Operator mehnati - bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bo’lgan stereotipli (bir
xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo’yicha mehnatidar.
Ta’qidlash kerakki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni
o’zgarmasdan qolmaydi. Ta’qiqotlarning ko’rsatishiga, hisob, axborot va hujjatli
operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo rahbarlar
va mutaxassislar tomonidan texnik vositalarni qo’llanishi, bir xildagi, kam mazmunli
operatsiyalarni mashi- nalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va vositalarini
yaratilishi, boshqaruvni tashkil qilishni takomillashuvi natijasida ularning
mehnatining mazmuni ancha o’zgaradi, ularning ishida ijodiy operatsiyalarning
salmog’i oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish-tashkilotning biznes
jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun
boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dorzarblikni kasb
etadilar.
Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni
tushunish kerakki, u fan yutuqlari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritishning ilg’or
shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi. U xizmatchilarni
bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va
muxandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida
foydalaniladigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o’rnatish
va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil
qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan
holda oshirishdan iboratdir.
Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va
takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun “mehnatni ilmiy tashkil qilish” (MITQ)
atamasidan foydalanilgan bo’lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga
nisbatan tubdan farqsiz bo’lgan. Taxminan 60 yillarda “boshqaruv mehnatini ilmiy
tashkil qilish” (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv
mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi hisoblash texnikasining qudratli
vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni
oladi:
- xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko’lamlarida, va ham
har bir bo’linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;
- xodimlarni tanlash va joy joylariga qo’yish va lavozimli vazifalarga muvofiq
ularning malakalari darajasini ta’minlash;
- boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo’yicha ishlab chiqarish jamoasi
tarkibidagi va uni muxandisi–texnik ta’minlash bo’yicha faoliyatini tashkil qilish;
- ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;
478
- ishning ilg’or usullaridan foydalanish;
- mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;
- mehnatni me’yorlashtirish;
- boshqaruvning
texnik
vositalari,
axborot
texnologiyalari,
shaxsiy
kompyuterlardan foydalanish;
- mehnatni rag’batlantirish.
Keyinchalik (70 yillarning boshlarida) bizning mamlakatimizda BMITQ
rivojlanish tendentsiyalarini aks ettiruvchi “tashkiliy loyihalashtirish” tushunchasi
paydo bo’lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati
ishining samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy
va hisoblash texnikasi bazasida ratsionallashtirish loyihalarini ishlab chiqish va
tadbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni quyidagi asosiy yo’nalishlari
bo’yicha amalga oshirish taklif qilingan:
boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish;
ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat
sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish;
boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan
ta’minlashni ratsionallashtirish;
boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini
oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.
Xorijda yana boshqaruv mehnatini takomillashtirish(ratsional- lashtirish)
jarayonini ta’riflovchi bir qator atamalar qo’llaniladi. Masalan, AKShda “Tizimlar va
usullar”, ”Tizimli loyihalashtirish”, “Biznes jarayonlarning reinjiniringi”, Buyuk
Britaniyada “Ishni tadqiqot qilish” va “Tashkil qilish va usullar” atamalaridan
foydalaniladi.
Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati bizning mamlakamizda
xorijga nisbatan yaqinda, ya’ni XX asr 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida
vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar “ma’muriy boshqaruvdagi inqilobni” boshqaruv
apparati va unga xarajatlarni o’sishi, ma’muriy(idora) ishining hajmlarini o’sishi,
korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, ijtimoiy
sug’urta, jamoatchilik bilan aloqalar va x.k.) paydo bo’lishi, axborotlar va hujjatlar
aylanishi hajmlarini keskin o’sishi va buning natijasida boshqaruv mehnatini aniq
tashkil qilish, boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish, ya’ni boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish bo’yicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog’laydilar.
Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajari- layotgan ishlarni
hisobga olish, o’z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti
xarajatlari tuzilishini o’rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil
qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil qilish bo’yicha
tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar
mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o’rganish uchun
qo’yidagi usullardan foydalanish mumkin:
- anketali va og’zaki so’rovlar, u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional
tashkil qilinganligi haqidagi fikrini o’rganish maqsadida o’tkaziladi: xodimning
nuqtai nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga o’z vazifasiga
479
kirmagan ishlarni bajarishga to’g’ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi
rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmog’i qanday, ish vaqtini
yo’qotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy
texnikaning vositalari qo’llaniladimi (ulardan foydalanish), xodimni uning ish joyini
tashkil qilinishi va mehnat sharoitlari qanoatlan- tiradimi va , nihoyat, xodimda
mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo’yicha
takliflar bormi;
- ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtiril-gan davri
davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qo’llaniladi. Bunda ish vaqti
sarflanishini o’rganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning haqiqiy
izchilligi tartibda kuzatish va o’lchash yo’li bilan o’tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish
maxsus ajratilgan shaxs tomonidan o’tkaziladi,u yoppasiga (ya’ni , butun ish kuni
davomida) yoki tanlovli bo’lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar
(ish turlari) bo’yicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida
davralari (davrlari) bo’yicha o’rganiladi;
- ish vaqtini o’zini o’zi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish
bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
U o’zini o’zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda
barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd
etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro’yxatga olinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |