Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250
Bog'liq
falsafa

O’zbekiston va jahon. Mustaqil O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilishining falsafiy-metodologik 
muammolarini o’rganish nihoyatda muhim. O’zbekiston o’zining ko’p asrlik milliy davlatchiligi, madaniyati, ilm-fani, 
san’ati, o’ziga xos va betakror hayot falsafasi bilan jahon tsivilizatsiyasi rivojiga muhim hissa qo’shdi. O’zbek xalqi 
jahonga fan, san’at, falsafa, tibbiyot, siyosat, huquq, tarix sohalarida o’lmas asarlar yaratgan, buyuk allomalarni bergan. 
Biroq mustamlakachilik yillarida ro’y bergan quyidagi jarayonlar xalqimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilishi 
uchun imkon bermagan: 
- o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lmaganligi; 
- milliy madaniyatning tabiiy rivojlanish imkoniyati cheklanganligi; 
- mustabid tuzum mafkurasining tazyiqi ostida dunyodan uzib qo’yilganligi; 
- tarixi, ona tili, ma’naviy merosidan begonalashish alomatlari paydo bo’lganligi; 
- milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarining yo’qolib borganligi, ularni asrab-avaylash imkoniyatining 
kamligi va boshqalar. 
Mustaqillik tufayli O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini erkin tanlash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va jahon 
tsivilizatsiyasiga qo’shilish imkoniga ega bo’ldi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jahon 
tsivilizatsiyasiga qo’shilish yo’lini tanladi. 
Jahon tsivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand bo’lish mustaqil rivojlanish yo’liga kirgan davlatning dunyo 
hamjamiyatida o’ziga xos rivojlanishini ta’minlaydi. Binobarin, har bir xalq mustaqil bo’lganidan keyin o’zining 
iqtisodiyoti, madaniyati, milliy davlatchilik siyosatini amalga oshiradi. U o’z imkoniyatlariga tayanib, jahon 
hamjamiyatiga kirib borar ekan, bu jarayon milliy falsafada ham o’z ifodasini topadi. 
Mustaqillik milliy falsafaning negizi, uning umumjahon falsafiy jarayoni bilan qo’shilishi va uyg’unlashuvining 
eng asosiy shartidir. Mustaqillikka erishmagan xalq milliyligini, o’ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, ruhiyati va 
dunyoqrashini o’z falsafasida to’la-to’kis aks ettira olmaydi. 
Mustaqil bo’lmagan xalqning falsafasida mustamlakachilarning g’oyalari doimo ustuvor bo’ladi. Faqat mustaqillikkina 
ijtimoiy ongning hamma sohalarida, dunyoqarashning barcha jabhalarida milliylikning to’la-to’kis namoyon bo’lishi uchun 
zamin yaratadi. 
Tarixning saboq berishicha, hech qanday davlat boshqa bir davlatga, boshqa bir xalqqa o’z manfaatlarini 
ko’zlamasdan beg’araz yordam ko’rsatmaydi. Jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilish har bir mustaqil rivojlanayotgan 
davlatning taraqqiyotida o’z kuchi va imkoniyatlariga, ilg’or an’analariga, qadriyatlariga, milliy davlatchilik 
tajribalariga, intellektual salohiyatiga, tabiiy boyliklariga tayanishini inkor etmaydi, balki ularning keng rivojlanishini 
taqozo etadi. 
Erkinlik, mustaqillik hamisha zaruratni, mas’uliyatni anglashni taqozo etadi: erkinlik va mustaqillik jamiyatning har 
bir a’zosi oldiga «Biz kim edik? «Hozir qanday ahvoldamiz?» va «Qanday bo’lishimiz kerak»? degan savollarga 
vijdonan javob berishni talab etadi. Mustaqillik yillarida farovon va baxtli hayotni bizga kimdir yaratib bermasligini, 
balki o’z aqlimiz, kuchimiz bilan yaratishimiz lozimligini anglashni taqazo etadigan dunyoqarash shakllangani bu 
savollarga javoblar izlanilayotganligidan, ularni hal qilish choralari ko’rilayotganidan dalolat beradi. Boshqa 
mamlakatlardan, yaxlit va bir butun jahon tizimidan ajralib qolgan holda bu borada ham taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. 
Taraqqiyotga tsivilizatsiyali yondashuv o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’zbekiston va jahon tarixini o’rganishga 
bunday qarash hozirgi zamon falsafasida muhim yo’nalishlardan biri sifatida qaror topmoqda. U tarixiy haqiqatni 
xolisona baholashga, milliy xususiyatlarning o’ziga xosligini anglashga, insoniyatning ilg’or rivojlanish tajribalarini 
bilishga va ulardan ijodiy foydalanishga imkon beradi. Jahon tarixiga tsivilizatsiyali yondashuv insoniyat taraqqiyoti 
zo’rliksiz va inqilobiy sakrashlarsiz o’ziga xos tadrijiy yo’ldan ilgarilab borganida jamiyat katta foyda ko’rishi, 
odamzod boshiga turli ijtimoiy ofatlar tushmasdan rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish