KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Vatanimiz mustaqillikka
erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida bo’lganidek, xalq ta’limi sohasida
ham ulkan vazifalar belgilandi: davr talabiga mos ta’lim tizimini asoslash,
ta’limning yangi konsepsiyasi, dastur, darsliklarini yaratish, maktablarning moddiy
bazasini yaxshilash, xalqaro me’yoriy talablarga javob beradigan binolar qurib,
ishga tushirish; ta’lim jarayoniga yangi pedagogik g’oyalarni olib kirish, ta’limga
texnologik yondashish yo’li bilan ta’lim tarbiya ishlarining samaradorligini
oshirish; ta’lim jarayoniga amal qiladigan teskari aloqani butunlay yangilash;
o’quv-tarbiya
jarayoniga
zamonaviy
texnikani
olib
kirish,
ta’limni
kompyuterlashtirish va hokazo.
Keng qamrovli bu vazifalar jamiyatni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy,
huquqiy, ma’naviy rivojlantirish bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning markazida
inson omili yotadi. Zotan, mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti, obodligi,
to’kin-sochinligi, qolaversa, davlatimizning uzluksiz rivojlanishi ham ko’p jihatdan
yoshlarni qanday tarbiyalab, ta’lim berishimizga bog’liq.
Yoshlarda mustaqil fikrlash layoqatini o’stirish ularni hur va ozod vatanning
erkin fuqarolari qilib tarbiyalash ko’p jihatdan o’quvchilar nazariy va amaliy
tayyorgarligining sifatini yaxshilashga, buning uchun esa ta’lim jarayoniga axborot
texnologiyalarni tadbiq qilish hamda ta’limni kompyuterlashtirishga bog’liq. Bu
muammoning o’ta muhimligini uqtirib I.A.Karimov bunday deb yozgan edi:
“Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy
bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan,
mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy
salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotidir”
1
.
Prezidentimizning asarlari, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da o’quv-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik
1
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar 3-jild – T.: O’zbekiston 1996, 34-bet
4
texnologiyalarni olib kirish, axborot texnologiyalardan keng foydalanish ta’limni
kompyuterlashtirish uchun g’oyaviy, iqtisodiy, qonuniy shart sharoitlar yaratildi.
Hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ta’lim
jarayonini kompyuterlashtirish yetakchi pedagogik-metodik g’oyaga aylangan.
Darhaqiqat, 2002-yil 30-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoni, ushbu farmonni amalga
oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “2002-2010
yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarori
2
fikrimiz dalilidir.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanishning
masalasi ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’z o’rnini topmoqda.
Boshlang’ich ta’limda ham kompyuter topshiriqlarni qo’llash o’quvchi mantiqiy
tafakkuri rivojiga muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’lim va uning
rivoji xususida Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida
“Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli so’zlagan
nutqlarida batafsil to’xtalib tadqiqotchilar oldiga qator muammolarni qo’ydilar.
Bular jumlasiga:
- boshlang’ich sinflar mohiyati (“Zamonaviy boshlang’ich ta’limining o’zi
nimadan iborat bo’lishi kerak”);
- boshlang’ich sinf o’quvchilarining real o’quv imkoniyatlari (“Norasida
bolaning miyasi ongi nimani o’ziga singdira oladi”);
- shaxs kamolotida mustaqil fikrlashning o’rni (”Bolalar qaysi sinfdan
boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi”);
- ta’lim subyektlari – o’qitish va o’qish faoliyatining o’zaro munosabati
(”O’qituvchi va o’quvchi munosabatida ongli intizom”);
- bolalarni mustaqil fikrlashga maxsus o’rgatish lozimligi (”O’qituvchining
bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan
iborat...”).
2
Xalq so’zi. 2002-yil 1-iyun №116(2944) 1-2-sahifa
5
Prezidentimiz o’quvchilarning mustaqil fikr yuritishiga alohida to’xtalib
quyidagi fikrni bildirdilar: ”Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson
erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’limning samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo
bilim o’z yo’liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”
3
.
O’quvchida mustaqil fikrlashga, ijodkorlik ruhida tarbiyalashda ijodiy
mazmundagi o’quv topshiriqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish va tajribalar
shuni ko’rsatadiki boshlang’ich sinf o’quvchilari matematikadan ijodiy
mazmundagi o’quv topshiriqlarini bajarishda qiynalishmoqda. Bunday o’quv
topshiriqlarini bajarishda kompyuterdan unumli foydalanib, matematika ta’limida
kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishni taqozo qilmoqda. Shu nuqtai
nazardan tanlangan mavzu dolzarbdir.
Qator tadqiqotlarda ta’limni kompyuterlashtirishning pedagogik, psixologik
va metodik muammolari yoritilgan. Bular qatoriga N.F.Talizina, A.A.Matyushkin,
Y.A.Ponomaryov,
B.S.Gershunskiy,
V.G.Jitomerskiy,
A.A.Kuznetsov,
V.M.Manaxov,
V.V.Anisimov,
M.Vohidov,
A.A.Volodin,
O.I.Juravlyova,
A.V.Yakubov, V.V.Grishkun, B.B.Qodirov, G.Yunusova, A.A.Abduqodirov,
A.G’.Hayitov,
F.Zokirova,
T.Azlarov,
A.Bahromov,
M.Ziyoxo’jayev,
Z.Sharipova, M.Oripov, U.Yuldashev, V.Qobulov kabi olimlarni tadqiqotlarini
keltirish mumkin.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish muammosi
yuzasidan A.M.Pishkalo, M.I.Moro, L.P.Stoylova, N.F.Istomina, B.S.Abdullayeva,
M.E.Jumayev,
Z.Tadjiyeva,
M.Zayniddinova,
R.Ibragimov,
J.Ikromov,
A.Sadikova, Sh. Rayhonov, M.Toshpo’latova kabi olimlar izlanish olib borishgan.
Ammo shuni ta’kidlash joizki, boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli
ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish alohida dissertatsion tadqiqot sifatida
o’rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |