1) jismoniy holatni anglab etish. Nazoratni amalga oshirish paytiga kelib
2) rejalashtirilganni erishilgan bilan solishtiring. Qo’yilgan maqsadga qanday
Nazoratning vaqti, davomiyligi va muntazamligi ijro etilayotgan vazifalar va
qo’yilgan maqsadlarga bog’liq. U amalga oshirilayotgan jarayonni nazorat qilish va
Nazoratni amalga oshirish uchun o’z rejalari va mehnatni tashkil qilinishini
muntazam ravishda tekshirish, o’ziga doimiy ravishda quyidagi savollarni berish
Yana faoliyat va vaqtning tahlilini ham o’tkazish zarur, u kun va hafta
davomidagi vaqtdan haqiqiy foydalanishni rejalashtirilgan bilan solishtirishni ko’zda
tutadi. Buning uchun ma’lum davr(kun yoki hafta) ajratiladi, bu davr davomida
500
bajarilgan ishlar va sarflangan vaqt qayd etiladi. Keyin faoliyatning har bir turi
mehnat jarayonini vaqtni tajash maqsadida muvofiqlashtirish imkoniyatlari nuqtai
nazardan tahlil qilinadi:
- Agar ushbu faoliyatdan voz kechilsa, nima sodir bo’ladi?
- Agar ushbu faoliyat to’liqligicha yoki qisman boshqalarga topshirilsa, nima
sodir bo’ladi?
- Agar ushbu faoliyat vaqtning qisqaroq oralig’i davomida amalga oshirilsa,
nima sodir bo’ladi.
Agar hech nima sodir bo’lmasa yoki oqibatlar ahamiyatsizoq bo’lsa, unda bu
faoliyatdan voz kyechish, uni boshqalarga topshirish yoki qisqaroq muddatlarda
amalga oshirish mumkin.
Keyin haqiqiy vaqtli yuklamani belgilashga, hamda qancha vaqtni tejash
mumkinligini, vaqtni tejash bo’yicha qanday choralar ko’rish kerakligi, tejalgan
vaqtdan qanday foydalanish mumkinligini aniqlashga harakat qiling.
Menejer faoliyati o’zini o’zi tashkil qilinishining boshlang’ich nuqtasi qo’yilgan
maqsadlarga erishishning mo’ljalidan iboratdir.
Mehnat natijalarini maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan nazorat qilish
vazifalari bajarilganidan keyin(yakuniy nazorat), yirik loyihalarni amalga oshirishda
esa- oraliq bosqichlarda (oraliq nazorat) amalga oshirilishi kerak,
O’zining yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalarning quyidagi savollarga javob
bergan holda, muntazam ravishda nazoratini amalga oshirish zarur:
-Qanday natijalarga erishildi?
-Nima qilinmay qoldi va nima uchun?
-Qayerda vaqt yo’qotildi?
-Keyingi davrni rejalashtirish uchun qanday xulosalar chiqarish mumkin?
Shunday qilib, menejerning shaxsiy ishini ratsionnallashtirish uning
faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon beradi,jamoani muvaffaqiyatli
boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: