Suyuq aralashmalarni bir marta qisman bug`latish yo׳li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb ataladi. Oddiy haydash aralashma komponentlarining uchuvchanliklari o׳rtasidagi farq ancha katta
bo׳lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish hamda murakkab
aralashmalarni keraksiz qo׳shimchalardan tozalash uchun oddiy haydash usulidan foydalaniladi.
Oddiy haydash quyidagi usullarga bo׳linadi:
1) fraksiyali haydash;
2) deflegmasiya bilan haydash;
3) suv bug`i bilan haydash.