Mehnat turlarining guruh belgilari bo’yicha tasnifi
Mehnat tabiati va
mazmuni bo’yicha
Mehnat predmeti va
mahsuli bo’yicha
Mehnat vositasi va
usuli bo’yicha
Mehnatning sharoiti
bo’yicha
Yollanma va
xususiy, yakka va
jamoa, xohish,
zaruriy va
majburiyat
bo’yicha, jismoniy
va aqliy, takroriy va
ijodiy, murakkab
tarkibli mehnat
Ilmiy muhandislik,
boshqaruvchilik,
ishlab chiqaruvchi,
tadbirkorlik,
innovatsiya; sanoat,
qishloq, transport va
kommunikatsiya
mehnati
Qo’l, mexanizatsiyalashti-
rilgan va avtomatlash-
tirilgan, quyi, o’rta va
yuqori texnologiyalash-
tirilgan; inson ishtiroki
turlicha darajada bo’lgan
mehnat
Turg’un va ko’chma yer
usti va yer osti, yengil, o’rta
va og’ir, yoqimli va
yoqimsiz; erkin va har xil
darajadagi chega-ralangan
mehnat
1-rasm. Mehnat turlarining guruh belgilari bo’yicha tasnifi
28
Bugungi kunda hech bir korxona yoki tashkilot yo’qki, uning faoliyatida mehnat
munosabatlari hamda mehnat jarayonlari amlalga oshirilmasa. Korxonada faoliyat
ko’rsatayotgan rahbardan korxonadagi mehnat jarayonlarini to’g’ri tashkil etish hamda
ularni samarali boshqarish vazifasi talab qilinadi. Bu jarayonda esa rahbar “mehnatni
tashkil etish” iborasi bilan bevosita to’qnash keladi. Mehnatni to’g’ri tashkil etishda
barcha korxona hodimlari bevosita va bilvosita ishtirok etadilar.
«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo’lish tarixiga to’xtalgandi,
albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915 yillar) nomi tilga
olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab
bergan bo’lib, u iqtisodiyotda muhim o’rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko’zda tutgan fan
sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo’ygan. «Oqilonalashtirish» atamasi
mazkur fanni to’g’ri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab
Germaniyada qo’llanilgan bo’lib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga
ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni
har qanday yaxshilanishga nisbatan qo’llash mumkin. Shuni ham aytish kerakki,
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki
«mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qo’llanilmayapti.
Bu muammo juda ko’pgina MDH mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda ham
mavjuddir. Undan turli darajalarda o’rin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun
foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman
jamiyatga nisbatan qo’llaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab
chiqarish, boshqarish to’g’risida borishi mumkin.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish,
mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini
tiklash xususiyatlari ko’rib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish»
tushunchasidan foydalaniladi.
28
Q.H.Abduraxmonov.Mehnat Iqtisodiyoti.Inson Taraqqiyoti.T.:2013 y.
473
Do'stlaringiz bilan baham: |