insoniyatga qarshi o’gir jinoyat sodir etdim. Xizmat ko’rsatish sohasi
xodimlarining ekspluatsiya qilinishiga qarshiman.
Agar qamoqda o’tiradigan bo’lsang, sho’rvaga peshob chiqargan jinni sifatida
emas, qahramon sifatida o’tirganing ma’qul.
OFITSIANT-ROBIN GUD – ISHSIZLAR HIMOYACHISI.
Ana shundagina bu holat faqat bitta ofitsiant yoki mehmonxonaga emas, balki
hammaga tegishli bo’ladi.
Menejer deyarli muloyimlik bilan go’shakni qo’limdan olib qo’ydi. Uning
aytishicha, u meni bu yerda ko’rishni xohlamas ekan, eng kamida hozirgi
ko’rinishimda.
Nima? – deyman uning stoli oldida turib olib.
Sizga mening tashqi ko’rinishim yoqmayaptimi?
Qo’limni musht qilamanu, o’zimning burnimga o’xshatib solaman. Hali
bitmagan yaralarimdan qon oqadi.
Negadir yodimga Tayler bilan birinchi mushtlashgan kechamiz tushadi. Bor
kuching bilan meni urishingni istayman.
Zarba uncha kuchli chiqmadi. O’zimga yana musht solaman. O’, bunisi yaxshi
chiqdi, hamma yerim qonga belandi, ammo zarba kuchli chiqqanini ko’rsatish
maqsadida o’zimni orqaga otaman. Devorga urilib, unda osilgan suratni
sindiraman.
Shisha siniqlari polga sochildi, gullar tasvirlangan surat ham quladi, hamma yer
qon, men polda ag’anab yotibman. Men o’zimni qip-qizil jinnidek tutaman. Qon
gilamning rasvosini chiqaradi. Stolga suyanib o’rnimdan turaman, kaftimning
qonli izi stolda qoladi. Menejerga menga yordam bering deyman, lekin shu bilan
birga hiringlashdan ham o’zimni to’xtata olmayman.
Iltimos, yordam bering.
Iltimos, meni boshqa urmang.
67
Yana polga ag’anayman va gilamni qon bilan belashda davom etaman. Eron
gilamining dabdalasi chiqqani aniq. Burnimdan qon qaynab chiqib, yarmi gilamga,
yarmi tomog’imga oqayapti. Yana o’rnimdan turib, menejerning shimining
etagidan ushlab olib, deyman:
- Iltimos.
Yana bir marta ayt.
“Iltimos” so’zi og’zimdan qonga aralashib chiqadi.
Yana bir marta.
Iltimos.
Og’zimdan hamma yerga qon sachraydi.
Mana Tayler qanday qilib jangovor klubni har kuni yig’ishning yo’lini topdi.
Avvaliga klublar yettita edi, keyin o’n beshta bo’ldi, keyin – yigirma uchta, ammo
Tayler hamon qoniqmasdi. U endi pulga muhtoj emasdi.
Iltimos, deyman “Pressman” menejeriga, menga pul bering. Shu bilan birga
hiringlashda davom etaman.
Iltimos.
Iltimos, meni boshqa urmang.
Sizda hamma narsa bor, menda esa hech narsa yo’q. Men uning shimini qonga
belagancha oyog’iga osilaman, u qo’rquvdan ko’zlari olaygancha, o’zini orqaga
tashlab derazaga suyanib qoladi.
Asta-sekin qonli panjalarimni ko’tarib uning nozik bilagini ushlayman.
Iltimos. Kulaman.
Biz kurashmoqdamiz, menejer qo’lini tortib olishga urinadi, men yanada
maxkamroq siqaman, burnimdan oqqan ikkovimizni ham qoplab olgan, va shu
lahzada mana shu ajoyib spektaklni tomosha qilish uchun ikki qo’riqchi ham
kabinetga kirib keladi.
68
16
Bugun hamma gazetalar qandaydir odamlar “Heyn Tauer” osmono’parining
o’ninchidan o’n beshinchi qavatlariga noma’lum odamlar qulfni buzib kirigani,
derazalarni sindirib, binoning janubiy tomonida balandligi besh qavatga yetadigan
katta kulib turgan bashara chizishganini va uning ko’zlariga tog’ri keluvchi
xonalarni shafaq og’ushidagi shahar uzra nur taratib turishi uchun yoqib
yuborganliklari haqidagi maqolalar chop etishdi.
Rasmlardan ko’rinib turibdiki, bu bashara Hellouin qovog’iga o’xshaydi, uning
ko’zlaridan chiqayotgan tutun goh, yalmog’izning qalin qoshlarini eslatsa, goh
shaytonning shoxlariga o’xshab qoladi. Ayrimlar buni ko’rib, daxshatdan qichqirib
yuborishdi.
Bu nimani anglatadi?
Buni kim qildi? Olovni o’chirishgach manzara yanada daxshatli tus oldi: qop-
qora jonsiz ko’zlar yuqoridan shahar aholisiga qarab turardi.
Gazetalar faqat shu hodisa haqida yozishardi.
Siz ham o’sha maqolalarni o’qib, bu ham “Vayron qilish rejasi”ning ishi
emasmikan de o’ylayapsiz, albatta.
Gazetalarning yozishicha, politsiyada bu ish borasida hech qanday dalillar yo’q
ekan. Yoshlarning to’dalari bo’ladimi, yoki o’zga sayyoraliklar, qo’llarida qora
bo’yoqni ko’tarib, oynadan osilgancha bu suratni chizish uchun hayotlarini xavf
ostiga qo’yishgani aniq.
Bo’ysunmaslik Qo’mitasi yoki Olov Qo’mitasi nima o’zi? Balki bu ulkan
bashara ularning bu hafta uchun navbatdagi uy vazifasi bo’lgandir.
Tayler buni bilishi aniq, ammo “Vayon qilish rejasi”ning birinchi qoidasida
deyiladi: “Vayron qilish rejasi”ga oid savollar berilmasin.
Bu hafta Tayler uning boshqaruvi pistoletdan o’q uzishga o’xshashini e’lon qildi.
Pistolet shunchaki o’qni kerakli mo’ljalga yo’naltiradi, xolos.
Hujum qo’mitasining so’nggi yig’ilishida Tayler qo’lida pistolet va telefon
kitonini bilan paydo bo’ldi. Yig’lish har shanba jangovor klub yig’iladigan o’sha
yerto’laning o’zida o’tkaziladi. Har qo’mitaning o’z nomi bor.
“Olov” dushanba kunlari yig’iladi.
“Hujum” seshanba kunlari.
“Bo’ysunmaslik” chorshanba.
“Dizinformatsiya” payshanba.
Inson tomonidan yaratilgan qiyomat. Anarxik byurokratiya. Tasavvur qiling-a.
Shunday qilib, seshanba kechasi “Hujum qo’mitasi” yaqin haftalarga
mo’ljallangan harakatlar strategiyasini taqdim etdi. Tayler u bilan tanishib chiqdi
va qo’mitaga uy vazifasi berdi.
Keyingi haftada “Hujum qo’mitasi”ning har bir a’zosi notanish odam bilan
mushtlashishi va unga yutqazib berishi kerak bo’ladi. Jangovor klubga a’zo
bo’lmagan odamlar bilan. Bu o’ylaganingizdan qiyinroq ish. Ko’chada ketayotgan
odamlarning ko’pchiligi mushtlashmaslik uchun qo’lidan kelgancha harakat qiladi.
69
G’oyaning mohiyati kimnidir mushtlashishga majbur qilib, uni tashkilotga
qo’shib olishdan iborat. O’sha odamning umrida birinchi bor jangda g’alaba
qozonish hissini tuyishiga ko’maklashish. O’sha odamning o’zini nazorat qila
olmay qolishiga erishish. O’sha odamga seni hushingdan ketguningcha urishiga
qo’yib berish.
O’zingni tutib turishing kerak bo’ladi. Agar yutib qo’ysang, harakating zoye
ketadi.
- Bizning maqsadimiz, yigitlar, o’sha odamlarga o’z kuchlariga bo’lgan
ishinch hissini berishdan iborat, - deydi Tayler qo’mita a’zolariga.
Bu xuddi konsertga o’xshaydi. Tayler oldida turgan qutilardan qog’ozlarni olib
o’qiydi. Bu qog’ozlarda qo’mita a’zolarining keyingi haftalar uchun takliflari
yozilgan. Qo’mitaning har bir a’zosi devorga osilgan yon daftar varaqlaridan birini
yirtib olib, unga o’z taklifini yozadi va uni buklab, qutiga tashlaydi, Tayler
varqlarni ko’rib chiqadi va o’ziga yoqmaganlarini tashlab yuboradi.
Tashlab yuborilgan varaqlar o’rniga bosh varaq buklab solinadi.
Keyin qo’mita a’zolari o’sha varaqlarni tanlashadi. Taylerning tushuntirishicha,
kimdir bo’sh vraqni olsa, hafta davomida uy vazifasidan boshqa topshirig’i
bo’lmaydi.
Agar taklif yozilgan qog’ozni oladigan bo’lsang, masalan, hafta oxirida pivo
festivaliga borib, ishini piyodalar yo’lakchasida bajargan yigitning adabini berib
qo’yishing, yoki biror bir kiyimlar ko’rgazmasi ishtirokchilarining ustiga
qulupnayli murabbo to’kishing kerak bo’ladi.
Agar qo’lga tushib qolsang, bundan buyog’iga “Hujum qo’mitasi” a’zosi
emassan.
Heck kim qaysi taklifni kim yozganini bilmaydi, Taylerdan boshqa hech kim
qaysi takliflar qabul qilinganini, qaysilari axlat qutisiga tashlab yuborilganini
bilmaydi. Keyin gazetada usti ochiq “Yaguar”ga sakrab, uning ruliga yopishib
haydovchini favvora tomonga yo’naltirib yuborgan noma’lum odam haqida
maqolani o’qib qolasan.
Keyin o’ylab qolasan, balki bu sen tanlamagan takliflardan biri bo’lgandir.
Keyingi seshanbada g’ira-shira yerto’lada o’tirgan qo’mita a’zolarining yuzlariga
tikilib, qaysi biri “Yaguar”ga hujum qilganini anglashga urinasan.
Kim san’at muzeyining tomiga chiqb olib, ichki hovlidagi haykallarga peyntbol
sharlari bilan o’q uzgan ekan?
“Heyn Tauer”ga o’sha basharani kimlar chizdi ekan?
Tasavvur qiling, “Heyn Tauer”dagi ishni kuni bilan o’sha yerda ishlagan
yuristlar, ish beruvchilar va kuryerlar qilishgan. Ular “Vayron qilish rejasi”
qoidalariga zid bo’lishiga qaramasdan, biroz otib olishgan bo’lishsa, ajab emas.
Ayrim eshiklarning kalitlarini kun davomida olib qo’yishgan, boshqalarini ochish
uchun esa, freonli ballonlardan foydalanishgan. Keyin ular etiklari bilan bino
tashqarisidagi g’shitlarga oyoq qo’yib, boshqalari ushlab turgan arqonga
osiligancha hayotlarini xavf ostiga qo’yib o’sha basharani chizishgan.
Keyingi tongda esa shu ishni qilgan odamlarning o’zi sochlarini silliq tarab,
ko’zlari uyqusizlikdan qizarib ketganiga qaramay, o’zlarini tetik tutgancha, bu
ishni kim qildi ekan deb, hayron bo’lib ko’zlari jonsiz va qop-qora basharaga
70
tikilib qolgan olomon orasiga hech narsa bo’lmagandek qo’shilib olishadi.
Politsiya esa odamlardan chetga o’tishni iltimos qiladi.
Taylerning menga aytishicha, har yig’ilishda nari borsa, to’rtta yaroqli taklif
berilar ekan, demak taklifni tanlash ehtimoli oltidandan birga teng. Qo’mitada
Taylerni ham qo’shib hisoblaganda yigirma besh kishi bor. Har biriga uy vazifasi
beriladi – begona odam bilan mushtlashib, yutqazib berish.
Bu hafta Tayler ularga hamma o’z quroliga ega bo’lishi kerakligini aytdi.
Keyin Tayler ulardan biriga telefon kitobini berib istalgan bir reklamali varag’ini
yirtib olib, kitobni keyingi sherigiga uzatishni buyurdi. barcha qo’mita a’zolari
qurolni boshqa-boshqa jolardan olishlari kerak.
- Mana bu pistolet, - dedi Tayler uni cho’ntagidan chiqarib, - ikki haftadan
keyin har biringizda shunaqasidan bo’lishi shart.
- Pulni, yaxshisi, naqd to’lang, - dedi Tayler. Keyingi yig’ilishda
hammangiz pistoletlaringizni almashasiz va politsiyaga siz sotib olgan
qurolni o’g’irlashganini ma’lum qilasiz.
Hech kim savol bermaydi. Savol bermaslik – “Vayron qilish rejasi”ning birinchi
qoidasi.
Tayler pistoletni yiitlarga beradi. Qiziq, shu kichkinagina narsa shuncha ham
og’ir bolishi mumkinmi? Xuddi juda kata narsa, masalan, tog’ yoki quyosh shu
o’lchamgacha siqilgandek. Qo’mita a’zolari pistoletni ehtiyotlik bilan ushlab
ko’rishadi. Hamma bir savolni berishni istaydi: o’qlanganmi yoki yo’q? Ammo,
“vayron qilish rejasi”ning ikkinchi qoidasida hech qachon savol berilmasin,
deyiladi.
Balki o’qlangandir, balki yo’q.
- Pistoletdek oson va mukammal narsa yo’q, - deydi Tayler. Qo’lingga
olasan va richagnini tortasan, bo’ldi.
“Vayron qilish rejasi”ning uchunchi qoidasi – o’zini oqlash qabul qilinmaydi.
- Richag prujinani bo’shatadi, prujina esa kapsulaga zarba beradi.
To’rtinchi qoida – aldash mumkin emas.
- Portlash metall snaryading patroni orqasidagi teshikchadan kiradi, stvol
esa o’qni kerakli joyga yo’naltiradi, xuddi zambarak yadroni, uchish
shaxtasi raketani va siydik yo’li spermani kerakli joyga yo’naltirgandek.
Tayler “Vayron qilish rejasi”ni o’ylab topganda, bu reja boshqalarga tegishli
emasligini aytdi. Taylerga reja tufayli kimlarningdir aziyat chekish-
chekmasligining ahamiyati yo’q. Rejaning vazifasi – reja a’zolariga ular tarix
yaratishga, dunyo ustidan hukmronlik qilishga qodir ekanliklarini anglatishdir.
Tayler “Vayron qilish rejasi”ni jangovor klubda o’ylab topdi.
Bu yangi a’zolar jangga kirishi lozim bo’lgan kechalardan biri edi. O’sha kuni
klubga yuzi farishtanikiga o’xshash yigitcha keldi, men uni jangga chorladim.
Qoida shunday. Yangi kelgan chorlovni qabul qilishga majbur. Men uni jangga
yana uyqusizlik boshlangani va qandaydir chiroyli narsani buzishni istayotganim
uchun chorlaganimni bilar edim.
Yuzimdagi bir necha jarohatlar umuman bitmasligini hisobga olsak, meni
chiroyimning bir qismidan ayri;lish xavotirga solmasdi. Boshlig’im mendan
iyagimdagi bitmaydigan jarohatimni nima qilmoqchi ekanimni so’ragandi. Men
71
unga qahva ichayotganimda yaramdan to’kilib ketmasligi uchun jarohatga ikki
barmog’imni tiqib turaman, deb javob bergandim.
O’sha tunda farishta yuzli yigitchani mushtim labining yirtilgan qismidan o’tib,
qonab ketguncha mushtimning temirdek qotib ketgan suyak qismi bilan, keyin
hushidan ketib polga yiqilmaguncha yumshoq qismi bilan urdim.
Tayler keyinroq menga hech qachon birovni bunchalik ishtiyoq bilan
kaltaklaganimni ko’rmaganini aytdi. Aynan o’sha tunda Tayler jangovor klubni yo
yangi bosqichga ko’tarish, yo butkul yo’q qilish kerakligini anglab yetdi.
Nonushta payti u menga dedi:
- Sen kecha o’zingni manyakdek, komikslardagi telbadek tutding. Senga
nima bo’ldi?
Me unga o’zimni yomon his qilayotganim, xotirjam bo’la olmayotganimni
aytdim. Men endi jaglardan huzur qilmay qo’ygandim. Balki menda ko’nikish hissi
hosil bo’lgandir. Balki menga yanada jiddiyroq mashg’lot kerakdir.
Aynan o’sha tongda Tayler “Vayron qilish rejasi”ni o’ylab topdi.
Tayler mendan aslida kim bilan jang qilganimni so’radi.
Men Taylerning o’zimizni yomon his qilishimiz va tarixning qullari ekanimiz
to’g’risidagi mulohazalariga to’lig’icha qo’shilaman. Men jahondagi bor
go’zallikni yo’q qilishni istardim. Amazonka yomg’irli o’rmonlarini yoqishni.
Ozon qatlamini xlor, ftor, uglerod bilan teshishni. Okean yuzasini dunyodagi bor
tankerlarning kranlarini ichib qo’yib neft bilan to’ldirishni. Yeb bo’lmaydigan
hamma baliqlarni o’ldirishni. Umrimda ko’rmagan Fransiya plyajlarini iflos
qilishni.
Men butun dunyo men bilan birga kerakli nuqtaga yettib borishini istardim.
O’sha yigitchani urarkanman, o’z naslini davom ettirish uchun ko’payishni
xohlamayotgan har bir pandaning, qirg’oqqa chiqib qolgan har bir kit va
delfinlarning miyasining qatig’ini chiqarishni xohlashimni tushundim.
Buni qirib tashlash deb tushunmang. Buni shtatni qisqartirish deb tushuning.
Minglab yillar davomida odamchalar ko’payib, yer yuzini axlat bilan to’ldirishdi,
endi esa tarix ulardan haq to’lashni talab qilmoqda. Ishlatilgan motor moyining har
bir tomchisi uchun haq so’ramoqda.
Biz ajdodlarimiz tufayli hosil bo’lgan yadro chiqindilari, tuproqni zararlantrgan
chiqindilar uchun haq to’lashimiz lozim.
Men farishtaning boshini futbol to’pidek ushlab olib, ikkinchi qo’lim bilan
lablari yorilib ketmaguncha musht tushirdim. Yuzi tanib bo’lmas darajaga
yetguncha tirsagim bilan zarba berdim. Yuz terisi qorayib, qonga belandi.
Men yong’in tutunidan nafas olishni istardim.
Qushlar va kiyiklar – foydasiz bezak, yaxshi baliq esa o’lik baliqdir.
Luvrni yoqishni istardim. Bolg’a bilan Britaniya muzyedagi yunon haykallarini
maydalashni, Mona Lizani yirtib tashlashni istardim. Bugundan e’tiboran bu dunyo
menga tegishli.
Bu dunyo bundan buyon meniki, faqat meniki. Avvalgi egalari allaqachon
go’rda.
Aynan o’sha tongda Tayler “Vayron qilish rejasi”ni o’ylab topdi.
Biz dunyoni tarix yukidan ozod qilishni istardik.
72
Biz Qog’ozchilar ko’chasidagi uyda nonushta qilayotgandik.
- Chiqindilarni qayta ishlash – bo’lmagan gap, - dedi Tayler. – Bu menga
o’pka saratoni tufayli o’lim to’shagida yotgan odamning chekishni
tashlashini eslatadi.
“Vayron qilish rejasi” dunyoni qitqaradi. Madaniyat sohasida muzlik davri
boshlanadi. Insoniyat yer o’z resurslarini qayta tiklab olmaguncha nafsini jilovlab
turishga majbur bo’ladi.
- Bu anarxiyani oqlovchi yagona argument, - deydi Tayler. – shunchaki
o’ylab ko’r.
Jangovor klub kassir va hisobchilarni haqiqiy erkakka aylantiradi. “Vayron qilish
rejasi” zamonaviy sivilizatsiyadan ko’ra muhimroq narsani amalga oshiradi.
- Tasavvur qil, - deydi Tayler. Los supermarket vitrinalari oralab shoxiga
frak va ko’ylak osilgancha yuribdi. Biz esa butun umrimizga yetadigan
teri kiyim yasab olamiz, biror joyga borish uchun esa binolarni qoplab
olgan, qalinligi qo’limizdek keladigan lianalardan foydalanamiz. Xuddi
Jek va loviya poyasi ertagidagi kabi. Sen liana yordamida o’rmondan
ham balandga ko’tarilasan, havo juda toza, pastda esa odamlarning tosh
yordamida don yanchayotganini, katta avtomagistralga esa to’ng’iz
terilari yoyilganini ko’rasan.
“Vayron qilish rejasi”ning maqsadi mana shu, dedi Tayler: sivilizatsiyani tezlik
bilan va butkul yo’q qilib tashlash.
Keyingi bosqich qanday bo’ladi, buni Taylerdan boshqa hech kim bilmaydi.
“Vayron qilish rejasi”ning birinchi qoidasi esa – hech qanday savol bermaslik.
- O’q sotib olish kerak emas, - deydi Tayler “Hujum qo’mitasi” a’zolariga.
– Agar kimdadir shunday savol paydo bo’lgan bo’lsa, oldindan aytaman:
ha, odam o’ldirishimizga to’g’ri kelishi mumkin.
Olov. Hujum. Bo’ysunmaslik va Dezinformatsiya.
Savol bermaslik. Hech qachon savol bermaslik. Hech qanday uzr, hech qanday
yolg’on.
“Vayron qilish rejasi”ning beshinchi qoidasi: Tayler har doim haq.
73
17
Boshlig’im yana stolim ustiga bir varaq tashladi. Bo’yinbog’ taqmay
qo’yganimga ham ancha bo’ldi. Boshlig’imning bo’yinbog’i moviy, demak, bugun
– seshanba. Endi uning kabineti eshigi doim yopiq turadi, u nusxa ko’chiradiga
apparatdan jangovor klub qoidalari yozilgan varaqni topib olib, men bu haqida
og’iz ochadigan bo’lsa, uning qornidan katta kalibrli qurol bilan darcha ochib
qo’yishim mumkinligini aytgan kunimdan beri bir-birimizga bir og’iz so’z
aytganimiz yo’q. men o’shanda bor-yo’g’i hazillashgandim.
Deylik, men taransport departamentining sifat bo’limiga qo’ng’iroq qilishim
mumkin. Mashinalarning old o’rindiq maxkamlagichlari ishlab chiqarish
boshlanishidan avval sinovdan o’tkazilmagan.
Qayerdan izlashni bilsang, tirnoq tagidan kir toppish juda ham oson.
Xayrli tong, deyman men.
- Xayrli tong.
Stolim ustida Tayler nusxa ko’chirib berishni so’ragan yana bir muhim hujjat
turibdi. Bir hafta avval Tayler Qog’ozchilar ko’chasidagi uyimiz yerto’lasini
qadamlab o’lchab chiqdi. Bo’yi oltmish besh qadam, eni qirq. Tayler ovoz chiqarib
o’yladi. U mendan so’radi:
- Oltini yettiga ko’paytirsak, qancha bo’ladi?
Qirq ikki.
- Qirq ikkini uchga ko’paytirsakchi?
Bir yuzi yigirma olti.
Tayler menga qo’lda yozilgan varaq berib, uni kompyuterda terish va yetmish
ikki nusxada ko’paytirishni so’radi.
Nega aynan shuncha?
- Chunki, - dedi Tayler, - agarda yerto’laga uch qavatli harbiylarning
krovatidan qo’yilsa, aynan shuncha odam bu yerda uxlashi mumkin.
Ularning narsalarichi?
Tayler javob berdi:
- Ular o’zlari bilan faqat mana shu ro’yxatdagi narsalarni olib kelishadi,
hammasi to’shakning tagiga sig’adi.
Bu ro’yxatning asl nusxasini ham apparatda unutib qoldiribman.
“Ro’yxatdagi narsalarning borligi mashg’ulotlarga kirish uchun kafolat bo’la
olmaydi, ammo shu narsalr va dafn marosimi uchun besh yuz dollar bo’lmasa,
ichkariga kiritilmaydi”.
Jasadni krematsiya qilish kamida uch yuz dollar turadi, ta’kidlaydi Tayler,
narxlar esa brogan sari o’sib boryapti. Agar o’lsangu puling bo’lmasa, tanang
tadqiqotchi talabalarning o’ljasiga aylanadi.
Kursant mabodo halok bo’lsa, uning dafn marosimi xarajatlari “Vayron qilish
rejasi” bo’yniga tushmasligi uchun, pulni doim etigi qo’njida olib yurishi kerak
bo’ladi.
Bundan tashqari kursant quyidagi narsalarga ega bo’lishi talab qilinadi:
- Ikkita qora ko’ylak.
74
Ikkita qora shim.
Ikki juft chidamli oyoq kiyim.
Ikki juft qora paypoq va ikki juft oddiy ichkiyim.
Bitta qalin qora palto.
Hammasi – bir komplekt bo’ladi: bittasi ustingda, bittasi qo’lingda bo’lishi
kerak.
Bitta oq sochiq.
Bitta porolondan qilingan harbiycha to’shak.
Bitta plastik idish.
Men stulimda o’tiribman, yonimda boshlig’im turibdi. Men stoldan asl nusxani
olaman va boshliqqa qarab deyman:
- Rahmat.
Boshliq kabinetiga qaytadi, men esa tugallanmagan ishimga – kompyuterimdagi
pasyans o’yiniga qaytaman.
Ishdan qaytgach nusxalarni Taylerga beraman. Kun ketidan kunlar o’tmoqda.
Ishga boraman.
Uyga kelaman.
Ishga boraman.
Uyga kelaman, va kirish eshigi oldida bir yigit turganini ko’raman. U qo’lida
ichiga qora ko’ylak va qora shim solingan malla qog’oz xalta ko’tarib olgan.
Qolgan uch narsa – oq sochiq, harbiycha to’shak va plastik idishni panjaraga ilib
qo’ygan. Ikkinchi qavat oynasidan turib Tayler bilan yigitchani o’rganayapmiz.
Tayler menga uni jo’natib yuborishni buyuradi.
- Juda yosh, - deydi Tayler.
Bu o’sha Tayler “Vayron qilish rejasi”ni o’ylab topgan tunda men abjag’ini
chiqargan farishta yuzli yigit. Yuzidagi ko’karishlar va kalta soch turmagiga
qaramasdan, uning terisi yumshoq va yoqimli. Unga ayollar ko’ylagini kiydirib,
jilmayishga majbur qilsang bo’ldi – qizdan farqi qolmaydi. Mister Farishta eshikka
qaragancha tekislanib turibdi. Yuzi zerikishdan toliqib ketgan. Egnida esa qora
ko’ylak, qora shim va qora etik.
- Undan qutul, - deydi Tayler menga. – Juda yosh.
Seningcha necha yosh judayam yosh hisoblanmaydi? – so’rayman Taylerdan.
- Ahamiyati yo’q, - javob qiladi Tayler. – Agar bu yerga kelgan nomzod
yosh bo’lsa, judayam yoshsan deymiz. Semiz bo’lsa, judayam semiz
ekansan deymiz. Agar qari bo’lsa – juda qari. Oriq bo’lsa – juda oriq. Oq
bo’lsa – juda oq. Qora bo’lsa – juda qora.
Aynan shu yo’l bilan buddaviy rohiblar ming yillar avval nomzodlarni saralab
olishgan ekan. Nomzodni haydashadi, agar uning qarori haqiqatda qat’iy bo’lsa, u
uch kun davomida ovqatsiz, ochiq osmon ostida tik turgan, shundan so’nggina,
faqat shundan so’nggina uni mashg’ulotlarga qo’yishgan.
Shuning uchun men Mister Farishtaga judayam yoshligini aytdim, ammo tush
payti u hamon eshik oldida turganini ko’rdim. Tushlikdan so’ng uni supurgi bilan
urib haydashga urindim, narsalari solingan xaltani ko’chaga uloqtidim. Tayler
harakatlarimni yuqori qavatda turib, kuzatayapti.
75
Yo’qol, baqiraman men. Nima karmisan? Sen juda yoshsan. Qo’lingdan hech
narsa kelmaydi. Ikki yillardan so’ng qaytib kelib boshqatdan urinib ko’rganing
ma’qul. Daf bo’l. Eshigimdan nar tur.
Keying kuni ham yigitcha joyidan jilmadi, bu safar unga gapirish uchun Tayler
yo’l oldi.
- Uzr, - dedi Tayler.
Tayler unga mashg’lot haqida xabar topganidan afsusda ekanligini, ammo juda
yosh bo’lgani uchun qabal qila olmasligini aytdi.
Yaxshi politsiyachi. Yomon politsiyachi.
Men bechoraga yana o’kiraman. Keyin, olti soat o’tgach, Taylerning navbati
keladi: “Qarorim qat’iy deign! Ammo bilib qo’y, baribir mashg’ulotga
kiritmayman”. Yigitcha ketishi kerak. Tayler unga agar ketmasa politsya
chaqiraman deb, tahdid qiladi.
Ammo yigitcha baribir tek turaverdi.
Narsalari esa hamon ko’chada yotibdi. Shamol ichidagi narsalari to’kilib ketgan
qog’oz xaltani uchirib ketdi.
Yigitcha esa joyidan qimirlab ham qo’ymadi.
Uchinchi kun ikkinchi nomzod eshik oldida paydo bo’ldi, Mister Farishta esa
hamon joyida turibdi. Tayler pastga tushdi va unga narsalarini olib ichkariga
kirishi mumkin ekanligini aytdi.
Yangi yigitga Tayler u bu ishlar bilan shug’ullanish uchun juda qarilik qilishini
aytdi.
Har kuni ishga qatnayman. Uyga qaytganimda eshik tagida bir yoki ikki yigit
turgan bo’ladi. Ularning kimligi bilan qiziqmay ham qo’ydim. Eshikni qarsillatib
yopib, ichkariga kirib ketaman. Bu deyarli har kuni yuz beradi: ba’zida nomzodlar
ketib qolishadi, ammo ko’pchiligi uch kun kutishadi, shunday ekan hozircha
Tayler bilan yerto’laga o’rnatib chiqqan krovatlarimizning ko’pchiligi bo’sh
qolmasligi aniq.
Ajoyib kunlarning birida Tayler menga besh yuz dollar berib, uni doim etigim
qo’njida olib yurishimni so’radi. Bu pul mening dafn marosimim uchun. Bu ham
buddaviy rohiblarning odatlaridan biri.
Endi uyga qaytganimda uy Tayler tanlab olgan notanish yigitlar bilan to’lganini
ko’raman. Hamma ish bilan band. Birinchi qavat to’lig’icha oshxona va sovun
tayyorlash zavodiga aylantirilgan. Xojatxonaga kirolmaysan. Ba’zida kursantlar
guruhi g’oyib bo’ladi va bir necha kundan keyin suvga o’xshash suyuq
yog’solingan rezina paketlar ko’tarib qaytib kelishadi.
Bir kuni kechasi Tayler xonamga kirdi va mendan bu yigitlardan
xavotirlnmaslikni so’radi:
- Ular nima qilish kerakligini bilishadi. “Vayron qilish rejasi” shunday
tashkillashtirilgan. Hech kim rejani to’liq bilmaydi. Ammo hammasi
oddiy vazifani mukammal tarzda bajaradi.
“Vayron qilish rejasi”ning qoidalaridan biri – Tayler doim haq.
Keyin Tayler g’oyib bo’ldi.
“Vayron qilish rejasi”dagi yigitlar ertalbadan kechgacha yog’ eritishadi. Men
uxlamayman. Kehasi bilan yigitlarning ishqor qo’shib yog’ qaynatishayotganlarini,
76
tayyor sovunni bo’laklarga bo’lishayotganlarini, bo’laklarni qog’ozga o’rab, ustiga
“Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi” yorlig’ini tushirayotganlarini eshitib
yotaman. Mendan boshqa hamma nima qilish kerakligini bilishadi, Taylerdan esa
hamon darak yo’q. Pastda esa kamgap va quvvatga to’lgan astronavt-maymunlar
sovun tayyorlashadi, navbat bilan ishlab-dam olishadi. Bir guruh astronavt-
maymunlar kun bo’yi ovqat tayyorlashadi, boshqa guruh esa bu ovqatni o’zlari
bilan olib kelgan plastik idishlarda yeyishadi.
Bir safar tongda ish ketaytib eshik oldida turgan Katta Bobni ko’rdim. U qora
ko’ylak, qora shim, qora etik kiyib olgandi. Men undan shu kunlarda Taylerni
ko’rgan-ko’rmaganini so’radim. Balki, uni bu yerga Tayler jo’natgandir.
- “Vayron qilish rejasi”ning birinchi qoidasi, - deydi Katta Bob qaddini
rostlab, tovonlarini birlashtirib, - “Vayron qilish rejasi” haqida savol
bermaslik.
Tayler bunga qanday vazifa yukladi ekan, axir kursantlar orasida qiladigan ishi
guruch qaynatish yoki idish yuvish bo’lganlari ham bor, balki Tayler Katta Bobga
agar kuni bilan sovunni qog’ozga o’rasa, jannatga tushishini va’da qilib, qulog’iga
lag’mon ilgandir.
Katta Bob birorta savolimga ham javob bermadi.
Ishga boraman. Uyga qaytaman, Katta Bob esa hamon eshik oldida turibdi.
Kechasi bilan uxlay olmayman, ertalab esa Bobning bog’da ishlayotganini
ko’raman.
Ishga ketishdan oldin Bobdan kim uni ichkariga kiritganini, kim bog’da ishlashni
buyurganini, Taylerni ko’rgan-ko’rmaganini, Tayler kechasi uyda bo’lgan yoki
yo’qligini so’rayman.
Katta Bob javob qiladi:
- “Vayron qilish rejasi”ning ikkinchi qoidasi – hech qachon...
Jahlim chiqadi.
Men ishxonamda bekor o’tirarkanman, astronavt-maymunlarning bir guruhi uy
atrofidagi ilma-teshik yerni tekislab, tuproqning sho’rini kamaytirish uchun
ammoniyli o’g’it va fermadan olib kelingan tezak solishadi, kalamush va krotlarni
haydash uchun yerga sartaroshxonadan keltirilgan sochlarni sochib chiqishadi.
Tun yarmida boshqa bir guruh qo’llarida qonli go’sht solingan qoplar bilan
paydo bo’lishadi, bu tuproqdagi temir miqdorini oshiradi, yana suyak kukukuni
solingan qoplar ham bor, suyak tarkibida fosfor ko’p bo’ladi.
Yana bir guruh yerga har xil urug’larni kaleydoskopik tartibda sepib chiqishdi.
Boshqa guruh kechasi qo’llarida fonar bilan chiqib bog’dagi qurtlarni o’ldirib
chiqishadi. Boshqa guruh esa o’simliklardan dori, bo’yoq, sovun uchun
xushbo’ylantirgich tayyorlash uchun yulib kelishadi.
Oshxonada pushtirang yorongulli yoki pachuli qo’shiladigan sovun tayyorlash
uchun kerak bo’lgan qirq gradusli aroq solingan butilkalar bor. Men bir butilka
aroq o’g’irladim, dafn marosimiga ajratilgan pulni esa sigaret uchun sarflab
yubordim. Marla kirib keldi. Biz u bilan o’simliklar haqida gaplashdik. Biz
kaleydoskopik bog’ atrofidagi yo’lakchada sayr qildik. Marlaning ko’kragi haqida
gaplashdik. Biz Tayler Dyordendan boshqa to’g’ri kelgan mavzuda gaplashdik.
77
Ajoyib kunlarning birida gazetalarda qora kiyimli odamlar guruhi shaharning
boy tumanidagi qimmatbaho avtomobillar saloniga hujum qilib, mashina
bamperlariga bita bilan zarba berishgani, natijada, xavfsizlik yostiqchalari ishga
tushib, mashina salonini talk bilan iflos qilgani tog’risidagi xabar paydo bo’ldi.
“Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi”da astronavt-maymunlar guruhi gul
iforli sovun tayyorlash uchun atirgul va lavanda barglarini yulib, efirda
eritishmoqda.
Marla menga o’simliklar haqida gapirib beryapti.
Har kecha Marla bilan sayr qilaman, to Tayler bugun ham uyga qaytmaganiga
ishonch hosil qilmagunimcha. Bizning orqamizdan har doim birorta astronavt-
maymun Marla yulib olgan yaproqlarni terib yuradi. Yoki sigaret qoldig’ini.
Astronavt-maymun orqamizdan yurib, bizning bog’da bo’lganimizdan darak
beradigan hamma izlarni yo’qotib boradi.
Boshqa kuni kechasi boshqa bir guruh shahar markazidagi daraxtlarga benzin
sepib, kichik, ammo haqiqiy o’rmon yong’inini hosil qilishibdi. Gazetalarda
yozishlaricha, issiqdaт daraxtzor yaqindagi villaning oynalarisini ketibdi,
avtoturargohdagi mashinalarning shinalari erib ketibdi.
Tayler Qog’ozchilar ko’chasida ijaraga olgan uy unda bir dunyo odam
yashayotgani, nafas olayotgani va terlayotgani uchun ichi nam jonzotga aylandi.
Ichkarida shunchalik ko’p odam harakatlanadiki, uy qimirlab turadi.
Boshqa safar kechasi kimlardir bankomat va taksofonlarda payvandlaydigan
apparat yordamida teshik ochib, ularning ichini solidol va vanilli puding bilan
to’ldirishibdi.
Tayler uyga kelmaganinga qaramasdan, bir oydan so’ng ko’pchilik astronavt-
maymunlar kaftining tashqi tarafida “Tayler bo’sasi” paydo bo’ldi. Keyin o’sha
astronavt-maymunlar qayergadir g’oyib bo’lib, o’rniga yangilari paydo bo’ldi.
Har kechada guruhlar turli mashinalarda kelib-ketishardi. Bir mashinani ikki
marta ko’rishning iloji yo’q. Bir kuni kechasi eshik oldidagi Marlaning gapini
eshitib qoldim:
- Men Tayler Dyordenning yoniga keldim. U shu yerda yashaydi. U –
mening do’stim.
Astronavt-maymun javob qildi:
- Afsus, ammo sen mashg’ulotga qabul qilish uchun judayam... judayam
yoshlik qilasan.
- Daf bo’l, - shartta uning gapini kesadi Marla.
- Bundan tashqari, - davom etadi maymuncha, - sen kerakli narsalarni olib
kelmabsan: ikkita qora ko’ylak, ikkita qora shim...
- Tayler, - baqiradi Marla.
- Ikki juft chidamli oyoq kiyim.
- Tayler!
- Ikki juft qora paypoq va ikkita ichkiyim.
- Tayler!
Men eshik qarsillashini eshitaman. Marla uch kun kutmasligi, aniq.
Ishdan qaytgach odatda o’zim uchun yeryong’oq moyidan buterburod
tayyorlayman.
78
Bu safar uyga qaytganimda bir maymuncha butun birinchi qavat polini egallab
o’tirib olgan sheriklariga quyidagi parchani o’qib berayotganini eshitdim:
- Hech biringiz o’ziga xos emassiz. Siz – boshqa barcha tirik jonzotlar
singari organic moddalar yig’indisidan ortiq narsa emassiz. Siz
hammangiz – umumiy kuchning bir qismisiz.
Astronavt-maymun davom etdi:
- Madaniyatimiz huquqlarimizni tenglashtirdi. Hech kim o’zini oq yoki
qora, boy yoki kambag’al deb atamaydi endi. Hammamiz bir narsani
istaymiz. O’ziga xosligimiz esa hech narsaga arzimaydi.
Buterbrod tayyorlash uchun ichakariga kirganimda u jim bo’ladi, hamma
rostlanib turib oladi, xuddi bu yerda mendan boshqa hech kim yo’qdek. Shart
emas, deyman men. Bu matnni o’qib bo’lganman. Uni o’zim kompyuterda
terganman.
Boshlig’im ham o’qigan bo’lsa kerak, xatto.
Biz shunchaki, bir to’da axlatmiz. Davom etinglar, o’yinlaringni o’ynanglar.
Menga e’tibor bermang.
Ular men buterbrod tayyorlab, yana bir butilkani olin, yuqoriga chiqib
ketgunimcha xotirjam kutib turishdi. Orqmdan ovoz keladi:
- Hech biringiz o’ziga xos emassiz.
Men – Jekning parchalangan yuragiman, chunki Tayler meni tashlab ketdi.
Xuddi otam kabi. Xuddi atrofimdagi barcha insonlar kabi.
Ishdan qaytganimdan so’ng, navbati bilan turli jangovor klublarga borib, kimdir
Tayler Dyordenni ko’rgan-ko’rmaganini so’rayman.
Har bir yangi klubda menga notanish bo’lgan kimdir, o’rtaga turib olib,
Taylerning so’zlarini takrorlaydi.
Jangovor klubning birinchi qoidasida aytiladi: hech kimga jangovor klub haqida
aytilmasin.
Jang boshlangach, klub yetakchisini chetga tortib, undan Tayler Dyorden haqida
eshitganmisiz, deb so’rayman. Men Tayler bilan bir uyda yashayman, u esa
anchadan beri uyga kelmadi.
Yigitning ko’zlari katta-katta bo’lib ketadi va mendan rostdan ham Taylerni
taniysizmi, deb so’raydi.
Deyarli barcha yangi klublarda shu holat yuz beradi. Ha, deyman men, biz Tayler
bilan qalin do’stlarmiz. Shunda hamma qo’limni siqishni xohlab qoladi.
Bu yigitlar iyagimdagi teshikka, jarohatdan qorayib qolgan yuzimga qarashadi va
menga “ser” deb murojaat qilishni boshlashadi. Yo’q, ser. Ular Taylerni
tanishmaydi. Ularning tanishlari ham tanishmaydi. Ularning do’stlarining do’stlari
Tayler bilan uchrashib jangovor klublarga asos solishgan, ser.
Keyin hammasi menga bosh silkib qo’yishadi.
Ularning birorta tanishining tanishi ham Taylerni tanimaydi.
Ser.
Ularning hammasi mendan so’rashadi, bu rostmi? Chundan ham, Tayler Dyorden
armiya yig’ayaptimi? Shunaqa mish-mishlar tarqalgan ekanki. Chindan ham
Tayler kechalari bir soatdan ko’p uxlamaydimi? Yana shunaqa mish-mishlar
79
yuradiki, Tayler butun mamlakat bo’ylab sayohat qilib, yangi jangovor klublar
tashkil qiladimi? Bundan maqsad nima? – hammani shu avollar qiziqtiradi.
“Vayron qilish rejasi” a’zolarinig yig’ilishi boshqa kattaroq yerto’laga
ko’chirildi, chunki yangi jangovor klublar tashkil qilinishi bilan barcha
qo’mitalarda – “Olov”da ham, “Hujum”da ham, “Bo’ysunmaslik”da ham,
“Dezinformatsiya”da ham odamlar soni ko’paygandan-ko’payib bormoqda. Har bir
klubning o’z yetakchisi bor, ammo xatto ular ham Tayler qayerda ekanligini
bilishmaydi, Tayler ular bilan haftada bir marta telefon orqali gaplashadi.
“Vayron qilish rejasi”ning har bir a’zosi bundan keyin nima bo’lishi bilan
qiziqishadi.
Nimaga intilyapmiz?
Bizni oldinda nimalar kutmoqda?
Qog’ozchilar ko’chasidagi uyning bog’ida har kecha Marla bilan gullar iforidan
mast bo’lib, yalangoyoq sayr qilamiz. Qora ko’ylaklilar qo’llarida fonar ko’tarib
shilliqqurtlarni o’ldirish uchun bog’ni aylanishadi. Marla bu yerda nimalar
bo’lyapti, deb so’raydi.
Yaxshi parvarish qilingan yerdagi o’simliklar juda tez o’sadi, astronavt-
maymunlar ularni kesib ulgurishmaydi.
Marla mendan so’raydi:
- Nima qilmoqchisan o’zi?
Tuproq orasida tillaring narsa yaltiryadi, nima ekanligini ko’rish uchun
engashaman. Nima bo’lishini bilmayman, javob beraman Marlaga.
Ikkimizni ham tashlab ketishganga o’xshaydi.
Ko’z qirim bilan qo’lida sham ushlagan astronavt-maymunni ko’raman.
Yaltiragan narsa tilla tish ekan. Uning yonida yana ikkita kumush plombali tish
turibdi. Bu – odamning bosh suyagi.
Bilmayman, rostdan ham bilmayman, bundan keyin nima bo’lishini, deyman
men. Bosh suyagi ustiga tuproq tortib qo’yaman, Marla ko’rib qolmasligi uchun.
80
18
Juma kuni kechasi ishxonamdagi stol ustida uxlab qolibman.
Uyg’onganimda hamma allaqachon ketib bo’lgandi, stolim ustidagi esa telefon
jiringlardi. Telefon tush ko’rayotganimda jiringladi, shuning uchunmi haliyam
anglolmayman, real hayot tushimga aralashib ketdimi yoki tushim reallikka
aylanib qoldimi.
Men qo’ng’roqqa javob berdim: Mas’uliyatni aniqlash bo’limi.
Men ishlaydigan bo’lim “Mas’uliyatni aniqlash” deb ataladi.
Quyosh botadi, osmonda esa Vayoming shtati va Yaponiyaning birgalikdagi
kattaligicha keladigan qora bulut suzib yuribdi. Mening xonamda deraza yo’q.
shunchaki ishxonamizning devorlari shishadan yasalgan. Bu binoda hamma
devorlar shishadan – poldan shiftgacha. Hamma xonada vertikal jalyuzilar
o’rnatilgan. Ishxonamiz shaffof plastik va dekorativ panellar yordamida yasalgan
labirintga o’xshaydi.
Qayerdadir changyutgichning ovozi eshitiladi.
Boshlig’im mehnat ta’tiliga chiqdi. U menga e-mail jo’natdiyu, yer yutganday
g’oyib bo’ldi. Ikki hafta ichida to’liq hisobot tayyorlashim kerak. Konferensiya
zalini band qilish. Balansni hisoblash. Qisqasi, shunaqa bosh og’riqlar. Meni
ishdan bo’shatishmoqchi ekanliklari aniq.
Men – Joning to’liq sukunatiman.
Mening yurish-turishim allaqachon hamma chegaralardan o’tib ketdi.
Go’shakni ko’taraman, Taylerning ovozi keladi:
- Ko’chaga chiq, avtoturargohda seni yigitlar kutishayapti.
Kim ular, deb so’rayman.
- Ular seni kutishayapti, - deydi Tayler.
Qo’limdan benzin hidi keladi.
Tayler davom etadi:
- Tuyoqni shiqillatish vaqti keldi. Ularda mashina bor. “Kadillak”.
Men hamon uxlayapman.
Tushunmayapman, Tayler tushimgami kirayaptimi, yoki bu o’ngimmi?
Yoki men Taylerning tushiga kirayapmanmi?
Qo’limdan benzin hidi anqiydi. Binoda boshqa hech kim yo’q. Pastga tushaman.
Jangovor klubga qatnaydigan yigitlardan biri avtmobillar bilan shug’ullanadi.
Mashina ichidan chiqqan avtomexanik, hammasi joyida ekani, mashina raqamini
aeroportda bir necha oydan beri turgan mashina raqami bilan almashtirib
qo’yganini ma’lum qildi.
U istalgan mashinani yurgiza olishini aytdi, “kadillak”ning rul chambaragi ostida
ikkita sim o’tgan. Ularni bir-biriga tekkizsangiz bo’lgani – shamol kabi uchasiz!
Shuningdek, mashina signalizatsiyasini o’chiruvchi kodni mashinalar sotiladigan
salonning ma’lumotlar omboridan topish mumkin.
81
Uch astronavt-maymun orqa o’rindiqda qop-qora formasiga o’ranib o’tirishibdi.
Hech nima eshitilmaydi. Hech nima ko’rinmaydi. Men ham hech kimga hech narsa
demayman.
Men so’rayman: Taylerning o’zi qayerda?
Avtomexanik mashinaning old eshigini xuddi shaxsiy haydovchilardek ochib
beradi. Mexanik – uzun bo’yli, yelka suyagi turtib chiqqan, xuddi ko’cha chetidagi
telegraf simyog’ochiga o’xshaydi.
Yana so’rayman: Taylerning oldiga ketayapmizmi?
Old o’rindiqlar orasida mening tug’ilgan kunim uchun pishirilgan tort ustida
shamlari bilan turibdi. Mashinaga o’tiraman. Jo’nab ketamiz.
Jangovor klubga qatnashni boshlaganingga bir hafta bo’lgan bo’lsa ham,
o’zingni mushtlashishdan to’xtata olmaysan. Balki, senda ichki qon ketishi sodir
bo’lib, tering qorayib ketgandir, ammo o’zingni ajoyib his qilasan. Mashinalar
senga bazo’r chap berishadi. Haydovchi o’rta barmog’ini ko’rsatadi. Sendan butkul
begona odamlar nafratlana boshlashadi. Jangovor klubdagi mushtlashuvdan so’ng,
shunchalik xotirjamsanki, hammasiga tupurib qo’ygansan. Xatto radioni ham
yoqmaysan. Balki, qovurg’ang sinib, har nafas olganingda ajralib-birlashib
turgandir. Orqangdagi mashinalar farasini yoqib signal berishadi. Apelsinga
o’xshab qolgan quyosh ufqqa botib ketadi.
Rulda avtomexanik. Men yo’lovchilar o’rindig’idaman. Oramizda shamlar
tiqilgan tort turibdi.
Bizning avtomexanikka o’xshash yigitlar bilan mushtlashish – shunchaki
daxshat. Suyagi baquvvat yigitlar hech qachon hushidan ketishmaydi. Ular
kotletga aylanmaguningcha mushtlashaverishadi. Bunday yigitlar hech qachon
“Yetar!” deyishmaydi. Ular quvvatga to’la bo’lishadi, shunchalik tez harakat
qilishadiki, aylanib o’tganini payqamay qolasan. Xuddi ularning mana shu jangda
o’lishdan boshqa tanlovi yo’qdek.
Bunday yigitlar doim bir-biri bilan mushtlashishadi.
Boshqa hech kim ular bilan jang qilishmaydi, ular ham boshqa hech kimni
jangga chorlay olishmaydi, chunki hech kim bunaqa skelet bilan mushtlashishni
istamaydi. Ular avvallari giyohvandlar klubining a’zosi bo’lishganlari aniq.
Bu yigitlar mushtlashishganda qolganlar jim kuzatishadi.
Yigitlarning hansirab olgan nafaslari, qovurg’aga tegayotgan zarbalarning
ovozidan boshqa ovoz eshitilmaydi. Ularning har bir mushagi va tomirlarining
harakati terilari ostidan ko’rinib turadi. Yeto’ladagi yagona lampa yorug’ida
ularning terga botgan tanasi yaltirab ko’rinadi.
O’n daqiqa, o’n besh daqiqa o’tadi. Ularning ter hidi qovurilgan jo’ja hidini
eslatadi.
Yigirma daqiqa o’tadi, va nihoyat, yigitlardan biri polga qulaydi.
Jangdan so’ng ikkala sobiq giyohvand ham bir chekkada jilmayib o’tirishadi.
Avtomexanik jangovor klubga qatnashni boshlagandan beri Qog’ozchilar
ko’chasidagi uyning atrofida aylanadi. Men u yozgan qo’shiqlarni eshitishimni,
parrandalar uchun yasagan katakni ko’rishimni xohlaydi. Bir safar u menga bir
qizning suratini ko’rsatib, unga uylansammikan, deb so’radi.
“Kadillak”ning ruliga o’tirib olgan bu yigit menga deydi:
82
- Qarang, qanday ajoyib tort. Buni men siz uchun pishirdim.
Tug’ilgan kunim bugun emas.
- Biroz moy oqqan ekan, - deydi avtomexanik, lekin men moy va havo
filtrini almashtirdim. Yana klapanlar va taqsimlovchi valni ham tekshirib
chiqdim. Bugun kechqurun yomg’ir yog’ishi kerak, shuning uchun oyna
tozalagichdagi rezinalarni ham almashtirib qo’ydim.
Tayler nimalarni rejalashtirayapti? – so’rayman men.
U javob beradi:
- Bu nima, sinovmi? Siz bizni tekshirib ko’rayapsizmi?
Tayler qayerda?
- Jangovor klubning birinchi qoidasi, - deydi mexanik, hech kimga
jangovor klub haqida aytilmasin. – “Vayron qilish rejasi”ning birinchi
qoidasi esa – savol bermaslik.
Nima deyish mumkin bo’lmasa?
- Tushuning: insonlar xudoning o’ziga o’xshatib yaratilgan.
Orqamda ishim, kompaniyamiz borgan sari kichiklashib bormoqda.
Qo’llarimdan benzin hidi keladi.
- Agar sen amerikalik va xristian diniga mansub bo’lsang, demak sening
otang xudoning ko’rinishida yaratilagn. Lekin sen otang kimligini
bilmasang, otang seni tashlab ketgan bo’lsa, sen xudoni qayerdan taniy
olishing mumkin?
Bu Tayler Dyordenning dogmalaridan biri. U bu jumlalarni qog’ozga yozib, men
nusxa ko’chirib olib kelishim uchun men uxlayotgnimda xonamda qoldirgan edi.
Men bularning hammasini o’qiganman. Xatto boshlig’im ham o’qigan bo’lsa
kerak.
- Bularning hammasi, - deydi mexanik, - sen butun umring davomida
otang va xudoni izlab o’tishingga olib keladi.
- Xudo seni yomon ko’rishingga ishonishingga to’g’ri keladi, davom etadi
u. balki, u sendan shunchaki nafratlanar. Bu hayotingda sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan eng yomon hodisa emas.
Taylerning fikricha, sen gunoh qilganing uchungina Tangri senga e’tibor
qaratgani ham umuman tupurib qo’yganidan yaxshiroq. Balki, xudoning nafrati
uning bee’tiborligidan yaxshiroqligi uchun shundaydir.
Agar senda ikki tanlov – Xudoning dushmani yoki shunchaki hech kim bo’lish
bo’lsa, - qay birini tanlar eding?
Taylerning fikricha, biz – xudo yaratilishimizni istamagan farzandlarmiz.
Biz uchun tarixdan joy ajratilmagan.
Agar bizga xudoning e’tibori qaratilishiga erisha olsak, abadiy do’zaxda
yonmasdan, barcha gunohlarimiz kechirilishiga erishishimiz mumkin.
Nima yomonroq: do’zax yoki hech nima?
Biz faqat bizni tutib jazolashsagina, xudo tomonidan qutqarilishga erishishimiz
mumkin.
- Luvrni yoq, - takrorlaydi mexanik, - “Mona Liza”ni yirt. Shunday
qilsang, hech bo’lmaganda xudo sening nomingni bilib oladi.
83
Qancha pastga qulasang, parvozing shuncha baland bo’ladi. Xudodan qancha
uzoqlashsang, u sening ortga qaytishingni shuncha ko’proq istaydi.
- Agar adashgan o’g’il hech qachon ota uyiga qaytmaganda edi, - davom
etadi mexanik, - qora buzoq tirik qolgan bo’lardi.
Sening hayoting osmondagi yulduzlardan biri bilan belgilab qo’yilgani, hali
yetarli emas.
Mexanik “kadillak”ni eski, o’rtasida to’sig’i yo’q magistralga buradi va tezlikni
ruxsat berilgan darajagacha tushiradi.
Mashina salonini ortda kelayotgan yuk mashinalarinig chiroqlari yoritadi, biz esa
suhbatimizni davom ettiramiz, old oynada yuzlarimizning aksi paydo bo’ladi.
Tezlikni oshirmasdan ketyapmiz. Qoidalarga rioya qilgan holda.
Qoida bu qoida, degan bo’lardi Tayler. Tezlikni oshirish bilan yong’in
uyushtirishning, yong’in uyushtirish bilan bomba qo’yishning, bomba qo’yish
bilan odam o’ldirishning farqi yo’q.
Jinoyatchi har doim jinoyatchi.
- O’tgan hafta jangovor klubning yana to’rtta bo’limini ochdik, - deydi
mexanik. – Balki, mos keladigan yerto’la topishimiz bilan keyingi
bo’limlardan biriga Katta Bobni boshliq qilib tayinlarmiz?
Keyingi hafta u Bob bilan birgalikda klub qoidalarini e’lon qiladi va Bobni klub
yetakchisi qilib tayinlaydi.
Bundan e’tiboran yetakchi klub yig’ilishini boshlagandan so’ng hamma
lampochka atrofida yig’iladi, yetakchi esa doira perimetri bo’ylab aylanib yuradi.
Yangi qoidalarni kim o’ylab topdi? Tayler Dyordenmi? – so’rayman men.
Mexanik kulib javob qiladi:
- Hamma biladi, qoidalarni kim o’ylab topishini.
Yangi qoidaning mohiyati jangovor klubning e’tibor markazida ikki jangchidan
boshqa hech kim bo’lishi kerak emasligidadir. Yetakchi qorong’ida, ular atrofida
aylanib yurib, qoidalarni e’lon qiladi. O’rta ochiq bo’ladi.
Bundan buyon barcha jangovor klublarda yig’ilishlar shu tartibda tashkil
qilinadi.
Klub yig’ilishlarini o’tkazish uchun bar yoki garaj topish unchalik qiyin emas.
Ilk klublardan biri joylashgan barda oylik ijara haqi bir yig’ilishning o’zida
to’plandi.
Yana bir yangi qoida – bundan buyon jangovor klublar bepul bo’ladi, klubga
kirish hech qancha turmaydi.
- Bizga siz keraksiz, pulingiz emas.
Mexanik ochiq oynadan baqiradi:
- Jangovor klubda ekansan, bankdagi hisob raqamingda qancha pul borligi
ahamiyatga ega emas. Qayerda ishlaysan – ahamiyatga ega emas. Oilang
bormi – ahamiyatga ega emas. Sen o’zi kimsan – ahamiyatga ega emas.
Mexanik ochiq oynadan baqiradi:
- Isming hech nimani anglatmaydi.
Orqa o’rindiqdagi astronavt-maymun uni qo’llab-quvvatlaydi:
- Muammolaring ham ahmiyatga ega emas.
Mexanik baqiradi:
84
- Muammolaring ahamiyatga ega emas.
Astronavt-maymun yordamlashib yuboradi:
- Yoshing ahamiyatga ega emas.
Mexanik baqiradi:
- Yoshing ahamiyatga ega emas.
Shu payt mexanik mashinani qarama-qarshi yo’nalishga buradi, qarshimizdan
kelayotgan mashinalar chiroqlarining pichoq zarbi kabi sovuq yorug’i mashinamiz
salonini yoritadi. Avvaliga bitta mashina, keyin boshqasi bizga tegay-tegay qilib
o’tadi, klakson ovozi quloqni qomatga keltiradi, ammo mexanik har safar
to’qnashuvdan qochishga muvaffaq bo’lmoqda.
Chiroqlar biz tomonga harakatlanadi, klaksonlar chalinadi, ammo mexanik
mashinani to’g’ri chiroqlar eng qalin tomonga yo’naltiradi.
- Sening niyatlaring ahamiyatga ega emas.
Bu safar qarshimizdan kelayotgan mashina chap berishiga to’g’ri keladi.
Yana bir mashina chiroqlarini yoqib-o’chirgancha yaqinlashmoqda, haydovchi
signal chaladi, mexanik esa baqiradi:
- Gunohlaring kechirilmaydi.
Bu safar mexanik chap berishni qarshimizdan kelayotgan mashinaga qo’yib
bergancha gazni bosaverdi.
Yana bir mashina, mexanik bu safar ham baqiradi:
- Ertami-kech bari-bir o’lasan.
Bu safar qarshidan kelayotgan mashina chap berib burilgach, mexanik ham rulni
o’sha tomonga burdi. Mashina yana chap berishga urinadi, ammo mexanik yana
uning yo’lini to’sadi.
Bunday paytda ichingdagi bor narsa erib, yo’qolib ketadi. Bunday paytda hech
narsa ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Yulduzlarga qara – va sen nuqtaga yettib
borasan. Sening mulking ahamiyatga ega emas. Hech nima ahamiyatga ega emas.
Og’zingdan kelayotgan yomon hid ham ahamiyatga ega emas. Tashqari qorong’i
mashinalar signal chaladi. Senga qarab faralar yonib-o’chadi, balki endi ishga
borishga ham to’g’ri kelmas.
Endi sartaroshga ham borish kerak bo’lmay qoladi.
- Tezroq, - deydi mexanik.
Mashina o’zini chetga oladi, biz yana uning yo’lini to’samiz.
- O’limingdan avval nima qilishni istagan bo’lar eding? – so’raydi
mexanik.
Biz tomon mashina kelmoqda, mexanik esa oldinga qarayotgani ham yo’q, u
menga qarab gapirmoqda:
- To’qnashuvgacha o’n soniya.
- To’qqiz.
- Sakkiz.
- Yetti.
- Olti.
Ish, deyman men. Ishdan bo’shashni istayman.
Mashina yana chap berishga urinadi, bu safar mexanik uning yo’lini to’sishga
harakat qilmaydi.
85
Qarshimizda yangi chiroqlar paydo bo’ladi. Mexanik orqada o’tirgan uch
astronavt-maymunga o’giriladi:
- Hey, astronavt-maymunlar, ko’rdinglarmi bu o’yin qanday o’ynalishini?
Tez bir qarorga kel, yo’qsa, o’lasan.
O’ng tomonimizdan bizni bamperiga “mastligimda yaxshiroq haydayman” deb
yozilgan stiker yopishtirilgan mashina quvib o’tdi. Gazetada ajoyib tonglarning
birida birvarakayiga minglab mashinalarda shunday stikerlar paydo bo’lgani
yozilgan edi.
Gazetani o’qiyman va bu ishni yo “Bo’ysunmaslik”, yoki “Dezinformatsiya”
qo’miatsi qilganini tushunaman.
Yonimda o’tirgan mexanik buni tasdiqlaydi: ha, bu hammasi “Vayron qilish
rejasi”ning ishi.
Ortimizda o’tirgan uch astronavt-maymunchalar sukut saqlashmoqda.
“Bo’ysunmaslik qo’mitasi” samolyot o’rindiqlari orqasiga qo’yib chiqish uchun
reaktiv layner soatiga ming mil tezik bilan qulayotgan paytda, kislorod niqobini
taqayotgan yo’lovchilar tasvirlangan kartochkalar bosib chiqarishadi.
Bo’ysunmaslik va dezinformatsiya qo’mitalari bankomatlardan o’n va yigirma
dollarlik kupyuralarni chiqarib tashlaydigan virus ishlab chiqish bo’yicha
musobaqalashishmoqda.
Mashinadagi sigaret qizdirgich yetarlicha qizidi, mexanik mendan shamlarni
yoqishni so’radi.
Men shamlarni yoqaman va tort ustida kichkina, olovli nimb hosil bo’ladi.
- O’limingdan avval nima qilishni istagan bo’larding? – so’raydi kadillakni
yuk mashinasi tomonga burgan mexanik.
Yuk mashinasi haydovchisi signal ketidan signal beradi, faralar esa biz tomonga
mexanikning yuzidagi tabassumni yoritgancha yaqinlashmoqda.
- Tilagingni ayt, iloji bo’lsa, tezroq, - deydi u, orqani ko’rsatadigan
oynadan uch astronavt-maymunchalarga nigoh tashlagancha, - o’limdan
bizni besh soniya ajratib turibdi.
- Bir, - deydi u.
- Ikki.
Yuk mashinasi biz tomonga xuddi yonar ko’zli dev singari yaqinlashib
kelmoqda.
- Uch.
- Otda yurishni o’rganish, - orqa o’rindiqdan ovoz keladi.
- Uy qurish, - deydi boshqa ovoz.
- Tatu chizdirish.
Biz kechikdik. Mexanik mashinani chetga olishga urinadi, yuk mashinasi
haydovchisi ham shunday qiladi, ammo kadillakning orqa stabilizatori yuk
mashinasining bamperiga ilashib qoldi.
Nima yuz berganini darhol anglay olmadim, albatta. Men uzoqlashib borayotgan
yuk mashinasining chiroqlarini ko’raman, eshikka urilaman, keyin tort, keyin
mexanik uriladi.
Mexanik mashinani tog’irlash ilinjida rulga yopishadi, tort utidagi shamlar
o’chadi. Qandaydir lahzalarda mashinaning qora teri bilan qoplangan saloniga
86
butkul zulmat cho’kadi. Biz esa bir xil notada baqiramiz, ovozimizni yuk
mashinasining signali bosib ketadi. Hech qayerga qocha olmaymiz, hech narsa qila
olmaymiz, tanlash imkoniyatidan mahrummiz, biz – murdamiz.
Men aynan hozir o’lishni istayman. Tayler bilan solishtirganda men kimman?
Men ilojsizman.
Men ahmoqman. Men har doim nimanidir xohlayman, har doim nimadir qilishga
urinaman.
Men hammasini bir pilga qimmat hayotim uchun, bir pulga qimmat ishim uchun,
shved mebeli uchun qilaman. Men bu haqida hech kimga gapirmagan edim, ammo
Tayler bilan uchrashishimdan oldin, it sotib olib, unga “Anturaj” deb laqab
qo’yishni orzu qilardim.
Mana hayot seni qanchalikka olib borishi mumkin.
O’ldir meni.
Men rulga yopishib mashinani yana izdan chiqarishga urinaman.
Ketdik.
Qalbingiz qutqarilishiga tayyorlaning.
Ketdik.
Mexanik rulni tortib olib, bizni to’g’ri yo’lga qaytaradi, men esa yana teskari
yo’nalishga qaytishimizni xohlayman.
Ketdik. O’lim hissi – shunchaki mo’jiza, sen bir lahza avval yurganding,
gapirayotganding, endi esa – jonsiz narsasan.
Boshim bilan rulga urilganman. Bu juda og’riqli. Boshim mexanikning oyog’iga
uriladi. Yuqoriga qarayman, mexanikning jilmayib turgan yuzi va old oynadan
yulduzli osmonni ko’raman.
Yuzim va qo’llarim qandaydir yopishqoq narsaga belangan.
Qon?
Yoki kremmi?
Mexanik menga qaraydi va deydi:
- Tug’ilgan kuning bilan!
Tutun hidi keladi va tort esimga tushadi.
- Sen boshing bilan rulni sindirib qo’yishingga sal qoldi, - deydi mexanik.
Bori shu: tun havosi, tutun hidi, yulduzlar, kulib turgan mexanik. Boshim hamon
uning oyyog’ida turibdi, shunda nimagadir boshimni u yerdan ko’tarishni istamay
qolaman.
Tort qayerga yo’qoldi?
Mexanik javob beradi.
- Polda.
Tun havosi, tutun hidi esa borgan sari kuchaymoqda.
Mening tilagim amalga osharmikan?
- Bu tortning shamlari, ularni o’chirishning deyarli iloji yo’q.
Va nihoyat, tutun hidi qayerdan kelayotganini anglashga muvaffaq bo’laman,
shamlar poldagi rezina gilamchani kuydirayotgan ekan.
87
19
Avtomexanik gazni bosadi, biz yana magistralda ketayapmiz, chunki bu kecha
qiladigan boshqa ishimiz bor.
Sivilizatsiya yo’q bo’lishidan avval yulduzlarga qarab yo’nalish olishni
o’rganishim kerak. Yon-atrof shu qadar sokin va qorong’iki, kadillagimiz kosmos
bo’shlig’ida ketayotganga o’xshaydi. Biz shosseni tark etganimizga ancha bo’ldi.
Orqada o’tirgan uch yigit yo uxlayapti, yo tutqanoqlari tutib qolgan.
- Hayotimiz qil ustida edi, - deydi avtomexanik.
U men tomon qo’lini cho’zib, rulga urilganimda hosil bo’lgan peshonamdagi
chandiqni ushlab ko’radi. Peshonam shunday yorildiki, og’riqdan qaltirayapman.
Mexanik sovuq qo’lini chandig’im ustida yurgizadi. Aravamiz yo’ldagi
chuqurlikka tushib silkinadi, og’riqdan aftim burishadi. Joyidan osilib qolgan orqa
bamperning asfaltda sirg’anishi tungi sukunatni buzadi.
Mexanikning aytishicha, orqa bamper qil ustida turganmish, to’qnashuv paytida
u yuk mashinasining old bamperiga ilinib qoldi hamda kronshteyndan ajralib ketdi.
Men hozir yuz bergan voqealar “Vayron qilish rejasi”ning uy vazifasi doirasida
edimi, deb so’rayman.
- Ma’lum bir ma’noda – ha, - javob qiladi mexanik, - men to’rt kishini
qurbon keltirib, yog’ to’plashim kerak edi.
Yog’?
- Sovun uchun.
Tayler nimani rejalashtirayapti?
Mexanik Tayler Dyordenning so’zlari bilan gapira boshlaydi.
- Men qarshimda yer yuzidagi eng kuchli va eng aqlli odamlarni ko’rib
turibman, - deydi mexanik, uning so’zlari tungi osmon fonida yanada
salobatli eshitiladi. Ular benzokolonkalarda ishlashadi, restoranlarda
ovqat tashishadi.
- Pistolet shunchaki o’qni kerakli joyga tog’irlab yuboradi, xolos.
- Barcha yigitlar va qizlar o’z hayotini nimagadir bag’ishlashni istashadi.
Reklamalar ularni umuman keraksiz latta-putta va mashinalarni sotib
olishga majbur qiladi.
- Bizning avlod chekiga na jahon urishi, na buyuk depressiya tushdi,
shuning uchun biz o’zimiz urush ochishimiz kerak, bu shunchaki urush
emas, balki ma’naviy urush bo’ladi. Biz madaniyatga qarshi qaratilgan
revolyutsiyani boshlaymiz. Bizning buyuk depressiyamiz – bizning
mavjudligimizdir. Bu ma’naviy depressiya.
- Biz odamlarni qulga aylantirib ozodlik nima ekanligini, ularni qo’rqitib
jasurlik nima ekanligini o’rgatishimiz kerak.
- Napaleon odamlarni orden lentasi tufayli o’zlarini qurbon qilishga
majburlay olgani bilan maqtangan.
- Tasavvur qiling, butun dunyo ish tashlash e’lon qiladi va butun boylik
adolatli tarzda taqsimlanmaguncha ishlashdan bosh tortishadi.
88
- Tasavvur qiling, siz Rokfeller markazi xarobalari atrofidagi chngalzorda
los ovlayapsiz.
- Ishing haqingda aytganlaring rostmi? – so’raydi mexanik.
Ha, rost.
- Aynan shuning uchun ham biz hozir ketayotgan joyimizga ketayapmiz.
Biz ovga chiqqanmiz, yog’ oviga.
Biz kasalxona chiqindilari yig’iladigan omborga ketayapmiz.
Biz krematoriyga qarashli kasalxona chiqindilari yig’iladigan omborga
ketayapmiz. U yerga ishlatilgan bintlar, shpritslar, tomchlatgich trubkalari va
shunga o’xshash qo’rqinchli, chinakamiga qo’rqinchli narsalar orasida keraksiz
qon namunalari va amputatsiya qilingan tana a’zolarini olib kelishadi, qisqasi, u
yerda axlat tashish mashinasi haydovchisi bir kechada topadigan puldan ko’proq
pul topamiz.
- Amerika boylaridan liposuksiya jarayonida olib tashlanga yog’ –
dunyodagi eng qalin va sifatli yog’ hisoblanadi, - deydi mexanik.
Biz xaltalarni yog’ga to’ldirib, Qog’ozchilar ko’chasidagi uyga qaytamiz va unga
ishqor hamda rozmarin ekstraktini qo’shamiz, tayyor sovunni esa o’sha yog’larini
oldirish uchun pul to’lagan odamlarning o’zlariga pullaymiz. Bizning
sovunimizning bir bo’lagi yigirma dollar turadi. Bunaqa narxni faqat
boylarninggina cho’ntagi ko’tara oladi.
- Bugun biz Robin Gudga aylanamiz, - deydi mexanik.
- Bundan tashqari, deydi mexanik, - bizga gepatit virusi mavjud
materiallarni izlash ham buyurilgan.
89
20
U endi chinakamiga yig’lamoqda; ko’zyoshlar pistolet stvoli bo’ylab oqib,
tepkiga tushdi, endi ko’rsatkich barmog’im yonayotganini his qilyapman.
Raymond Hessel ko’zlarini yumadi, men esa stvolni uning iyagiga qattiqroq
tirayman, u men yonidaligimni, istalgan paytda jonini olishim mumkinligini his
qilishi kerak.
Pistolet arzon turmaydi, o’zimga savol beraman: tuz uni ishdan chiqarmasmikan?
Hammasi shu qadar silliq ko’chdiki, o’zim ham hayron qoldim. Men hammasini
mexanik so’raganidek bajardim. Mana pistolet nima uchun kerak edi. Bu mening
uy vazifam.
Tayler har birimizdan o’n ikki kishini qurbonlikka keltirganimizni isbotlovchi
o’n ikkita haydovchilik guvohnomasi keltirishimizni buyurdi.
Men Raymond Hessel do’kondagi tungi sotuvchilik navbatini tugatib
avtoturargohga kelgunicha burchakda mashinaning ichida kutib turdim. U
navbatchi avtobusni kutib turgan paytda, uning oldiga keldim va “Salom!” dedim.
Raymond menga hech qanday javob qilmadi. Eh, Raymond Hessel, Raymond
Hessel! U hoynahoy menga uning choychaqasi kerak deb o’ylagan, qayoqdagi o’n
to’rt dollar. Eh, Raymond, sen o’zingning yigirma uch yillik hayoting davomida
baribir hech narsani o’rganmabsan! Sen iyagingga pistolet tirab, ko’zyoshlaring
uni xo’l qila boshlagandagina gap pulda emasligini anglab yetding. Hamma narsa
pul bilan o’lchanavermaydi, Raymond.
Sen hech bo’lmasa men bilan salomlashmading ham, men esa senga salom
bergandim.
Hamyoningdagi pulning hech qanday ahamiyati yo’q.
Men “Ajoyib kecha, havo sovuq, ammo yomg’ir yo’q”, dedim.
Sen esa xatto salomlashmading ham.
Men “qochish haqida o’ylama, bo’lmasa otib tashlayman” dedim. Qo’lqop
taqqan qo’limda pistolet bor edi, chunki mabodo mening qurolim jinoyatni ochish
uchun ashyoviy dalilga aylanadigan bo’lsa, politsiya undan yigirma uch yoshli,
hech qanday o’ziga xoslikka ega bo’lmagan, oq tanli yigitning qurib qolgan
ko’zyoshidan boshqa hech narsa topa olmaydi.
Shundagina menga e’tibor qaratding. Ko’zlaring shunday olayib ketdiki, xatto
ko’cha chiroqlarining xira yorug’ida ham ularning antifriz kabi yashil ekanini
ko’rish qiyin emasdi.
Sen teringga pistolet tegishi bilan o’zingni orqaga ola boshlading, xuddi qurol
sovuqdek, yoki juda issiqdek. Men qimirlama degunimcha shunday bo’ldi, ammo
shunda ham stvoldan o’zingni olib qochishga harakat qilding.
Sen mening gapimga bo’ysunib, hamyoningni berding.
Sening isming Raymond Hessel, haydovchilik guvohnomangda shunday
yozilgan ekan… Sen 1320 YV Benning, kvartira A manzilida yashagansan.
Bunday raqamni yerto’lada joylashgan kvartiralarga berishadi. Ham raqam, ham
harfdan iborat bo’ladi.
Raymond K. Hessel, men senga gapirayapman.
90
Sen boshingni quroldan olib qochishga urinib, “ha” deysan.
Men hamyoningdan bir nechta suratlar topdim. Ular orasida ota-onangnikini ham
bor.
Senga oson bo’lmadi, bir vaqtning o’zida ham suratga, ham pistoletga
qarashingga to’g’ri keldi, keyin ko’zingni yumib, yig’lashni boshlading.
Seni buyuk, ajoyib o’lim mo’jizasi kutib turibdi. Bir lahzagina avval sen
yurganding va gapirayotganding, endi esa jonsiz buyumsan, ota-onang esa
shaxsingni aniqlashlari uchun oilaviy stomatologlaringga murojaat qilishlariga
to’g’ri keladi, chunki yuzingdan nimanidir qolishi dargumon. Ota-onangning esa
sendan umidlari katta edi, ular qiynalib oyoqqa turg’azishgandi seni, mana ular
nimaga umid qilishgan ekan.
O’n to’rt dollar.
Bu onangmi? – so’rayman men.
Ha. Sen yig’laysan, yig’idan to’xtaysan. Ko’zyoshlaringni ichingga yutasan.
Kutubxona chiptasi. Videoklubning a’zolik bileti. Sug’urta kartochkasi.
Haydovchilik guvohnomasi. Muddati to’xtatib qo’yilgan talabalik bileti.
Demak, o’qigan ekansanda?
Shu payt sen shunchalik qattiq xo’rsindingki, men stvolni qattiqroq tirab
yubordim, sen to’xta yoki otaman demagunimcha orqaga emaklading. Xo’sh,
nimani o’rgangansan?
Qayerda?
Kollejda? Senda talabalik bileti bor ekan.
O, demak eslay olmaysan. Hiqillash. Xo’rsinish. Hiqillash. Biologiyani.
Eshit, sen hozir o’lasan, Raymond K. Hessel. Bugun tunda o’lasan. Bir
soniyadan so’ng, yoki bir soat – bu senga bog’liq. Shunday ekan alda meni.
Xayolingga birinchi nima kelsa, shuni gapir. Nimadir o’ylab top. Axir men
tupurganman nima deyishingga. Axir menda pistolet bor.
Nihoyat, sen meni eshitishni boshlading va xayolingda to’qib qo’ygan
tragediyadan qutulib qolding.
Anketani to’ldir. Kim bo’lishni istaysan, Raymond Hessel?
Meni qo’yib yubor, deding sen, uyga ketishni xohlayman.
Bunaqasi ketmaydi, dedim men. Bu voqealardan keyin qanday yashashni
istaysan? Nimadir qilishni eplay olasanmi, o’zi?
Alda.
Sen bilmaysan.
Unda hoziroq o’lasan, dedim men. Boshingni o’gir.
O’lim yaqinlashmoqda: o’n, to’qqiz, sakkiz.
Veterinar, deding sen. Sen veterinar bo’lishni istaysan.
A, demak hayvonlarni davolaysan. Buning uchun ko’p o’qish kerak.
Juda ham ko’p, deding sen.
Yoki kolejga borib oxirigacha o’qi, yoki hozirning o’zida o’lishga tayyorgarlik
ko’r. Tanlov o’z ixtiyoringda. Men hamyoningni orqa cho’ntagingga solib
qo’ydim. Demak, sen chindan ham hayvonlar shifokori bo’lishni istaysanmi,
Dulitl? Xo’sh, sen butun umr kim bo’lishni istagansan, Raymond K. Hessel,
veterinarmi?
91
Ha.
Laqillatmayapsanmi?
Yo’q, yo’q.
Yaxshi, dedim va pistoletning ko’zyoshlaringdan xo’l bo’lgan stvolini
iyagingdan burning tomon harakatlantirdim.
Unaqada, kollejga qayt. Ertaga tongda tirik uyg’onib, u yerga qanday qilib
qaytishni o’ylaysan.
Va nihoyat pistoletni uning peshonasiga tiradim. Sen har qanday daqiqada
o’lishing mumkin, dedim men.
Menda haydovchilik guvohnomang bor.
Men kimligingni bilaman. Qayerda yashashingni bilaman. Men nima
qilayotganingni tekshirib turaman, mister Raymond K. Hessel. Uch oydan keyin,
so’ng yarim yildan keyin – bir yildan keyin veterinarlikni o’rganib olmasang, seni
o’ldiraman.
Hech narsa demading.
Bu yerdan yo’qol, hayotingni iziga tushir, ammo eslab qol – men seni kuzatib
yuraman, Raymond Hessel, agar qanaqadir iflos ishda bir bo’lak pishloq va
televizor ko’rish uchun ishlayotganingni bilib qolsam, o’ldiraman.
Endi men ketaman, sen shu yerda tur, orqangga o’girilma.
Mana mendan nima qilishimni talab qilding Tayler.
Taylerning so’zlari mening og’zimdan chiqmoqda.
Men – Taylerning og’ziman.
Men – uning qo’llariman.
“Vayron qilish rejasi”ning a’zolari – Taylerning tana a’zolari. Teskarisi ham
to’g’ri.
Raymond K. Hessel, ertaga ertalab uyg’onasan va umringdagi eng mazali
nonushtani yeysan hamda hayotingdagi eng esda qolarli kunni yashaysan.
92
21
Skay Harbor xalqaro aeroportida uyg’onasan.
Soatni vaqt mintaqasiga to’g’irlab olishing kerak.
Avtobus meni Feniks markaziga eltib qo’ydi. Kirgan har bir barimda qoshi
tepasida choki bor yigitlarni ko’raman. Burunlari yonga qiyshayib qolgan, ammo
iyagimdagi teshikni ko’rishlari bilan meni o’zlariniki deb qabul qila boshlashadi.
Taylerning uyga qaytmaganiga ancha bo’ldi. Men hamon o’z ishim bilan
mashg’ulman – u shahardan, bu shaharga, u aeroportdan, bu aeroportga navbatdagi
narigi dunyoga jo’nagan mashinani ko’rish uchun bo’zchining mokisidek
qatnayman.
Hamma yerda odamlardan Taylerni ko’rmadinglarmi, deb so’rayman.
Men o’n ikki kishining haydovchilik guvohnamasini mabodo Tayler bilan
uchrashib qolsam, ko’rsataman deb, har ehtimolga qarshi o’zim bilan
olvolganman.
Har bir barda, jin urgur har bir barda yuzining abjag’i chiqqan yigitlarga duch
kelaman. Hamma barda kimdir meni bag’riga bosib, pivo olib berishni taklif qiladi.
Men o’zimni jangovor klub ochilgan barlarni avvaldan biladigandek his qila
boshlayman.
Men ulardan Tayler Dyorden ismli yigitni ko’rmadinglarmi deb, so’rayman.
Birinchi qoida: jangovor klub haqida hech kimga aytilmasin.
Ammo balki ular Taylerni ko’rishagndir.
Hech qachon bunday odam haqida eshitmaganman, ser, javob qiladi ular.
U Chikago bo’lsa kerak, ser.
Iyagimdagi teshik tufayli ular menga “ser” deb murojaat qilishayotgan bo’lishsa
kerak.
Ular menga ko’z qisib qo’yishadi.
O’Xara aeroportida uyg’onasan va avtobus meni Chikago markaziga eltib
qo’yadi.
Soatni oldinga surib qo’yish kerak.
Uyg’onganingda boshqa yerda bo’lib qolishing mumkin.
Uyg’onganingda boshqa vaqt maintaqasida bo’lib qolishing mumkin.
Nega boshqa odam bo’lib uyg’onishing mumkin emas?
Qaysi barga kirishingdan qat’iy nazar, u yerda seni pivo bilan mehmon qilishni
istaydigan yigitlar topiladi.
Yo’q, ser, biz bu Tayler Dyorden deganlarini ko’rmadik, javob qiladi ular.
Ular ham ko’zlarini qisib qo’yishadi.
Biz bunaqa ismni hech qachon eshitmaganmiz, ser.
Men jangovor klub haqida so’rayman. Shu yaqin o’rtada jangovor klub bormi?
Yo’q, ser.
Ikkinchi qoida: hech qachon hech kimga jangovor klub haqida aytilmasin.
Yigitlar boshlarini chayqashadi.
Bunaqa odam haqida eshitmaganmiz, ser. Ammo jangovor klubni Sietldan
topishingiz mumkin.
93
Sen Meygz Fildda uyg’onasan va Qog’ozchilar ko’chasida nimalar
bo’layotganini bilish uchun Marlaga qo’ng’iroq qilaman. Marla hamma astronavt-
maymunlar sochlarini taqir qilib olishayotganini aytdi. Elektr ustara bunday ko’p
ishlaganidan qizib ketib, endi hamma yerdan kuygan soch hidi kelyapti ekan.
Keyin ular barmoq izlarini yo’qotish uchun barmoqlarining uchlarini ishqor bilan
kuydirishayotgan ekan.
Si Takeda uyg’onasan.
Soatni orqaga surish kerak.
Sietl markazidagi barda singan bo’yniga ortopedik moslama o’rnatilgan
barmenni uchratasan. Bu moslama tufayli u doim shiftga qarab turishga majbur.
Buning ustiga senga qarashi uchun baqlajondek shishib ketgan burni ham halaqit
beradi.
Bar bo’sh, barmen menga qarab gapiradi:
- Qaytib kelganinggiz bilan, ser.
Men bu barda avval bo’lmaganman, hech qachon.
Men undan Tayler Dyordenni taniysizmi, deb so’rayman.
U qiynalib kuladi, chunki iyagiga metal halqa o’rnatilgan.
- Bu tekshiruvmi?
Ha, tekshiruv, deyman men. Tayler Dyordenni taniysizmi?
- Axir siz o’tgan hafta barga kelgandingizku, mister Dyorden, - javob
beradi barmen. – Nahotki, unutgan bo’lsangiz?
Tayler bu yerda bo’lgan.
- Siz bu yerga kelgandingiz, ser.
Men bu yerda shu paytga qadar bo’lmaganman.
- Albatta, siz shunday desangiz nima ham derdim, ser, - javob qiladi
barmen, ammo payshanba kuni kechqurun siz mendan politsiya qachon
barni yopmoqchi ekanligini so’ragandingiz.
O’tgan payshanba tuni bilan ko’rayotganlarim tushim yoki o’ngim ekanini
anglay olmasdan, uyqusizlikdan qiynalib chiqqandim. Juma kuni o’zimni xuddi
kechasi bilan mijja qoqmagandek his qilib uyg’ongandim.
- Ha, ser, - deydi barmen. – Payshanba kuni kechasi hozir turgan
joyingizda turib, politsiyaning barga uyushtirgan reydi va bu yerda har
chorshanba kunlari yig’iladigan nechta yigitning klubga kelishdan voz
kechishiga to’g’ri kelganini so’ragandingiz.
Barmen yelkasini qisib, bo’m-bo’sh barga tikilgancha dedi:
- Bizni hech kim eshitmaydi, mister Dyorden. O’tgan safar yigirma yetti
kishi klubga kelishdan bosh tortgandi. Klub yig’ilishining ertasiga barga
biron kishi ham kelmaydi.
Qaysi barga kirishimdan qat’iy nazar, hamma menga “ser” deb murojaat qiladi.
Qaysi barga kirishimdan qat’iy nazar, yuz-ko’zi ko’kargan yigitlar menga
tikilishadi. Ular meni qayerdan tanishadi.
- Sizning tug’ma dog’ingiz bor, ser, - deydi barmen, - oyog’ingizda. To’q
qizil rangda, shakli Avstraliya va Yangi Zelandiyani eslatadi.
94
Bu haqida faqat Marla bilardi. Marla va otam. Xatto Tayler ham bilmaydi.
Plyajda uchrashib qolganimizda ham, o’sha oyog’imni narigisi bilan bekitib
o’tirgandim.
Hozir bo’lsa, yon-atrofimdagi hamma odam menda hech qachon bo’lmagan rak
haqida bilishadi.
- Buni “Vayron qilish rejasi”ning barcha a’zosi biladi, ser, - deydi barmen
va qo’limdan tortib, kaftining tashqi tomonini ko’rsatdi, unda o’pich
ko’rinishidagi chandiq bor edi.
Mening o’pichim?
Taylerning o’pichi.
- Hamma sizning tug’ma dog’ingiz haqida biladi, u haqida afsonalar
to’qilgan. Siz o’zingiz afsonaga aylanib ketgansiz, do’stim.
Men Sietldagi moteldan Marlaga qo’ng’iroq qilib, o’sha ishni qilganmizmi, deb
so’radim.
O’zing tushunib turibsan.
U yoqdan Marlaning ovozi keladi:
- Nima?
Tunni birga o’tkazganmizmi?
- Nima?
Birga yotganmizni biror marta bo’lsa ham?
- Xudoyim!
Xo’sh, bo’lganmi?
- Nima bo’lganmi?
O’sha ishni qilganmizmi?
- Men seni o’ldiraman!
Bu “ha” deganimi, yoki “yo’q”?
- Shunday bo’lishini bilardim, - deydi Marla. – Sen – haqiqiy ablahsan.
Gohida meni sevasan, gohida ko’rishni ham istamaysan. Bir qarasa,
hayotimni saqlab qolasan, bir qarasa, onamdan sovun tayyorlaysan.
Labimni tishlayman.
Marladan qanday tanishganmiz, deb so’rayman.
- Moyak rakiga chalinganlarni qo’llab-quvvatlash guruhida, - deydi Marla,
- o’shanda hayotimni saqlab qolganding.
Men hayotingni saqlab qoldimmi?
- Sen hayotimni saqlab qolding.
Uning hayotini Tayler saqlab qolgan.
- Sen hayotimni saqlab qolding.
Men barmog’imni iyagimdagi teshikka tiqaman, og’riq shunchalik kuchliki, har
qanday qattiq uyqudan uyg’otishga qodir.
- Sen “Regent”da hayotimni saqlab qolganding. Men o’zimni
o’ldirmoqchi bo’lgandim. Esingdami?
- O’sha tunda men sendan abort qildirishni istayman, degandim.
Salonning bosimi tushib ketadi.
Marladan ismim nima, deb so’rayman.
95
Tez orada kunimiz bitadi.
- Tayler Dyorden, - deydi Marla. Sening isming Tayler Dyorden, sassiq
latta. Sen hozir esini yegan o’quvchilaring sochini taqir qilib oldirib,
barmoq izlarini ishqor yordamida yo’qotayotgan Qog’ozchilar
ko’chasidagi 5123 CB raqamli uyda yashaysan.
Men oz bo’lsada uxlab olishim kerak.
- Agar tezroq qaytmasang, mana bu itvachchalaring mendan ham sovun
tayyorlab yuborishadi.
Taylerni topishim kerak.
Qo’lingdagi chnadiq, Marla, u qayerdan paydo bo’ldi?
- Bu seni ishing. Bu sening o’piching.
Taylerni topishim shart.
Oz bo’lsada, uxlab olishim kerak.
Uxlashim kerak.
Uni topishim va uxlab olishim kerak.
Men Marla bilan xayrllashib, unga xayrli tun tilayman, to trubkani dastakka
ilgunimcha uning qichqirig’i asta-sekin sokinlashib boradi.
96
22
Uyqusizlikdan qiynalsang, tuni bilan o’ylab chiqasan.
Uxlayapmanmi yoki yo’q? Uxladimmi o’zi? Uyqusizlik shunaqa.
Tinchlanishga, bir tekis nafas olishga urinasan, ammo yuraging tez uradi,
miyangda turli-tuman o’ylar charx uradi.
Hech narsa yordam bermaydi, xatto meditatsiya ham.
Sen Irlandiyadasan.
Qo’ylarni sanashning ham foydasi yo’q.
Oxirgi marta uxlaganingdan keying kunlar, daqiqalar, soniyalarning hisobini
yo’qotasan. Vrach yuzingga qarab turib, kuldi. Hali hech kim kam uyqulikdan
o’lmagan. Sen qari, sasigan teridek ko’rinasan, o’lik ham sening oldingda chiroyli
bo’lib qoladi.
Sen Sietldagi moteldasan. Soat tungi uch. Bu paytda qo’llab-quvvatlash guruhini
topishning iloji yo’q. Bu paytda kichkina moviy amital kapsulalarini yoki yorqin
qizil rangli sekonal tabletkalarini topib bo’lmaydi. Bu vaqtda xattoki, jangovor
klubni ham topib bo’lmaydi.
Men Taylerni topishim kerak.
Ozgina bo’lsa ham, uxlab olishim shart.
Uyg’onib ketasan va divaning yonida o’tirgan Taylerni ko’rasan.
Uxlab qolganingda Tayler krovating yoniga kelib, seni silkitgancha, “Uyg’on,
uyg’on! Biz Sietldagi politsiya bilan yuzaga kelgan muammoni hal qildik.
Uyg’on!”, - degandi.
Mahalliy politsiya komissari ular “yashirin boks klubining noqonuniy yig’ilishi”
deb ta’riflagan klubni yopishni talab qilgan edi.
- Ammo xavotir olishing shart emas, - deydi Tayler. – Biz bu janobdan
muammosiz qutulamiz. Biz allaqchon uning nozik joyidan tutganmiz.
Men Taylerdan nega orqamdan ta’qib qilganini so’radim.
- Qiziq, - dedi Tayler, - lekin men ham sendan aynan shuni so’ramoqchi
edim. Sen men haqimda begonalar bilan gaplashding, ablah. Sen
va’dangni buzding.
Tayler men uni to’xtatib qolishga muvaffaq bo’layotganimdan hayratlanganini
aytdi.
- Har safar uxlaganingda, - dedi Tayler, - men uydan chiqaman va
qanaqadir jinnilik qilaman.
Tayler krovatim oldida tiz cho’kib, shivirlaydi:
- O’tgan payshanba sen uxlayotgan paytda, men bu yerdagi jangovor
klubning ishlari qanday ketayotgani haqida bilish uchun Sietlga uchib
keldim. Ularning klubiga necha kishi a’zo bo’lishni istayotganini
bilmoqch edim. Yangi yetakchilar topmoqchi edim. Sietlda ham “Vayron
qilish rejasi”ning bo’limi bor.
Tayler barmog’ini peshonamdagi chandiq bo’ylab yurgizadi.
97
- “Vayron qilish rejasi”ning Los-Anjelesda, Detroytda, Vashingtonda va
Nyu-Yorkda ham filiallari mavjud, Chikagoda esa nimalar qilib
tashlaganimizni tasavvur ham qila olmaysan.
Tayler deydi;
- Sen kelishuvimizni buzganingga aqlim bovar qilmayapti. Axir bizning
birinchi qoidamiz: hech kimga jangovor klub haqida aytilmasin emasmi?
U o’tgan hafta payshanba kuni Sietlga kelganida bo’yniga korset o’rnatilgan
barmen unga politsiya jangovor klubni tarqatib yubormoqchiligini aytgandi. Bu
shaxsan politsiya komissarining talabi edi.
- Gap shundaki, - dedi Tayler, - jangovor klubga qatnaydiganlar orasida
politsiyachilar ham bor. Shuningdek, gazeta reportyorlari, yurist
yordamchilari, yuristlarning o’zlri ham klubga a’zo bo’lishgan, shunday
ekan, ular bizga hammasini avvaldan ma’lum qilib borishadi.
Demak, klubni yopishmoqchi ekanda?
- Kamida, Sietlda, - deydi Tayler.
Men Taylerdan qanday choralar ko’rganini so’rayman.
- Biz “Hujum” qo’mitasini to’pladik. Biz, ya’ni men va sen yakka holda
mavjud emasmiz. Umid qilamanki, sen buni anglab bo’lgandirsan.
Biz bir tanadan navbat-navbati bilan foydalanamiz.
- Biz hammaga maxsus uy vazifasi berdik, - deydi Tayler, - “Bizga janobi
oliylari shahar politsiyasi komissarining tuxumlarini keltiring”.
Bularning barchasi tushim emas.
- Ha, - tasdiqlaydi Tayler, - bu tush emas.
Biz tarkibida beshta politsiyachi bo’lgan o’n to’rt kishilik astronavt-
maymunlardan iborat jamoa tuzib, kechasi ularni komissar itini sayr qildiradigan
parkka jo’natdik.
- Xavotirlanma, it soppa-sog’.
Hujum rejalashtirganimizdan uch daqiqa kamroq davom etdi. Biz operatsiyani
o’n ikki daqiqa qilib belgilagandik. Ammo to’qqiz daqiqa yetarli bo’ldi.
Besh maymuncha komissarni yerga bosdi.
Tayler bularning hammasini menga aytib beryapti, ammo nima uchundir
bularning hammasi menga shundoq ham ma’lum.
Uch maymuncha atorfni kuzatib turishdi.
Yana bittasi radioga ko’z-quloq bo’lib turdi.
Boshqa maymuncha janobi oliylarining ishtonini tushirdi.
Spaniel zotli it esa hurgandan-hurdi.
Vov, vov, vov.
Vov, vov, vov.
Maymunchalardan biri rezina lenta bilan janobi oliylarining asosiy tana a’zosini
uch marta aylantirib, o’radi.
- Boshqasi qo’lida pichoq bilan uning oyoqlari orasida turib oldi, -
qulog’imga shivirlaydi Tayler, - men esa janobi oliylarining janobi
quloqlariga agar jangovor klubni yopish fikridan qaytmasa, o’zining
janobi tuxumlaridan ayrilishini aytdim.
Tayler shivirlaydi:
98
- Bizga judayam yopishib olmadingizmi, janobi oliylari?
Agar olat rezina bilan siqib qo’yilsa, ishlamaydigan bo’lib qoladi.
- Agar saylovchilar sizda nimadir yettishmayotganini bilib qolishsa,
sizning siyosiy karyerangizga nima bo’lar ekana?
Rezina lenta birinchi navbatda uning tiliga ta’sir qilgan ko’rinadi.
Do’stim, uning tuxumlari muzdek sovuq ekan.
Agar jangovor klublardan birortasi yopulgudek bo’lsa, biz tuxumlaringizni
pochta orqali jo’natamiz: biri sharqqa, biri g’arbga. Biri – Nyu-York Taymsga.
Ikkinchisi – Los-Anjeles Taymsga. Bu bizning o’ziga xos press-relizimizbo’ladi.
Astronavt maymun uning og’zidan skotchni olib tashlaydi, komissar darhol
gapiradi: yo’q.
Tayler javob qiladi:
- Bizning jangovor klubdan boshqa yo’qotadigan narsamiz yo’q.
Komissarning esa yo’qotadigan narsasi bor.
Bizning bu dunyodagi o’rnimiz chiqindichalik ham emas.
Tayler pichoq ushlab turgan maymunchaga signal beradi.
- Tasavvur qil, umringning qolgan qismini oyoqlaring orasidagi bo’sh xalta
bilan o’tkazasan.
Komissar gapiradi: yo’q.
Keragi yo’q.
Bas qiling.
Iltimos.
O!
Xudoyim!
Yordam ber menga!
Yo’q.
Xudoyim!
Bas qiling!
Ah!
Astronavt-maymun pichoqni bir silkib, rezina lentani kesib tashlaydi.
Bu olti daqiqa vaqt oldi.
- Buni yaxshilab eslab qol, - deydi Tayler. – Sen halaqit bermoqchi bergan
odamlarga butun hayoting bog’liq. Biz choyshablaringizni tozalaymiz,
ovqat tayyorlab stolingizga olib kelib beramiz. To’shagingizni taxlaymiz.
Uxlayotganingizda sizni qo’riqlaymiz. Tez yordam mashinasini
haydaymiz. Telefon stansiyasiga bo’lgan qo’ng’iroqlarga javob beramiz.
Biz – oshpaz va taksi haydovchilarimiz – biz siz haqingizda hamma
narsani bilamiz. Biz sizning sug’urta polisingiz va hisob raqamingizni
qayta ishlaymiz. Biz xudoning yaratilishimizni istamagan farzandlarimiz,
televizorda bizni siz ham bir kun kelib millioner bo’lishingiz mumkin
deb, qulog’imizga lag’mon osishadi.
- Biz buni anglashni boshladik, - deydi Tayler, - shuning uchun yaxshisi
bizga tegmang.
Aloqachi radioni o’chirishiga to’g’ri keldi, chunki komissarning yig’isi tufayli
baribir hech nima eshitilmayapti.
99
Astronavt-maymun komissarni kiyintirib, uni va kuchugini uyiga tashlab qo’ydi.
Bundan buyog’iga nima bo’lishi faqat uning tilini qanchalik tiya olishiga bog’liq.
Biz esa klubga hech qanday hujum bo’lmasligiga butkul ishonchimiz komil.
Janobi oliylari uyiga ishtonini xo’l qilgan, ammo hech qayeriga zarar yetmasdan
yettib bordi.
- Har bir uy vazifasidan keyin, - deydi Tayler, - jangovor klubdan boshqa
yo’qotadigan narsasi yo’q yanada ko’proq yigitlar “Vayron qilish
rejasi”ga jalb qilinmoqda.
Tayler krovatim oldida tiz cho’kib, gapiradi:
- Ko’zingni yumib, qo’llaringni ber.
Ko’zlarimni yumaman, Tayler qo’limni ushlaydi. U o’pichdan hosil bo’lgan
chandig’mni silaydi.
- Agar ortimdan birovga men haqimda gapiradigan bo’lsang, meni boshqa
ko’rmaysan deb ogohlantirgandim seni, - deydi Tayler. – Biz boshqa-
boshqa odamlar emasmiz. Gapning po’stkallasini aytganda, sen tetik
paytingda o’zingni xohlagnadek atashing, istagan ishingni qilishing
mumkin, uxlaganingda esa mening navbatim keladi va Tayler Dyordenga
aylanasan.
Ammo biz bir-birimiz bilan mushtlashgandikku, deyman men. Biz jangovor
klubni o’ylab topgan kechada.
- Sen men bilan mushtlashmaganding, - deydi Tayler. – Senga shunday
tuyulgan. Sen o’zing nafratlangan hamma narsa bilan urishganding.
Ammo seni ko’rib turibmanku.
- Tushingda.
Axir uyni sen ijaraga olgansanku. Ishlaysan. Buning ustiga ikki joyda.
- Bankdan chekning nusxalarini so’ra. Men uyni sening nomingga ijaraga
oldim. Chekda o’z imzoingni ko’rasan.
Tayler mening pullarimni sarflagan. Mana nima uchun mening kreditim miqdori
doim oshib turgan.
- Ish to’g’risida gapiradigan bo’lsak, o’ylab ko’rchi, nega sen doimiy
charchoqdan azoblanasan? Bu umuman uyqusizlik emas! Uxlab qolishing
bilan sen menga aylanasan va ishga, angovor klubga yoki yana boshqa
biror joyga borasan. Ilon o’rgatuvchi bo’lib ishga kirmaganimga shukur
qil.
Marlachi? – so’rayman men.
- Marla seni sevadi.
Marla seni sevadi.
- Marla ikkimiz o’rtamizdagi farqni ajrata olmaydi. Sen unga tanishgan
kunlaring haqiqiy ismingni aytmaganding. Sen hech qachon guruhlarga
o’z isming bilan a’zo bo’lmagansan. Uni qutqarib qolgan kunimdan beri,
u sening isming Tayler Dyorden deb o’ylaydi.
Men endi hammasini bilaman, shunday ekan endi g’oyib bo’lasanmi?
- Yo’q, - deydi Tayler, qo’llarimni qo’yib yubormasdan. – agar sen
xohlamaganingda edi, men umuman paydo bo’lmasdim. Men sen
uxlaganinda o’z hayotimni yashashda davom etaman, ammo sen menga
100
halaqit berishga urinsang, masalan, o’zingni krovatga bog’lab qo’ysang
yoki ko’p uyqu dori ichib qo’ysang, sening dushmaningga aylanaman.
Unda o’zingdan ko’rasan.
Bo’lmagan gap! Bu shuinchaki tush. Tayler – shunchaki, xayollarim mahsuli. U
– dissotsiativ psixozdan boshqa narsa emas. Tayler Dyorden – shunchaki
gallisyunatsiya.
- Qo’ysangchi! – deydi Tayler. – Balki aslida sen mening shizofrenik
gallisyunatsiyamdirsan.
Men birinchi paydo bo’lganman.
- Albatta, albatta, - deydi Tayler, - ammo, ko’ramiz, kim oxirgi bo’larkin!
Bu hammasi haqiqiy emas, bu hammasi tush va hoziroq o’zimni qo’lga olib,
uyg’onaman.
- Qani unda o’zingni qo’lga ol va uyg’on!
Shu payt telefon jiringlab, Tayler g’oyib bo’ldi.
Parda orasidan quyosh ko’rindi.
Men telefon qilib soat yettida uyg’otishlarini so’ragandim. Go’shakni olaman,
narigi tomonda esa – jimjitlik.
101
23
Tezlashtirilgan parvoz. Men Marlaning oldiga “Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun
zavodi”ga uchayapman.
Hamma narsa aralashib ketdi.
Uydagi muzlatkichga mo’ralab qarashga ham qo’rqaman. Men u yerda o’nlab
plastik idishlarda saqlanayotgan yog’larni tasavvur qilman. Ularning ustiga,
masalan, “Las-Vegas” yoki “Miluoki” deb yozilgan. Bu shaharlardagi jangovor
klublar himoyaga muhtoj.
Oshxonaning burchagida astronavt-maymunlar kichkina ko’zgudagi akslariga
tikilishmoqda.
- Men xudo unutib qoldirgan chiqindiman, - deydi astronavt-maymun. –
Men – olamning zaharli chiqndisiman.
Boshqa maymunchalar bog’da sandiroqlab yurishibdi. Kimdir hosil yig’ayapti,
kimdir urug’ sepayapti.
Muzlatkich eshigiga qo’limni tirab ichki xotirjamlikka, diqqatimni jamlashga
urinaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |