BNs = SB x O’Us / ASs,
bunda: XBNs - rejalashtirilayotgan yilga bir kishi hisobiga xarajatlarning
bazaviy normativi;
VSB - sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati, kapital qo’yilmalar va
markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari rejalashtirilayotgan yilga
Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyatlar sog’liqni saqlashining umumiy
budjeti;
65
O’Us - rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvariga BTSYo qishloq
muassasalariga biriktirilgan viloyat aholisi soni;
ASs - hisobot davrida viloyat sog’liqni saqlash budjetida viloyat qishloq
BTSYo budjetining o’rtacha ulushi (koeffitsientlarda).
BTSYo qishloq muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya-
epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo’yilmalar va
markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog’liqni
saqlash umumiy budjetiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Bunda qishloq BTSYo budjetining o’rtacha ulushi Qoraqalpog’iston
Respublikasi va viloyatlar sog’liqni saqlash muassasalarini qayta tashkil etish
hisobiga ko’paytiriladi.
Alohida olingan BTSYo muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi
tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan
holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYo
muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi.
Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy
normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari
hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog’liqni saqlash
vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog’liqni saqlash
boshqarmalari BTSYo qishloq muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi va
ularni xarajatlar guruhiga bo’lmasdan bitta summa bilan BTSYo muassasalariga
etkazadi.
BTSYo qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida
ro’yxatdan o’tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan budjet
doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
66
BTSYo muassasalarining hisoblangan budjeti joriy faoliyat bo’yicha
ularning xarajatlarini qoplashi lozim.
BTSYo qishloq muassasalarining imtiyozli retseptlar bo’yicha beriladigan
dori-darmonlar uchun xarajatlari tuman markaziy kasalxonasi budjetida nazarda
tutiladi. BTSYo muassasalari uchun kapital qurilish va qimmat turadigan
uskunalarni sotib olish xarajatlari bir kishi hisobiga xarajatlar normativi
bo’yicha moliyalashtirish tizimi doirasidan tashqarida nazarda tutiladi.
BTSYo qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi. BTSYo qishloq
muassasalarini moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq har
oyda bitta summada (xarajatlar guruhlariga ajratmasdan) Qoraqalpog’iston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklari sog’liqni saqlash
boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Sog’liqni saqlash budjetini
ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari
uchun moliyaviy mablag’lar ajratilishini ta’minlashi kerak.
Budjet mablag’lari har oyning 15-kunidan kechikmasdan bitta to’lov bilan
BTSYo muassasalarining hisob raqamiga to’liq miqdorda o’tkaziladi. Hisobot
yilining oxirida BTSYo muassasalari hisob raqamlarida qoladigan mablag’lar
olib qo’yilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya xarajatlari. O’zbekiston tanlagan
islohot yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga
qaratilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston modeliga asos bo’lib
xizmat qilgan mashhur besh tamoyillardan biri - aholini ijtimoiy muhofaza
qilishga va kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga qaratilgan. Aholini ijtimoiy
muhofaza qilish tamoyili mamlakatimiz ichki siyosiy barqarorligi uchun o’ta
muhim shartlardan biri ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Mazkur tamoyilning
ahamiyati ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgani va mamlakat
mustaqilligini saqlab qolishni zaruriy sharti ekanligidir.
67
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi
uzluksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga ya’ni islohotlarning hamma
bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Kuchli ijtimoiy
siyosat O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining etakchi
tamoyillaridan biridir.
Zero fuqarolarning munosib hayot kechirish, aholini ayrim toifalarini
(qariyalar, kam ta’minlangan oilalar, yosh bolali onalar, ayollar, nogironlar va
pensionerlar) moddiy jihatdan ta’minlash davlatning muhim ijtimoiy siyosati
hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda fuqarolar hayotini uch asosiy bosqichga ajratish muhimdir:
mehnat qilishni boshlagungacha (mehnat faoliyati boshlangunga qadar
bo’lgan inson hayoti, ma’lumot olish va kasb o’rganish davri);
mehnat qilish davri (o’z farovonligi va jamiyat farovonligi yo’lida
qilinadigan faoliyat);
mehnat qilish tugagan davr (asosan hayot faoliyatining passiv davri —
pensionerlik, nogironlik.).
Ijtimoiy siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng
ko’lamli islohotlarda aholi uchun qiyinchiliklarni engillashtirish bilan bog’liq.
Ijtimoiy jihatdan nochor aholi kategoriyalarini muhofazalash shakllari haqida
gap borgan hollarda «ijtimoiy muhofaza» atamasi davlatning ijtimoiy siyosatini
ta’riflash uchun keng ishlatiladi. Yurtboshimiz ijtimoiy muammolarni
muvaffaqiyatli hal etish, ishonchli ijtimoiy kafolatlarni yaratish, mehnatning
manfaatli bo’li-shini kuchaytirish islohotlarni o’tkazish uchun mustahkam
ijtimoiy ta-yanch bo’ladi, ular muqarrarligining garovi bo’lib xizmat qiladi,- deb
ijtimoiy siyosatning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tushuntirib byerdilar.
O’zbekistondainsonnirivojlantirishmilliymaqsadlarigayerishishdadavlatmaqsadli
dasturlariningishlabchiqilishivaizchilamalgaoshirilishialohidaahamiyatgaegabo’l
moqda.
Ma’lumki,
respublikadaharbiryilmuayyan,
68
judamuhimvayirikijtimoiymuammonihaletishgabag’ishlanadi.
Mazkurijtimoiymasalanihaletishuchunkengko’lamlidavlatmaqsadlidasturiishlabc
hiqiladi. Ushbu Davlat dasturi asosida mintaqaviy hamda har bir vazirlik va
idoraning dasturi ishlab chiqiladi. Davlat dasturida belgilangan vazifalarni
bajarishga amalda mamlakatning barcha aholisi, har bir korxona, tashkilot va
muassasa safarbar etiladi.
Ijtimoiy dasturlar – aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid ijtimoiy
siyosatning chora-tadbirlarini o’z ichiga olgan rejali hujjatlardir.
Ijtimoiy dasturlarning asosiy vazifalari quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
–
insonlarga bepul ta’lim va tibbiy xizmat ko’rsatish;
–
insonlarning moddiy-ma’naviy farovonligiga yerishishni ta’minlash;
–
kishilarning mehnat faoliyati jarayonida kamolotga etishtirish;
–
kishilarning madaniy-maishiy hayot sharoitlarini yanada yaxshilash.
Konstitutsiyamiz negiziga qo’yilgan talab va qoidalarga to’liq mos keladigan,
dunyo hamjamiyatida “O’zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni
isloh etish va modyernizatsiya qilish yo’li naqadar to’g’ri ekanini bugun
hayotning o’zi tasdiqlab byermoqda. “O’zbek modeli” ning mazmun-mohiyati
iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlatning
bosh islohotchi sifatidagi boshqaruvchilik rolini tan olish, mamlakatimizning
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi
mashhur besh tamoyilda mujassam topgan. Barcha islohotlar jarayonida
respublikamizda aholining ijtimoiy himoyasini qo’llab-quvvatlash, inson
huquqlari va erkinliklarining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini
shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat
byerilmoqda.. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson
manfaatlarini ko’zlaydi.
69
Ijtimoiy ta’minot fuqarolarning qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat
qobiliyatining to’liq yoki qisman yo’qotishi, boquvchisini yo’qotish, ishsizlik
kabi holatlarda moddiy ta’minot olishga konstitutsion huquqi borligini
ko’rsatadi. To’lanadigan mablag’lar miqdori mehnat staji, oylik ish haqi,
mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi va
amaldagi qonunchilikka asoslanadi. Bugun yurtimizda har tomonlama
mustahkam huquqiy asosga ega bo’lgan ishonchli ijtimoiy muhofaza qilish
tizimi shakllandi va u amalda o’zini oqlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |