Bog'liq ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR
Deflegmatsiya bilan haydash. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun
distillyatning tarkibi deflegmasiya yordamida boyitiladi (26.3-rasm). Haydash kubidan chiqayotgan
bug`lar deflegmatorga o׳tadi, u erda bug`lar qisman kondensatsiyalanadi. Deflegmatorda asosan
bug`ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va hosil bo׳lgan suyuqlik
(flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. engil uchuvchan komponent bilan to׳yingan bug`lar
kondensator-sovitkichga o׳tadi va u erda to׳la kondensatsiyalanadi. Haydash jarayonining tugashi kubda
qolgan suyuqlikning qaynash harorati bo׳yicha tekshiriladi. Odatda qoldiq suyuqlik ma’lum tarkibga ega
bo׳lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan komponent ushlagan qoldiq suyuqlik haydash
kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali tegishli idishga tushiriladi.