Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Telefondagi    so’zlashishlar  haqida  bir  og’iz  so’z.    Telefon  -  bu 

kommunikatsiyaning  eng  ko’p  foydalaniladigan  vasitasi.  U  vaqtni  tejashning  eng 

samarali  vositalaridan  biri  va  shuning  bilan  bir  vaqtda  ishdagi  “xalaqitlar”ning  eng 

tez-tez bo’ladigan manbasi, “vaqtni yutuvchisi”dir (telefonning paradoksi). Uning siz 

uchun  u  yoki  bu  xususiyatlarga  ega  bo’lishi,  siz  undan  qanchalik  ratsional 

foydalanishingizga bog’liqdir. 

Qo’ng’iroq  qilayotgan  har  bir  kishi  o’zining  qo’ng’irog’ining  muhimligiga 

ishonadi. Ammo telefondagi so’zlashishlarga faqat  cheklangan vaqtni ajratish kerak. 

Bu  ma’noda  telefonda  so’zlashish  chaqirilmagan  mehmonga  o’xshaydi,  u  boshqa 

telefon  yordamida  qilishlari  mumkin,  chunki  masofaviy  uzoqlik  va  vositali  aloqa 

bilan himoyalanganlar. 

Keraksiz qo’ng’iroqlardan himoyalanish va ularni qulay vaqtga ko’chirish uchun 

quyidagilarni qilish kerak: 

 



bo’lajak  abonentlarni  qachon  ularni  qo’ng’iroq  qilishlarini  istashingizni 

xabardor qilish; 




498 

 



 

suxbatning  ohirida  “Menga  bir  amallab  qo’ng’iroq  qiling”  kabi  jumlalardan 

qochish; 

 



sizdan  xabar  kutayotgan  sherikka,  aniq  ma’lum  vaqtda,  u  sizga  qo’ng’iroq 

qilmasidan oldinroq qo’ng’iroq qilish; 

 

barcha kiruvchi telefon qo’ng’iroqlarini kotib orqali o’tkazish yoki vaqti-vaqti 



bilan avtojavob beruvchidan foydalanish. 

Yaxshi  kotib  menejerning  muhim  yordamchisi  bo’ladi,  u  kiruvchi  telefon 

qo’ng’iroqlarini  qabul  qilish  kerak.  Kotib  bilan  shunday  mezonlarni  belgilash 

kerakki, 

unga 

ko’ra 


qiruvchi 

qo’ng’iroqlarga 

rad 

javobi 


berilishi, 

ko’chirilishi(takroriy qo’ng’iroq) yoki ular sizga “ o’tkazilishi” kerak. Shuning bilan 

birga  kotibga  quyidagi  ifodalardan  “muhim  majlisda”,  “...unga  halaqit  berishlarini 

istamaydi,.    “...unda  muhim  qabul”  dan  foydalanishga  ruxsat  bermang.  Bunday 

jumlalar qo’ng’iroq qiluvchida yoqimsiz his uyg’otadi, u o’zi bilan muhim shaxs kabi 

munosabatda  bo’lishlarini  istaydi,  va  unga  esa    “undanda  muhimroq  boshqani 

borligi” haqida tushuncha beriladi. 

Agar  rahbarda  vaqtincha  yoki    uzoq  vaqtga  kotib  bo’lmasa,  avtojavob 

qaytaruvchini  ishga  tushurish  ,u  “ikkinchi  navli  “  vosita  bo’lsa  ham,  maqsadga 

muvofiq.  Kotib  yoki  avtojavob  qaytaruvchi  yo’qligida  keraksiz  qo’ng’iroqlardan  

“Marhamat,  menga  soat  16  da  qo’ng’iroq  qiling”  yoki  “  Men  sizga  keyinroq 

qo’ng’iroq    kilaman”  kabi  jumlalar  yordamida  himoyalanish  mumkin.  Teskari 

qo’ng’iroq  qilish  usulidan  kotib  borligida  ham  foydalanish  mumkin.  U  ham 

muzokaralar uchun zarur materiallarni tayyorlash imkonini beradi, buning natijasida 

telefonda  so’zlashishning  umumiy  vaqti  qisqaradi.  Chiquvchi  qo’ng’iroqlar  bilan 

kiruvchilarga nisbatan osonroq manipulyatsiya qilish mumkin. 

Telefon  bloklari  ham  vaqtni  ancha  tejaydilar.  Buning  uchun  1-2  vaqtli  oraliqni 

tanlash  kerak,  bu  vaqtda  telefondagi  suhbatlarni,  unga  oldindan  tayyorlanib, 

hammasini birgalikda yoki seriyalar bilan “ishlash” mumkin. 

Telefon qo’ng’iroqlari (bloklarini) ishni “avjida“ soatlarda emas, balki foydasiz 

vaqtda  o’tkazish  maqsadga  muvofiqdir,  bunda  ular  ishni  borishini  buza  olmaydilar. 

Buning uchun vaqtning “bo’sh” oraliqlari va ishlar o’rtasidagi boshqa tanaffuslardan 

foydalanish  mumkin.8  00  dan    9.  30gacha,13.30  dan  14  00  gacha  va  16  30  dan 

keyingi vaqt telefon qo’ng’iroqlari uchun eng qulay oraliqlar bo’ladi. Buning ustiga, 

bu vaqtda o’z sherigingizga tezroq qo’ng’iroq qilish mumkin. 

Telefonda  so’zlashishlarni  olib  borish  bo’yicha  bir  necha  aniq  maslahatlarni 

beramiz. 

1.Qisqa  bo’lish  va  suhbatni  boshlanishi  uni  borishi  va  tugashini  belgilab 

berishini hisobga olish zarur. 

2.  Oldin  sherikka  qo’ng’irog’ingizning  maqsadini  xabar  qiling,  keyin  esa 

sababini tushuntiring. 

3. Suhbatni boshqa apparat bo’yicha muhim qo’ng’iroq bo’lganligi sababli uzib 

qo’ymang.  Kerak  bo’lgan holda, suhbatni  uzush  mumkinmi  yoki  yo’qligini  so’rang 

va 10 daqiqadan keyin qayta qo’ng’iroq qiling. 

4. Xodimlar bilan “parallel” suhbatlardan qoching. 



499 

 

5. Uzun suhbatning oxirida qisqacha xulosalar qiling va qo’rilishi kerak bo’lgan 



choralarni sanab o’ting. 

6.  Suhbat  vaqtida  muhim  axborotlarni  yozib  boring,  u  bilan,  ehtimol,  qo’l 

ostidagilar va hamkasblarni tanishtirish kerak bo’lishi mumkin. 

7.  Suhbatni  muloyimlik  bilan  tugating.  Gap  shundaki,  ba’zi  bir  rahbarlar 

suhbatni  muloyim  jumla  bilan  yakunlamasdan,  xayrlashmasdan  keskin  uzib 

qo’yadalar. 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish