Absorbentga issiqlik berish yo׳li bilan yutilgan gazni ajratib olish.
Desorberga issiqlik berilganda,
masalan, u suv bug`i bilan isitilganda, suyuqlikdan desorbsiya qilinayotgan komponent bilan
absorbentning bir qismi ham bug`lanadi. Hosil bo׳lgan aralashmalardan kerakli komponentni ajratib
olish uchun rektifikatsiya usuli qo׳llaniladi. Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib
olish.
Bu desorbsiya usuli juda oddiy bo׳lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda
olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz
desorbsiya qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya
qilinuvchi komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan
komponentni butunlay ajratib olish uchun ko׳pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan
birgalikda past bosim ostida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |