Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi: Ish kirish, 3 bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
9
I BOB. MATEMATIKADAN KOMPYUTERLI IJODIY
TOPSHIRIQLAR TIZIMINI YARATISHNING NAZARIY MASALALARI
1.1. O’quv adabiyotlarida kompyuterli ijodiy topshiriqlar
muammosining yoritilishi
Insonning ongli faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o’zlashtirib, takomillashtirishi
keng ma’noda topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o’quv topshiriqlari bilan
uzviy bog’langan hodisa. Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari – moddiy
ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o’quv predmetlarini o’zlashtirish bilan aloqador
bo’lganidek, o’quvchi faoliyatining har bir yo’nalishi – qayta esga tushirish va ijod
qilish ham, bilimlarni o’rganish va turli o’quv holatlariga tatbiq qilish ham,
bilimlarni umumlashtirish va o’ziga o’zi baho berishi ham o’quv topshiriqlari bilan
chambarchas bog’langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida
qaraladi.
Topshiriqlar
nazariyasida
«topshiriq», «o’quv topshirig’i», «biluv
topshirig’i», «ijodiy topshiriq», «amaliy topshiriq», «intellektual topshiriq»,
«muammo» kabi qator atamalar bilan yonma-yon «mashq», «mustaqil ish» kabi
atamalar ham qo’llaniladi. «O’quv topshirig’i» mohiyatini aniqlash, unga didaktik,
metodik ta’rif berish uchun oldin psihologiya, didaktika, metodikada o’quv
topshirig’i tushunchasiga berilgan ta’riflar tavsifini beramiz, so’ngra yuqorida
keltirilgan tushunchalarning barchasini sharhlaymiz.
S.L.Rubinshteyn tadqiqotlarida o’quv topshiriqlari masalasi markaziy
muammolardan biri edi. Uning asarlarida o’quv topshiriqlari to’g’risidagi fikrlar
o’quvchi amal qiladigan sharoit bilan aloqadorlikda tahlil qilingan.
S.L.Rubinshteyn topshiriq tushunchasini tahlil qilar ekan, motiv, munosabat,
maqsad, sharoit kategoriyalarini tahlil qiladi: motiv – o’quvchi bilan o’quv
topshirig’i o’rtasidagi munosabatni yuzaga chiqarib, o’quvchilarni maqsadga
yetaklaydi, hatti-harakatlarni ishga tushiradi. U o’z fikrini davom ettirib, bunday
deb yozgan edi: «Insonning ongli faoliyati topshiriqlarni bajarishdir. Topshiriqda
berilgan munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko’ra topshiriq qabul qilinadi,
10
yechiladi». Munosabat, maqsad, amal qilinadigan shart-sharoit topshiriqning ichki
mazmunini tashkil etadi. «Shunday bo’lgach, – deb davom ettiradi
S.L.Rubinshteyn, – o’quv faoliyatining har bir zvenosi topshiriq asosida
yo’naltirilishi, u yoki bu motiv hususiyatidan kelib chiqib tashkil etilishi lozim».
A.N.Leontev topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: «Topshiriq –
bu ma’lum shart asosida berilgan maqsaddir». U topshiriqlarning hususiyatlarini
bayon etishda «ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kabi tushunchalardan foydalangan.
Ehtiyoj, A.N.Leontevning uqtirishicha, faoliyatni ishga tushiradi, motiv esa kishini
faoliyatga undaydi. Insoniy faoliyatda hatti-harakat, faoliyat usullari ajratiladi.
Bulardan birinchisi – hatti-harakat erishiladigan maqsadga, ikkinchisi – faoliyat
usullari esa maqsadni amalga oshirish shart-sharoitiga yo’nalgan. Shunday qilib,
A.N.Leontev o’quv topshiriqlari nazariyasini rivojlantira turib, fanda yangi
yo’nalishni – inson faoliyatida hatti-harakatlarni ajratish lozimligi to’g’risidagi
g’oyani asosladi.
A.N.Leontevning
o’quv
topshiriqlari
to’g’risidagi
qarashlari
Ya.A.Ponomarev,
N.F.Talizina;
tadqiqotlarida
yanada
rivojlantirildi.
Ya.A.Ponomarev «topshiriq» tushunchasini sharhlashda «topshiriqli holat»
kategoriyasiga asoslangan. U sub’ektni – topshiriqni bajaruvchi, intellektni
«topshiriqli holat» kontekstida tahlil qilgan. Topshiriqli holatda sub’ekt
(topshiriqni bajaruvchi) va ob’ekt (bajarish uchun berilgan topshiriq) o’zaro ta’sir
doirasida amal qilib, paydo bo’lgan ehtiyojni qondirishadi. Bu hodisa topshiriqli
holat mavjudligidan amal qiladi. Topshiriqli holat sub’ektning barcha hatti-
harakatlarini belgilaydi, sub’ekt berilgan holatni yangilab, o’zgartirib o’z
ehtiyojlarini qondirishga intiladi. «Demak, – deb hulosa qiladi Ya.A.Ponomarev,
sub’ekt va ob’ektning mavjudligidan topshiriqli holat paydo bo’ladi. Shu bilan
birga shu holatning murakkabligidan sub’ekt o’z bilimlarini to’ldiradi,
takomillashtiradi, rivojlantiradi». Shunday qilib, Ya.A.Ponomarev tadqiqotlarida
topshiriqlar nazariyasi qator kategoriyalar, jumladan, sub’ekt va ob’ektning o’zaro
ta’siridan o’quv holatining yuzaga kelishi, o’quv holatida sub’ektning faol
11
qatnashishi, faol hatti-harakatning bilimlarni egallash va takomillashtirishga
yo’nalganligi yanada atroflicha sharhlangan.
N.F.Talizina ham inson faoliyatini «motiv vositasida o’zaro bog’langan hatti-
harakatlar tizimi va faoliyat usullari» shaklida o’rgangan. «Boshlang’ich sinf
o’qituvchisi, – deb yozgan edi N.F.Talizina, – bolalarni o’qishni o’qishga
(o’rganishga demoqchi – F.Q.) o’rgatishi, ulardagi bilimga ehtiyojni asrab
avaylashi va rivojlantirishi, ularni bilish vositalari bilan ta’minlashi lozim». Ana
shunday vositalar sirasiga, N.F.Talizinaning uqtirishicha, o’quv topshirig’i kiradi.
Topshiriq vositasida o’quvchilarga o’quv predmetlariga oid asosiy bog’lanishlarni
ajrata olishni o’rgatish, «umumlashgan malakalarni shakllantirish mumkin».
L.M.Fridman o’quv topshiriqlari muammosini o’quv holatlarini nutq
vositasida shakllantirish hususiyatlaridan kelib chiqib tavsiflagan. Muammoli holat
o’quvchi ongida bilishga oid to’siqni yuzaga keltiradi. To’siqni bartaraf etish yo’li
bilan o’quvchi topshiriqni bajaradi. To’siq va uni bartaraf etish ishtiyoqi o’quv-
biluv faoliyatining amal qilishini ta’minlaydi. Shu mulohazalarga asoslanib,
L.M.Fridman topshiriqqa quyidagicha ta’rif beradi: «Muammoli holatning yozuv
shaklidagi modelini topshiriq deb tushunamiz». Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining
qator hususiyatlari aks etgan: topshiriqlarni nutq (yozma nutq) vositasida
shakllantira olamiz; uni bajarishni o’zgalarga (masalan, o’quvchiga) topshira
bilamiz; topshiriqni tuzish, qayta qurish, o’zgartirish mumkin.
O.Roziqovning ilmiy-pedagogik tadqiqotlarida o’quv topshirig’i o’quv
materiali bilan yonma-yon tahlil qilingan. Uning yozishicha, «...o’quv topshirig’i –
bu o’qitish va o’qish ehtiyojiga ko’ra o’quv materialining o’zgartirilgan shakli».
Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining qator hususiyatlari qayd etilgan. Ularni ta’lim
ehtiyojiga ko’ra 1) qurish mumkinligi; 2) qurish va qayta qurish imkoniyatining
borligi; 3) u o’quv materialining shakli ekanligi; 4) ta’lim jarayoni aktlari,
bosqichlariga mosligi; 5) bir topshiriq o’rnida boshqasini qo’llash imkoniyatining
borligi; 6) ochiq tizim ekanligi; 7) bir-birini to’ldirishi; 8) bilim va faoliyat
usullarini o’rganish hamda takomillashtirish talablariga mosligi; 9) ta’lim
sharoitida o’qish va o’rganish ehtiyojini qondirishi tavsiflangan.
12
«Topshiriqlarda insoniyat to’plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular
moddiy va ma’naviy boyliklarni yangilash va yanada boyitish vositasi sanaladi.
Ulardan barcha kasb egalari foydalanishadi». Shu manbada topshiriqlarni uch
guruhga ajratib o’rganish g’oyasi asoslangan: a) ijtimoiy-ishlab chiqarish
topshiriqlari. Barcha kasb egalari bunday topshiriqlarni o’z oldiga qo’yib, hal
qilishadi. Ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlarini qo’yish yo’li bilan atrofimizni
o’rab olgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi; b) ilmiy bilishga oid topshiriqlar.
Bularni odatda ilmiy muammolar deb aytishadi. Muammo savolning shunday
ko’rinishiki, uning javobi fan to’plagan bilimlar orasida mavjud bo’lmaydi. Fanda
eng kichik muammolarni yechishdan tortib, dunyo ahamiyatiga ega topshiriqlarni
hal qilish ilmiy muammolarni qo’yish va bajarishdan iborat. Ilmiy muammolarning
asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o’rganib yangi bilim, faoliyat
usullarini kashf etishdir; v) o’quv-biluv topshiriqlari. Bunday topshiriqlar ta’lim
jarayonida qo’yiladi. Ular vositasida o’quvchi shahsi rivojlantiriladi.
Qisqa tahlildan ko’rinadiki, «topshiriq» tushunchasi turli manbalarda
ishlatiladi: S.L.Rubinshteyn «motiv», «maqsad», «sharoit», «sub’ekt (topshiriqni
bajaruvchi shahs) va ob’ekt» (bajariladigan vazifa, yechiladigan topshiriq, hal
qilinadigan muammo) hususiyatlariga asoslanib «topshiriq» tushunchasini bayon
qilgan. Uning uqtirishicha, topshiriq vositasida o’quvchi faoliyati boshqariladi.
Binobarin, u «topshiriq» atamasini «vosita» ma’nosida tahlil qilgan; A.N.Leontev
«ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kategoriyalariga rioya qilib, topshiriq tushunchasiga
sharh bergan. U «topshiriq» va «maqsad» tushunchalarini yonma-yon tahlil qilib,
topshiriqni ma’lum shart asosida berilgan «maqsad» deb tushunadi;
Ya.A.Ponomarev «topshiriq» tushunchasini «sub’ekt va ob’ekt» tizimida tahlil
qilgan. U tizimning ayni holat «sub’ekt va ob’ekt» tizimining mavjudligidan
muammoli holatning yuzaga chiqishini bayon qiladi. Ya.A.Ponomarev bilimlarni
shakllantiradigan
holat,
bilimga
rag’batlantiradigan
holat,
bilimlarni
oydinlashtiradigan
holat
atamalarini
ishlatib,
«topshiriq» tushunchasini
«muammoli
holat»
kontekstiga
ko’chiradi;
N.Ya.Talizina
«topshiriq»
tushunchasini «ta’lim vositasi» nuqtai nazaridan tahlil qiladi, u topshiriqni tanlash
13
va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishni malakalarni shakllantirish «vositasi» sifatida
qaraydi; L.M.Fridman o’quv topshiriqlarining didaktik hususiyatlarini tahlil qilib,
ularni aqliy va amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonidagi «to’siqni» bartaraf etish
shaklida qaraydi va uni ongda hosil bo’lgan muammoli holatning nutq vositasida
berilgan modeli sifatida tahlil qiladi; O.R.Roziqov «topshiriq» tushunchasini
«o’quv materiali va topshiriq» tizimida o’rganib, ta’lim jarayonida paydo bo’lgan
«ehtiyojni qondirish vositasi» sifatida sharhlagan. Topshiriq o’qitish (o’qituvchi
faoliyati) va o’qish (o’quvchi faoliyati) ehtiyojlariga ko’ra ta’limga tatbiq qilinadi.
Bunday yondashish o’quv topshirig’ini o’quv materialining «o’zgartirilgan shakli»
sifatida qarash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, «topshiriq» juda keng, mazmundor
hodisa bo’lib, kamida olti hil ma’no anglatadi: topshiriq – bu
- vosita (S.L.Rubinshteyn);
- maqsad (A.N.Leontev);
- muammoli holat (Y.A.Ponomarev);
-
ta’lim vositasi (N.F.Talizina);
-
ongda paydo bo’lgan to’siq (L.M.Fridman);
-
o’quv materialining shakli (O.R.Roziqov).
«Topshiriq» tushunchasining bu ma’nolaridan birortasini ham inkor qilib
bo’lmaydi. Zero, mualliflarning har biri «topshiriq» tushunchasining ma’lum bir
jihatini inobatga olib, unga ta’rif berishgan: S.L.Rubinshteyn bu tushunchaga
ijtimoiy tajriba nuqtai nazaridan, A.N.Leontev insoniy maqsadlarni amalga
oshirish jihatidan yondoshgan. Y.A.Ponomarev muammoli holat, N.F.Talizina
ta’lim vositasi nuqtai nazaridan topshiriqqa yondoshgan bo’lsa, L.M.Fridman
topshiriqni nutq (og’zaki va yozma nutq) vositasida qurish imkoniyatini,
O.R.Roziqov topshiriqni o’quv materialini o’zgartirish imkoniyatini nazarda
tutgan.
Keltirilgan
qarashlarga
tayanib,
boshlang’ich
sinf o’quvchilariga
mo’ljalangan ijodiy topshiriqlar tizimini asoslash mumkin. Buning uchun
topshiriqlar nazariyasida qo’llanadigan asosiy tushunchalarning ma’nolarini
14
yanada oydinlashtirish, chegaralashga zarurat tug’iladi. Shu zaruratni hisobga olib
asosiy tushunchalarga qisqacha tavsif beramiz.
«Topshiriq» atamasi mazmunan boy, keng tushuncha bo’lib, u «vazifa»
atamasiga adekvat kategoriyadir. Topshiriq buyruq fe’li (topshir) so’zidan «-iq»
qo’shimchasi vositasida yasalgan «ot» bo’lib, ijtimoiy, fan, ta’lim-tarbiya sohasida
ishlatiladi. «Topshiriq» keng ma’noda predmetni anglatgani uchun qandaydir
ob’ektiv reallikni ham bildiradi. Binobarin, uni ham tevarak-atrofimizdagi narsa-
hodisalar sifatida tasavvur qilib, tahlil qilganimizdek, uni tuza olamiz, o’ziga oid
muhitda (sharoitda) o’zgartira olamiz, o’zgalarga buyum-narsa sifatida bera
olamiz, uning harakatini kuzata bilamiz. Bu hildagi tasavvur «topshiriq»ning
quyidagicha turlarini qayd etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |