Mavzu 6
Absorbsion qurilmalarda gazni quritish
Reja:
6.1. Absorberlarning sinflari va tuzilishi
6.2. Nasadkali absorberlar
6.1.Абсорберларнинг синфлари ва тузилиши
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida absorbsiya jarayoni uglevodorod gazlarini tozalash va quritish, tabiiy va yo‘ldosh gazlar tarkibidan etan, propan, butan, benzin komponentlari, oltingugurtni ajratib olish, piroliz va katalitik kreking gazlarini ajratishda qo‘llaniladi.
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro‘y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o‘rtasidagi to‘qnashuv yuzasini ko‘paytirish zarur. Ushbu to‘qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko‘ra absorberlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) yuzali va yupqa qatlamli (jumladan nasadkali); 2) barbotajli (tarelkali); 3) suyuqlik sochib beruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |