Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Ish o‘rinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Ish o‘rinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish. 

“2013 yili ko‘rilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod 

yangi ish o‘rinlari yaratildi, ularning 500 mingdan ortig‘i qishloq joylarda tashkil etildi. 



465 

 

Kichik biznes sohasida 390 mingdag ziyod, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasida 270 



mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ochildi. 

Bu  borada  ko‘rilgan  chora-tadbirlar  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  ortiqcha  yukdan 

xalos  qilish,  byudjet  va  ish  haqi  bo‘yicha  umumiy  miqdori  1  trillion  so‘m  kreditorlik 

qarzini  uzish,  bankrot  korsonalar  negizida  100  dan  ortiq  yangi  turdagi  ishlab  chiqarish 

quvvatlarini  tashkil  etish,  qo‘shimcha  ravishda  17  mingdan  ortiq  ish  o‘rni  yaratish 

imkonini  berdi.  Keng  ko‘lamli  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  dasturi  doirasida 

o‘tgan  yili  840  dan  ortiq  loyiha  amalga  oshirildi  va  bu  mahalliylashtirilgan  mahsulot 

ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshiishni ta’minladi. 

Neft-gaz uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil sanoati uchun butlovchi 

qismlar va boshqa 120 dan ortiq yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 2 

mingga yaqin yangi sh o‘rni yaratildi”

27



Ish  o‘rni  —  ishlab  chiqarish  makonining  bir  qismi  bo‘lib,  unda  barcha  asosiy  va 

yordamchi  texnologik  usqunalar,  moslamalar,  asboblar,  ish  mebellari  va  maxsus 

qurilmalar  joylashgan  bo‘ladi  va  ular  muayyan  turdagi  ishlarni  bajarish  uchun 

mo‘ljallangan bo‘ladi. Ish o‘rni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch o‘lchovli makon bo‘lib, 

uning  doirasida  xodimning  barcha  asosiy  mehnat  harakatlari  amalga  oshiriladi.  Bu  zona 

ish o‘rninint eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga alohida talablar qo‘yiladi: 

insonning  antropometrik  va  biomexanik  parametrlariga  mos  kelishi,  fiziologik  jihatdan 

oqilona  ish  vaziyatini,  tana  a’zolarinish  mehnat  ashyolariga,  asbob  yoki  mashinalar  va 

mexanizmlarni  boshqarish  organlarigacha  bo‘lgan  masofa,  shuningdek  mehnat 

harakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish o‘rni 

va  ish  zonasini  tashkil  etishga  qo‘yiladigan  talablarni  fanning  maxsus  tarmog‘i  — 

ergonomika  tomonidan  ishlab  chiqiladi.  Bu  fanning  vazifasi  —  insoning  mehnat 

jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini o‘rganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini 

yaratish  yuzasidan  tavsiyanomalar  ishlab  chiqishdir.  Bu  sharoitlar  asbob-uskunalar, 

mehnat  sharoitlari  va  texnologiyalarning  tuzilishi  inson  organizmining  psixo-fiziologik 

xususiyatlariga mos kelishishini ta’minlaydi. 

Bugun ish o‘rinlari bir qator belgilarga ko‘ra tasniflashgiriladi. Ular mexanizatsiya 

darajasi  bo‘yicha  5  guruhga  bo‘linadi:  qo‘l,  mashina-qo‘l  va  mexanizatsiyalashtirilgan, 

avtomatlashtirilgan va apparaturali ish o‘rinlari. 

Qo‘l ishida ish o‘rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo‘l bilan amalga oshiriladi, 

qo‘l  asboblari  qo‘llaniladi,  mehnat  ashyolarini  o‘zlashtirishning  asosiy  energiya  manbai 

odamning jismoniy kuchi hisoblanadi. 

Mashina-qo‘lda  ish  bajariladigan  ish  o‘rinlarida  mehnat  buyumlariga  mexanizmlar 

bilan ishlov berish (o‘zgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobiga, lekin 

bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi. 

Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlari qo‘l va mashina-qo‘dtsa ish bajariladigan ish 

o‘rinlaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayoilar to‘la-to‘kis mashinalar va 

mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish 

                                                 

27

 Каримов И.А. “Aсoсий вaзифaмиз – Вaтaнимиз тaрaққиёти вa xaлқимиз фaрoвoнлигини янaдa 



юксaлтиришдир” номли 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий 

ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги 

мaърузaсидан.  “Халқ сўзи” – 2010 й. 30 январь. №21 



466 

 

qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi, mehnat buyumini o‘zgartirish esa 



uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlariga yarim avtomatlarda 

ishlaydigan  stanokchilar,  avtotransport  haydovchilari,  ekskavator  yoki  buldozer 

mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa ko‘pgina kasblar va ish 

turlarini bajaradigan xodimlarning ish o‘rinlari kiradi. Bu erda  mashina avtomat tarzida 

emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi. 

Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarida butun texnologik jarayoni stanok, mashina yoki 

avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, 

xodim zimmasida faqat avtomatni ishga tushirish va to‘xtatish uning ishini nazorat qilish 

va  zarur  bo‘lganda  sozlash  va  yarim  sozlash  ishlari  qoladi.  Xodimnint  anchagina  vaqti 

bo‘shab qoladi, bu vaqgdan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda va mehnat unumdorligini 

oshirishda foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Apparaturali    ish  o‘rinlari  turli  apparatlar  bilan  jihozlangan  bo‘lib,  ular  yordamida 

issiqlik,  elektr,  kimyoviy  va  biologik  energiya  hisobiga  mehnat  buyumiga  ta’sir 

ko‘rsatiladi.  Avtomatlashgan  jarayonlarda  bo‘lgani  kabi  xodim  faqat  apparaturalar 

bajaradigan  jarayonlarni  kuzatadi  va  nazorat  qiladi,  zarurat  tug‘ilganda  ularni  tartibga 

soladi. 


Ixtisoslashuv  belgisi  bo‘yicha  barcha  ish  o‘rinlari  ixtisoslashgan  va  universal  ish 

o‘rinlariga  bo‘linadi.  Mazqur  vazifalarni  bajarish  uchun  jihozlangan  ixtisoslashgan  ish 

o‘rinlarida  bir  xil  yoki  operatsiyaning  mazmuni  va  ishlar  turi  bo‘yicha  bir-biriga  yaqin 

vazifalar  bajarilishi  mumkin  (qoliplovchi,  termist,  burg‘ulovchi,  hisoblash  mashinasi 

operatori  va  hokazolarning  ish  o‘rinlari).  Universal  ish  o‘rinlarida  xilma-xil  ishlar 

bajariladi.  Bunday  ish  o‘rinlari  odatda  asbob-uskunalar  kichik  seriyali  va  bir  xil  ishlab 

chiqarish sharoitida bir ish tarzida tezda boshqasiga o‘tib ishlash imkonini beradigan bir 

qator  stanoklar  va  mexanizmlar  bo‘ladi  (masalan,  ta’mirlash  —  texnika  ustaxonalari, 

aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va shu kabi sharoitlarda). 

Mehnat taqsimoti belgisi bo‘yicha ish o‘rinlarining ikki turi — yakka tartibdagi ish 

o‘rinlari  va  jamoa  ish  o‘rinlariga  ajratiladi.  Yakka  tartibdagi  ish  o‘rnida  har  doim  bitta 

ijrochi xodim band bo‘ladi. Jamoa ish o‘rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari 

tomonidan  amalga  oshiriladi  (masalan,  mehnatni  brigada  tarzida  tashkil  etganda,  yirik 

mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko‘rsatganda). Bu 

o‘rinda  kadrlarni  tanlash  ijrochilar  o‘rtasida  vazifalarni  aniq  taqsimlash  va  xar  bir 

xodimning  jamoa  mehnatiga  qo‘shgan  mehnat  hissasiga  xolisona  baho  berish  muhim 

ahamiyatga egadir. 

Xizmat  ko‘rsatiladigan  asbob-uskunalar  soniga  karab  ish  o‘rinlari  bir  stanokli  va 

ko‘p stanokli bo‘lishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish o‘rinlariga yarim avtomat yoki 

avtomat asbob-uskuna bilan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda bir vaqtning o‘zida xizmat 

ko‘rsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin bo‘lgan sonlarini to‘g‘ri aniqlash 

zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni 

unumli  mehnat  turi  bilan  band  qilishdir.  Bunday  xizmat  ko‘rsatishga  ishlab  chiqarish 

to‘liq  yoki  qisman  avtomatlashgan  taqdirda  erishish  mumkin,  har  bir  stanokda  mashina 

avtomat vaqgi mavjud bo‘lib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa ko‘pgina 

stanoklarga xizmat ko‘rsata oladi. Hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi. 

N

KK 


= T 

MA 


/ T

xiz


+ T

 ut


 


467 

 

Bu erda:  N



KK

 — ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish normasi; 

MA 


— bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti;  

 T

xiz



— bitga stanokka xizmat ko‘rsatish vaqti;  

 T

 ut



  — bitta stanokdan boshqasiga o‘tish vaqti. 

Nihoyat ish o‘rinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitga ish 

o‘rnida  joylashgan  va  jihozlangan  muhim  ish  o‘rinlariga  (masalan,  sganokchilar, 

yig‘uvchilar apparatchilarning ish o‘rinlari) makonda doimo joyini almashtirib turadigan 

ko‘chma  ish  o‘rinlari  (quruvchilar,  kon  ishchilari,  navbatchi  yoki  ta’mirlovchi 

xodimlarning ish o‘rinlari). 

Ish  o‘rinlarini  tasniflashning  boshqa  belgilari  ham  joriy  etilishi  mumkin.  Masalan, 

ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish o‘rinlari ochiq va er osti ishchilari 

uchun, montajchilar uchun — balandlik va er usti yuzasidagi montaj bo‘yicha ishlar uchun 

ajratilishi mumkin va hokazo. 

Lekin ish o‘rinlari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga 

bo‘linmasin, ish o‘rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu 

talablarni  aynan  uchta  ibora:  ta’minlash,  rejalashtirish  va  xizmat  ko‘rsatish  degan  ibora 

bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muhim va e’tibor berishga 

molikdir. 

Ish  o‘rnini  ta’minlash  deganda  unda  jamlangan  mehnat  vositalari: 

asosiy 

texnologik 

va 

yordamchi 



asbob-uskunalar 

texnologik 

va 

tashkiliy 



jihozlar 

bilan 


aloqa 

va 


signal 

berish 


vositalari, 

mehnatni 

muhofaza 

qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar, 

ish  manshnalari,  agregatlar,  avtomat  liniyalar,  texnologik  apparaturalar  va  shu  kabilar, 

ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladn 

Yordamchi  asbob-uskunalar:  transportyorlar,  rolganglar  va  boshqa  transport 

vositalarini  yig‘ish,  payvandlash  va  sinash  stendlari,  turli  yuk  ko‘tarish  qurilmalari  va 

hokazolar kiradi. 

Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va o‘lchovchi asboblar, turli moslamalar va 

texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli, idishlar, signal berish 

vositalari,  aloqa  yoritish  vositalari,  to‘sib  turuvchi  va  saqlovchi  qurilmalar  hamda 

mehnatni  muhofaza  qilish  va  xavfsizlik  texnikasi  vositalarini  qamrab  oladi.  Sanoatning 

har bir tarmog‘ida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi 

tarmoqlaridagi  ishchilarning  ish  o‘rinlarini  jihozlashga  kiradigan  batafsil  buyumlar 

ro‘yxati ishlab chiqilgan bo‘ladi. 

Asosiy  va  yordamchi  texnologik  asbob-uskunalarga  hamda  texnologik  va  tashkiliy 

jihozlash  ashyolariga  qattiq  ergonomik  talablar  qo‘yiladi.  Ergonomika  insoniyatning 

mehnat  jarayonlaridagi  funktsional  imkoniyatlarini  o‘rganadi  va  ishchanlik  qobiliyatini, 

yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini saklashni ta’minlaydigan qoidalarni 

ishlab chiqadi.  

Ergonomika  „Inson  —  mashina —  muhit" tizimini o‘rganadigan, insonning tanasi 

antropometrik  mezonlarini  fiziologik  va  psixo-fiziologik  xususiyatlarini,  shuningdek 

ishlab chiqarishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab beradi. 

Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish uchun ish 

o‘rni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining etishi 




468 

 

mumkin bo‘lgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish 



almashtirishlar  va  shu  kabilar)  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  masaladagi  eng  muhim 

narsa inson harakatlari va energiyasini tejash tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal 

etish uchun insonning antropometrik belgilarini, ya’ni inson tanasining asosiy o‘lchovlari 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  hisobga  olish  zarur.  Asbob-uskunalar  va  ish  o‘rinlarini 

loyihalashtirishga fiziologik jihatdan oqilona bo‘lgan ish holatini ta’minlaydigan jihatlar 

insonning antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining 

muvofiqligi) va ish o‘rinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy buyumlari 

mosligi asos qilib olinadi. 

Ish  o‘rnini  rejalashtirish  deganda  ishlab  chiqarishning  o‘zaro  bir-biri  bilan 

funktsional  jihatdan  bog‘langan  barcha  vositalari,  mehnat  buyumlari  va  xodimning  o‘zi 

uch  o‘lchovli  makonda  maqsadga  muvofiq  joylashuvi  tushuniladi.  Bunda  mehnat 

vositalari  va  buyumlarning  joylashuvi  ikkiga  asosiy  talabga  javob  berishi  lozim:  bir 

tomondan ish  joyida  hamma narsaning bir  erda to‘planib qolishiga, ikkinchi tomondan, 

ortiqcha harakatlarga mehnat buyumlari jihozlar va tayyor mahsulotlar orasida u yoqdan 

bu  yoqqa  yurishlarga  barham  berilishi  kerak,  Mehnat  vositalari  va  buyumlarini 

joylashtirish qoidalarishshg buzilishi odatda ish vaqtining unumsiz sarf etilishiga va xodim 

kuch-g‘ayratining  bekor  ketishiga  ertaroq  charchab  qolishi  va  mehnat  unumdorligining 

pasayishiga  olib  keladi.  Ish  o‘rnini  oqilona  rejalashgirishni  ta’minlash  uchun  quyidagi 

tamoyillarga rioya qilish zarur: 

—ish makoni eng kichik bo‘lishi, lekin ish holatlarida antropometrik ko‘rsatkichlarni 

hisobga  olgan  holda  barcha  mehnat  harakatlarining  erkin  amalga  oshirilishi  uchun  etarli 

bo‘lishi lozim; 

—asbob-uskunalarning  joylashtirilishi  asosiy  ish  zonasida  amalga  oshirilishi, 

ularning boshqarish organlari bo‘lsa xodimning qo‘li etadigan doirada bo‘lishi kerak; 

—xodim  uchun  qulay  ish  holatining  yaratilishi  u  ortiqcha  harakatlardan  aylanish, 

burilish,  egilish  va  qo‘shimcha  charchashni  keltirib  chiqaradigan  ortiqcha  kuch-g‘ayrat 

sarflashdan holi bo‘lishi lozim; 

—barcha  hollarda  ish  holati  gavdaning,  bosh  va  qo‘l-oyoqlarning  qulay  harakat 

qilishini ta’minlashi lozim; 

—ish zonasining yaxshi ko‘zga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob, mexanizm va 

priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmog‘i darkor; 

—har  bir  ish  o‘rnining  texnologik  jihatdan  o‘zaro  bog‘liqligini,  mehnat  buyumlari 

orasidagi  masofani  va  ularning  joylashtirilishini  mehnat  vositalari  va  xodimlar  mehnat 

harakati mazmunini o‘rganish lozim; 

ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning o‘tirish balandligi yoki oyoqlar 

ostidagi  tagliklar  balandligi  (tik  turib  ishlaganda)  muhim  ahamiyagga  egadir.  Bu 

balandliklar  tartibga  solib  turilishi  kerak,  bu  esa  bo‘yi  turlicha  bo‘lgan  ishchilarning 

faoliyati uchun qulaylik tug‘diradi; 

—  ish  o‘rnini,  ish  holatini  va  ishlab  chiqarish  mebelini  shunday  rejalashtirish 

kerakki,  xodimning  ko‘zi  bilan  mehnat  buyumi  o‘rtasidaga  fiziologik  jihatdan  maqbul 

bo‘lgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 25 sm, aniq ishlarda — 25-35 sm; 

ko‘rish  idrokiga  unchalik  yuqori  talablar  qo‘yilmaydigan  ishlar  guruhida  35-50  sm,  ish 




469 

 

bajarishda ko‘rish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar sohasida 50 sm 



dan ortiq bo‘lishi muhimdir. 

Ish  o‘rinlariga  xizmat  ko‘rsatish  ishlab  chiqarish  sharoitlarida  mehnatni  tashkil 

etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish o‘rinlarini mehnat vositalari, buyumlari 

bilan  ta’minlash  va  ishlab  chikarish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  turli  xizmatlar  ko‘rsatish 

bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi. 

Xizmat  ko‘rsatish  tizimi  —  bu  asosiy  ishchilarning  ish  o‘rinlarini  uzoq  vaqt 

mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir 

maromda  ishlash  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  kerakli  narsalar  bilan  ta’minlaydigan 

yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va 

yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatishning 10 ta funksiyasi mavjuddir: 

1. 

 Ishlab  chiqarish 



—  tayyorlash  funksiyasn.  Unga  ishlarni  ish 

o‘rinlari 

bo‘yicha 

taqsimlash, 

xom 

ashyo 


va 

materiallarni 

butlash, 

texnik 


va 

iqtisodiy 

hujjatlar 

bilan 


(chizmalar, 

sxemalar, 

naryad- 

toshpiriqlar 

va 

shu 


kabilar) 

bilan 


ta’minlash, 

shuningdek 

turli 

yordamchi 



materiallar 

ishlab 


chiqarish 

kiradi. 


Asosiy 

ishlab 


chiqarishning muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan yaxshi tayyorlashga bog‘liqdir. 

2. Asboblar  funksiyasn.  Uning  vazifasi  —  asosiy  ishlab  chiqarishni  asbob  va 

moslamalar bilan ta’minlashdir. 

Sozlash  funksiyasi.  Ishlatiladigan  asbob-uskunalar  qanchalik  murakkab  bo‘lsa, 

sozlash  funksiyasining  roli  shunchalik  ko‘proq  seziladi.  Dastlabki  sozlash,  yashi  yoki 

tuzatilgan jihozni o‘rnatshn, moslash, to‘g‘rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat.  

4.Energetnk 

funksiya. 

Tsexlar, 

uchastkalar 

va 

ish 


o‘rinlarini 

energiya  bilan  ta’minlash  borasida  energetika  qurilmalari  va  moslamalalari  bilan 

ta’minlashda xizmat ko‘rsatishdir. 

5. Ta’mirlash  funksiyasi. Asbob-uskunalarni  joriy ta’mirdan chikarish va profilaktik 

xizmat ko‘rsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash 

yoki tiklashdan iborat. 

6. Nazorat funksiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib 

borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki 

butlovchi  buyumlarni  qabul  qilish,  sinab  ko‘rish  va  tahlil  etishni  ta’minlaydi.  Uning 

muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir. 

7. Transport  funksiyasn.  Uning  asosiy  vazifasi  —  xomashyo,  material,  yarim 

mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish o‘rinlariga etkazib berish,  mehnat buyumlarini 

ish  o‘rinlari,  uchastkalar  va  tsexlar  o‘rtasida  tashish,  tayyor  mahsulotni  ombor  yoki 

iste’molchilarga  etkazish,  shuningdek  ishlab  chiqarish  chiqindilarini  tashishdir.  Bundan 

tashqari, transport funksiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. 

8. Ta’mirlash-qurilish  funksiyasi.  Uning  vazifasiga  binolar,  inshootlarni  ishchi 

holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o‘rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, 

avariyalar  va  tabiiy  ofatlar  oqibatlarini  tugatish,  mayda  yordamchi  inshootlarni  qurish, 

yo‘llar va kirish yo‘laklarini ta’mirlash kiradi. 

9. Xo‘jalik-maishiy funksiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni 

saklashga  xizmat  qiladi,  ishlovchilarni  ichimlik  suvi,  maxsus  ovqat  (sut,  kaloriyali 

nonushta,  sharbatlar)  bilan,  shuningdek  ishlab  chikarishdagi  maishiy  xizmatning  barcha 




470 

 

turlari bilan ta’minlaydi. 



10. 

Ombor  funksiyasi.  Agar  korxonada  yuklar  oqimi  katta  bo‘lsa, 

murakkab  va  keng  tarmokli  ombor  xo‘jaligi  mavjud  bo‘lsa,  transport 

funksiyasidan ajralib chiqadi. 

Xizmat  ko‘rsatishni  boshqarish  markazlashgan  va  markazlashmagan  usullar  bilan 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  iqgisodiy  jihatdan  qulayroq  bo‘lgan 

ko‘pgina  korxonalarda  ish  o‘rinlariga  xizmat  ko‘rsatishning  aralash  usuli  qo‘llanadi, 

bunda  eng  muhim  va  murakkabroq  funksiyalar  markazlashgan  holda  (masalan,  asbob-

uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari — markazlashmagan holda tsexlar 

va uchastkalarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi. 

Ikkinchi  tomondan,  yordamchi  ishchilar  o‘zlari  asosiy  mahsulotni  ishlab 

chiqarmasligini,  lekin  butun  mahsulot  barcha  ishchilarga  taqsimlanishini  ham  etiborga 

olish  kerak.  Asosiy  va  yordamchi  ishchilar  soni  nisbatlariga  doir  biron  bir  standart  yoki 

yagona  normativlar  yo‘q:  bu  nisbatlar  miqdori  muayyan  ishlab  chiqarish  sharoitlariga 

bog‘likdir.  Faqat  shunday  umumiy  qonuniyatnigina  qayd  etib  o‘tish  mumkin:  xizmat 

ko‘rsatish  funksiyalari  kanchalik  murakkab  va  xilma-xil  bo‘lsa,  xizmat  ko‘rsatuvchi 

xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik ko‘p bo‘ladi va aksincha. 

 

Hozirgi sharoitda mehnat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:  



-  mehnat  jarayonining  intellektual  potentsiali  ortadi,  bu  esa  aqliy  mehnat  rolining 

kuchayishida, xodimning o’z faoliyati natijalariga ongli va ma’suliyat bilan munosabatda 

bo’lishining ortishida namoyon bo’ladi; 

-  mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari (mashinalar, 

asbob-uskunalar,  mexanizmlar  va  shu  kabilar)  bilan  bog’liq  buyumlashgan  mehnat 

ulushining  ko’payishi  fan–texnika  taraqqiyoti  erishgan  yutuqlari  bilan  bog’liq  bo’lib, 

inson  cheklangan  jismoniy  imkoniyatlari  sharoitida  mehnat  unumdorligi  va 

samaradorligining ortishida hal etuvchi omil bo’lib xizmat qiladi; 

-  mehnat  jarayoni  ijtimoiy  jihatining  ahamiyati  ortadi.  Hozirgi  vaqtda  mehnat 

unumdorligining  o’sish  omillari  faqat  xodim  malakasini  yoki  uning  mehnatini 

mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, 

uning  kayfiyati,  oiladagi,  jamoadagi  va  umuman,  jamiyatdagi  munosabatlar  bilan  ham 

bog’liqdir.  Mehnat  munosabatlarining  bu  ijtimoiy  tomoni  mehnatning  moddiy 

rag’batlantiruvchi omillarini to’ldiradi va inson hayotida muhim rol o’ynaydi.  

O’zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to’g’risidagi qonun 

hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ 

hujjatlar  bilan  tartibga  solinadi.  Mehnat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  O’zbekiston 

Respublikasining «Mehnat Kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash tug’risida»gi qonuni 

va bu qonunga Mehnat vazirligi tomonidan tayyorlangan sharhlar hamda  mehnat va uni 

tashkil  etish  bo’yicha  davlat  xokimiyatining  boshqa  vakillik  va  ijroiya  organlari  o’z 

vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar kiradi. 

Mehnat  vazifasining  intellektual  darajasi  unda  mavjud  aqliy  va  jismoniy  mehnat 

unsurlarining  hissasi,  shuningdek,  ijodiy  va  oddiy  (noijodiy)  mehnat  hissasiga  bog’liq 

holda  farqlanadi.  Mehnat  vazifasining  malakalilik  darajasi  uning  chegarasi  va  tarkibi: 




471 

 

tarkibiy  qismlar  va  bu  tarkibiy  qismlarning  miqdori,  ularning  rang–barangligi,  yangiligi, 



shuningdek, ijro shart-sharoiti orqali aniqlanadi.  

Mazkur  belgini  u  yoki  bu  xodimga  tatbiqan  baholash  qabul  qilingan  tarif  tizimiga 

muvofiq uning razryadiga moslab amalga oshiriladi. Shunday qilib, mehnatning tabiati va 

mazmuni tasnifiy alomatlar sifatida o’zaro aloqadordir.  

Mehnat  predmeti  va  mahsuli  bo’yicha  mehnat  turlarining  tasnifi  mehnatni 

professional,  funksional  va  tarmoq  nuqtai  nazaridan  farqlashga  asoslanadi.  Mehnatning 

professional belgisiga ko’ra, ilmiy  yoxud tadqiqotchilik,  muhandislik, boshqaruv, ishlab 

chiqarish,  ma’rifiy,  tibbiy  va  boshqa  turlarini,  ajratib  ko’rsatish  mumkin.  Funksional 

belgisiga ko’ra, mehnat turlari ularning qay maqsadga yo’naltirilgani, tatbiq etilish sohasi 

va  xo’jalik  faoliyati  iqtisodiy  turkumidagi  funksional  roliga  bog’liq  holda  tarkibiy 

qismlarga  ajratiladi.  Uch  bosqich  –  ishlab  chiqarish,  taqsimot  va  iste’molni  bo’lib 

ajratuvchi  ma’muriy  –  rejalashtirish  tizimida  amal  qilinganidan  farqli  o’laroq,  bozor 

iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy turmushning tarkibi tubdan o’zgaradi.    

Mehnatni  tahlil  etishning  eng  muhim  metodologik  jihatlaridan  biri  mehnat 

funksiyalarini  bilib  olishdir.  Bu  funksiyalar  qanchalik  xilma-xil  bo’lmasin,  ularning 

dialektik  birligini  ham  ta’kidlab  o’tmasdan  bo’lmaydi.  Mehnat  o’zining  asosiy  ijtimoiy 

funksiyalarida quyidagicha namoyon bo’ladi:  

-  ehtiyojlarni  qondirish  usuli  (bu  mehnatning  birinchi  va  eng  muhim  funksiyasi 

bo’lib, insonning ijtimoiy turmushi ana shundan boshlanadi);  

-  ijtimoiy  boylikning  yaratuvchisi  (bu  shunday  faoliyatki,  uning  yordamida  inson 

o’z ehtiyojlarini qondiradi, o’zi bilan tabiat o’rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita 

ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi); 

-  jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari (mehnat ehtiyojlarni qondirish va 

boylik  yaratish  bilan  butun  ijtimoiy  taraqqiyotga  asos  bo’ladi  -  jamiyatning  ijtimoiy 

qatlamlarini va ularning o’zaro hamjihatligi asoslarini shakllantiradi); 

-  insonning  yaratuvchisi  (inson  kishilar  hayotining  barcha  boyliklarini  yaratib, 

ijtimoiy taraqqiyot sub’ekti sifatida maydonga chiqadi, umuman, jamiyatni mehnatga jalb 

qilib, o’z-o’zini ham rivojlantirib boradi, bilim va kasb malakalarini egallaydi, muomala 

va o’zaro yordam ko’nikmalarini shakllantiradi). 

Mehnat  mazmuni  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda  mehnat  jarayoni  insonning 

mehnat  qurollari  va  buyumlari  bilan  o’zaro  aloqadorligi,  har  biri  muayyan  mahsulot 

tayyorlanishi bilan tugallanadigan mehnat davrlarining o’ziga xos takrorlanishidir. Ushbu 

jarayonda  quyidagi  funksiyalar:  1)  maqsadni  belgilash  va  mehnat  jarayonini  tayyorlash 

bilan  bog’liq  bo’lgan  mantiqiy  funksiya;  2) harakatga  keltirish  va  mehnat  buyumiga 

bevosita ta’sir etish bilan bog’liq ijrochilik funksiyasi; 3) ro’yxatga olish va nazorat qilish 

bilan  bog’liq  texnologik  jarayonni,  belgilangan  dastur  bajarilishining  borishini  kuzatish 

funksiyasi;  4)  oldindan  belgilangan  dasturni  tuzatish,  aniqlashtirish  va  tartibga  solish 

funksiyasi. 

Mehnatning  mazmuni  mehnat  jarayonida  u  yoki  bu  funksiyalarning  mavjudligiga 

bog’liq  bo’ladi  va  mehnatni  tuzilmaviy  jihatdan  tavsiflaydi.  Mehnatning  mazmuni 

nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi va ishlab chiqaruvchi kuchlar hamda texnika-

texnologiyaning rivojlanganlik darajasini ko’rsatadi. (1-rasm) 

 



472 

 


Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish