Falsafa ma’ruzalar matni


Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250
Bog'liq
falsafa

Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. «Ko’p sinovlar, azobu-uqubatlar, xatolar, fojialar, urushlar, 
qatag’onlarni boshidan kechirgan asrimiz poyoniga etayotgan, insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda 
turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda, — deb yozadi 
Prezidentimiz. — Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va 
sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goh bahs-munozara doirasidan chiqib to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab 
bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda». 
Nega bunday kurash davom etmoqda? Nega u to’qnashuv, qonli kurash ko’rinishlarini olmoqda? Jahon siyosiy 
xaritasida ko’plab davlatlar mavjud. Turli dinlar, diniy oqimlar, mazhablar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning har birining 
o’zgalardan farq qiladigan mafaatlari bor. Aynan mana shu manfaatlar ulkan xarakatlantiruvchi kuch hisoblanadi va u 
o’zga davlatlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar ongiga, dunyoqarshiga, turmush-tarziga ta’sir o’tkazish, o’zlariga 
bo’ysundirish uchun yo’naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. 
Bundan maqsad, muayyan iqtisodiy, siyosiy va diniy qarashlarni singdirish orqali turli ko’rinishdagi ehtiyojlarni 
qondirishga intilishdir. Bunday intilish turli vositalar va yo’llardan foydalanishni, ularning doimiy takomillashib 
borishini keltirib chiqarmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «ba’zan beozorgina bo’lib tuyulgan musiqa, oddiygina 
mutfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi». 
Xalqaro maydonda ham bunday ta’sir o’tkazishning tinch yo’li ko’zlangan maqsadga olib kelmaganda, mamlakat 
ichki ishlariga aralashish, mavjud ziddiyatlarni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo’li bilan bo’lsa ham ijtimoiy 
beqarorlikni yuzaga keltirishga bo’lgan urinishlarni isbotlovchi bunday misollarni ham ko’p keltirish mumkin. 
Afg’onistondagi urush yigirma yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda? Buning sababi nimada? Avvalo, 
Afg’oniston ikki sistemaning xalqaro maydonda hukmronlik qilishga intilishining qurboni bo’ldi, deb bemalol aytish 
mumkin. Chunki, dastlab Afg’onistondagi bir-biriga dushman bo’lgan kuchlarni ikki sistemaning etakchi davlatlari har 
tomonlama qo’llab-quvvatladilar, sotsialistik va burjua mafkuralari deb atalgan mafkuralarning kurash poligoniga 
aylantirdilar. Keyinroq milliy yarash harakati yuzaga kelgan va uni jahon afkor ommasi keng qo’llab-quvvatlagan 
paytda diniy-ekstremistik harakatlarni quvvatlagan kuchlar ta’sirida mamlakat kurash maydoniga aylandi va fuqarolik 
 
 


urushi yangi sifatiy holat kasb etdi. Bugungi kundagi voqealar Afg’onistondagi fuqarolar urushi ko’proq surunkali nizo 
ko’rinishini olayotganligini ko’rsatmoqda. 
Bularning barchasi tashqi kuchlarning Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi, 
mamlakatning taraqqiyot yo’li xususidagi o’z qarashlari, standartlarini singdirishga, bir so’z bilan aytganda, o’z 
mafkuralarining hukmron mavqega ega bo’lishi uchun harakat qilayotganliklari oqibatidir. 
Afg’onistonning bugungi ahvoli jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinishlar qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Shunday bo’lsa-da inson ongi va qalbi uchun kurash, uni 
egallash orqali o’z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ro’yobga chiqarishga intilish tobora kuchayib, yangidan-yangi 
shakl kasb etmoqda. 
Xususan, jahon maydonlarini diniy e’tiqod umumiyligini pesh qilgan yoki etnik birlikka urg’u bergan holda bo’lib 
olishga urinishlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Bu yo’lda xilma-xil usullar va vositalardan foydalanilmoqda. Ana 
shularning barchasidan bitta xulosa chiqarish mumkin. XX asrda ikki jahon urushini boshdan kechirgan insoniyat 
so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, yuzaga kelayotgan va o’z oqibatlariga ko’ra jahon urushlaridan ham falokatliroq 
bo’lgan yangidan — yangi mojarolarga duch kelmoqda. Bunday mojarolar unga tortilgan xalqlar hayotini izdan 
chiqaribgina qolmay, qo’shni xalqlar ruhiyati, turmushi, taraqqiyotiga ham jiddiy va sezilarli salbiy ta’sir o’tkazishi 
tabiiy, albatta. 
Afsuski, mustaqillikka erishgan O’zbekistonga chegaradosh hududlarda ham ana shunday mojarolar davom 
etmoqda. «Qo’shning tinch — sen tinch», — deydi xalqimiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ming-minglab odamlar 
hayotiga zomin bo’layotgan Afg’onistondagi tanglik davom etayotgan ekan, aslo xotirjamlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Nega? Chunki ushbu mojaro ta’sirining boshqa jihatlarini inobatga olmaganda ham, adovat urug’ini sochishga, o’rta asr 
jaholatparastligiga asoslangan o’z aqidalarini zo’rlab qabul qildirishga va shu yo’l bilan mintaqani o’z ta’sir doiralariga 
tortishga intilayotgan kuchlar mavjudligini va ularning o’z maqsadlari yo’lida faol harakat qilayotganliklarini aslo 
unutmaslik lozim. 
XX asrning so’nggi yillari haqida gap ketar ekan, u nafaqat yuqoridagi kabi mojarolar, balki ijtimoiy hayotning 
xilma-xil sohalarida qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan ham xarakterlanishini tan olish zarur. Ayni paytda ana 
shunday ijobiy jarayon bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlanganidek, ekstremizm va fundamentalizmdek o’ta xavfli 
qarashlar tizimi va faoliyati ham tarix sahnasiga chiqqanligini ta’kidlash zarur. Bunday kuchlarning iqtisodiy, siyosiy 
yoki harbiy salohiyatining kattaligi, axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatining ulkanligi, 
vosita va mexanizmlarning xilma-xilligini alohida ta’kidlash lozim. 
Mamlakatimizning taraqqiyotiga, kishilarimiz ongi va ruhiyatiga o’zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’sir 
ko’rsatishga harakat qiladigan kuchlar, diniy ekstremizm yoki agressiv millatchilik ko’rinishidagi turli oqim va harakatlar, 
ularning g’arazli maqsad va intilishlari mavjud bo’lgan vaziyatda inson o’z mustaqil fikriga va e’tiqodiga ega bo’lmasa, turli 
mafkuralarning bosimi va tazyiqlariga bardosh berishi qiyin. 
Bu tuyg’ularni shakllantirish, buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, millatning hamjihatligini ta’minlash uchun esa 
unga xizmat qiladigan, rag’batlantiradigan, yo’naltiradigan o’z milliy mafkuramizni shakllantirmog’imiz lozimligi 
shubhasizdir. 
Xo’sh milliy mafkuramiz nimalarga asoslanishi va ongimizga qanday tamoyillarni singdirmog’i lozim? Bu savolga 
javobni ham Prezidentimiz asarlaridan topish mumkin. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, 
udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat 
tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga 
suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng 
huquqli o’laroq munosib o’rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog’i kerak»
17

Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy 
jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma’nodagi buyuk kelajagini ta’minlaydi. 
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish