To’g’ri, siz meni hech qachon Konfutsiy bilan birga ko’rmagansiz va bu men u
bilan bitta odam ekanimni anglatmaydi. Shunchaki, Marla kelganda Tayler hech
qachon xonasidan chiqmaydi.
Shimlarimni tozalashim uchun Tayler menga sovun tayyorlashni o’rgatishi
kerak. Tayler yuqori qavatlarning birida, oshxonadan esa chinnigul va
kuygan
sochning hidi keladi. Marla oshxona stoli oldida o’tirgancha o’zining xushbo’y
hidli sigaretasini bilagiga bosyapti.
- Men og’riq his qilib, jahlim chiqqan holatimni sovg’a deb hisoblayman, -
sigaretning yonayotgan uchiga tikilgancha gapiradi Marla.
Marla sigaretini oppoq bilagiga bosadi:
- Yon, yalmog’iz, yon!
Tayler yuqorida, mening xonamda oynada tishlarini tomosha qilib turibdi. U
menga banket paytlari xizmat qilish uchun ofitsiant bo’lib ishga kirganini aytadi.
- “Pressman” mehmonxonasida, kechqurun bo’sh vaqt bo’lganda
ishlayman, - deydi Tayler. – Bunaqa ish senda moliyaviy
tabaqalanishga
nisbatan nafrat hissini uyg’otishga katta yordam beradi.
Yaxshi, javob beraman men, ishingga tupurganman.
- Administratsiyaning o’zi bo’yinbog’ beradi, sendan talab qilinadigani oq
ko’ylak va qora shim, xolos.
Sovun, Tayler, deyman men. Bizga sovun kerak.
Men shimlarimni tozalashim
kerak.
Tayler ikki yuzta press mashqi qilib bo’lguncha uning oyog’ini bosib turaman.
- Sovun tayyorlash uchun yuqori sifatli yog’ kerak bo’ladi.
Tayler – muhim ma’lumotlar ombori.
Tunni hisobga olmaganda, Marla va Tayler hech qachon bir xonada
bo’lishmaydi. Tayler men bilan birga payti Marla undan qochib yuradi. Bu holat
menga tanish. Ota-onam ajrashishlaridan oldin o’zlarini xuddi shunday tutishgandi.
Otam har doim shunday derdi:
- Ayollar joningga
tekkuncha uylanib qol, bo’lmasa uylanmay o’tib
ketasan.
Onam har doim shunday derdi:
- Hech qachon plastmass zamokli narsa sotib olma.
Butun hayotim davomida ota-onam birorta ham yostiq jildingga kashta qilib
tikishga arziydigan gap aytishmagan.
Tayler bir yuzi to’qson sakkiz marta yotib turdi. Biryuzi to’qson to’qqiz. Ikki
yuz.
U shorti va vanna xalati kiyib olgan.
- Shunday qilki, Marla uydan ketsin, - deydi Tayler. – Do’konga borib bir
banka tozalash uchun ishlatiladigan ishqor olib kelsin.
Faqat brekit
ko’rinishidagisidan olsin, kukunlisi yaramaydi. Qisqasi, yo’lini qilib
jo’natib yubor uni.
Yoshim oltida, kuryer bo’lib ishlayman: dadaming gapini onamga, onamning
gapini dadamga yetkazaman. Ular bir-biri bilan gaplashishmaydi. Men bundan
nafratlanardim. Men bundan hozir ham nafratlanaman.
36
Tayler mashq qilishda davom etadi, men esa pastga tushib Marlaga ishqor olib
kelishini aytib o’n dollar va avtobusga chipta beraman.
Marla hali ham stol oldida
o’tirib chinnigul hidli sigaretini chekyapti. Sigaretini barmoq orasidan olib
qo’yaman. Muloyim va xotirjamlik bilan. Keyin idish yuvadigan latta bilan uning
bilgidagi kuyishdan hosil bo’lib, qon oqishni boshlagan yarasini artib qo’yaman.
Keyin unga baland poshnali tuflisini kiydirib qo’yaman.
Marla menga tikiladi, o’zimni “Zolushka”dagi shahzodadek his qilaman.
- Men uyingga kirdim, chunki hech kim yo’q deb o’ylagandim, eshiging
esa baribir yopilmaydi.
Men javob bermayman.
- Bilasanmi, davom etadi Marla, - prezervativ –
bizning avlod uchun billur
tufliga aylangan. Notanish odam bilan uchrashganingda kiyasan,
tonggacha raqsga tushasan, keyin tashlab yuborasan. Prezervativni
nazarda tutayapman, notanish odamni emas.
Men Marla bilan gaplashmayman. U Tayler bilan istagan ishini qilishi mumkin,
lekin menga tryuklari o’tmaydi.
- Men seni tongdan beri shu yerda kutdim.
Do'stlaringiz bilan baham: