Bog'liq ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR
Inert gaz yoki suv bug`i ta’sirida desorbsiya qilish. Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya qilish uchun
inert gaz yoki suv bug`i ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv bug`i suyuqlik bilan bevosita bir-biriga
ta’sir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan desorbsiya
qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori bo׳lgani uchun bu komponent suyuqlikdan gaz oqimiga
yoki suv bug`iga o׳tadi. Yutilgan gazni suyuqlikdan ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va
suv bug`i ta’sirida qarama-qarshi yo׳nalishda yoki nasadkali kolonnalarda olib boriladi. Inert gaz
sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz
aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa maqsadlarda ishlatilmagan hollarda qo׳llaniladi.