63
Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni;
Kb - yil boshidagi o’rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni;
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni.
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti
sifatida budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan
holda mablag’ bilan ta’minlanadilar.
Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo’nalishlaridan biri birlamchi
tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga
o’tish, budjet mablag’larini taqsimlashning jahon amaliyotida ma’qullangan jon
boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat. Ana shu dasturiy
vazifani bajarish doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 28 sentyabrdagi 217-son Qarori bilan “Boshlang’ich tibbiy-sanitariya
yordami qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi to’g’risida Nizom” qabul
qilindi. Ushbu nizom Nizom boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami qishloq
muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan va ularni
moliyalashtirish shartlaridan kelib chiqib moliyalashtirishga o’tishi tartib-
qoidasini belgilaydi. Unga ko’ra, BTSYo qishloq muassasalarining bir kishi
hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirishga o’tishi uchun
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar
hokimliklari ularni moliyalashtirishni Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni
saqlash vazirligiga va viloyat hokimliklari sog’liqni saqlash boshqarmalariga
byeradi.
Mahalliy sog’liqni saqlash organlari ular hududida qishloq vrachlik
punktlariga aylantirilmagan qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA), qishloq
uchastka kasalxonalari (QUK) va feldshyer-akusherlik punktlari (FAP) mavjud
bo’lgan taqdirda ularning negizida QVP-FAP, QVA-FAP-komplekslari tashkil
etadilar.
64
QVP, QVP-FAP va QVA-FAP-komplekslari yuridik shaxs shaklida tashkil
etiladi va boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo)ning muassasalari
hisoblanadi.
Qayta o’zgartirilgan BTSYo qishloq muassasalari shtatlarini shakllantirish
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo’yicha Sog’liqni
saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Aholini BTSYo qishloq muassasalariga biriktirish rejalashtirilayotgan davr
boshida mavjud bo’lgan uchastkalar asosida tegishli tuman markaziy
kasalxonasining bosh vrachi buyrug’iga binoan amalga oshiriladi.
BTSYo muassasalariga biriktirilgan aholining soni va tarkibi to’g’risidagi
axborot tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan tuziladi, aholining
umumiy soni esa tuman statistika organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
BTSYo qishloq muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga
xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. Bazaviy normativ
har yili belgilanadi va Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyatlar hududiy
doirasida yagona hisoblanadi hamda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: