3- rasm. O’zini o’zi boshqarishi doirasi
Tashqi doirada quyidagi beshta vazifalar ma’lum:
1) vazifalarni qo’yish;
2) rejalashtirish;
3) bo’lajak ishdagi ustivorliklarni belgilash;
4) kun tartibini tuzish va mehnat jarayonini tashkil qilish;
5) o’zini o’zi nazorat qilish va maqsadlarga tuzatishlar kiritish.
O’zini o’zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan
ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma’lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki
axborotni almashish o’zini o’zi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir.
Birinchi vazifa - maqsadlarni qo’yish. Har bir boshqaruvchi xodim o’z oldiga
maqsadlarni qo’yadi, bu kelajakka qarash, kuchlar va faollikni erishish kerak bo’lgan
narsaga qaratish va jamlashni bildiradi. Shunday qilib maqsad yakuniy natijani
shakllantiradi. U harakatlar “quturtuvchisi”, faollikni belgilab beruvchi undov
bo’ladi. Agar maqsad qo’yilgan bo’lsa, unda harakatlantiruvchi kuch sifatida harakat
qiluvchi va faqat maqsadga erishilgandagina yo’qoluvchi keskinlik holati vujudga
keladi.
Maqsadlarni qo’yish jarayoni bir necha pallalardan tashkil topadi.
1.Maqsadlarni belgilash va ularni quyidagicha vaqtli mezonlar bo’yicha
tabaqalashtirish:
uzoq muddatli hayotiy maqsadlar (shaxsiy va kasbiy);
o’rta muddatli maqsadlar (yaqin 5 yilga)
qisqa muddatli maqsadlar (yaqin 12 oyga)
Bunda mehnatga motivatsiyani kuchaytiruvchi va kasbiy intilishlarni
yo’naltiruvchi kasbiy mo’ljallarni ajratish kerak.
2.Maqsadlarga erishish uchun shaxsiy resurslarni belgilash, buning uchun
quyidagilar zarur:
shaxsiy salohiyat, imkoniyatlarni belgilash;
o’zining kuchsiz tomonlarini sanab berish, muvaffaqiyatsizliklar-ning
ro’yxatini tuzish va qanday sabablar natijasida ular sodir bo’lganliklarini ta’kidlash.
Bu kamchiliklardan qanday qilib xolis bo’lish haqida o’ylab ko’rish;
2-3 muhim afzalliklar va kamchiliklarni ajratish.
Yana yaqin yillarda nima bilan hisoblashish kerakligini ham aniqlab olish,
masalan, yaqin atrofdagilar (sheriklar, qarindoshlar, boshliq, o’rtoqlar va x.k.) yoki
yoshni va o’z maqsadlarini ularga muvofiq qo’yish kerak.
3. “Maqsad–vosita” tahlilini o’tkazish, uni borishida maqsadlarga erishish uchun
zarur resurslarni (shaxsiy, moliyaviy, vaqtli) haqiqiy vaziyat bilan solishtiriladilar.
Buning uchun maqsadlarni tuzilgan “invertar ro’yxati”ga murojaat qilish va 3-4
muhim maqsadlarni tanlab olish, ularga erishish uchun zarur vositalarini belgilash va
yana nimaga erishish kerakligini yoki maqsadlarga erishish uchun nimaga kirishish
kerakligi tekshirish zarur.
486
Kasbiy (martabali) maqsadlar bo’yicha ularga erishish uchun zarur malakani
ko’rsatish va haqiqiy amaliy vazifalarni qo’yish zarur, masalan, etishmayotgan
tajribani olish.
4. Aniq maqsadlarni shakllantirish. Bunda shuni hisobga olish kerakki, har bir
maqsad faqat uni amalga oshirilishi muddatlari va istalgan natijalar ma’lum
bo’lgandagina ma’noga ega bo’ladi. Keyin o’zining istalgan va amaliy maqsadlariga
qo’llash bilan shakllantirish va o’z rejalarini ularni qanchalik haqiqiyligi nuqtai
nazaridan qayta tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Malaka va madaniy darajani oshirish haqida ham esdan chiqarmaslik kerak.
O’ziga judayam ko’p narsani olish kerak, chunki bu haqiqiy bo’lmagan
vazifalarni bajarilishiga imkonlar kamdir. O’z oldimizga qanchalik ko’p maqsadlarni
qo’ysak, oldingi hayotni shunchalik ko’proq o’zgartirish va o’z faoliyatini ko’proq
faollashtirishga to’g’ri keladi.
Uzoq muddatli global maqsadlardan kelib chiqqan holda, yana aniq qisqa
muddatli maqsadlarni ham belgilash zarur.
Ko’rib chiqilgan mavqsadlar hayot va martabaning rejasida qayd etiladi, u
muntazam ravishda qayta tekshirilishi, faollashtirilishi va to’ldirilishi kerak. Quyida
shunday rejadan parcha beriladi (4– jadval).
Maqsadlarni qo’yish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga ko’ra, bir marta va
butunlay berilmaydi. Ular vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin, masalan, agar ularni
amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar noto’g’riligi
yoki so’rovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda.
Shunday qilib maqsadlarni qo’yish jarayoni uchta pallaga bo’linadi:
4-jadval. Martabali (kasbiy) reja
Do'stlaringiz bilan baham: |