shakllantira  olamiz;  uni  bajarishni  o’zgalarga  (masalan,  o’quvchiga)  topshira 

bilamiz; topshiriqni tuzish, qayta qurish, o’zgartirish mumkin. 

O.Roziqovning  ilmiy-pedagogik  tadqiqotlarida  o’quv  topshirig’i  o’quv 

materiali bilan yonma-yon tahlil qilingan. Uning yozishicha, «...o’quv topshirig’i – 

bu  o’qitish  va  o’qish  ehtiyojiga  ko’ra  o’quv  materialining  o’zgartirilgan  shakli». 

Bu  ta’rifda  o’quv  topshiriqlarining  qator  hususiyatlari  qayd  etilgan.  Ularni  ta’lim 

ehtiyojiga  ko’ra  1)  qurish  mumkinligi;  2)  qurish  va  qayta  qurish  imkoniyatining 

borligi;  3)  u  o’quv  materialining  shakli  ekanligi;  4)  ta’lim  jarayoni  aktlari, 

bosqichlariga mosligi; 5) bir topshiriq o’rnida boshqasini qo’llash imkoniyatining 

borligi;  6)  ochiq  tizim  ekanligi;  7)  bir-birini  to’ldirishi;  8)  bilim  va  faoliyat 

usullarini  o’rganish  hamda  takomillashtirish  talablariga  mosligi;  9)  ta’lim 

sharoitida o’qish va o’rganish ehtiyojini qondirishi tavsiflangan. 




 

12 


«Topshiriqlarda insoniyat to’plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular 

moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  yangilash  va  yanada  boyitish  vositasi  sanaladi. 

Ulardan  barcha  kasb  egalari  foydalanishadi».  Shu  manbada  topshiriqlarni  uch 

guruhga  ajratib  o’rganish  g’oyasi  asoslangan:  a)  ijtimoiy-ishlab  chiqarish 

topshiriqlari.  Barcha  kasb  egalari  bunday  topshiriqlarni  o’z  oldiga  qo’yib,  hal 

qilishadi.  Ijtimoiy-ishlab  chiqarish  topshiriqlarini  qo’yish  yo’li  bilan  atrofimizni 

o’rab  olgan  muhit,  jamiyat  rivojlantiriladi;  b)  ilmiy  bilishga  oid  topshiriqlar. 

Bularni  odatda  ilmiy  muammolar  deb  aytishadi.  Muammo  savolning  shunday 

ko’rinishiki, uning javobi fan to’plagan bilimlar orasida mavjud bo’lmaydi. Fanda 

eng  kichik  muammolarni  yechishdan  tortib,  dunyo  ahamiyatiga  ega  topshiriqlarni 

hal qilish ilmiy muammolarni qo’yish va bajarishdan iborat. Ilmiy muammolarning 

asosiy  vazifasi  tabiat,  jamiyat  va  ong  hodisalarini  o’rganib  yangi  bilim,  faoliyat 

usullarini  kashf  etishdir;  v)  o’quv-biluv  topshiriqlari.  Bunday  topshiriqlar  ta’lim 

jarayonida qo’yiladi. Ular vositasida o’quvchi shahsi rivojlantiriladi. 

Qisqa  tahlildan  ko’rinadiki,  «topshiriq»  tushunchasi  turli  manbalarda 

ishlatiladi:  S.L.Rubinshteyn  «motiv»,  «maqsad»,  «sharoit»,  «sub’ekt  (topshiriqni 

bajaruvchi  shahs)  va  ob’ekt»  (bajariladigan  vazifa,  yechiladigan  topshiriq,  hal 

qilinadigan  muammo)  hususiyatlariga  asoslanib  «topshiriq»  tushunchasini  bayon 

qilgan.  Uning  uqtirishicha,  topshiriq  vositasida  o’quvchi  faoliyati  boshqariladi. 

Binobarin,  u  «topshiriq»  atamasini  «vosita»  ma’nosida  tahlil  qilgan;  A.N.Leontev 

«ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kategoriyalariga rioya qilib, topshiriq tushunchasiga 

sharh  bergan.  U  «topshiriq»  va  «maqsad»  tushunchalarini  yonma-yon  tahlil  qilib, 

topshiriqni  ma’lum  shart  asosida  berilgan  «maqsad»  deb  tushunadi; 

Ya.A.Ponomarev  «topshiriq»  tushunchasini  «sub’ekt  va  ob’ekt»  tizimida  tahlil 

qilgan.  U  tizimning  ayni  holat  «sub’ekt  va  ob’ekt»  tizimining  mavjudligidan 

muammoli  holatning  yuzaga  chiqishini  bayon  qiladi.  Ya.A.Ponomarev  bilimlarni 

shakllantiradigan 

holat, 


bilimga 

rag’batlantiradigan 

holat, 

bilimlarni 

oydinlashtiradigan 

holat 


atamalarini 

ishlatib, 

«topshiriq»  tushunchasini 

«muammoli 

holat» 

kontekstiga 

ko’chiradi; 

N.Ya.Talizina 

«topshiriq» 

tushunchasini  «ta’lim vositasi» nuqtai nazaridan tahlil qiladi, u topshiriqni tanlash 




 

13 


va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishni malakalarni shakllantirish «vositasi» sifatida 

qaraydi;  L.M.Fridman o’quv topshiriqlarining didaktik hususiyatlarini tahlil qilib, 

ularni aqliy va amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonidagi «to’siqni» bartaraf etish 

shaklida qaraydi  va uni ongda hosil bo’lgan muammoli holatning nutq vositasida 

berilgan  modeli  sifatida  tahlil  qiladi;  O.R.Roziqov  «topshiriq»  tushunchasini 

«o’quv materiali va topshiriq» tizimida o’rganib, ta’lim jarayonida paydo bo’lgan 

«ehtiyojni  qondirish  vositasi»  sifatida  sharhlagan.  Topshiriq  o’qitish  (o’qituvchi 

faoliyati) va o’qish (o’quvchi faoliyati) ehtiyojlariga ko’ra ta’limga tatbiq qilinadi. 

Bunday yondashish o’quv topshirig’ini o’quv materialining «o’zgartirilgan shakli» 

sifatida qarash imkoniyatini beradi. 

Yuqoridagilardan  ma’lum  bo’ladiki,  «topshiriq»  juda  keng,  mazmundor 

hodisa bo’lib, kamida olti hil ma’no anglatadi: topshiriq – bu 

-  vosita (S.L.Rubinshteyn); 

-  maqsad (A.N.Leontev); 

-  muammoli holat (Y.A.Ponomarev); 

ta’lim vositasi (N.F.Talizina); 



ongda paydo bo’lgan to’siq (L.M.Fridman); 

o’quv materialining shakli (O.R.Roziqov). 



«Topshiriq»  tushunchasining  bu  ma’nolaridan  birortasini  ham  inkor  qilib 

bo’lmaydi.  Zero,  mualliflarning  har  biri  «topshiriq»  tushunchasining  ma’lum  bir 

jihatini  inobatga  olib,  unga  ta’rif  berishgan:  S.L.Rubinshteyn  bu  tushunchaga 

ijtimoiy  tajriba  nuqtai  nazaridan,  A.N.Leontev  insoniy  maqsadlarni  amalga 

oshirish  jihatidan  yondoshgan.  Y.A.Ponomarev  muammoli  holat,  N.F.Talizina 

ta’lim  vositasi  nuqtai  nazaridan  topshiriqqa  yondoshgan  bo’lsa,  L.M.Fridman 

topshiriqni  nutq  (og’zaki  va  yozma  nutq)  vositasida  qurish  imkoniyatini, 

O.R.Roziqov  topshiriqni  o’quv  materialini  o’zgartirish  imkoniyatini  nazarda 

tutgan. 

Keltirilgan 

qarashlarga 

tayanib, 

boshlang’ich 

sinf  o’quvchilariga 

mo’ljalangan  ijodiy  topshiriqlar  tizimini  asoslash  mumkin.  Buning  uchun 

topshiriqlar  nazariyasida  qo’llanadigan  asosiy  tushunchalarning  ma’nolarini 




 

14 


yanada oydinlashtirish, chegaralashga zarurat tug’iladi. Shu zaruratni hisobga olib 

asosiy tushunchalarga qisqacha tavsif beramiz. 

«Topshiriq»  atamasi  mazmunan  boy,  keng  tushuncha  bo’lib,  u  «vazifa» 

atamasiga  adekvat  kategoriyadir.  Topshiriq  buyruq  fe’li  (topshir)  so’zidan  «-iq» 

qo’shimchasi vositasida yasalgan «ot» bo’lib, ijtimoiy, fan, ta’lim-tarbiya sohasida 

ishlatiladi.  «Topshiriq»  keng  ma’noda  predmetni  anglatgani  uchun  qandaydir 

ob’ektiv  reallikni  ham  bildiradi.  Binobarin,  uni  ham  tevarak-atrofimizdagi  narsa-

hodisalar  sifatida  tasavvur  qilib,  tahlil  qilganimizdek,  uni  tuza  olamiz,  o’ziga  oid 

muhitda  (sharoitda)  o’zgartira  olamiz,  o’zgalarga  buyum-narsa  sifatida  bera 

olamiz,  uning  harakatini  kuzata  bilamiz.  Bu  hildagi  tasavvur  «topshiriq»ning 

quyidagicha turlarini qayd etish imkonini beradi. 


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish