Bog'liq ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR
Desorbsiya
Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni
desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi ishlatilgan absorberni regenerasiya qilish hamda
yutilgan gazni haydash yoki rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning
turli usullari qo׳llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko׳ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab
olinadi. Masalan, bug`-gaz aralashmasida aseton suv yordamida absorbsiya yo׳li bilan ajratib olingandan
so׳ng, suyuqlik tarkibidagi aseton rektifikatsiya yordamida ajratib olinadi.
Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi:
1) Inert gaz yoki suv yordamida ajratib olinadi;
2) Absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi;
108
3) Absorbsiya jarayonidan keyin absorberdagi bosimni kamaytirish natijasida ajratib olinadi.