Psixologiya fanining ko’p yillik taraqqiyoti bir qancha yo’nalishlar maydonga keldi.
Psixologiya oqimlaridan biri BIXYeVORIZM (inglizcha bhaviour so’zidan olingan
bo’lib, xulq-atvor ma’nosini bildiradi) dastavval AQSHda hayvonlarni kuzatish sifatida
yuzaga keldi. Uning namoyondalari – D.Uotson (asoschisi), E.Torndayk. Bixevorizmning
asosida psixologik tadqiqotning predmeti sifatida psixikani ongni inkor qilish yotadi. Ularning
fikricha psixologiyaning o’rganish predmeti xulq-atvordir. Bixevoristlarning fikricha,
psixologiyaning vazifasi stimulga (turtki, qo’zg’atuvchi) (S) ga qarab bunga qanday javob,
reaktsiya (R) bo’linishi va aksincha reaktsiyaga qarab uning stimulini aniqlash aytib
berishdan iboratdir. Klassik bixevorizmning formulasi S – R demakdir. Klassik bixevorizm
mexanistik yo’nalish bo’lib, bu yo’nalish tarafdorlari ishining xulq-atvorini oddiy mexaniq,
bir taraflama tushuntirishga harakat qilganlar. Lekin hayotda bir stimul ko’plab, turli-tuman
reaktsiyalar, harakatlar tug’dirishi va aksincha bir xil reaktsiyaning asosida bir-biriga
o’xshamagan turli stimullar yetishi mumkin. Stimul va reaktsiya orasidagi bog’lanishlar
atrof-muhitning ta’siriga, kishining ichki dunyosiga, ongiga, qiziqishiga va boshqalarga
bog’liq holda yuzaga chiqadi.
FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd. ko’pchilik psixologik
oqimlar orasida eng ta’sirga ega bo’lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning hulq-
atvori, hatti-harakatlari ikkita printsipga «rohatlanish printsipi» (hayvonlar instinktiga
o’xshash jinsiy moyillik ko’zda tutilgan) va «reallik printsipi» (jamiyat talabiga mos
kelmaydigan, uyat va man qilingan o’zining jinsiy hirslariga erk bermasligi) ga bo’ysunadi.
Rohatlanish va reallik printsiplarining to’qnashishi natijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik
(ong osti) sohasiga siqib chiqariladi. Ammo ular butunlay yo’qotilmaydi, balki ongsizlik
sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta’sir qilib ba’zan boshqarib turadilar.
Hozirgi vaqtda psixologiya o’zining predmetiga, maxsus vazifalariga va maxsus tekshirish
metodlariga ega. Bugungi kunda psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar,
ilmiy muassasalar, o’quv yurtlari va nashriyotlari mavjud. Shuningdek, psixologlarning ilmiy
assotsiatsiyalari va psixologlar jamiyati ish ko’rmoqda. Psixologiya muammolar bo’yicha
Respublikamizda xalqaro konferentsiyalar, kongresslar o‘tkazilmoqda. Ma’lumki psixologiya fani
XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O’z-o’zidan ravshanki bu bilan
psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yuk. Hozirgi zamon psixologiya
fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu
bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o’z navbatida falsafa
fanini, falsafiy amaliyot va nazariyani boyitadi.
Hozirgi zamon texnik taraqqiyoti kishi psixikasiga katta talablar qo’yadi. Barcha sohalarda
psixik omillarning roli oshib bormoqda. Kishining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperamenti
xususiyatlariga reaktsiya tezligini hisobga olishga e‘tibor kuchaymoqda. Chunki odamning ishda
jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasligi, ishni buzmasligi uning psixik va Shaxsiy fazilatlariga ko’p
jihatdan bog’liq. Shu sababli «odam-mashina» tizimini to’g’ri tashkil qilishda psixologiya
fanining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa texnik fanlar va psixologiya o’rtasidagi aloqalarning
mustahkamlanishiga, bir-biriga kirishib ketishiga olib kelmoqda.
Psixologiya va pedagogika o’rtasidagi aloqalarni alohida ko’rsatib o’tish lozim. Har
tomonlama barkamol Shaxsni tarbiyalash vazifasi psixologiya sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar
ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda psixologiyaning imkoniyatlari keng foydalanish
imkonini beradi.
Psixologiya oldida turgan vazifalardan biri, pedagogik amaliyotda qo’llanilayotgan
qoidalarni (ta’lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari va h.k.) psixologik pedagogik
amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo’llar ko’rsatishi lozim. Psixologiyaning
yordamisiz pedagogika o’z oldiga qo’ygan ko’plab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: