Davlat budjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
xarajatlar tarkibi
Ko’rsatkichlar
2013 yil
2014 yil
2015 yil
2016 yil
(prognoz)
mlrd.
so’m
%
mlrd.
so’m
%
mlrd.
so’m
%
mlrd.
so’m
%
Ijtimoiy soha
va aholini
ijtimoiy
qo’llab-
15573 100 18873 100 22457,0 100 25299,3 100
76
quvatlash
xarajatlari
Ta’lim
8984 57,6 10765 57,0 12776,2 56,8 14419,3 57,0
Sog’liqni
saqlash
3768 24,1 4495 23,8 5372,5 23,9 6002,7
23,7
Madaniyat va
sport
279
1,7
334
1,7
388,2
1,7
448,8
1,8
Ilm-fan
173
1,1
199
1,0
245,3
1,0
321,8
1,3
Ijtimoiy
ta’minot
107
0,7
125
0,7
150,4
0,6
174,1
0,7
Oilalarga
ijtimoiy
nafaqalar
1839 11,8 2047 10,8 2279,8 10,1 2317,2
9,2
Ushbu xarajatlarning tarkibida, ta’lim sohasiga qilinayotgan budjet
xarajatlari 2013 yilda 8984 mlrd. so’mni tashkil etib, jami budjet xarajatlaridagi
ulushi 57,6 foizni tashkil etgan. Ushbu ko’rsatkich 2014 yilgi jami budjet
xarajatlarida 58,1 foizni, 2013 yilda mos ravishda 57,0 foizni, 2015 yilda mos
ravishda 56,8 foizni, 2016 yilda esa ushbu xarajatlar 57,0 foizni tashkil etishi
ko’zda tutilgan.
Davlatning boshqaruv faoliyati o’z maqsadlari va funksiyasini murakkab
tuzilishga ega bo’lgan va turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi o’z (davlat)
apparati orqali ta’minlashida namoyon bo’ladi. Uning bir qismi qonunlarni
ishlab chiqish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bilan shug’ullanadi, ya’ni
funksional ko’rinishdagi davlat boshqaruvi bilan bog’liq, boshqa qismi
davlatning ichki (huquq-tartibot) va xalqaro barqarorligi va xavfsizligini, uning
jahon hamjamiyati bilan o’zaro munosabatlarini ta’m inlaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimihokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga
asoslanadi va ikki daraja – markaziy va mahalliy darajalardan tashkil topadi.
77
Hukumatning markaziy organlari umumdavlat ahamiyatiga molik
masalalarni, mahalliylari esa hududiy muammolarni hal qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining boshqaruv faoliyatigaquyidagilar
kiradi:
qonunchilik, huquq-tartibotni va fuqarolarning havfsizligini ta’minlash;
hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish masalalari;
mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar,
yig’imlarni tayinlash, budjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish;
mahalliy kommunal xo’jalikni boshqarish;
atrof muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlari qayd etilishini ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish va O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlar.
Davlat budjeti xarajatlarining funksional tasnifiga binoan boshqarish
xarajatlari quyidagi bo’limlardaguruhlashtirilgan:
1. Sud, prokuratura organlari va adliyaning boshqa muassasalarini saqlash
xarajatlari.
2. Davlat hukumat organlarini saqlash xarajatlari.
3. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari.
4. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari.
5. Referendum va saylovlar o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar.
Sud, prokuratura organlari va adliyaning boshqa muassasalarini saqlash
xarajatlario’zida quyidagilarni saqlash uchun xarajatlarni mujassamlashtiradi:
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi; viloyat,
shahar va xalq sudlari; O’zbekiston Respublikasi va mahalliy organlarning Oliy
xo’jalik sudi; O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog’iston
78
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturasi; FHAQQ bo’limlari va
boshqa xarajatlar.
Davlat hukumat organlarini saqlash xarajatlarigaO’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatini, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Saylov komissiyasi apparatini, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
apparatini saqlash, xalq deputatlari faoliyatini ta’minlash va boshqa xarajatlar
kiradi.
Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlario’zida quyidagilarni
saqlash uchun xarajatlarni mujassamlashtiradi: O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi apparatini; Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi apparatini; Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari apparatini;
vazirliklarning markaziy apparati, davlat qo’mitalari, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi qo’mitalar va boshqa idoralarni; O’zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va boshqa idoralarning mahalliy
organlarini; MDH mamlakatlari hukumatlari huzuridagi O’zbekiston
Respublikasining doimiy vakolatxonasini; hokimliklarni; Qoraqalpog’iston
Respublikasi vakolatxonalarini; hokimliklarning bo’limlari va boshqarmalarini;
chet elda joylashgan respublika vakolatxonalari, konsulliklari, agentliklari va
boshqa diplomatik muassasalarini; markazlashgan buxgalteriyalar va boshqa
xarajatlarni.
Mahalliy budjetlardanquyidagi xarajatlar moliyalashtiriladi:
yo’l-patrul xizmati bo’linmalari; uchastka militsiya inspektorlari; professional
yong’in xavfsizligi bo’linmalari; mudofaa ishlari bo’yicha boshqarmalar;
qutqaruv xizmati; markazlashtirilgan buxgalteriyalar; ma’muriy tartibda
qamoqqa olingan shaxslarni saqlaydigan maxsus joy; manzillar bo’yicha
ma’lumotlar byeruvchi byurolar; balog’at yoshiga etmaganlarning qonun
79
buzarliklarini profilaktika qilish bo’lim va bo’linmalari; balog’atga
etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazlari va boshqa xarajatlar.
Shunday qilib, davlatning boshqaruvga xarajatlari fuqarolarning hayoti,
sog’lig’i, huquqlari va erkinligini, fuqarolar, jamiyat va davlatning mulki va
manfaatlarini
noqonuniy
tajovuzdan
himoyalovchi
davlat
hokimiyati
organlarining faoliyatini tashkil etish va ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Davlat apparatini tegishli ravishda moliyalashtirmasdan boshqaruv
faoliyatini amalga oshirib bo’lmaydi. Bu moddiy-texnika bazasini yaratish va
saqlashni, mutaxassis-xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi personalni ishga
yollashni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining joriy faoliyatini
moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari hajmini aniqlab byeruvchi asosiy
hujjatlar – shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi. Shtatlar jadvalida tarkibiy
bo’linmalar; rahbar, ularning muovinlari va mutaxassislar lavozimlarining
nomlari davlat lavozimlari reestriga binoan; har bir lavozim bo’yicha shtat
birliklarining soni, lavozim okladlarining sxemalari, ustamalar (belgili muddat
xizmat qilgani uchun, sirlilik uchun va boshqalar) va lavozimli okladlar
bo’yicha bir oylik ish haqi fondiD aakvsl eatt irxiilzmadait.ch ilarining
mehnatga haq to’lash fondida moddiy rag’batlantirish va belgili muddat xizmat
qilgani uchun ustamalarga xarajatlar alohida ulushga ega. O’zbekiston
Respublikasi budjeti loyihasiga boshqaruvga xarajatlarning jamlanma hisob-
kitoblari tahlili taqdim etilgan hujjatlari va materiallari asosida tegishli
respublika, viloyat, shahar, tuman ma’muriy bo’linmalari tomonidan to’g’ridan-
to’g’ri hisoblash usuli va me’yorlash usulida tayyorlanadi. Ajratmalar
mablag’larga ehtiyoj, shuningdek bir ma’muriy yoki shtat birligiga tasdiqlangan
tariflar va me’yorlar asosida hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining boshqa xarajatlariga:
80
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |