Milliy maqom san’ati nazariyasi va uning metodologik asoslari



Download 28,82 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi28,82 Kb.
#547649
Bog'liq
Dilshod Toshaliyev maqolasi


MILLIY MAQOM SAN’ATI NAZARIYASI VA UNING METODOLOGIK ASOSLARI
Toshaliyev Dilshodjon Baxodirjon o’g’li
FarDU o’qituvchisi
Tel: +998901897259
dilshod92notegmail@.com
Orcid: 0000-0002-8598-6571
Annotasiya
Maqolada o’zbek maqom san’atining tarixiy taraqqiyot yo’li, metodologik asoslari hamda maqomlarni o’rganishda falsafiy-ilmiy tahlilning ahamiyati va maqom sho’’balarining kuy-ohang tuzilish xususiyatlari qisqacha bayon etilgan.
Аннотация
В статье кратко описывается историческое развитие узбекского макомного искусства, его методологическая основа, значение философско-научного анализа в изучении макома, особенности мелодической структуры ветвей макома.
Annotation
The article briefly describes the historical development of the Uzbek maqom art, its methodological basis, the importance of philosophical and scientific analysis in the study of maqom, the features of the melodic structure of maqom branches.


Kalit so’zlar: Maqom, sho‘’ba, ilmi-falsafiy tahlil, Nasr, Mushkilot, daromad, dunasr, miyonxat, ufar.
Ключевые слова: Маком, шуъба, научно-философский анализ, Наср (Проза), Мушкилот, дарамад, дунаср, миёнхат, уфар.
Key words: Makom, shuba, scientific and philosophical analysis, Nasr, Mushkilot, daramad, dunasr, miyonkhat, ufar.

O’zbek xalqining mumtoz musiqa san’ati uzoq yillik tarixga ega, rang-barang va o’ziga hos an’analarga ega. Mazkur san’atning bizgacha yetib kelgan jonli mahsullari shaklan va usluban boy, diniy-falsafiy mazmunni kuylovchi ohang va xilma-xil ijroviy talqinlarda hamon barilla namoyon etilayotgani quvonarli hol.


Xalq-havaskorlik ijodiy yo’nalishlaridan farqli o’laroq, og’zaki an’anadagi mumtoz kuy va ashulalar asosan eski o’zbek bastakorlik navlarining sara namunalari sifatida ta’riflanadi. Zero, ular olis o’tmishdan buyon hududiy ustoz-shogird silsilasi tufayli avlodlar xotirasida muxrlanishda davom etishi kuzatilmoqda. Shunday ekan, shu soha ijodkorligi gulab yashnagan tarixiy davrlarni ham, inqirozli og’ir damlarni ham boshidan kechirgani sir emas. Savodxon muhlislar ko’paygani sari toza va sinalgan san’at yo’llarining mudom sayqal topishini, ijroviy yondashuvlarning ham muntazam yangilanishini kuzatish mumkin. Olisdan sadolanib kelgan milliy musiqiy qadryatlarning jonlanib turishi, barkamol sifatlarni o’ziga jo etishi uchun bular rag’bat o’rnida turadi.
O’zbek muilliy musiqa san’atining durdona namunasi, buyuk maqomdon xonanda va sozandalar tomonidan mukammal pardalar uyushmasi asosida ijod etilgan eng oliy navli musiqa janri bu – maqomlardir.
An’anaviy hayot tarzi, axloq me’yorlari hamda musiqaning ma’naviy ozuqasi bo’lgan milliy maqom san’atida insonni kamolotga undaydigan dunyoqarashlardan kelib chiquvchi boy mentalitet mavjud. “Maqom – ohangga joylashgan tafakkurdir. U qog’ozga bitilmagan, toshga o’yilmagan kitob ... uning ohanglari ona zaminga mehr uyg’otadi”[1,35].
Shularni nazarda tutgan holda yoshlarning ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishda maqom san’atidan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim deb o’ylaymiz. Ayniqsa, “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”[2]gi qarorning o’z vaqtida e’lon qilinganligi maqom san’atining tarbiyaviy ahamiyati o’ta muhim ekanligidan dalolat beradi.
“Asrlar davomida ulug’ olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at dunyo miqyosida katta shuhrat-e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo’lgan Shashmaqom “YUNESKO” tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro’yxatga kiritilgani buning yaqqol tasdig’idir”[3].
Maqom so’zi arab tilidagi “maqam” so’zidan olingan bo’lib, lug’aviy ma’nosi “o’rin”, “joy”, “makon” ma’nolarini anglatadi. Maqom atamasi XII asrdan to hozirgi kungacha O’rta Sharq xalqlari musiqa san’ati manzarasida asosiy tushunchaga aylangan. Ayniqsa, O’zbek milliy musiqa san’atida maqomlar, hususan, Shashmaqom o’zining mukammal pardalar uyushmasi, asl milliy kuy ohangi va ustozona kasbiyligi jihati bilan muxim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo miqyosida tan olinayotgan mazkur san’at na’munasining ma’naviy ozuqasi, insonni ezgu amallarga chorlash xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini anglash lozim. Buning uchun, birinchi navbatda maqom namunalarini ilmiy tahlil etish va milliy musiqa ixlosmandlariga yetkazib bera olish lozim bo’ladi. Ushbu maqolada maqomlarning diniy-falsafiy mazmuni haqida qisqacha fikr yuritiladi. Maqsad: xalqimiz orasida maqom san’ati borasidagi taassurotni o’zgartirib, mazkur san’at ihlosmandlari doirasi kengaytirishdan iborat.
Demak, Shashmaqomdagi har bir maqom ikki bo’limdan iborat: Mushkilot – cholg’u bo’limi, Nasr – ashula bo’limi. Nasr bo’limi ham o’z navbatida birinchi hamda ikkinchi guruh sho’’balariga bo’linadi. Olti maqomning har birida birinchi guruh sho’’balari Saraxbor deb nomlanuvchi turkumli ashula yo’llari bilan boshlanadi. Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Segoh va Saraxbori Iroq shular jumlasidandir.
Saraxborlar Shashmaqomning Nasr bo’limini boshlab beruvchi – bosh axborotchi bo’lganligi uchun ushbu turkumlarni tahlil qilinishi maqomlarning ashula bo’limi haqida umumiy tasavvur hosil bo’lishini ta’minlaydi. Shuningdek, Saraxborlarning vazmin kuy harakati, murakkab tuzilishi va g’azal matnining mazmuni nuqtai nazaridan tahlil qilish tadqiqotchiga katta mas’uliyat yuklaydi. SHu o’rinda, Shashmaqomdagi bo’limlar va ularning nomlanishi orasidagi mantiqiy bog’liqlik xususida fikr yuritishni lozim deb topdik. Bu orqali, maqom ilmiga endigina qadam qo’ygan qiziquvchilarga notanish bo’lgan atamalar mazmuni hamda, ularning Shashmaqomga munosabati va falsafiy ma’nolarini imkon darajasida tahlil qilishga harakat qilamiz.
Maqomdon ustozlar cholg’u bo’limini Mushkilot, ashula bo’limini esa, Nasr deb nomlashgan. Mushkilot atamasi mushkul so’zining ko’plik shakli hisoblanib, “qiyinchiliklar”, “murakkabliklar” kabi ma’nolarni bildiradi. Murakkab kuy aylanmalari va doira usullarini inobatga olib, ushbu so’zni cholg’u bo’limiga berilgan ta’rif deyish mumkin, lekin mazkur atama lug’aviy ma’no jihatidan cholg’u musiqasiga berilgan nom sifatida to’laqonli mos kelmaydigandek ko’rinadi. SHunday bo’lsa-da, bizgacha yashab ijod qilgan maqomdon olim va bastakorlar cholg’u bo’limini mazkur nom (Mushkilot) bilan atab kelishgani bejiz emas. Bu haqda quyiroqda batafsil fikr yuritamiz.
Shashmaqomning ashula bo’limi Nasr deb atalishida ham hech qanday nazariy umumiylik mavjud emasdek. Nasr arabcha so’zdan olingan bo’lib, sochib, to’kib tashlash ma’nolarini anglatadi[4,22]. “Ma’lumki, arab tilidan o’zlashgan so’zlar tarkibidagi ayrim tovushlar bugungi imloda bitta harf shakli bilan ifoda etiladi. Deylik, “ze”, “zot”, “zo” uchun birgina “z” harfi, “to”, “te” uchun bitta “t”, shuningdek, “sin”, “sod”, “se” tovushlari uchun yolg’iz “s” harfi qabul qilingan.
“Arabchadan o’zlashgan bunday tovushlar qatnashgan so’zlar izohida ba’zan chalkashliklar kelib chiqqani kuzatildi. “Proza” ma’nosini anglatuvchi “nasr” so’zi bilan bog’liq shunday muammo uchradi. “Nasr” (proza)ni izohlashda u “arabcha so’zdan olinganligiga urg’u berilib, “ko’mak”, “zafar”, “yordam” ma’nolarini bildirishi” ta’kidlanadi. Atamaning istilohiy izohiga e’tiroz yo’q, biroq so’z lug’aviy tarafdan bir tovush evaziga islohga muhtoj. Chunki arab tilida uch turli “s” (“sod”, “se”, “sin”) bilan yoziladigan uchta “nasr” so’zi uch xil ma’noni anglatadi. Agar “nasrun” ص (sod) bilan yozilsa “yordam, ko’mak”, ث (se) bilan yozilsa “sochish, sochib tashlash”, agar س (sin) bilan yozilsa “burgut” degan ma’nolarni bildiradi. SHu sabab “proza”ga muqobil “nasr”ni lug’aviy jihatdan “ko’mak, yordam” tarzida emas, balki “sochish, sochilgan” deb tushuntirish to’g’ri bo’ladi”[5]. Lekin maqom ilmida Nasr so’zining “ko’mak”, “yordam” va “zafar” ma’nolarini anglatuvchi nasrun qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aytish mumkinki, Nasr so’zidan ko’ra, Nazm atamasi ashula yo’llariga nom sifatida ko’proq yaqin keladi. Har holda, maqomlarining ashula bo’limidagi sho’’balari nazmiy, ya’ni she’riy yo’lda bitilgan g’azallar bilan ijro etilgan. Lug’aviy tahlilimizdan, xuddi Shashmaqom bo’limlarning nomi mantiqsiz nomlangandek ko’rinadi. Ammo, xulosa qilishga shoshilmaymiz, aslida unday emas! Bunday mahobatli, murakkab asarlar majmuining shakllanishiga katta hissa qo’shgan maqomdon ustozlar Shashmaqomdagi maqomlar va ular tarkibidagi bo’limlarni nomlashda faqatgina nazariy bilimlarga emas balki, falsafiy jihatlarga ham e’tibor qaratganlar. Zero, maqom san’ati, xususan, Shashmaqom – umumiy bir ezgu g’oya asosiga qurilgan va bu g’oya diniy-falsafiy negizga egadir. Demak, Shashmaqomning asl mohiyatini tushunish uchun uning falsafiy asoslarini o’rganish zarur.
Cholg’u va ashula bo’limining nomlanishidagi mantiqiy mazmunni anglashdan avval Shashmaqomni tashkil etuvchi olti maqom nomlari xususida ham fikr yuritish kerak. Shunda Shashamaqom tarkibida uchraydigan atamalar ma’nosini tushunish osonlashadi. Demak, Shashmaqomni tashkil etuvchi olti maqomni Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq deb nomlanishi va aynan shu ketma-ketlikda tartiblanishi bejiz emas. Buzruk – buyuk, katta, ulug’; Rost – to’g’ri, haq; Navo – yoqimli ohang; Dugoh – ikki parda; Segoh – uch parda; Iroq – mamlakat nomi kabi ma’nolarni anglatadi. Bunday nomlangan maqomlar orasidagi bog’liqlikni diniy-falsafiy karash bilangina tushunish mumkin. E’tibor qarating: Buzruk – buyuklar, ya’ni payg’ambarlarga nisbat berilishi. Payg’ambarlar esa yolg’on so’zlashmagan, Rost hamda yoqimli Navo qilish (Allohni zikr qilish)gan va bu ishni muayyan parda (maqom)larda, ya’ni ikkinchi, uchinchi pardalarda, Iroq mamlakatida amalga oshirishgan. Iroq mamlakat nomi bo’lishi bilan birga, cho’l-u saxro, yiroq ma’nosida ham qo’llanilishi mumkin. Buyuklar qanday sharoitda bo’lishidan qat’i nazar, jazirama sahrodami, so’lim o’lkadami – Allohni zikr qilishdan to’xtashmagan. Keltirilgan ta’riflar yaxlitlansa, yuqoridagi nomlarning ketma-ketligidan quyidagicha mazmun hosil bo’ladi: “Buyuklar (Buzruk) to’g’ri (Rost) navo qilishgan, ikkinchi (Dugoh), uchinchi (Segoh) pardalarda – Iroqdan!”. Bu falsafiy tasavvur bo’lgani holda, mantiqiy asosga ega. “Xususan, XVI asrning ikkinchi yarmi XVII asrning birinchi choragida yashab ijod etgan taniqli musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning ustozlar Ho’ja Abdulqodir Marog’iy, Ho’ja Safiuddin ibn Abdulmo’min va Sulton Uvays Jaloir fikrlariga tayanib yozishicha: Avvaliga yetti payg’ambar nomlari bilan bog’liq yetti maqom bo’lgan. Bunda Rost maqomi Odam alayhissalomdan, Ushshoq – Nuh alayhissalomdan, Navo – Dovud alayhissalomdan, Hijoz – Sulaymon alayhissalomdan, Iroq – Ayub alayhissalomdan, Husayniy – Yoqub alayhissalomdan va Rohaviy – Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan meros qolgani haqidagi rivoyatlar bayon etiladi”[6,12]. Bir so’z bilan aytganda, Shashmaqom – buyuklarning dardi va zikrini o’zida mujassamlashtirgan ohanglar yig’indisidir.
Shashmaqomning ichki tuzilishidagi falsafiy mazmuni ezgu maqsad yo’lida dunyo mashaqqatlaridan, qiyinchiliklaridan o’tib, pirovardida (furovardida) g’alabani tantana qilish g’oyasini targ’ib qilishdan iborat. Dastlab, mushkilot (Cholg’u bo’limi), ya’ni qiyinchiliklarni yengib o’tish lozim. Undan so’ng Nasr (Ashula bo’limi) ya’ni, “g’alaba”ga erishiladi va Ufar – raqsbob doira usuli chalinib, tantana qilinadi. Ufarning ma’nosi “changitish”dir. Ufarlar ashula bo’limidagi har bir turkumni yakunlab beruvchi sho’’ba hisoblanadi. Ya’ni, yakundagi oliy maqsadga erishishni tantanasi deb xulosa qilish mumkin.
Mushkilot va Nasr atamalariga berilgan yana bir ta’rif Abdurauf Fitratning “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida ham uchraydi: “...so’ngra biz maqomning yolg’iz cholg’u bilan yurgan qismig’a “mashkilot”, cholg’u ham qo’shuq bilan yurganiga “nasr” dedik”[7,11]. Cholg’u musiqasi – mushkilot, ya’ni bu musiqada qanday mazmun borligini tushunish qiyin (so’z matni yo’qligi uchun), ashula bo’limi – Nasr. Unda so’z matnlari borligi uchun ham musiqada ifodalangan mazmunni tushunish osonroq, ya’ni nasr ma’noni anglashga “ko’mak” beradi. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda, maqomlardagi bo’limlar hamda qismlarning nomlanishi bejiz emas va har biri ma’lum mazmunga ega. Bu esa o’tmishda yashab, ijod etgan maqomdon olimlarning yuksak zakiyligidan dalolat beradi.
Shashmaqomdagi sho’’balarga keladigan bo’lsak, ular qaysi maqom yo’liga tegishli ekanligi, hamda qanday doira usulida ijro etilishiga qarab nomlanadilar. Masalan, Sarahbori Navo – Navo maqomi (ladi)ga[8]tegishli va “saraxbor” doira usulida ijro etiladigan asar demakdir. Nasri Uzzol – Uzzol yo’lida va nasr usulida, Mo’g’ulchai Buzruk – Buzruk maqomida va mo’g’ulcha doira usulida va xokazo. Deyarli, har bir sho’’ba ana shu qoidaga asosan nomlangan. Deyarli deyishimizga sabab, SHashmaqom tarkibida bastakor taxallusi yoki boshqa sabablar asosida nomlangan bir-necha maqom sho’’balari ham mavjud. Nasrulloyi, Navro’zi Xoro kabilar shular jumlasidandir.
Maqom ijrochilari ashula bo’limidagi sho’’balarni tarkibiy qismlarga bo’lib, ularni muayyan nomlar bilan atashgan. Bu iboralar orqali ashulaning kuy-ohang tuzilishini tasavvur qilish osonlashgan. Asarning boshlanish qismini – Daromad, o’rta pardalarda ijro etiladigan jumlani – Miyonxat, Daromaddagi kuy harakati bir oktava balandlikda takroran ijro etilsa, Dunasr, deb nomlashgan. Dunasr qismidan so’ng, namud deb atalmish kuy bo’lagi qo’llanilib, bu qism maqomlarni tahlil etishda asosiy tushuncha hisoblanadi. Mazkur iboralar haqida asarlar tahlili davomida, navbati bilan to’xtalib o’tamiz.
Ashula bo’limidagi sho’’balarning tuzilish qoidalari ularning kuy harakati bilan birga, g’azal manti asosida tahlil etiladi. Ya’ni, muayyan maqom sho’’basini tashkil etuvchi kuy jumlalari, g’azal baytlari orqali ajratiladi.
Bugungi kunda maqom she’riyatining ichki xususiyatlari, uning o’ziga xos musiqiyligi nuqtai nazaridan o’rganilgan bo’lsa-da, bularni yetarli deb bo’lmaydi. SHunga ko’ra hozirgi zamon maqom ijrochilari mumtoz namunalarni talqin qilish uchun nazariy bilimlarga ega bo’lishlari, maqomlarning kuy ohang tuzilishi bilan birga, ularning diniy-falsafiy negizlarini ham o’rganmog’liklari zarur. Ana shunday ijrochilarning targ’iboti orqali xalqimiz ongida maqom san’ati hamda milliy qadryatlarga bo’lgan munosabat ijobiy tarafga o’zgaradi degan umiddamiz!


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Said Ahmad. Ilohiy ne’mat. –Toshkent.: Tafakkur jurnali. 1994. № 1-son. B- 35

  2. O’zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3391 sonli qarori.

  3. O’zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3391 sonli qaroridan.

Download 28,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish