Marla ahmoqona “Shindler ro’yxati” filmidagi musiqani xirgoyi qilgancha eshik
tomon yuradi.
Men uni nigohim bilan kuzatib qolaman.
Marla ketganidan so’ng ikki soniya jimlik hukm suradi.
O’girilaman. Orqamda Tayler turgan ekan.
U mendan so’raydi:
- Xo’sh, undan qutuldingmi?
Tayler har doim oldimda ovozsiz paydo bo’lib qoladi.
Tayler boshlig’imdan keladigan xatlarni o’qish joniga tekkanini, pochta
bo’limiga borib kerakli hujjatlarni to’ldirsam, ular osonlik bilan manzilimni
o’zgartirib qo’yishlarini aytdi. Uning o’sha xatlari Janubiy Dakotadagi xudo
urgan
biror bir chekka joyga jo’nay qolsin.
Tayler muzlatgichdan plastik paketga o’ralgan oq narsalarni olib ularni yuvishga
tayyorlaydi. Men esa choynakni plita ustiga qo’yib suv solaman. Suvni kamroq
quysang salo darhol qorayib ketadi.
- Bu yog’da tuz juda ko’p, shuning uchun qancha ko’p suv solsang,
shuncha yaxshi, - deydi Tayler.
Saloni suvga solib qaynatamiz.
Tayler suvga paket ichidagi narsani solib, paketlarni axlat qutisiga tashlaydi.
- Miyangni ishlat. Boyskautlik oromgohida o’rganganlaringni esla. Yuqori
sinfdagi kimyo darslarini esla.
Tayler qachondir boyskaut bo’lganini tasavvur qilish qiyin.
Taylerning aytishi bo’yicha mana yana qila olishim mumkin.
Boshliqning uyiga
borib, shlang yordamida uyning suv aylanish tizimiga ulanishim mumkin. Qo’l
nasosi yordamida u yerga sanoat bo’yog’ini qo’shib yubor. Qizil, yashil, moviy –
ahamiyati yo’q. Keyin, ertasiga boshlig’ing qanday ahvolga tushganini tomosha
qil. O’sha nasos yordamida uning vannaxonasidagi atmosfera bosimini yettigacha
ko’tarish mumkin. Boshlig’ing dushni ochmoqchi bo’lganida pol o’pirilib, pastga
zambarak o’qining tezligida tushib ketadi.
Tayler meni ruhan qo’llab-quvvatlashni xohlaydi. Lekin, to’g’risi boshlig’imni
yoqtiraman. Uning ustiga men to’liq dzen holatidaman. Deyarli Buddadek. Bir
so’z bilan aytganda avliyoman.
- Orqangga pat tiqib olganing bilan tovus bo’lib qolmaysan, - deydi Tayler.
Salo erib, yog’ suv ustida to’planadi.
Demak, men orqamga pat tiqib olibmanda?
Tayler qo’li papiros cho’g’idan qolgan chandiqlar bilan to’lgani tufayli o’zini
boshqalardan balandroqda bo’lib qolgandek his qiladi. Mister va missis Sassiq
Latta. Men esa yuzimga xotirjam qiyofa berib, o’zimni ba’zida aeroport xodimlari
otib tashlashga majbur bo’ladigan hind sigiridek tutishga harakat qilaman.
Olovni pasaytiramiz.
Men qaynoq suv solaman.
Borgan sari ko’proq yog’ suv ustida to’plana boshlaydi va marvarid rangiga
kiradi. Yog’ning ustini katta qoshiq bilan olamiz.
Xo’sh, Marlaga nima bo’lyapti?
- U, kerakli nuqtagacha yettib
bormoqchi, - javob beradi Tayler.
38
Yana issiq suv solaman. Yog’ni qaynoqligida olish kerak. Faqat mana shu tarzda
qaynatilgan yog’ yuqori sifatli bo’ladi. Bizga faqat shunday yog’ kerak.
Taylerning aytishicha, men kerakli nuqtagacha borishni xohlamas ekanman.
Agar kerakli nuqtagacha borilmasa, ozod bo’lishdan umid yo’q ekan. Iso Masih
xochga o’z ixtiyori bilan borgan. Puldan, mulkdan jamiyatdagi o’rningdan voz
kechish yetarli emas. Bunaqasi hammaning qo’lidan keladi. Mukammallikka
erishishning yagona yo’li o’zini-o’zi yo’q qilish. Tavakkal qilishni boshlash kerak.
Bu,
oxir-oqibatda, ilmiy seminar emas.
- Agar nuqtaga yettib bormasdan, qo’rqib chekinadigan bo’lsang ozod
bo’la olmaysan, - ta’kidlaydi Tayler.
Faqatgina to’liq o’z-o’zini yo’q qilish orqaligina qayta tirilish mumkin.
- Faqat hammasini yo’qotish orqali ozod bo’la olamiz.
Qiziq, muddatidan avval avliyo bo’lish mumkinmikan?
- Aralashtirib turish esdan chiqmasin, - turtadi Tayler.
Yog’ning hammasi qaynab bo’lgach, suvni to’kib tashlaymiz. Choynakni yuvib
toza suv bilan to’ldirib qo’yamiz.
Nahotki, nuqtaga yettib borishimga hali uzoq bo’lsa? – so’rayman Taylerdan.
- Qanchalik uzoqligingni tasavvur ham qila olmaysan.
Yog’ olish jarayonini boshidan takrorlaymiz.
Suvda eritib, tepa qismini qoshiq
bilan yig’ib olamiz.
- Saloda tuz juda ko’p, - deydi Tayler. – Agar tuz juda ko’p bo’lsa, sovun
qotmaydi.
Erit va yig’ib ol.
Marla qaytadi.
Marla eshikni ochishi bilan Tayler yo’qolib qoladi. U shunchalik tez yo’qolib
qoladiki, xuddi yer yutgandek.
Balki, yuqoriga chiqib ketgandir, balki, yerto’laga tushib ketgan.
Yaramas qo’rqoq.
Marla qo’lida ishqor to’la kanistr bilan kirib keladi.
- Do’konda 100 foiz xojatxona qog’ozini qayta ishlash yordamida
tayyorlangan xojatxona qog’ozi bor ekan, - deydi Marla. – Qaysi
aqllining xayoliga kelgan ekana?
Bir so’z demay kanistrni olib stol ustiga qo’yaman.
- Bugun shu yerda tunasam bo’ladimi? – so’raydi Marla.
Men xayolimda xayku to’qiyman:
Do'stlaringiz bilan baham: