5.3. Psixik hodisalar va ularning shakllari. Psixologiya fanining taraqqiyoti jarayonida
uning o’rganish ob‘ekti ham aniqlashib bordi. Hozirgi zamon psixologiya fani «jon, «ruhni emas,
balki insoning ichki dunyosini, ya’ni uning psixik xususiyatlarining yuzaga chiqishini o’rganadi.
Inson psixikasining barcha shakllari umumiy qilib psixik hodisalar deb ataladi. odatda psixik
hodisalarning uchta katta guruhi farqlanadi: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar (sifalar) va
psixik holatlar.
Psixik jarayonlar-ob‘ektiv voqelikning sub‘ektiv aks ettirilishi shakllaridir. Psixik jarayonlar
yordamida tashqi olam o’rganiladi, turli bilim, ko’nikma, malakalar shakllantiriladi. Psixik
jarayonlarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, tasavvur,
emotsiyalar, iroda. Ular quyidagi uch guruhga birlashtiriladi: bilish jarayonlari, emotsional (hissiy)
va irodaviy xususiyatlar.
Psixik xususiyatlar (sifatlar) – Shaxsning individual psixologik xususiyatlari bo’lib, ular bir
kishini boshqalardan ajratib turuvchi, ular faoliyatining tipologiyasi, o’ziga xos xususiyatlarini
belgilab beradi. Psixik xususiyatlar (sifatlar) kishinig nisbatan turgan xususiyatlaridir. Ular
individual hayot davomida asta-sekinlik bilan va kam darajada o’zgaradi. Faqat juda katta ta’sirga
ega bo’lgan, favquloddagi ta’sirlar ostidagina psixik xususityalar keskin o’zgarishi mumkin.
Psixik xususiyatlarga temperament, xarakter, qobiliyatlar kiradi.
Psixik holatlar–kishi psixikasining dinamikasini, vaqt davomidagi o’zgarishini aks ettiradi.
Psixik holatlar turli tashqi va ichki omillar ta’siri ostida yuzaga keladi va faoliyatning (o’qish,
mehnat, o’yin) samaradorligiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga psixik holatlar ma’lum faoliyatning
natijasiga munosabat oqibati shaklida ham yuzaga keladi. Psixik holatlarga toliqish, bezovtalik,
g’azab, stress, monotonlik, depresiya, affekt, kayfiyat va boshqalar kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan barcha psixik hodisalar o’zaro chambarchas bog’liq va bir butun
psixik faoliyatning tomonlari sifatida birgalikda yuzaga chiqadi.
Hozirgi davrda psixologiya fani bo’yicha o’quv qo’llanmalarda ko’rsatilmagan yana bir
guruh psixik hodisalar mavjud. Bu guruh hodisalarni yuqorida tahlil qilingan uch guruhning
birortasiga ham bevosita taaluqli bo’lmaydi. Bundan tashqari bu hodisalarning ko’pchiligining
mohiyati, mexanizmlari to’liq o’rganilmaganligi uchun ular g’ayritabiiy, ilohiy, sirli hodisalar
sifatida qarab kelinmoqda. Ularning barchasini parapsixologik hodisalar deb to’rtinchi guruhga
birlashtirish mumkin. Parapsixologik hodisalarga tush ko’rish, gipnoz, telepatiya, telekinez,
levitatsiya va boshqa turli-tuman ektrosensor hodisalar kiradi. Bu hodisalarning ba’zilarining
tabiati, mexanizmlari qisman o’rganilgan bo’lsa, boshqalar esa turli fan sohalari mutaxassislarini
qiziqtirib kelayotgan muammolar qatorida turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |